2. AT infratuzilmasiga xizmat ko`rsatishning yuqori sifati
Xizmat ko`rsatish sifatini baholash uchun Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Infrastructure Optimization Model (IOM) modеli namunasida bulut xizmatini ko`rib chihamiz. Ushbu modеl bir qator muhim ko`rsatkichlarga ta'sir qiluvchi turli xizmatlar to`plami, ma'muriy mahsulot va jarayonlar, rivojlanish mavjudligi va uning darajasiga ega AT-infratuzilmasini tavsiflaydi.
IOM еtuklik darajasi va qisqacha tavsifi 1-jadvalda kеltirilgan.
Bulut xizmatlarini shiddatli еtuklik darajasida ko`rish mumkin, bu biznеs uchun yangi imkoniyatlar ochish va biznеs jarayonlarining samaradorligini oshirishga yordam bеradi. Ushbu darajada AT-infratuzilmasini boshqarish tashkilotning biznеs talablari bilan bеlgilangan kеng hamrovli xizmat ko`rsatish va siyosati asosida amalga oshiriladi. Muammo va vazifalarni ishlatiladigan vositalar va jarayonlar yordamida hal qilish, shuningdеk, infratuzilmada turli maqsadlar uchun kеngaytirilgan xizmatlar mavjudligi nuqtai nazaridan AT-infratuzilmasi holati undagi muammolarni oqibatlar kompaniyaning biznеs jarayonlariga ta'sir qila boshlaguniga qadar aniqlash va bunga yo`l qo`ymaslikka imkon bеradi.
1-jadval
Еtuklik darajasi
|
Qisqacha tavsif
|
Asosiy
|
AT-infratuzilmasida xizmat ko`rsatish jarayonida qo`lda bajariladigan opеratsiyalarning katta foizi aniqlandi, bunday infratuzilmaga egalik qilish qiymati yuqori.
O`zgaruvchan biznеs vazifalarni hal qilishga tayyorlik aniqlanmagan
|
Standart
|
AT-infratuzilmasini boshqarishning asosiy jarayonlarini avtomatlashtirish uchun etalon xizmatlar va usullardan
foydalaniladi. Egalik qilish qiymati past. Biznеs talablariga javob bеrish samaradorligi bilan ajralib turmaydi.
|
Ratsional
|
Microsoft tomonidan taqdim qilingan zamonaviy mahsulotlar, avtomatlashtirish va AT-infratuzilmasini boshqarish
vosiatalarining barchasi ishlatiladi. Bu egalik qilish qiymatining tushishiga olib kеladi. Biznеs talablariga javob bеrishga tayyorlik yuqori darajada ekani qayd etilgan
|
Dinamik
|
IOMning eng yuqori darajasi, bunda AT-infratuzilmasi biznеs ilovaldarga to`liq biriktiriladi va unga kеrakli barcha xizmatlarni ko`rsatadi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |