Mavzu: Burgilab portlatish usulida lahimlarni o‘tkazish Reja


MO-39 zarb bolg’asi tuzilishi


Download 1.2 Mb.
bet7/7
Sana26.09.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1688152
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
.Burgilab portlatish usulida lahimlarni o‘tkazish. Yerosti konchilik ishlari

MO-39 zarb bolg’asi tuzilishi
Po’lat qoplama 73 ga stopor halqa 10 o’rnatilgan, bu stopor 9 ni tushib qolishdan ushlab turadi va ishlatilgan havoni chiqarib yuboruvchi kanal orqali chiqarib yuborishga xizmat qiladi. To'xtatuvchi (stopor) 9 stvol 11 ning oraliq zveno 4 bilan rezbali ulanishi o‘z-o‘zidan bo'shab ketishiga yo'l qo'ymaydi. Ikkita shtift 8 klapan quti 6sini o‘z-o‘zidan stvol 11 ga nisbatan siljishini ushlab turadi.
Ishga tushiruvchi qurilma oraliq zvenosi 4da siljiydigan qo’yma 17 dan tashkil topgan. Bu qo‘yma (вкладыш) oraliq zvenoga prujina va siqilgan havo yordamida siqilib turadi. Dastak 7 ka kuch orqali ta’sir etilganda qo’ymadagi tirqish oraliq zvenodagi tirqish bilan to‘g‘ri kelib, ulardan siqilgan havo havotaqsimlagichga keladi. Prujina 2 qisilgan holda bo’ladi.
Dastakdan unga ta’sir etuvchi kuchni olinganda prujina 2 siqilishdan bo’shaydi va oraliq zvenodagi tirqish qo’yma 17 bilan berkitiladi. Zarb bolg'a siqilgan havodan o'chiriladi. Ishga tushirish qurilmasida siqilgan havo oqib chiqib ketishining oldini olish rezina manjet 18 hisobiga bajariladi. Zarb bolg’asining titrashini o‘chiruvchi qurilmasi. Siqilgan havo bolg’aning stvoliga kirganida, u nafaqat urgich (ударник) orqa tomon yuzasiga ta’sir etib uni oldiga siljitadi, balki bolg’aning dastagiga ham ta’sir etib, uni urgich yo'nalishiga teskari tomonga keltiradi. Bolg'ani orqaga berish ko'rsatkichi bolg'a korpusining tebranish amplitudasi, ya’ni bolg’aning bitta harakat siklidagi umumiy surilishi bilan tavsiflanadi.

Xulosa


Konchilik ishi insoniyat faoliyatining asosiy ko’rinishlaridan biri bo’lib,hayot darajasi va ishlab chiqarishning o’sishini ta’minlaydi.Kon ishlari sanoatning yetakchi tarmog’I sifatida konlarni izlab topish,ularni qazib chiqarish,qazib olingan xomashyoni dastlabki qayta ishlash,konchilik korxonalarini qurish va turli vazifalarni bajarishga mo’ljallangan yerosti inshootlarini barpo etish kabilarni o’z ichiga oladi. Gorizontal kon lahimlarini o‘tishda burg‘ulash portlatish ishlari asosiy bosqich hisoblanadi. Burg‘ulash portlatish ishlari “Burg‘ulash portlatish ishlarida yagona xavfsizlik qoidalari” (YePB) va boshqa qoidalariga rioya qilgan holda olib boriladi. Burg‘ulash portlatish ishlarini olib borish uchun uchastka noziri tomonida “BPI” pasportini belgilangan me’yorlar asosida tuziladi va undan keyin korxonaning bosh muxandisi tomonidan tasdiqlanadi


Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling