Ta'lim texnologiyasining mohiyati va belgi xususiyati Reja
Download 54.28 Kb.
|
Ta\'lim texnologiyasining mohiyati va belgi xususiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxsga yonaltirilgan oqitish texnologiyalarning mohiyati va tamoyillari
Ta'lim texnologiyasining mohiyati va belgi xususiyati Reja: 1.Ta’lim texnologiyalarining umumiy mohiyati. 2.Ta’lim texnologiyasi pedagogik tizim elementlari. 3.Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalari. Ta'lim texnologiyasi – o’quv mashg’ulotlarida ko’rsatilgan barcha bilish jarayonlarini amalga oshirib, pirovard natijada barcha faoliyat turlarini to’liq o’zlashtirishga yordam beradi. Bunday darslarda dars qismlarining ichki aloqasi: maqsad, mazmun va ish usuli bilan amalga oshiriladigan ta'lim, mumtoz tizimning bosqichlari saqlanib qoladi. Ya'ni, uy vazifalarini tekshirish, uning asosida yangi bilimlar, malaka va aqliy faoliyatning turlarini egallash bosqichlari, shuningdek mustahkamlash va mustaqil ishlash, darsni umumlashtirish va uy vazifasini tushuntirish singarilar yotadi. Shaxsga yo'naltirilgan o'qitish texnologiyalarning mohiyati va tamoyillari O'qitish jarayonida, pedagogik texnologiyalar talablari asosida ifoda etilgan, o'quv maqsadlariga erishiladi. Ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashgan davrda o'qitish samaradorligi, asosan, o'quvchining o'qitish jarayonidagi o'rni, pedagogning unga bo'lgan mimosabatiga bog'liq bo'ladi. Bu yerda o'qitish texnologiyasining ikki turini ajratib ko'rsatish mumkin: avtoritar va shaxsga yo'naltirilgan. Avtoritar texnologiyada, pedagog yagona subyekt sifatda namoyon bo'ladi, o'quvchilar esa faqatgina «obyekt» vazifasini bajaradi xolos. Bunda o'quvchining tashabbusi va mustaqilligi yo'qoladi, o'qitish majburiy tarzda amalga oshiriladi. Odatdagi an'anaviy o'qitish, avtoritar texnologiyaga taalluqlidir. Bunda, avvalo Y.A.Komenskiy tomonidan ifoda etilgan, didaktika tamoyillariga asoslangan o'qitishning «sinf-dars» tizimida tashkil etish nazarda tutiladi. Hanuzgacha dunyoda eng ko'p tarqalgan o'qitishning «sinf-dars» tizimi hisoblanadi, u quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: Yoshi va tayyorgarlik darajasi taxminan bir xil bo'lgan o'quvchilar sinfni (guruhni) tashkil etadi: Sinf (guruh, oqim) yagona o'quv reja, yagona o'quv dasturlar va yagona mashg'ulotlar jadvali bilan shug'ullanadi; Mashg'ulotlarning asosiy birligi dars bo'lib, u bitta fanning bitta mavzusiga bag'ishlanadi va o'qituvchi tomonidan boshqariladi; O'quv kitoblari asosan uy ishlari uchun qo'llaniladi. An'anaviy o'qitish asosan bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishga qaratilgan bo'lib, shaxsning rivojlanishini ko'zda tutmaydi. Download 54.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling