Mavzu: burchoqdoshlar oilasi


Download 165 Kb.
bet4/5
Sana06.02.2023
Hajmi165 Kb.
#1171864
1   2   3   4   5
Bog'liq
Assistent G.Suvonovaning ochiq darsi

1-расм. Нўхат. 1, 2-униб чиқиш ва гуллаш-мева ҳосил қилиш фазаларида;
3-поянинг қисми; 4-мева; 5-уруғ.

hulardan bu qo’llanmada burchoqdoshlar oilachasining va­killari ustida ko’proq to’xtalib o’tamiz. Bu oilacha 12 ming tur va 400 turkumni o’z ichiga olib, ular asosan Shimoliy yarim sharning tropik iqlim sharoiti bo’lmagan qismlarida ko’p tarqalgan. Gullari oddiy shingil, soyabon va boshqa to’pgullarga birlashgan. Respublika­miz hududida oilaning 57 turkumiga oid 470 turi o’sadi. Bu oila­ning vakillari uchun xarakterli bo’l-gan belgi gulining kapalaksi­mon tuzilishidir. Gul kosabargi beshta, birlashgan, aktinomorf va zigo­morf bo’ladi. Gultojining tuzilishi yuqorida batafsil bayon etil­gan. Bu oilachaning vakillarini aniqlashda mevasi-ning tuzi­lishi ham muhim ahamiyatga ega. Mevalari ikki pallasi bilan ochila­digan ko’p urug’li (gorox, bokla), ko’p urug’-li sigmentlarga parchalana­digan hamda bir urug’li ochilmaydigan (esparset - Onobrychis) bo’ladi.
Ishlash tartibi
Vakil sifatida ekiladigan no’xat olinadi (1-rasm). Balandligi 30-90 sm gacha boradigan bir yillik o’t o’simlik. Ildizi o’q ildiz bo’lib, unda erkin azotni o’zlashtiruvchi tuganak bakteriyalari bo’ladi.
Poyasi tik o’suvchi, shoxlangan, ko’ndalang kesimi – yumaloq-qovurg’ali bo’ladi. Barglari toq patsimon, murakkab, yonbargli bo’lib poyada ketma-ket o’rnashgan. Bargchalari uzunchoq yoki ellipssimon bo’lib, arrasimon qirrali bo’ladi.
Gullari yakka-yakka joylashgan, ular zigomorf kapalaksimon shaklda bo’ladi. Gulqo’rg’oni murakkab, gulkosasi birlashgan beshta gulkosa bargidan, gultoji ikkita birlashgan uchta birlashmagan gul­tojibargidan va ikkita uchi bilan birlashgan qayiqchadan iborat. Gul toji oq rangda. Androseyi ikki guruhli ya’ni to’qqizta changchisi birlashgan, bittasi erkin joylashadi.
Gineseyi bitta meva bargdan tashkil topgan, tugunchasi ustki bir uyali ko’pincha bitta urug’kurtakli bo’ladi.
G ul formulasi:


O Sa5So3+(2)A9+1G1
Mevasi dukkak, bo’lib ichida 1-2 ta urug’lari yetishadi. Yuqorida berilgan vazifaga binoan o’simlik qismlarini3ng rasmini chiziladi va o’simlikni aniqlashga o’tiladi.
Xuddi shu asosda boshqa turlarni ham tasvirlab ularni aniqlang.

Download 165 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling