Mavzu: burg‘ilash mashinalarini tanlash va asoslash


Download 79.64 Kb.
bet1/2
Sana24.03.2023
Hajmi79.64 Kb.
#1292389
  1   2
Bog'liq
Amaliy mashg`ulot


AMALIY MASHG’ULOT № 1
MAVZU: BURG‘ILASH MASHINALARINI TANLASH VA ASOSLASH
Nazariy tushunchalar
Perforator zarbli-burilma burg’ilash usulida ishlaydigan mashina bo’lib, uning mexanik burg’ilash tezligi juda ko’p omillarga bog’liq bo’ladi va ular quyidagilar -burg’ilanadigan tog’ jinsi fizik-mexanik xossalari, darzlilik va boshqa xususiyatlar, zarb bilan bajariladigan ish miqdori, zarb beruvchi porshen formasi, diametri va zarblar soni, burg’ilanadigan o’yiq kesim yuzasi, instrument burilish soni, burg’ilash chuqurligi, instrument uzatilishi kuchi, burg’ilash instrumenti va shtangasi kesim yuzasi va boshqalar.
Bir metr uzunlikdagi shpurni burg’ilash uchun sarflanadigan sof ish vaqti quyidagi empirik ifoda bilan aniqlash mumkin t (min).
min (2.1)
bu yerda: d - koronka diametri, mm; fd - tog’ jinsi dinamik mustahkamlik ko’rsatkichi. N -perforator quvvati( kVt) va uning qiymati quyidagi formula orqali aniqlanadi:
min (2.2)
bu yerda: A - bitta zarb bilan bajariladigan ish, N/m; n -bir minutda porshen bilan beriladigan zarblar soni.
Shunday qilib, perforatorning mexanik burg’ilash tezligini quyidagi formuladan aniqlash mumkin:
Vб = 1/t, m/min (2.3)
Perforator smenadagi unumdorligini quyidagi formula bilan hisoblash mumkin (m/smena).
, m/smena (2.4)
bu yerda: Tc va tn -mos ravishda smena va burg’ilashda yordamchi ish jarayonlari davomiyligi, min; qo’l perforatorlari uchun tn=30 min; kolonkali perforatorlar uchun tn=45 min; tB - 1 metr uzunlikdagi shpurni burg’ilashga keltirilgan yordamchi ishlarni bajarishga sarflangan vaqt, (min/m); Ko- burg’ilovchi ishchilar dam olishini hisobga oluvchi koeffitsient, qo’l perforatorlari bilan burg’ilashda Ko=1,12, kolonkali perforatorlar uchun Ko=1,05
tВ =Z0·tВ1+tВ2+tВ3 , min/m (2.5)
bu yerda: Zo - 1 metr uzunlikdagi shpurni burg’ilashga keltirilgan shtangani almashtirishlar soni, Zo = 1; Zo = 2;
tВ1,tВ2,tВ3 - mos ravishda 1 metr uzunlikdagi shpurni burg’ilashga keltirilgan shtangani almashtirish, yangi shpurni burg’ilashga tayyorlash va shpurni havo puflatib tozalash uchun sarflangan vaqt. Texnik hisoblash ishlarida ularning qiymatlari mos ravishda qo’l perforatorlari uchun - tВ1=1,5; tВ2=1,0 yoki tВ3=1,2 min/m va kolonkali perforatorlar uchun tВ1 =0,7; tВ2 =0,8 yoki tВ3=1 min/m qabul qilinishi mumkin.
Topshiriq 1. Perforatorning mexanik burg’ilash tezligini quyidagi 2.1 va 2.2.-jadvallarda keltirilgan qiymatlardan foydalanib aniqlansin.
2-Topshiriqni bajarish uchun qiymatlar 2.1 va 2.2.jadvallarda keltirilgan.
Jadval 1.1

Perforator tipi

Quvvat, kVt

Zarb energiyasi, A, J

Zarb chastotasi, п

Havo sarfi, Q m3/min

Porshen yo’li, mm

O’q bo’yicha uzatilish kuchi,
F, N

Koronka diametri d mm

Maksimal chuqurligi, L, m

Massa, G, kg

Uzunlik, L1, mm

ПП36В

1,6

36

38,33

2,8

46

830

32-40

2

24

705

ПП50В1

2,2

54

37

3,4

45

800

36-40

3

30

717

ПП54В1

2,36

55,5

39,16

4,1

45

1190

40-46

4

31,5

820

ПП54ВБ1

2,36

55,5

39,16

4,1

45

1190

40-46

4

31,5

895

ПП63В

2.2

63,74

30

3,85

71

910

40-46

5

33

860

ПП63ВБ

2,2

63,74

30

3,85

71

910

40-46

5

33

920

ПП63С

2,2

63,74

30

3,85

71

910

40-46

5

33

750

ПП63П

2,2

63,74

30

3,85

71

910

40-46

5

33

880

ПП63СВП

2,2

63,74

30

3,85

71

910

40-46

5

33

880

ПР30К

2,2

60

37

4

70

800

38-46

4

36

650

Jadval 1.2

Variant №

Perforator tipi

Koronka diametri d mm

Tog’ jinsi dinamik mustahkamlik ko’rsatkichi, fd

1

ПП36В

32

1,4

2

ПП50В1

40

3,7

3

ПП54В1

41

2,7

4

ПП54ВБ1

41

3,0

5

ПП63В

44

4,0

6

ПП63ВБ

41

4,5

7

ПП63С

44

5,5

8

ПП63П

41

4,3

9

ПП63СВП

40

3,8

10

ПР30К

38

3,5

11

ПП54В1

46

3,8

12

ПП63В

40

4,7

13

ПП36В

40

3,2

14

ПП50В1

36

2,6

BURG’ILASH MASHINALARINING UNUMDORLIK KO’RSATGICHLARINI HISOBLASH



Nazariy tushunchalar
Zamonaviy burg’ilash stanoklari davriy (sikli) ishlaydigan mashina hisoblanib, u kon ishlarini olib borish texnologiyasi va burg’ilash stanoklarining konstrutiv tuzilishiga bog’liq. Smena davomida burg’ilash jarayonida vaqt asosiy burg’ilash ishlariga va juda ko’p sonli yordamchi operatsiyalarga sarflanadi.
Burg’ilash stanogi unumdorligini aniqlash uchun birlamchi uning texnik burg’ilash tezligini topish lozim. Sharoshkali burg’ilashning ratsional rejimini belgilaydigan asosiy omillarga quyidagilar kiritiladi: dolotaga o’q bo’yicha qo’yilgan bosim kuchi, dolotaning aylanish chastotasi va burg’ilash instrumenti ish joyini burg’ilangan tog’ jinslari zarralaridan samarali
Aylanish chastotasi nв (min-1) va diametri D1 (m) sharoshkali dolotaga o’q bo’yicha bosim kuchi Ро.с (N) qo’yilganda skvajinani burg’ilash texnik tezligi vб.т (m/soat) quyidagi empirik bog’liqlikdan hisoblanishi mumkin
, m/soat (11.1)
bu yerda: Пб – tog’ jinslari burg’ilanuvchanlik ko’rsatkichi
, (11.2)
bu yerda: σсж - 34-450 MPa i σсд -0,01-75 MN/m2 – tog’ jinslarining siqilishga va siljishga mustahkamligi chegaraviy qiymatlari.
Ishlab chiqarish amaliyoti ko’rsatkichlaridan kelib chiqib, sharoshkali burg’ilash stanoklari texnik burg’ilash tezligining o’rtacha qiymatlari tog’ jinslarining M.M. Protodyakonov shkalasi bo’yicha qattiqlik koeffitsienti f ga bog’liq bo’ladi va quyidagi miqdorlarni tashkil etadi: f=6-16 bo’lsa - D1=0,2 m, nв=160-80 min-1 va Рос=0,12-0,22 MN bo’lganda vб.т=0,34-0,13 m/min, tashkil etadi; D1=0,25 m, nв=81 min-1 va Рос=0,18-0,3 MN bo’lganda vб.т= 0,32-0,1 m/min , tashkil etadi ; f=6-20 bo’lsa, D1=0,32 m, nв=80 min-1 va Рос=0,45-0,55 MN bo’lganda, vб.т=0,29-0,15 m/min ni tashkil etadi.
Burg’ilash stanogi smenadagi unumdorligi Qб.с (m/smena) quyidagi formuladan hisoblanadi
, m/smena (11.3)
bu yerda: Ки – burg’ilash stanogini smena davomida ishlatilish koeffitsienti, ko’pincha Ки=0,5-0,8 qiymatlarda qabul qilinadi;
tб va tв – mos ravishda 1 metr uzunlikdagi skvajinani sof burg’ilashga va yordamchi operatsiyalarni bajarishga sarflangan nisbiy vaqt, min/m;
vб.т – burg’ilash texnik tezligi, m/min.
Bundan tashqari burg’ilash stanogining smenadagi unumdorligini quyidagi formula bilan ham aniqlash mumkin
, m/smena (11.4)
bu yerda: Тс - smena davomiyligi, soat;
vб.т – burg’ilash texnik tezligi, m/soat.
O’z navbatida yordamchi operatsiyalarni bajarishga sarflangan nisbiy vaqt quyidagi ifodadan hisoblanishi mumkin:
, min/m (11.5)
bu yerda: t1 - stanok dokratlarini o’rnatish va bo’shatish hisobga olingan holda burg’ilash stanogini bir skvajinadan ikkinchisiga ko’chirish uchun sarflangan vaqt, o’rtacha t1 =0,38-1,44 min/m qabul qilinadi;
t2 – 1 metr skvajina uzunligiga to’g’ri keladigan, dolotani almashtirish uchun sarflanadigan vaqt, min/m;
t3 - vп (m/min) tezlik bilan burg’ilash snaryadini ko’tarib olish uchun sarflanadigan vaqt, min/m;
t4 - gidropatronni ushlatib turish uchun sarflanadigan vaqt, min/m; shpindelli aylantiruvchi-uzatuvchi sxema uchun t4=0;
t5 - burg’ilash snaryadini yigish va yechib tashlash uchun sarflanadigan vaqt, min/m;.
Formuladagi burg’ilash stanogini smena davomida ishlatilish koeffitsienti Ки ning qiymati ko’pincha 0,5 dan oshmaydi va ayrim smenalarda maksimal qiymati 0,8 gacha yetishi mumkin. Zamonaviy burg’ilash stanoklarida yordamchi operatsiyalarni bajarishga sarflangan nisbiy vaqt qiymati tв=2-3 min/m atrofida qabul qilinadi va mos ravishda burg’ilash stanogini smena davomida ishlatilish koeffitsienti Ки=0,75 dan oshmaydi, unumdorlik esa smenada 100-150 m/smenadan ko’p bo’lmaydi; agarda yordamchi operatsiyalarni bajarishga sarflangan nisbiy vaqt qiymati maksimal darajada, ya`ni tв=1 min bo’lsa ham unumdorlik 200-300 m/smenadan ortiq bo’lmaydi.
Topshiriq 11. Sharoshkali burg’ilash stanogining unumdorligini 11.1-jadval qiymatlaridan foydalanib aniqlansin.
11.1-jadval



Dolota diametri D, m

Dolota aylanish chastotasi, nв min-1

O’q bo’yicha qo’yilgan bosim kuchi, Рос, кН

Tog’ jinslarining qattiqlik koeffitsienti, f

1

190

160

200

12

2

214

77

150

16

3

243

165

225

10

4

250

125

200

12

5

269

110

180

16

6

295

100

400

15

7

320

95

450

20

8

190

170

240

8

9

214

120

250

10

10

243

115

200

14

11

250

130

250

16

12

269

115

230

14

13

295

85

350

20

14

320

90

400

20

AMALIY MASHG’ULOT № 2


Mavzu: QAZIB OLISH KOMBAYNLARINING ASOSIY PARAMETRLARINI HISOBLASH
Nazariy tushunchalar
Qazuvchi kombayn ish unumdorligi mashinaning konstruktiv parametrlariga, kon-geologik va kon-texnologik omillarga bog’liq bo’lib, vaqt birligida qazib olingan tog’ jinsi miqdori bilan nazariy, texnik va ekspluatatsion unumdorlik sifatida aniqlanadi.
Qazuvchi kombaynning nazariy ish unumdorligi Qn (t/soat) uning uzluksiz ishlashi davomida qazib olinadigan foydali qazilma miqdori bilan belgilanadi va quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Qн = 60 · m·B·Vn·γ, t/soat (3.1)
bu yerda: В - berilgan ish bajaruvchi a`zoning qamrab olish eni, 0,5; 0,63; 0,7; 0,8; 0,85; 0,9; 1 m; т - qazib olinadigan tog’ jinsi qatlamining qalinligi, m; Vn - ishchi surilish tezligi, m/min; γ` - tog’ jinsi zichligi, t/m3.
Qazuvchi kombaynning texnik ish unumdorligi QT (t/soat) to’liq ishchi sikli davomida uning ishi bilan organiq bog’langan yordamchi ishchi jarayonlarga sarflanadigan vaqt yo’qotilishi e`tiborga olinib, qazib olinadigan foydali qazilma miqdori bilan belgilanadi va quyidagi formula orqali hisoblanadi:
QT = Qн· КТ , t/soat (3.2)
bu yerda: Кт - alohida ekspluatatsion sharoitlarda kombaynning texnik uzluksiz ishlashi koeffitsienti
Кт = Т/(Т+Тво) (3.3)
bu yerda: Т-kombaynning bitta sikl davomida sof ish vaqti, min;
Т=(L-lн)/Vп, min/sikl, (3.4)
bu yerda: L - lava, ya`ni ish joyi uzunligi,m; 1н -nisha, ya`ni kombayn qazishni boshlashi uchun uning o’lchamlariga mos ravishda oldindan hosil qilingan o’yiq uzunligi, m.
Tво-kombayn bitta qazish sikli davomida yordamchi ishchi jarayonlar uchun sarflangan vaqt, min;
Тво = Тмо + Тко + Т3.и + Тун , min, (3.5)
bu yerda: Тмо,Тко3.и va Тун – mos ravishda kombaynning ishlashida manyovr operatsiyalar, lava oxirida qilinadigan ishlar, yemirilgan instrumentlarni almashtirish va kombayn buzilishlarini tuzatish uchun ishlarga sarflanadigan vaqtlar, min.
Kombayn manyovr operatsiyalariga ish bajaruvchi a`zoning qolib ketgan tog’ jinslarini qisman yuklash va salt holatda kombayn harakati, kombaynning harakatlanish uskunasini mahkamlash va ishchi holatga keltirish, kombaynni lava bo’ylab salt surish, tortuvchi ishchi a`zoni yoyib chiqish va hokazolar kiradi. Kombaynning kurakli konveyer ramasida turib mokisimon qazish sxemasida Тм.о =0 ga teng va bir tomonlama qazishda quyidagi formula bilan aniqlanadi.
TM.O=L/VM, min (3.6)
bu yerda: VМ- kombayn manyovr surilish tezligi, m/min
Kombaynning ish joyi (lava) oxirida qilinadigan ishlarga Tк.о yuklovchi to’siqni qayta montaj qilish, ish joyiga yetkazuvchi kurakli konveyer oxiridagi ramali kallaklari bilan birgalikda kombaynni keyingi siklga siljitish, kombaynni transport holatidan ishchi holatga o’tkazish va aksincha ishlar kiritiladi.
Kombaynning ish joyi (lava) oxirida qilinadigan ishlarga saflangan vaqt Tк.о (min) uning kurakli konveyer ramasidan turib mokisimon ishlashida quyidagi ifodadan aniqlanadi.
Tк.о =В/vз +n tз.и, min (3.7)
bu yerda: vзkombaynning keyingi sikl uchun nisha joyi tomon siljitilishi tezligi, m/min; n-yangi ish siklidan oldin almashtiriladigan yoki o’zgartiriladigan keskichlar soni, dona; tз.и - ish siklidan oldin bitta keskichni almashtirish yoki o’zgartirish uchun sarflanadigan vaqt,min;
Qazish chuqurligi 15 mm gacha bo’lgan keskichlar uchun tз.и=0,75-1,0 min; kattaroq qo’poruvchi keskichlar uchun - tз.и=2-3 min.
Kesuvchi instrumentlarning nisbiy sarfi aniqlangan va berilgan holatlarda keskichlarni almashtirish uchun sarflanadigan vaqt quyidagi formuladan hisoblab topiladi.
Тзи =m·B·L·γ·Zуд·t3.и., min, (3.8)
bu yerda: Zуд - keskichlarning nisbiy sarfi, uning chidamliligi, hamda tog’ jinslari qatlamining qattiqligi va abrazivligiga bog’liq bo’ladi. Keskichlarning nisbiy sarfi mayin va yumshoq tog’ jinslari (M.M.Protodyakonov shkalasi bo’yicha qattiqligi ko’rsatkichi ƒ =0,7—1,0)uchun Zуд=0,005-0,01 dona/t; o’rtacha qattiqlik (ƒ=0,7—1,0) uchun Zуд=0,01-0,1 dona/t; qattiq va juda qattiq tog’ jinslari va undan yuqori bo’lganda (ƒ =2,0 va ƒ >2,0) Zуд=0,1-0,25 dona/t.
Kombayn barcha ishchi instrumentlarining 1/3-1/4 qismi ishdan chiqqanda yoki yemirilib yaroqsiz holga kelganda kombayn ish bajarilayotgan joyidan qat`iy nazar to’xtatiladi va ishchi instrumetlar darhol almashtiriladi. Qazuvchi mashinaning ishchi instrumentlari almashtirulgunga qadar qazish ishlari olib boriladigan yo’li uzunligini aniqlash formulasi.
Lз.и = no /(3—4) m B Zуд γ , m (3.9)
bu yerda: no -ish bajaruvchi a’zodagi barcha keskichlar soni, dona.
Kombayn nosozliklari va buzilishlarini yo’qotish uchun sarflanadigan vaqt uning texnik tayyorgarlik koeffitsienti (Kг) bilan tavsiflanadigan ishonchlilik ko’rsatkichiga bog’liq.
min (3.10)
Kombayn texnik tayyorgarlik koeffitsienti quyidagi formula bilan aniqlanadi.
Кг=Т/(Т+Тун), (3.11)
Zamonaviy qazuvchi mashinalarning texnik tayyorgarlik koeffitsienti qiymati Кг=0,8—0,9 ga teng.
Kombayn ekspluatatsion unumdorligi Qe (t/soat) alohida ish joyi sharoyitida bitta to’liq ishchi sikl davomidagi yordamchi ekspluatatsion va texnik-tashkiliy operatsiyalarga sarflangan vaqtni e`tiborga olib, qazib olingan tog’ jinsi miqdori bilan belgilanadi:
(3.12)
Kombayn alohida ish joyi sharoyitida ekspluatatsion to’xtovsiz ishlashi koeffitsientini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin.
(3.13)
bu yerda: Тe.о - alohida ish joyi sharoyitida bitta to’liq ishchi sikl davomidagi yordamchi ekspluatatsion vа texnik-tashkiliy operatsiyalarga sarflangan vaqt bo’lib, uning qiymati yuklash punktida vagonetkalarni kutib qolish, mustaxkamlash ishlarining kechikib qolishi, o’pirilib tushgan tog’ jinslarini yig’ishtirib olish, elektr energiyaning qisqa muddatli uzilishi va hokazolar bilan belgilanadi, min.
Texnik hisoblash ishlarida Тe.о =20—30 minutga teng deb qabul qilinadi.
Kombaynning smenadagi ish unumdorligi Qsm, (t/sm) quyidagi formula orqali hisoblanadi.
Qsm = Qe·(Тsm-tp.z.о), t/sm (3.14)
bu yerda: Тsm -ishchi smena davomiyligi, min; tp.z.о –smena boshlanishi va oxirida tayyorgarlik va boshqa operatsiyalarga sarflanadigan vaqt.
Texnik hisoblash ishlarida; tp.z.о=20-30 minutga teng deb qabul qilinadi.
Topshiriq 3. Qazuvchi kombayn ish unumdorligini 3.1 jadvalda keltirilgan qiymatlardan foydalanib aniqlansin.

Qo’ng’ir ko’mir- tog’ jinsining massivdagi zichligi, γ=1,1-1,7 t/m3; γn=(0,7-0,85) γ tog’ jinsining to’kma zichligi, t/m3;

Toshko’mir- tog’ jinsining massivdagi zichligi, γ=1,3-2,4 t/m3; γn=(0,7-0,85) γ tog’ jinsining to’kma zichligi, t/m3;

Antratsit - tog’’ jinsining massivdagi zichligi, γ=1,6-2,5 t/m3; γn=(0,7-0,85) γ tog’ jinsining to’kma zichligi, t/m3;



№ variant

Qatlam qalinligi, т, м

Tog’ jinsi qatlamining kesishga haqiqiy qarshiligi, Ар, kN/m

Qaziladigan tog’ jinsi
tipi

α – tog’ jinsi qatlami yotishi qiyalik burchagi, grad.

Lava uzunligi L, м

1

0,7

290

Antratsit

30

150

2

0,8

280

Antratsit

30

170

3

0,9

260

Antratsit

25

180

4

1,0

250

Toshko’mir

15

190

5

1,1

270

Antratsit

20

160

6

1,2

300

Antratsit

16

160

7

1,3

240

Toshko’mir

10

150

8

1,4

220

Toshko’mir

14

180

9

1,5

180

Qo’ng’ir ko’mir

8

170

10

1,6

160

Qo’ng’ir ko’mir

4

200

11

1,7

230

Toshko’mir

9

140

12

1,8

120

Qo’ng’ir ko’mir

16

150

13

1,9

210

Toshko’mir

8

150

14

2,0

170

Qo’ng’ir ko’mir

12

150

AMALIY MASHG’ULOT № 3.



MAVZU: EKSKAVATORNI UNUMDORLIGINI HISOBLASH
Nazariy qism
Ekskavator ish jarayoniga va uning unumdorligiga quyidagi asosiy omillar ta`sir ko’rsatadi:
1. Tog’ jinsining struktura holati, fizik-mexanik xossalari va kon geologik sharoiti bilan belgilanadigan qazish bo’yicha qiyinchilik ko’rsatkichi bo’yicha kategoriyasi. Misol uchun nam tuproqsimon tog’ jinslarini qazishda, ular cho’michga yopishib qoladi va undagi foydali hajm kamayadi va yopishgan tog’ jinslari tushishi qiyinligi sababli ekskavator qazish sikli davomiyligi cho’ziladi. Sifatsiz portlatilgan qoyasimon tog’ jinslari va qish sharoitida yomon maydalangan muzlagan grunt ham ekskavator cho’michi to’lishi koeffitsientini kamayishiga olib keladi;
2. Ekskavator texnik parametrlari, holati va konstruktiv - ishlab chiqarish ishonchliligi;
3. Mashinist kvalifikatsiyasi;
4. Ekskavator ish joyining pog’ona balandligi, transport vositasining yuklashga kelishi sharoiti vа yoritilganlik bilan belgilanadigan sifat ko’rsatkichi;
5. Transport vositalarining yetarli darajadagi soni, yo’llar texnik holati, o’z vaqtida yo’qilgi, energiya, ehtiyot qismlar va hokazolar bilan ta`minlanganlik, hamda sifatli texnik xizmat va ta`mirlash ishlari bajarilganligi va boshqalar bilan belgilanadigan ishni tashkil etish.
Ekskavatorlarda nazariy, texnik va ekspluatatsion ish unumdorligi kuzatiladi.
Ekskavator nazariy unumdorligi Qн (m3/soat) uning sof ish vaqtida bajargan ish hajmi va miqdori bilan belgilanadi va quyidagi formula bilan aniqlanadi.
, m3/soat (12.1)
bu yerda: E – cho’mich sig’imi, m3; Ko’p cho’michli ekskavatorlar texnik tavsifida uning nazariy unumdorligi keltirilgan bo’ladi yoki ish bajaruvchi uskunalardagi barcha cho’michlar sig’imi litrda beriladi.
nz - bir minutda yuklanadigan cho’michlar soni, min-1.
Bir cho’michli ekskavatorlar texnik tavsifida nazariy sikl davomiyligi tц berilgan bo’lib, nz - qiymati quyidagi ifoda bilan hisoblanadi.
, (12.2)
Sikl davomiyligi ko’pincha 900 ga burilish uchun berilgan bo’lib, burilish burchagi farq qilgan holatlarda sikl davomiyligi spravochnik manbalarda keltirilgan korrektirovka koeffitsientiga ko’paytiriladi.
Ekskavatorning texnik unumdorligi, uning ishlatilish sharoitlariga mos ravishda, to’xtatilishi zarur bo’lgan vaqt inobatga olingan holda quyidagi formula bilan aniqlanadi, Qтех (m3/soat)
, m3/soat (12.3)
bu yerda: Кн va Кр - mos ravishda cho’michning to’lishi va unda tog’ jinslarining qo’shimcha maydalanishi koeffitsientlari Кн=0,8-1,1 va Кр=1,1-1,5;
tp - ekskavatorning bir joyda turib yoki ish bajaruvchi a`zoning bitta yo’nalishda tuxtovsiz ishlashи davomiyligi;
tп - bir cho’michli ekskavatorlar uchun ish joyini bitta surilishi yoki ko’p cho’michli ekskavatorlar uchun ish bajaruvchi a`zoning harakati yo’nalishini o’zgartirishi uchun ketgan vaqt;
Кeкнр - ekskavatsiya koeffitsienti.
Ekskavator unumdorligi vaqt birligida qo’shimcha ravishda texnik va tashkiliy sabablarga ko’ra to’xtashlarga ketgan vaqt inobatga olib aniqlanadi QE (m3/smena)
, м3/smena (12.4)
bu yerda: Тс - smena davomiyligi, soat;
КВ - ekskavatorning vaqt davomida ishlatilishi koeffitsienti.
Ishlab chiqarish amaliyotidan kelib chiqib ekskavatorning transport vositalari bilan birgalikda ishlash sharoitidan КВ ning quyidagi qiymatlari tavsiya etiladi:
Avtotransportga yuklaganda - КВ=0.5-0.6;
Temir yo’l vagonlariga yuklaganda КВ=0.55-0.7 ;
Konveyerga yuklaganda yoki ag’darmaga to’kganda КВ=0.75-0.85
Topshiriq 12. Bir cho’michli va ko’p cho’michli ekskavator unumdorligini hisoblash. Topshiriq 12 ni hisoblash uchun qiymatlar 12-jadvalda keltirilgan.
12-jadval



Ekskavator tipi

Cho’mich sig’imi, m3

Transport tipi

1

EВГ - 15/40

15

Avtotransport

2

EВГ-35/65М

35

Konv/transporti

3

EВГ-100/70

90

TY/transporti

4

EКГ-4,6Б

4,6

Avtotransport

5

EКГ-5

5,6

Avtotransport

6

EКГ-8И

8

TY/transporti

7

EГ-12

12

Konv/transporti

8

EКГ-12,5

12,5

TY/transporti

9

EКГ-6,3У

6,3

Konv/transporti

10

EКГ-20

20

Avtotransport

11

EШ-6/45

6

Ag’darma

12

EШ-10/70А

10

Ag’darma

13

EРГВ-630Г

630 m3/soat

Konv/transporti

14

EРГ-400

400 m3/soat

Konv/transporti

AMALIY MASHG’ULOT № 4


Mavzu: KURAKLI KONVEYERNI HISOBLASH

Kurakli konveyerni hisoblashda quyidagi yechimlarni aniqlash kerak bo`ladi:



  1. Kurakli konveyerning yulduzchasi, zanjiri va gorizontal harakatidagi unga ta`sir etuvchi qarshiliklarni aniqlash;

  2. Tortish qurilmasidagi kontur bo`ylab nuqtalardagi taranglik kuchlari usulidan foydalanib zanjir nuqtalaridagi taranglik kuchlarini aniqlash;

  3. Zanjirdagi dinamik yuklamalarni aniqlash;

  4. Zanjirning statik tarangligi va dinamik zo`riqishini hisobga olgan holda, zanjirning haqiqiy mustahkamlik zahirasini aniqlash;

  5. Kurakli konveyerga kerak bo`ladigan dvigatel quvvatini aniqlab, elektrodvigatel tanlash.



  1. Kurakli konveyerni unumdorligini quyidagi formula orqali aniqlashimiz mumkin :


Download 79.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling