Mavzu: buxgalteriya balansi va uning ahamiyati


Buxgalteriya balansi turlari


Download 62.92 Kb.
bet2/2
Sana07.04.2023
Hajmi62.92 Kb.
#1337369
1   2
Bog'liq
BUXGALTERIYA BALANSI VA UNING AHAMIYATI

Buxgalteriya balansi turlari.

Tuzilish vaqtiga ko‘ra buxgalteriya balanslari kirish, joriy, tugatish, bo‘linish va birlashtirish balanslariga bo‘linadi. Kirish balansi korxonaning tashkil topish paytida tuziladi. U korxona o‘z faoliyatini boshlayotgan boyliklar summasini belgilaydi. Kirish balansida ustav kapitali ta'sis hujjatlari bo‘yicha va unga doir badallar pul mablag‘lari, boshqa mol-mulk ko‘rinishida aks ettiriladi va hokazo.


Joriy balanslar korxona qonunchilik bilan belgilangan muddatlarda vaqti-vaqti bilan tuzilib turiladi. (Oylik, choraklik, yarim yillik, yillik). Tugatish balansi korxona faoliyatini tugatish sanasida mol-mulk va uning manbalari holatini tavsiflash uchun tuziladi. Tugatish balansi asosida tugatish komissiyasi korxonaning tugatilish paytidagi kreditorlik va debitorlik qarzlari summasini belgilaydi, so‘ngra kreditorlar bilan hisob-kitob qiladi, keyin korxonani tashkil etish chog‘ida muassislar tomonidan ustav kapitaliga kiritilgan badallarni qaytaradi. So‘ngra korxona mol-mulkining qolganini uning muassislari o‘rtasida taqsimlaydi, ya'ni barcha uzil-kesil hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Tugatish balansida xo‘jalik subyektining aktivlari tugatish komissiyasi bahosida, ya'ni ular sotilishi mumkin bo‘lgan bahoda aks ettiriladi. Olinishi umidsiz qarzlar va zararlar tugatish balansiga kiritilmaydi. Bo‘lish (ajratish) balanslari yirik korxonaning bir necha mayda korxonalarga bo‘linish vaqtiga yoki shu korxonaning bir yoxud bir necha tarkibiy bo‘linmasini boshqa korxonaga berish vaqtiga tuziladi. Ba'zi hollarda bu balans berish balansi ham deb yuritiladi. Birlashtirish balansi bir necha korxonalar bitta balansga birlashganida tuziladi. Axborot hajmi bo‘iicha balanslar bir martalik va yig‘ma balanslarga bo‘linadi. Bir martalik balans faqat bitta korxona bo‘yicha joriy hisob asosida tuziladi. Yig‘ma balans bir martalik balanslar asosida tuziladi va birlashmalar (vazirliklar, firmalar, aksiyadorlik jamiyatlari va shu kabilar)ning xo‘jalik mablag‘larini aks ettiradi.
Mulkchilik shakliga ko‘ra davlat, kooperativ, o‘z, aralash va qo‘shma korxonalar, shuningdek, jamoat tashkilotlari balanslari farq qiladi,
Aks ettirish obyektiga ko‘ra balanslar mustaqil va alohida balansga ajratiladi.
Mustakil balansni yuridik shaxs bo‘lgan korxonalar tuzadi.
Alohida balansni korxonaning tarkibiy bo‘linmalari (filiallar, sexlar, korxonaning avtotransport va turar-joy hamda kommunal xo‘jaliklari) tuzadi.
Tozalash usuliga ko‘ra balanslar brutto-balans va netto-balanslarga bo‘linadi.
Brutto-balans — tartibga soluvchi moddalarni o‘z ichiga oluvchi balansdir. "Asosiy vositalarning eskirishi", "Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi", "Sotib olingan xususiy aksiyalar" singari tartibga soluvchi moddalarni o‘z ichiga oladi.
Netto-balans — qiymatidan tartibga soluvchi moddalar summasi chegirilgan balans bo‘lib, bunga tozalash deyiladi. O‘zbekistondagi barcha korxonalar netto-balans tuzadi (1993 yildan boshlab), ya'ni balans yakuniga asosiy vositalar, arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlarning qoldiq qiymatda, qayta sotiladigan tovarlar esa tannarxi bo‘yicha kiritiladi.
Balansga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardir:
♦ balansning to‘g‘riligi;
balansning realligi;
♦ balansning yaxlitligi;
♦ balansning izchilligi;
♦ balansning tushunarliligi.
Balansning to‘g‘riligi balansni tuzishda asoslanilgan hujjatlarning to‘laligi va sifati bilan ta'minlanadi. Agar hisobot davrida xo‘jalik faoliyatining barcha muomalalari o‘z vaqtida hujjatli rasmiylashtirilmagan yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan bo‘lsa, unda balans korxona ishining haqiqiy yakunini aks ettirmaydi. Buxgalteriya balansining har bir moddasi hujjatlar, buxgalteriya hisobvaraqlaridagi yozuvlar, buxgalteriya hisob-kitoblari va inventarlash bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Buxgalteriya balansi ma'lumotlarini qasddan buzish niqoblash deyiladi. Balansni niqoblash qoida buzilishlarini yashirish maqsadida atayin va balansni tuzish bo‘yicha ayrim qoidalardan bexabarlik oqibatida bilmasdan qilingan bo‘lishi mumkin.
Balansning realligi moddalar bahosining obyektiv voqelikka muvofiq kelishini anglatadi. Balansning "to‘g‘riligi" va "realligi" tushunchalarini bir-biriga aralashtirmaslik kerak. Balans to‘g‘ri, ammo noreal bo‘lishi mumkin, ya'ni balans ma'lumotlari hujjatlar asosida tuzilgan bo‘ladi va haqiqiy mavjud mablag‘larni ko‘rsatadi, ammo uning ayrim moddalari real sharoitni, masalan, asosiy vositalar ma'naviy eskirganligi, debitorlik qarzini talab qilib olib bo‘lmasligi va shu kabilarni ko‘rsatmaydi.
Balansning yaxlitligi balansni yagona hisobga olish va baholash tamoyillari bo‘yicha tuzilishini, ya'ni korxonaning barcha tarkibiy bo‘linmalarida va tarmoqlarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarining bir xildagi mazmuni, ularning korrespondentsiyasi va shu kabilar qo‘llanilishini anglatadi.
Balansning izchilligi har bir keyingi balans oldingi balansdan kelib chiqishi lozimligida ifodalanadi. Masalan, oldingi yil yakuniy balansi (yil oxiriga bo‘lgan ma'lumotlar) yil boshiga bo‘lgan boshlang‘ich balansi ma'lumotlari bo‘lishi kerak, chunki hisobot yili oldingi yilning davomi hisoblanadi.
Balansning tushunarliligi – balansni tuzuvchilar va uni o‘qiydigan hamda tahlil qiladiganlar tushunishi uchun qulayligidir. Balansni aniq va tushunarli qilish uchun moddalar rekvizitlari va nomlari ikki tilda (o‘zbek va rus tilida) bayon qilingan, uning shakli ancha soddalashtirilgan.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI


I. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari 1.1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017 1.2.O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuni (yangi tahriri). 2016 yil 13 aprel. 1.3.O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. – T., 2008 (qo‘shimcha va o‘zgartirishlar bilan). II. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari. Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlar 2.1.O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni 2.2. “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 iyundagi farmoni 2.3. “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 iyuldagi farmoni 2.4.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 – 2007 yillarda Fermer xo‘jalielarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish to‘g‘risidagi 607 – sonli qarori. –//Xalq so‘zi, 2004. 2.5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tarkibi to‘g‘risida»gi Nizom. 54- qarori. –T.: O‘zBAMA, 2017y.
Statistika to‘plamlari ma’lumotlari 10.1.O‘zbekistonning 2017 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ko‘rsatkichlari. –T.: O‘zbekiston, 2018. XI. Internet saytlari. 11.1.«Norma” 2017. 11.2“Pravo” 2017. 11.3. WWW.Sam DU.uz.
Download 62.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling