Vertikal tahlilning ta'rifi


Download 25.89 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi25.89 Kb.
#1019754
Bog'liq
Qishloq xo`jaligi va shaharsozlik nuqati nazaridan relefni baholash


Qishloq xo`jaligi va shaharsozlik nuqati nazaridan relefni baholash

Reja:



Kirish
1. Vertikal tahlilning ta'rifi
2. Qishloq xo`jaligi nuqtai nazardan relefni baholash
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati


  1. Vertikal tahlilning ta'rifi

Vertikal tahlil deganda, ma'lum bir moliyaviy yil hisobotining har bir moddasi umumiy moddasi bilan taqqoslab, tahlil qilinadigan moliyaviy hisobotni tahlil qilish tushuniladi. Shunday qilib, u umumiy o'lchamdagi tahlil deb ham ataladi.
Vertikal tahlilda balansdagi moddalar qatori umumiy aktivlar, majburiyatlar yoki kapitalning ulushi yoki ulushi sifatida ifodalanishi mumkin. Shu bilan birga, daromadlar to'g'risidagi hisobotda xuddi shu narsa yalpi sotuvlar ulushi sifatida ko'rsatilishi mumkin, pul oqimlari to'g'risidagi hisobotda naqd pul tushumlari va tushumlari pul tushumlarining umumiy ulushi sifatida belgilanadi.
Shu maqsadda, umumiy hajmdagi moliyaviy hisobotlar ishlatiladigan, bu erda bayonotning turli xil elementlarining umumiy element bilan o'zaro bog'liqligi ushbu umumiy narsaning foizlari bilan belgilanadi, ya'ni pastki satr.
Ushbu tahlil yordamida shunday hisoblangan foizlar, ularning hajmidan qat'i nazar, o'tgan yillardagi ekvivalent foizlar natijalari yoki shu sohada faoliyat yuritayotgan boshqa kompaniyalar bilan to'g'ridan-to'g'ri taqqoslanishi mumkin. Shunday qilib, umumiy hajmdagi moliyaviy hisobot nafaqat firma ichidagi taqqoslashda, balki firmalararo taqqoslashda ham yordam beradi.


  1. Qishloq xo`jaligi nuqtai nazardan relefni baholash

Joyning relyefini qishloq xo’jaligi nuqtai nazaridan o’rganishda albatta uning iqlimini, tuproqlari, o’simliklari, tog` jinslari va landshaftining boshqa elementlari tahlili bilan bog`lab tadqiq etish lozim.
Relyef qishloq xo’jaligiga bevosita va bilvosita ta’sir etadi. Masalan, yerning haydashga qanchalik yaroqligi qishloq xo’jaligida foydalaniladigan mashinalarni ishlatish imkoniyati, umuman ulardan foydalanish imkoniyati, sug`orish usullari ko’p jihatdan relyefga bog`liq. Bularni baholash uchun joyning nishoblik darajasi, qanchalik notekisligi, erozion chuqurliklar farqi, yonbag`irlarning uzunligi va ekspozistiyasi, mikrorelyefi o’rganiladi. Bu omillar hal qiluvchi ekologik ahamiyatga ega bo’lmagan taqdirlarda ham qaysi ekin turini ekishni aniqlashda, yerga ishlov berish, sug`orish usullarini belgilashda, hosildorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Relyefning bilvosita ta’sirini o’rganish ham muhim, chunki relyef joyning mikro iqlimi sharoiti, radiastiya va issiqlik balansi, yorug`lik darajasi, tuproqning namlanish orqali qishloq xo’jaligi ekinlarining yetilishiga, hosiliga ta’sir ko’rsatadi.
Relyefni qishloq xo’jaligi uchun baholashda odatda geografik-geomorfologik va morfometrik metodlardan foydalaniladi.
Geografik-geomorfologik metodlardan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining ayrim tomonlarini va umumiy masalalarini relyef jihatdan tahlil qilishda foydalaniladi. Bunda, masalan, joyning geologik-geomorfologik tuzilishi bilan tuproq-o’simlik qoplamining bog`liqligi, relyef bilan iqlim o’rtaisdagi bog`liqlik o’rganiladi.
Morfometrik metoddan yonbag`irning uzunligi, shakli, qiyaligi haqida ma’lumot olishda, ihota daraxtzorlarini, kanallarni loyihalashtirishda, nomaqbul tabiiy jarayonlarning oldini olish tadbirlarini belgilashda keng foydalaniladi.
Umuman, relyefni qishloq xo’jaligi maqsadida baholaganda uning quyidagi jihatlariga alohida axamiyat qaratmoq zarur:

  1. Joyning balandligini va o`ydim-chuqurlik darajasini aniqlash va uni qishloq xo’jaligi uchun baholash. Joyning balandligi bu yerda qishloq xo’jaligi qaysi tarmog`ini rivojlantirishni aniqlashga yordam beradi.

  2. Hududning parchalanganlik darajasi ekin maydonlarining katta-kichikligiga, unda qishloq xo’jalik mexanizmlarini ishlatish imkoniga, mexnat unumdorligiga ta’sir etadi. Hududning parchalanganlik darajasi formulasi yordamida aniqlanadi.

Bunda
a- hududning parchalanganligi,
R- Hududning maydoni (km2 ).
I- erozion o’yiqlarning uzunligi (km)
3. Yonbag`irlar o’rganilganda asosan ularning qiyaligiga, uzunligiga, shakliga, ekspozistiyasiga e’tibor beriladi, chunki bu ko’rsatkichlar o’simliklarning o’sishiga, hosilning miqdoriga va sifatiga eng ko’p ta’sir etadi. Tuproqning namlikni tutib turishi, qishloq xo’jaligi mashinalarini ishlash sharoiti va ish unumi yer yuzinig qiyaligiga bog`liq. Qiyalik tuproqning yuvilish sur’atiga ham ta’sir ko’rsatadi.
Yonbag`irlar shakliga ko’ra 4 turga bo’linadi: - botiq, qovariq, tekis va murakkab. Bularning har birida yuvilish va akkumlyastiya jarayonlari turlicha ro’y beradi.
Yonbag`irlar ekspozistiyasi erozion jarayonlar sur’atiga ta’sir etuvchi omillardan biri bo’lib, yonbag`irning issiqlik va yorug`lik rejimiga va ular orqali tuproq haroratiga, namligiga, o’simlik qoplamiga, shamolning yo’nalishiga va tezligiga ta’sir ko’rsatadi. O’zbekistonda janubi-g`arbiy, janubi-sharqiy yonbag`irlar iliqroq, quruqroq bo’ladi. Bu hol shu yonbag`irlarda ekinlarni 5-7 kun ertaroq ekish imkonini beradi.
Relefni O’zbekistonda keng tarqalgan obikor dehqonchilik nuqtai-nazaridan baholaganda yer yuzining morfometrik ko’rsatkichlari va plastikasi ko’rsatkichlari asos qilib olinadi.
Yuqorida aytib o’tilganidek, yer yuzining qiyaligi qishloq xo’jaligi mashinalarining qanday ishlashiga, yer usti suv oqimiga, sug`oruv kanallari va zovur, drenaj shoxobchalari o’rnini aniqlashga, sug`orish usullarini belgilashga ta’sir etadi. Obikor dehqonchilik uchun relyef qiyaligini o’rta mashtabli guruhlashtirilishi eng ahamiyatli hisoblanadi. Biz quyida relyefning qiyaligiga ko’ra guruhlarini ko’rib chiqamiz:
Tekis yerlar -qiyaligi 0,0-0,10. Bunday qiyalikdagi yerlar sug`orib ekin ekish uchun yaroqli, lekin qiyalik deyarli bo’lmaganligi uchun sholidan boshqa ekinlarni sug`orish uchun noqulay. Suv keltirgan jinslar va sug`orma suvlarning bug`lanishi natijasida tuzlar akkumlyastiyasi kuzatiladi, yerlar botqoqlanishi mumkin. Egatlarga suv lotoklar orqali olib kelinadi yoki yerlar bostirib sug`oriladi.
Qiyalik juda kamy erlar – qiyaligi 0,1-0,20. Sug`orib ekin ekish uchun qulay, hamma ekin turlarini sug`orish uchun qulay sharoit mavjud, tuproqning bir tekis namlanishi ta’minlanadi. Tuproq yuvilishi deyarli kuzatilmaydi.
Sal qiya yerlar -qiyalik 0,2-0,50. Sug`orib ekin ekish uchun yaroqli. Paxta va boshqa ekinlarni sug`orish qulay, biroq sug`oruv suvi miqdori normadan sal ortib ketsa, 0,3 0 qiyalikdan boshlab tuproq sekin yuvilishi mumkin.
Ozgina qiya yerlar - qiyalik 0,5-1,00. Sug`orib ekin ekish uchun yaroqli. Lekin egatlarda suv miqdori maromi oshib ketmasa, paxtani sug`orish uchun nisbatan qulay sharoit mavjud. Kuchsiz eroziya sug`orma bo’lishi mumkin.
Qiyaligi o’rta yerlar qiyalik- 1-20. Sug`orib ekin ekish uchun yaroqli. Paxtani sug`orish uchun uncha qulay emas. Tabiiy holda tuproqning bir oz yuvilishi kuzatiladi. Sug`organda tuproq yuvilishini hisobga olish va jo’yaklarni yonbag`irga ko’ndalang o’tkazish lozim.
Qiya yerlar-qiyalik- 2-30. Sug`orib ekin ekish uchun yaroqli. Paxtani sug`orish uchun sharoit noqulay. Tuproqlarning yuvilishi sezilarli kuzatiladi. Egatlarni yonbag`irlar qiyaligiga ko’ndalang o’tkazish lozim.
Qiyaligi katta yerlar- qiyalik 3-50. Sug`orish uchun yaroqli, lekin tuproq yuvilishi sug`orishni qiyinlashtiradi. Maromidan ortiq suv bilan sug`orish kuchli yuvilishga olib keladi. Tuproqning tabiiy holda yuvilishi o’rtacha. Sug`orish maxsus zinapoyali kalta egatlarda olib borilishi lozim.
Qiyaligi juda kattay yerlar- qiyalik 5-80. Bahorgi dehqonchilik uchun yaroqli, lekin yerni haydash uchun juda noqulay. Tuproqning gumusli qatlamining kuchli yuvilishi kuzatiladi. Dehqonchilikni maxsus zinapoya terrasalarda olib borish mumkin. Yerga yonbag`ir qiyaligiga ko’ndalang yo’nalishda ishlov berish mumkin.
O’ta qiya yerlar – qiyalik 8-120 .Sug`orib ekin ekish uchun yaroqsiz, eroziya tuproqni butunlay yuvib ketishi mumkin. Tokchilik va bog`dorchilikda foydalanish mumkin (kichik yerlarda).
Sug`orib ekin ekiladigan yerlarning meliorativ holatini aniqlashda yerning o’ydim-chuqurligi, o’yiqlarning qanchalik chuqurligini baholash ham muhim o’rin tutadi.
Yerni planirovka qilish (tekislash), sug`oruv ariqlari va zovurlar shoxobchalari yo’nalishini aniqlash, quriladigan nasos stanstiyalari quvvatini belgilash yerning o’ydim chuqurligi ma’lumotlariga asoslanadi. Yer osti suvlari tabiiy oqimini, mahalliy eroziya bazislarini aniqlash ham shu ma’lumotlar asosida bajariladi.
Uydim-chuqurligi (o’yiqlar chuqurligi) 0-1 m bo’lgan yerlar sug`orib ekin ekish juda noqulay hisoblanadi, chunki bunda grunt suvining oqib chiqib ketishi qiyin bo’ladi. Bunday erlarda grunt suvi yuzaga ko’tarilib, tuproqda tuz to’planganligi uchun zovur-drenaj tarmoqlarini ancha zich joylashtirish va yerlarga har yili yaxob suvi berish zarur bo’ladi.
Obikor dehqonchilik uchun ko’p joylarda o’rtacha darajadagi uydim-chuqur yerlar (5-10m)eng qulay hisoblanadi. Bunday yerlarda grunt suvi chuqurda, uning tabiiy oqimi ta’minlangan bo’ladi.
Kuchli parchalangan (o’yiqlar chuqurligi 10-20 m) yerlar sug`orib ekin ekish uchun ancha noqulay. Bunday joylarda grunt suvi oqimi yetarli, drenaj kerak emas, lekin suvni tepaga nasoslar orqali ko’tarib berish, sug`orish ishlarini olib borish ancha qiyinlashadi.
Irrigastiya maydonlarining meliorativ holatini baholashda joy relefining parchalanganlik darajasini aniqlash ham juda muhim. Hududlarning parchalanganlik darajasi ekinlarning maydoning shaklini belgilashda, eng qulay mexanizmlardan qanchalik foydalanish mumkinligini aniqlashda qo’l keladi.
Olimlarning fikricha, ikki chuqurlik yoki balandlik orasidagi masofa 0,4 km dan ortiq bo’lsa, bunday yerlar sug`orib ekin ekishga yaroqli, agar 0,7-0,8 km bo’lsa juda ham qulay hisoblanadi.
Obikor dehqonchilik erlari relyefini baholashda joyning past va baland joylarini, qiyalik yo’nalishini aks ettiradigan relef plastikasi xaritasini tuzish ham maqsadga muvofiqdir.
Chunki bunday xaritadan bir havza doirasida eritma va qattiq holatdagi organik-mineral moddalar harakati yo’nalishini, grunt suvlari holatini, tabiiy yer osti suvi oqimi yo’nalishini, tuproqning sho’rlanish darajasi va turlarini aniqlash mumkin. Relyef plastinkasi xaritasi kanal, ariq va zovurlar o’tkazish joyini aniqlashga ham yordam beradi.

Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, landshaft resurslarini, iqlimni, yer osti va yer usti suvlarini, relyefni uyg`unlikda tahlil qilish tabiiy geografik tadqiqotlarda asosiy usul hisoblanadi va, eng muhimi, u orqali O’zbekistonning tabiiy sharoitini qishloq xo’jaligi maqsadlarida geoekologik tahlil qilish imkoni tug`iladi.
Relefni O’zbekistonda keng tarqalgan obikor dehqonchilik nuqtai-nazaridan baholaganda yer yuzining morfometrik ko’rsatkichlari va plastikasi ko’rsatkichlari asos qilib olinadi.
Relyefning bilvosita ta’sirini o’rganish ham muhim, chunki relyef joyning mikro iqlimi sharoiti, radiastiya va issiqlik balansi, yorug`lik darajasi, tuproqning namlanish orqali qishloq xo’jaligi ekinlarining yetilishiga, hosiliga ta’sir ko’rsatadi.
Relyefni qishloq xo’jaligi uchun baholashda odatda geografik-geomorfologik va morfometrik metodlardan foydalaniladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1. Qats D.M. «Osnovq geologii i gidrogeologii» M. «Kolos», 1981
2. Tolstoy M.P; Maligin V.A. «Osnovi geologii» M. «Nedra», 1988
3. Gorshkov G.P; Yakushev A.F. «Obshaya geologiya» M. MGU, 1962
4. Lange O.K. «Geologiyaga kirish», T. «O‘rta va oliy maktab»,1962
5. Maligin V.A. «Osnovi geologii i gidrogeologii» M. «Nedra»,1976
6. www.ziyonet.uz
7. www.qmii.uz
Download 25.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling