Mavzu: Butunning ulushini va oid masalalarni echishni o’rgatish metodikasi. (2-soat) Reja


Download 270.41 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.04.2023
Hajmi270.41 Kb.
#1395786
Bog'liq
10-амалий



Mavzu: Butunning ulushini va oid masalalarni echishni o’rgatish metodikasi. 
(2-soat) 
Reja: 
1. Butunning ulushini topishga doir masalalarni haqida tushincha. 
2. Ulushga ko’ra butunni topishga doir masalalarni ishlashni o‘rgatish 
metodikasi. 
Mashg’ulot maqsadi Butunning ulushini topishga doir masala tushinchasi 
tushinchasini o‘rgatish bo‘yicha ma‘lumotga ega bo‘lish, tajribada sinash.
Mashg’ulot jihozi: darslik daftar, tarqatma materiallar, geometrik shakllar, rangli 
qog‘oz, doska, bo‘r, marker va visual tarqatmalar va boshqalar.
Amaliy ishlash uchun topshiriqlar.
1. Mavzu haqida qisqacha ma`lumot.
2. Mavzuga doir didaktik topshiriqlar.
3. Metod bilan ishlash.
4. Dars loyihasi yaratish.
Mavzu haqida qisqacha ma`lumot 
Kasrlarni o‘rganish metodikasi . 
"Ulushlar" mavzusiga asoslangan holda kasrlarning hosil bo‘lishi bilan 
4-sinfda tanishtiriladi. Bu yerda ham ko‘rgazma qurol bilim berishning bosh 
mezoni bo‘ladi. Narsalarni, shakllarni va boshqa atrofdagilarni teng bo‘laklarga 
bo‘lish va shu bo‘laklardan bittasini, ikkitasini, uchtasini, ... 
olish masalasi
, uni 
ifodalash, va yozish asosiy vazifa bo‘ladi. Bunda kasr, kasrning surati, maxraji 
kabi terminlar bilan tanishtiriladi. 
Kasrlarni yozishni bajarishda quyidagi qoidaga amal qilish eslatiladi. CHiziq 
ostiga yozilgan son kasrning maxraji deyilib, butun narsa nechaga teng bo‘linishini 
ifodalaydi. Kasrning ustiga yozilgan son kasrning surati deyilib, teng qismlardan 
qanchasi olinganini ko‘rsatadi. Boshlang‘ich sinfda maxraji 10 dan katta 
bo‘lmagan kasrlar qaraladi. 
Bundan keyin kasrlarni maydaroq ulushlarga maydalash va aksincha masalalar 
qaraladi. Masalan, 3/4=6/8 yoki 2/8=1/4 larni tushuntirish uchun bir xilda 
yo‘lakcha olamiz va 1-sini 4 ta teng bo‘lakka, 2-sini 8 ta teng bo‘lakka bo‘lib, 1-
sidan 3 
ta ulushni
, 2-sidan 6 ta ulushni olamiz. Bu ikkala yo‘lakchadagi yuzalar 


tengligi ko‘rinarli bo‘ladi. SHuningdek 2/8=1/4 ifoda tushuntiriladi. 
Sonning kasrini topishga doir masalalarni yechishda 3-sinfda o‘rganilgan 
sonning ulushini topish masalasi asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Masala. Uzunligi 10 sm bo‘lgan kesma chizilgan, 3/5 qismi necha sm ga teng? 
Uzunligi 10 sm bo‘lgan kesmani chizadi va uning 1/5 ulushi necha sm ekanligini 
3-sinfdan biladi. 10:5=2 sm. So‘ngra kesmaning 3/5 qismini topishda 
2•3=6 sm ishni bajaradi, yoki birdaniga 10 : 5•3=6 sm deb bajarish ham mumkin. 
Masala. Daftar 24 betlik, o‘quvchi daftarning 5/8 qismini to‘ldiradi. Necha bet 
yozilmay qoldi? Masala shartining qisqacha yozuvi quyidagicha: 
Bor edi - 24 bet. 
Yozildi - 5/8 qismi. 
Qoldi - ? 
Yechish. Masalani yechishda kesma tasviridan foydalanamiz. Kesmani 24 bet deb 
olib, uni 8 ta teng bo‘lakka bo‘lamiz va uning 5 qismini ajratamiz. 
1) 24:8=3 bet 
2) 3•5=15 bet 
3) 24-15=9 bet yozilmadi. 
Umumiy ifoda ko‘rinishda 24-24:8•5=9 bet.
Mavzuga doir topshiriqlar 
1. Ulush mavzusi qanday o`qitiladi.
2. Butinning ulishiga doir masalalarni darslik bilan o’rganish.
3. Butinning ulishiga doir masalalarni ishlashda nimalarga e’tibor berish 
kerak 
4. Butinning ulishiga doir masalalarni echishni o’rgatish (2 sinf misolida) 
5. Butinning ulishiga doir masalalarni echishni o’rgatish (3 sinf misolida) 
6. Ulushga ko’ra butunni topishga doir masalalarni echishni o’rgatish (4 sinf 
misolida) 
3. Mavzu bo’yicha metodik ishlanma
Yangi mavzuni takrorlash bo’yicha metodik ishlanma yartish 
Tahlil uchun savollar:
1. Butinning ulishiga doir masalalarni o’qitishda qanday metodlardan foydalanasiz.
2. O’zingiz kerakli metodlardan foydalanib dars ishlanmasi tuzing? 
 
 
 



Download 270.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling