Mavzu: buxgalter kasbining tarixiy rivojlanishI. Reja
Xo‘jalik hisobi turlarida qo‘llaniladigan o‘lchov birliklar
Download 157.21 Kb.
|
Документ Microsoft Office Word
1.4 Xo‘jalik hisobi turlarida qo‘llaniladigan o‘lchov birliklar
Hisobning har bir turi bir xil xo‘jalik operatsiyasini turli vaziyatlarda ko‘rib chiqadi, bu esa ayrim bosqichlarda uning foydalanuvchilarini qiziqtiradigan axborot oqimlarining kesishishini istisno qilmaydi. Bunga erishish hisobning barcha turlariga xos bo‘lgan muhim xususiyat, ya’ni bir xil o‘lchovlardan: natura, mehnat va pul o‘lchovlaridan foydalanish tufayli mumkin bo‘ladi. Hisob ishlarida qo‘llaniladigan o‘lchov birliklaridan alohida- alohida foydalanish mumkin. Shunday xo‘jalik jarayonlari amalga oshiriladiki, ularda bir vaqtda natural va pul o ‘lchov birliklaridan foydalaniladi. o‘lchov birliklarini qo‘llash birinchidan hisob turiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan amalga oshirilayotgan xo‘jalik jarayoniga ham bog‘liqdir. Hisob turlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘lchov birliklaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi. Natura o’lchovlari - hisobga olinayotgan xo‘jalik mablag‘lari va ulaming harakatlarini natura holida ifodalash uchun xizmat qiladi. Natura o‘lchovlarini qoilash hisobga olinayotgan obyektning xususiyatlari, ya’ni uning fizik va iste’mol xossasi farq qiladi. Masalan, hisob obyektlari: og‘irlik birligida (gramm, kilogramm, sentner, tonna); hajm birligida (metr, kubometr); uzunlik birligida (santimetr, metr, kilometr); hisob birligida (dona, bosh) va boshqalarda o‘lchanadi. Natura o‘lchov birliklari moddiy qiymatliklami hisoblash, tortish va o ‘lchash natijasida olingan ma’lumotlami hisobga olish, ulaming miqdor hamda sifat o ‘zgarishlari ustidan nazorat olib borish uchun qo‘llaniladi. * 'Ular yordamida umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlaming olinishi istisno qilinadi. Mehnat o‘lchov birligi — mahsulotni ishlab chiqarish yoki sarf qilingan mehnat sarfini o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Ulaming o‘lchov birligi bo‘lib minut, soat, kun va dekadalar hisoblanadi. Ular yordamida mahsulot ishlab chiqarish me’yorlari, mehnat unumdorligi, ish haqini hisoblash va boshqalar nazorat qilinadi. Mehnat o‘lchov birligi yordamida mehnat unumdorligini aniqlash imkoni natura o‘lchov birligi bilan birga ishlatilgandagina aniqlash mumkin. Mehnat o‘lchov birligi ko‘p hollarda bir turli xo‘jalik munosabatlarini o‘rganishda ishlatiladi. Pul o‘lchov birligi - korxonaning moddiy va mehnat resurslaridan foydalanish bilan bog‘liq, mahsulotning aniq turlarini tayyorlash, ishlarbajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishga doir harakatlarni hisoblash imkonini beradi. Bu vazifani 0 ‘zbekiston Respublikasida milliy valyuta so ‘m va uning tiyini bajaradi. Pul o‘lchovi yordamida boshqa ko‘rsatkichlami olish, ulardan hosila ko‘rsatkichlarini korxona darajasida ham iqtisodiyot darajasida ham hisoblash mumkin. Xo‘jalik subyektida qaysi oichov birligi ishlatilmasin, ulaming asosiy ko‘rsatkichi foyda yoki zarar ko‘rsatkichlari pul ifodasida ko‘rsatiladi. Hisobda pul oichov birligini ko‘proq qoilanilishi boshqa o’lchov birliklariga nisbatan ko‘proq ishlatilishi hisob mazmunini pasaytirmaydi. Pul oichov birliklarini hisob ishlarida keng qoilanishiga asosiy sabablardan biri bu har xil o‘lchov birliklarida aks ettirilgan ko‘rsatkichlami yagona pul o‘lchov birligida umumlashtirish imkonini bersa, ikkinchidan, korxonalar o‘rtasidagi hisob-kitoblami bir me’yorda yuritish imkonini beradi. O‘lchov qoidalarini buxgalteriya prinsiplari ham deb bilish mumkin. Quyidagilar o‘lchov qoidalari: 1. Pul o'lchovi: Ma’lumotlar moliyaviy shaklda pul qiymatida ifoda etilishi kerak, ya’ni Malayziyada Riggitda va Britaniyada pul qiymati o‘zgarmas Funtsterling qilib qabul qilinadi. 2. Eski narx: Moliyaviy ma’lumotlar buxgalteriya kitobi yoki jurnal orderga haqiqatda muomala sodir boigan vaqtdagi narx bilan qayd qilinishi kerak. 3. Realizatsiya: Bu konsepsiyasi daromadga bog‘liq hisoblanadi qachonki qonuniy ruxsat berilganda 1 ta partiyadan boshqasiga, garchi puli toianganmi yoki yo‘qmi. 4. Muvofiqlik: Yaratilgan daromadlarda sekinlik bilan xarajatlar bo’lishi va o‘sha davrdagi foyda yoki zarami aniqlashda mutanosiblik bo’lishi kerak. 5. Ikkiyoqlama yozuv: Barcha muomalalar hech boimaganda moliyaviy hisobotning ikki qismiga ta’siri boiishi kerak ya’ni qabul qilish kerak va ta’sir berishi kerak. Bu ikki yoqlama yozuvning shakli (debet va kredit). 6. Materialistik: Ma’lumotlar faqat muomalalardan ya’ni qaqabul qilishga ta’sir ko‘rsatuvchi materiallar hisobga olingandan so‘ng hisobga olinishi kerak. Download 157.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling