Mavzu: «Buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish» fanining predmeti reja
Download 23.93 Kb.
|
Buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish fanining predmeti
MAVZU: «Buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish» fanining predmeti REJA: 1)KIRISH 2) BUXGALTERIYA HISOBINING MOHIYATI, PREDMETI VA METODI 3) Soliqlar va soliqqa tortish fanini o’qitishning zarurligi, uning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi 4) Soliqlar va soliqqa tortish fanining predmeti va funksiyalari. KIRISH Agrar sohani modernizatsiyalash sharoitida qishloq xo‘jalik korxonalari faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish uchun ular faoliyatida sodir bo‘lgan va bo‘layotgan, bo‘ladigan jarayonlarni, ularning natijalarini har taraflama chuqur o‘rganish va nazorat qilish natijasida mavjud imkoniyatlarini aniqlash hamda ularni xo‘jalik faoliyatiga jalb etish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlarni ko‘rsatish lozim. Bu muammolarni hal qilishda «Buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish» fani muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki har bir qishloq xo‘jalik korxonasi faoliyatini chuqur o‘rganish va nazorat qilish orqali mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish, tannarxni kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, foydani ko‘paytirish, to‘lov qobiliyatini yaxshilash, moliyaviy barqarorlikni oshirish imkoniyatlari aniqlanadi. «Buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish» fanini o‘rganish orqali buxgalteriya hisobining mohiyati, predmeti va metodi, buxgalteriya balansi, schotlar va ikki yoqlama yozuv, hujjatlashtirish, inventarizatsiya, hisob registrlari va shakllari, shuningdek, o‘rmon xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish, moliyaviy va nomoliyaviy aktivlarining hisobini yuritish, hujjatlashtirish tartibi, moliyaviy hisobotlar va uni tuzish tartibi haqida tasavvurga ega bo‘ladi, bilim va ko‘nikma shakllanadi. «Buxgalter» (nemischa buch-kitob, halter-tutmoq, saqlamoq) so‘zi esa ilk marotaba Germaniyada, 1498 yil Luka Pacholining asari nashr etilgandan 4 yil o‘tgach paydo bo‘ldi. Imperator Maksimilian I ning farmonida shu so‘z qo‘llanilgan edi. Hisob – bu korxona xo‘jalik faoliyatida yuz beradigan ayrim hodisalarni kuzatish, o‘lchash va ro‘yxat qilish uning faoliyatini miqdorlarda aks ettirishdan iborat. Hisobning asosiy vazifalari quyidagilar: - korxona, tashkilot va muassasalarning xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘ladigan jarayonlarni kuzatib borish; - kuzatish natijasida olingan ma’lumotlarni miqdor ko‘rsatkichlarda ifodalash; - korxona, tashkilot va muassasalar xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘ladigan jarayonlarni hujjatlarda aks ettirish; - maxsus hujjatlarda qayd qilingan xo‘jalik operatsiyalarini umumlashtirish va guruhlash; - korxona, tashkilot va muassasalar xo‘jalik faoliyati ustidan uzluksiz nazorat olib borish va unga ta’sir etish. Hisobning quyidagi turlari mavjud: - operativ hisob; - statistik hisob; - buxgalteriya hisobi Operativ hisob – bu ishlab chiqarishning ayrim bo‘linmalarida sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlari va xo‘jalik operatsiyalari haqida zarur ma’lumotlarni tezkor holatda yetkazib berishga qaratilgan joriy kuzatish va nazorat qilish usulidir. Statistik hisob - muayyan sharoitda xalq xo‘jaligining butun miqyosida hamda ayrim sohalarida ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarini miqdoriy ifodada o‘rganadi. Demak, statistik hisob ommaviy-ijtimoiy hodisalarni o‘rganish va nazorat qilish tizimini o‘z ichiga oladi. Buxgalteriya hisobi – barcha xo‘jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar asosida hisobga olish yo‘li bilan buxgalteriya axborotini yig‘ish, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidan, shuningdek uning asosida moliyaviy va boshqa hisobotni tuzishdan iboratdir. Buxgalteriya hisobi xo‘jalik operatsiyasini buxgalteriya hisobining kamida ikkita schotida bir vaqtda va o‘zaro bog‘liq holda pulda baholab aks ettirish yo‘li bilan ikki yoqlama yozuv usulida yuritiladi. Buxgalteriya hisobining maqsadi – bu foydalanuvchilarni to‘liq va ishonchli moliyaviy hamda buxgalteriya axboroti bilan o‘z vaqtida ta’minlashdan iborat. Buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - korxonada sodir bo‘layotgan xo‘jalik operatsiyalarini hujjatlarda o‘z vaqtida rasmiylashtirish; - buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotlarni shakllantirish; - samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish; - moliyaviy hisobotni o‘z vaqtida tuzish va tegishli organlarga taqdim etish. Buxgalteriya hisobining funksiyalari quyidagilardir: - rejali; - nazorat; - axborot; - tahliliy (baholash); - uzviy aloqa. Buxgalteriya hisobining predmeti – bu korxonaning pul ifodasida aks ettiriladigan xo‘jalik mablag‘lari shu mablag‘lar manbalari, ularning xo‘jalik faoliyati va moliyaviy natijalaridir. Metod lotincha so‘zidan olingan bo‘lib, «izlanish yo‘llari, usullari» degan ma’noni bildiradi. Buxgalteriya balansi - «Balans» so‘zi lotincha bo‘lib, uning aynan tarjimasi bis - «ikki karra» va lans - «tarozi pallasi», ya’ni tarozi ikkita pallasining tengligi degan ma’noni, muvozanat tenglik ramzini bildiradi. Buxgalteriya hisobining schotlari – bu xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘lar manbalari va xo‘jalik jarayonlarini nazorat qilish va boshqarish uchun zarur axborotlarga ega bo‘lish maqsadida, ularni dastlabki hujjatlar ma’lumotlariga asosan joriy tartibda hisobga olish, guruhlash va bir tizmga keltirish usuli. Saldo - «Saldo» italyancha so‘z bo‘lib, aynan tarjimasi «hisob-kitob» degan ma’noini bildiradi. Sintetik schotlar – bu xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘larning manbalari va xo‘jalik operatsiyalari to‘g‘risida umumlashgan ma’lumotlarni faqat pul o‘lchovida hisobga oladigan schotlarga aytiladi. Analitik schotlar – bu xo‘jalik mablag‘lari va mablag‘larning manbalari va xo‘jalik operatsiyalari to‘g‘risida to‘la tavsif beradigan va ularni pul, natura va mehnat o‘lchovida hisobga oladigan schotlarga aytiladi. Doimiy schotlar – bu hisobot davri oxiriga saldoga ega bo‘lib, buxgalteriya balansida aks ettiriladigan aktivlar, majburiyatlar, sarmoyalar schotlaridir. Aktiv schotlar (A) – bu aktivlarni aks ettirishga mo‘ljallangan schot bo‘lib, unda iqtisodiy resurslarning qoldig‘i va ko‘payishi schotning debetida kamayishi esa kredit bo‘yicha aks ettiriladi. Passiv schotlar (P) - bu majburiyat va samoya aks ettirishga mo‘ljallangan schot bo‘lib, unda majburiyat va samoyaning qoldig‘i va ko‘payishi schotning kredit bo‘yicha, kamayishi esa debet bo‘yicha aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobinig schotlari ikki tomonli jadval shaklga ega bo‘lib, chap tomoni-»debet», o‘ng tomoni-»kredit» deb ataladi. «Debet» va «kredit» atamalari lotincha bo‘lib, aynan tarjimasi debet-»u qarzdor» va kredit-»u ishonadi» degan ma’noni bildiradi. Ikki yoqlama yozuv – bu xo‘jalik operatsiyalari natijasida vujudga keladigan iqtisodiy hodisalarni schotlar orqali o‘zaro aloqador holda aks ettirish usuliga aytiladi. Schotlar korrespondentsiyasi – bu ikki yoqlama yozuv orqali schotlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishini belgilashga aytiladi. Buxgalteriya yozuvi (provodkasi) – bu debetlanuvchi va kreditlanuvchi schot va aks ettiriladigan xo‘jalik operatsiyasining summasini ko‘rsatilishi aytiladi. Oddiy buxgalteriya yozuvi (provodkasi) – bu bir schotning debetida ikkinchi bir schotning kreditida bir xil xo‘jalik operatsiyasi aks ettirish usuliga aytiladi. Oddiy buxgalteriya yozuvi (provodkasi) – bu ayrim xo‘jalik operatsiyalari xususiyatiga ko‘ra bir schotning debetida va bir necha schotning kreditida yoki aksincha holatda bir xil xo‘jalik operatsiyasi aks ettirish usuliga aytiladi. Hujjat – bu amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyasi to‘g‘risida yozma guvohlik bo‘lib, buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga yuridik kuch bag‘ishlaydi. Hujjatlashtirish - bu korxona xo‘jalik faoliyatini kuzatib borish, hisobga olinadigan xo‘jalik operatsiyalarini nazorat qilish va aks ettirishning asosiy usulidir. Inventarizatsiya - bu buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan haqiqatdagi ma’lumotlar o‘rtasidagi tafovutni bartaraf qilish maqsadida korxona mablag‘lari natura holatini, ushbu korxonaning boshqa korxonalar bilan hisob-kitob ishlarini tekshirish usulidir. Buxgalteriya hisobining registrlari – O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunning 15-moddasida quyidagicha ta’rif berilgan: «Buxgalteriya hisobi regestrlari ikki yoqlama yozuv usuliga muvofiq yuritiladigan jurnallar, qaydnomalar, kitoblar va tasdiqlangan blankalardan (shakllardan) iborat». Buxgalteriya hisobi regestrlari texnika vositalaridan, axborot tizmlaridan va axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda elektron hujjat tarzda yaratilishi, ishlov berilishi va saqlanishi mumkin. Buxgalteriya hisobi regestrlarida boshlang‘ich hisob hujjatlaridagi ma'lumotlar tizimlashtirilishi va to‘planishi kerak. Buxgalteriya hisobi regestrining majburiy rekvizitlari quyidagilardan iborat: regestrning nomi; buxgalteriya hisobi subektining nomi; regestrni yuritish boshlangan hamda tugallangan sana va (yoki) regstr tuzilgan davr; xo‘jalik operatsiyalarining xronologik va (yoki) tizimli guruhlanishi; xo‘jalik operatsiyalarining o‘lchov birligi ko‘rsatilgan holda puldagi o‘lchov miqdori; regestrni yuritish uchun ma'sul bo‘lgan shaxslarning lavozimlari, familyalari hamda ismi hamda otasi ismining bosh harflari ko‘rsatilgan holdagi imzolari yoki ushbu shaxslarni indentifikatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan boshqa rekvezitlar. Buxgalteriya hisobi regestriga tasdiqlanmagan tuzatishlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Buxgalteriya hisobi shakli bu o‘zaro bog‘langan hisob registrlari tizimi va ularda buxgalteriya hisobi ob’ektlarini aks ettirishning shakllangan tartibidir. Buxgalteriya hisobi shakli jamlama va tahliliy hisob registrlarining tarkibi va o‘zaro aloqasi, registr tashqi ko‘rinishi va tuzilishi shakli, ularda xo‘jalik operatsiyalarini qayd etilishining izchilligi va usullari bilan ifodalanadi. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasining korxonalarida buxgalteriya hisobining quyidagi shakllari qo‘llaniladi: soddalashtirilgan; memorial-order; jurnal-order; avtomatlashtirilgan. Hisob yozuvlaridagi xatolarni tuzatishda xatoning xususiyati va aniqlangan vaqtiga qarab quyidagi usullardan birortasi qo‘llaniladi: - korrektura - qizil storno - qo‘shimcha yozuv Download 23.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling