Reja: Bilimlar diffuziyasi mohiyati


Download 17.19 Kb.
Sana20.10.2023
Hajmi17.19 Kb.
#1711083
Bog'liq
Reja Bilimlar diffuziyasi mohiyati-fayllar.org


Reja: Bilimlar diffuziyasi mohiyati

BILIMLAR DIFFUZIYASI


REJA:
1.Bilimlar diffuziyasi mohiyati
2.Asosida yangi bilimlar yotadigan innovatsiyalar va bilimlar diffuziyasining tasnifi.
3.Bilimlar diffuziyasi va Marketing
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Bilimlar diffuziyasi mohiyati
Innovatsion jarayonning mohiyati shunda namoyon bo‘ladiki, u innovatsiyalar tashabbusi bilan chiqish, yangi mahsulot va operatsiyalar ishlab chiqish, ularni bozorda sotish va diffuziyalash bo‘yicha maqsadli yo‘naltirilgan harakatlar zanjirini ifodalaydi. Innovatsion jarayon ettita elementni o‘z ichiga oladi, ularning umumiy bir ketma-ketlikdagi zanjirga birlashuvi innovatsion jarayon strukturasini tashkil etadi.
“Vaqtinchalik monopol foydani qo‘llab quvvatlanishi ustundir. Ortiqchalikni inkor etilishi ta’siri firmalarning investitsiyaviy qarorlarini keskinlik bilan qabul qilishiga olib keladi. CHunki, kutilgan daromad aslida yuqoriroq bo‘ladi. SHu ortiqchalik samarasiga bog‘liq holda bilimlar diffuziyasi dasturiy ta’minotlar texnologiyasi va transmilliy kompaniyalar tomonidan ko‘paytirilgan bevosita investitsiyalar orqali sur’atlar tezlashtiriladi” .
2.Asosida yangi bilimlar yotadigan innovatsiyalar va bilimlar diffuziyasining tasnifi

Asosida yangi bilimlar yotadigan innovatsiyalar juda qiyin nazorat qilinadigan bo’lishi mumkin. Ular uchun, masalan, ishlab chiqish muddatining eng uzoqligi xarakterli: yangi bilimlar paydo bo’lgan vaqtdan ularni amaliyotda qo’llash mumkin bo’lgan texnologiyaga aylantirishgacha ancha katta muddat talab qilinadi. Bu texnologiya muayyan jarayon, mahsulot yoki xizmat timsolida amalga oshirilishi uchun ham kam vaqt sarflanmaydi. Bu turdagi innovatsiyalar odatda birdaniga turli sohalarda bir nechta kashfiyotni uyg’unlashtirishga tayanadigan hollarda muvaffaqiyatga uchraydi. Yuqorida sanab o’tilgan omillar vaqt bo’yicha kesishishi mumkin, demak, bir vaqtning o’zida kompaniyada o’z kuchlarini sarflash uchun birdaniga bir nechta yo’nalish tanlash imkoniyati paydo bo’lishi mumkin. Asosida yangi bilimlar yotadigan innovatsiyalar bu – tadbirkorlikning «superyulduzlari»dir. Ular eng katta e’tibor qaratiladigan ob’ektlarga aylanadi va eng ko’p daromad keltiradi. Aynan ular jamiyat nigohida asl yangiliklar hisoblanadi. Asosida yangi bilimlar yotadigan innovatsiyalarni amaliyotga joriy qilinishi va ommalashtiilishi bilimlar diffuziyasini ifodalaydi. Bunday yangiliklar kiritishning hammasi ham keng miqyosli va ahamiyatli emasligiga qaramay, ularning eng muhim (epoxal) yangiliklar kiritish umumiy hajmidagi ulushi juda katta. Ular boshqalardan asosiy xislatlari: vaqt bo’yicha qamrovi, muvaffaqiyatsizliklar ulushi, oldindan aytish mumkinligi, ularni amalga oshiradigan sub’ektlarga qo’yiladigan talablar darajasi va hakozalar bo’yicha farq qiladi. Shu bilan bir paytda aynan shu yangiliklar eng qiyin boshqariladigan hisoblanadi, yangi bilim paydo bo’lishi va uni amaliy foydalanish, bozorda taklif etiladigan mahsulot (xizmat) ko’rinishiga keltirish o’rtasidagi uzilishlar tufayli uzoq vaqt davom etishi bilan farqlanadi. Ular eng ko’p ilm talab qiladi ham. Boshqa yangiliklardan ko’ra muvaffaqiyatli amalga oshirish aynan shu turdagi yangiliklar uchun ko’proq darajada ko’zlangan maqsadni aniqroq tushunishni, aniqroq strategik yo’nalishni, mos keladigan siyosat tanlashni, risk darajasini pasaytirish bo’yicha chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqish va amalga oshirishni talab qiladi. Innovatsion jarayon innovatsiyalar diffuziyasi bilan yakun topadi. Innovatsiyalar diffuziyasi bir marta o’zlashtirilgan innovatsiyani yangi mintaqalar, yangi bozorlar va yangicha moliyaviy-iqtisodiy sharoitlarda tarqatishni ifodalaydi. Diffuziya moliyaviy innovatsiya tavsifnomasi yoki uni harakatlantirish shartlarining o’zgarishi (bank foiz stavkasi, depozit muddati va h.k.ning o’zgarishi), yangi sotuv bozoralrini egallab olish va hakozolar bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Innovatsion faoliyat, ayniqsa fundamental va amaliy tadqiqotlarni bajarishda noaniqlik va xatarning yuqori darajasi bilan ta’riflanadi. Yangilik kiritish loyihasini tanlash va qarorlar qabul qilishda ham xatar elementi juda katta. U axborotlarning to’liqligi ko’zda tutilgan loyihaning sifati, qarorlar qabul qilish usullari va yondashuvlarga bog’liq. Yangi tovarni seriyali ishlab chiqarish zarurati eng kam bo’ladi. Ammo bozorga chiqish va yangilik kiritish diffuziyasida yangiliklarning noaniqlik va xatar elementlari yana o’sadi, yangiliklarni sotishning barqaror hajmi va yuqori raqobatbardoshligida esa kamaya boshlaydi. Keyingilar innovatsiyalar yashash davrlarining har xil bosqichlarida ularni boshqarish xususiyatlaridir. Ko’pgina ijodiy g’oyalar bilimlar o’sishining mantiqiy izchil jarayoni va tafakkurning an’anaviy sharhi bo’lmaydi. Tijorat novatorlik tashkilotlari hamma vaqt ham beixtiyor ijodiy hodisalarga bog’liqdir. Korxonaning oddiy, an’anaviy faoliyatida “boshqarish usullari va yondashuvlari tasodifga juda kam joy qoldiriladi, ammo tadbirkorlik loyihalarining muvaffaqiyati ko’proq darajada bu loyihalar asoslangan g’oyalar va kontseptsiyalarning sifatiga bog’liq”, - deb yozadi yangiliklar bo’yicha mashhur mutaxassis Brayn Tviss. Yangilik diffuziyasi. Yangilik kolilersializatsiyasi jarayoni ularning iqtisodiyot sistemasida tarqalishi bilan kuzatiladi. Avval bu kabi tarqalish bir necha tashkilot doirasida bo‘lib o‘tadi, lekin keyinroq keng quloch oladi. Bu jarayon diffuziya deyiladi. Yangilik diffuziyasi – iqtisodiyotda ularning tarqalish jarayoni. Yanada aniqroq aytganda bu jarayon eski texnologiyalarni siqib chiqarilishi orqali, shuningdek, mijozlar tomonidan anologi bo‘lmagan yangi texnologiyalarni qabul qilish orqali ifodalanadi.
3. Bilimlar diffuziyasi va Marketing
Globallashuv, raqobat kuchayishi va mahsulotning hayot davrlari qisqarishining hozirgi tendensiyalari korxonaning ham alohida xodimlar, ham umumiy firma darajasida tajriba to‘plash va shu asosda o‘rganish qobiliyatiga bog‘liq hozirjavoblik va moslashuvchanlik kabi sifatlarini ilgari surmoqda. Firmalar xodimlarning marketing omilkorligi qanday rivojlanayotganligini tahlil qilishi va bu jarayonni boshqarishga intilishi zarur. Marketing omilkorligini boshqarishga barcha boshqaruv funksiyalari, ya’ni rejalashtirish, tashkillashtirish, tartibga solish, nazorat, hisob va tahlil, rag‘batlantirish jalb etiladi. Demak, marketing omilkorligini shakllantirish bilan uzviy bog‘liq jarayonni o‘rganish zarur. Adabiyotlarda tashkiliy bilimlarni shakllantirish jarayonining turli elementlari ajratib ko‘rsatiladi. K.D. Ekk bilimlarni boshqarishning quyidagi jarayonini ajratib ko‘rsatadi1 :
1. Bilimlarni ishlab chiqish: bilimlarni identifikatsiyalash, ularni egallash, rivojlantirish va qayta ishlash.
2. Bilimlarni taqsimlash: malakani oshirish, kommunikatsiyalarni boshqarish, bilimlarning besamar ketishiga qarshi choralar.
3. Bilimlardan foydalanish: o‘quv va innovatsiya muhitini yaratish, xodimlarni boshqarish, sifatni boshqarish, rekursiv ta’lim.
D. Stounxaus bilimlarni boshqarishning quyidagi tuzilmasini taklif etadi : Bilimlar generatsiyasi (yakka tartibda va tashkiliy o‘qitish); bilimlarni ifodalash (tamoyillar, qoidalar va rasm-rusumlar ishlab chiqish); bilimlarni saqlab qolish (bilimlarni taqsimlashga yo‘l qo‘yadigan bilim manbalarining maqbul turini aniqlab olish); bilimlar diffuziyasi (bilimlarni tashkilot doirasida va undan tashqarida cheklangan variantda taqsimlash); bilimlarni muvofiqlashtirish va nazorat qilish (tashkiliy bilimlar aniq va doimiy qo‘llanishini ta’minlash). Biz marketing omilkorligining ikki turi - strategik va taktik marketing omilkorligini ajratib ko‘rsatamiz. Strategik marketing omilkorligi texnologiyalar va bozorlar rivojlanishini ko‘ra bilish, kompaniyaning eng asosiy kompetensiyalarini qadrlaydigan sheriklar tarmog‘i yaratish, firmaning barqaror raqobat ustunligini ta’minlash uchun talab yaratish va qayta ishlab chiqishning uzoq muddatli marketing strategiyasini shakllantirish tushuniladi. Taktik marketing omilkorligi marketingning joriy maqsadlarini bajarishni ta’minlay turib, atrofdagi mikro va makromuhit signallarini qabul qilish va ularga aks ta’sir ko‘rsatish qobiliyatidan iborat. Boshqacha qilib aytganda, taktik darajada marketing omilkorligi sherikning aksta’sirini kuzatib borish va o‘zaro hamkorlik doirasida o‘z xatti-harakatini tegishlicha muvofiqlashtirib borishga imkon beradi. Strategik darajada esa marketing omilkorligi investitsiyalar asosida ustuvor sheriklarga moslashish orqali ular bilan uzoq muddatli o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi. Marketing omilkorligini boshqarish jarayonining taklif etilayotgan bosqichlarini ko‘rib chiqamiz.
1-bosqich. Ichki va tashqi muhitda bilimlarni identifikatsiyalash. Ichki va tashqi muhitning “shaffof” emasligi, ya’ni u haqda mutlaqo ishonchli axborot olishning iloji yo‘qligi ko‘pincha asoslanmagan boshqaruv qarorlari qabul qilishga, samarasiz mehnat taqsimoti va kuch hamda vositalarning birbirini takrorlashiga olib keladi. SHuning uchun bu bosqich vazifasi axborotlarning tashqi manbalarini aniqlash, xodimlarning individual bilimlari hamda ularning jamoaviy bilimlarga jalb qilinganligi, shuningdek, mavjud ma’lumotlar bazasi foydaliligi va ulardan foydalanish darajasini baholashdan iborat marketing tadqiqotlari bilan bir xildir. Biroq, individlarning cheklangan ratsionalligi (neoinstitutsional iqtisodiy nazariya terminlarida)ni hisobga olgan holda tashqi va ichki muhitda bilimlar manbalarini qidirish ularni o‘rganish va tahlil qilish imkoniyatlari bilan chegaralangan bo‘lishi lozim.
2-bosqich. Marketing omilkorligini rivojlantirish maqsadlarini qo‘yish. Maqsad qo‘yish, birinchidan, marketing omilkorligini rivojlantirishning birinchi bosqichida aniqlanganlar va uni takomillashtirish imkoniyatlari va ikkinchidan, firma o‘z oldiga qo‘ygan marketing maqsadlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Maqsadlar ma’lum bilim va ko‘nikmalarni ishlab chiqish hamda tarqatish bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Maqsadlar tizimiga tashkiliy madaniyatning bilimlar almashish va ularni to‘la hajmda qo‘llashga ko‘maklashadigan jihatlarini rivojlantirish ham kirishi mumkin. Umuman olganda, marketing omilkorligini rivojlantirish maqsadi raqobat ustunliklari va oxir-oqibatda bozordagi etakchilikni qo‘lga kiritishdan iborat bo‘lishi zarur. Firma o‘z bozor taklifi raqobatchilarning takliflaridan tabaqalashgan holda ajralib turishiga erishishi va tashqi muhit o‘zgarishiga darhol moslashish prinsipiga rioya qilishi lozim.
3-bosqich. Strategik marketing omilkorligini shakllantirish. Marketing omilkorligini rivojlantirish jarayonining quyidagi elementlari strategik yo‘nalishga ega: bilimlar egallash, bilimlar generatsiyasi, bilimlardan xalos bo‘lish, firmaning marketing strategiyasini ishlab chiqish uchun bilimlardan foydalanish. Marketing bilimlari generatsiyasi bozorda o‘z so‘rovlari, kuzatishlari va eksperimentlarini o‘tkazishni anglatadi. Bundan maqsad quyidagilarni qidirishdir : istiqbolli bozorlar6 ; raqobatbardosh tarmoqlar yaratish uchun eng maqbul sheriklar; foyda keltiruvchi xaridorlarni tanlay olish va ularning hayot davrining o‘rtacha qiymatini uzaytirish usullari; mavjud va doimiy talabga ko‘p javob beradigan tovarlar; eng foydali uzoq muddatli narx strategiyasi; talabni shakllantirish va qayta ishlab chiqishning so‘nggi yo‘llari; xaridorlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha eng samarali xo‘jalik jarayonlari; ustuvor sheriklar bilan munosabatlarda o‘zaro ishonch va o‘zaro majburiyat muhitini shakllantirishga ko‘maklashuvchi omillar. Zarur bilimlarni mustaqil ravishda rivojlantirishning iloji bo‘lmagan yoki bu maqsadga muvofiq bo‘lmagan hollarda bilimlar egallashdan foydalaniladi. Egallash tashqi manbalardan ma’lumotlari “import” qilishni anglatadi. Bunday manbalar qatorida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: ommaviy axborot vositalari; tarmoq sheriklar: etkazib beruvchilar, vositachilar, raqobatchilar, xaridorlar, banklar va boshqalar bilan o‘zaro munosabatlar; konsalting xizmatlarini sotib olish; ishga yangi xodimlarni jalb etish; zarur bilimlarga (masalan, geografik bozorda ish tajribasiga) ega korxonalarni sotib olish yoki ular bilan strategik ittifoqlar tuzish. Bilimlar eskirgan va ularni mo‘ljal olish uchun firmaga zarar keltiradigan hollarda bilimlardan xalos bo‘lish talab qilinadi. Bu o‘zgarib bo‘lgan bozor to‘laligi, aholining xarid qobiliyati yoki sherikning ishonchliligini baholovchi, o‘rnini texnikaning keyingi avlodi egallagan texnik vositalarga mo‘ljal oluvchi marketing tadqiqotlari natijalari bo‘lishi mumkin. Garchi xodimlarni eskirgan bilimlardan darhol xalos bo‘lishga majburlashning iloji bo‘lmasa-da, baribir bu bilimlar firmada ishbilarmonlik muomalasida bo‘lishi, ya’ni amalda qo‘llanayotgan marketing omilkorligi muomalasidan chiqarib yuborilishiga qaratilgan choralar ko‘rish zarur. Bu ma’lumotlar arxivlashtiriladi va vaqtinchalik qatorlar tuzish hamda uzoq muddatli bozor tendensiyalarini aniqlashdagina qo‘llaniladi. Bu bosqichlarda qilingan ishlar natijalarining qo‘yilgan maqsadlarga mos kelishi aniqlanadi va marketing omilkorligini boshqarish jarayoni bo‘yicha choralar o‘ylab olinadi.
5-bosqich. Taktik marketing omilkorligini shakllantirish. Marketing omilkorligini rivojlantirishning quyidagi jarayonlari taktik yo‘nalishga ega: bilimlarni rasmiylashtirish, saqlab qolish, tarqatish, taktik marketing vazifalarini hal qilish uchun ulardan foydalanish. Bilimlarni rasmiylashtirish axborotlarni, jumladan, mashina manbalardagi axborotlarni saqlashni (keyinchalik ularni qidirish va olishni) engillashtirishga xizmat qiladi. Bilimlarni shakllantirish mavjud bilimlarni strukturalashtirish va tizimlashtirish, shuningdek, axborotlar hajmini siqish imkonidan iborat. Kommunikatsiya, eslab qolish va taqdim etishni osonlashtirish uchun marketing omilkorligini boshqarish tizimida qo‘llanadigan maxsus lug‘at yaratish talab qilinishi mumkin. SHunday qilib, bilimlar tasniflanadi va ularning vazifasiga ko‘ra taqsimlanadi. Lekin bunda strukturalashgan va yarim strukturalashgan ma’lumotlar bazasi va bilimlar bazasi onologiyasi inobatga olinadi. Bilimlarni saqlash keyinchalik foydalanish maqsadida axborotlarni tanlab olib arxivlashtirish va yangilab turishni anglatadi. Bilimlarni tarqatish deganda yakka tartibdagi bilimlarni saralab olib jamoaviy foydalanish tushuniladi.
Xulosa
Asosida yangi bilimlar yotadigan innovatsiyalar bu – tadbirkorlikning «superyulduzlari»dir. Ular eng katta e’tibor qaratiladigan ob’ektlarga aylanadi va eng ko’p daromad keltiradi. Aynan ular jamiyat nigohida asl yangiliklar hisoblanadi. Asosida yangi bilimlar yotadigan innovatsiyalarni amaliyotga joriy qilinishi va ommalashtiilishi bilimlar diffuziyasini ifodalaydi. Bunday yangiliklar kiritishning hammasi ham keng miqyosli va ahamiyatli emasligiga qaramay, ularning eng muhim (epoxal) yangiliklar kiritish umumiy hajmidagi ulushi juda katta. Ular boshqalardan asosiy xislatlari: vaqt bo’yicha qamrovi, muvaffaqiyatsizliklar ulushi, oldindan aytish mumkinligi, ularni amalga oshiradigan sub’ektlarga qo’yiladigan talablar darajasi va hakozalar bo’yicha farq qiladi. Shu bilan bir paytda aynan shu yangiliklar eng qiyin boshqariladigan hisoblanadi, yangi bilim paydo bo’lishi va uni amaliy foydalanish, bozorda taklif etiladigan mahsulot (xizmat) ko’rinishiga keltirish o’rtasidagi uzilishlar tufayli uzoq vaqt davom etishi bilan farqlanadi. Ular eng ko’p ilm talab qiladi ham. Boshqa yangiliklardan ko’ra muvaffaqiyatli amalga oshirish aynan shu turdagi yangiliklar uchun ko’proq darajada ko’zlangan maqsadni aniqroq tushunishni, aniqroq strategik yo’nalishni, mos keladigan siyosat tanlashni, risk darajasini pasaytirish bo’yicha chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqish va amalga oshirishni talab qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar


1.Ишмуҳаммедов А.Э. Инновацион стратегия. Ўқув қўлланма. –Т.: ТДИУ, 2007.
2. Мирзаев Қ.Ж., Шавқиев Э.Ш., Жанзаков Б.К.. Инновацион иқтисодиёт: ўқув қўлланма. – Т.: “Инновацион ривожланиш нашриёт-матбаа уйи”, 2020.
3.Салихов С.А. Инновацион фаолиятни бошқариш. Дарслик. – Т.: Иқтисодиёт, 2013.
4. Ergashxo‘jayeva Sh.J. Innovatsion marketing. Darslik. – T.: Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2014.
5. Innovatsion menejment: Iqtisodiyot oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘l./ R. I. Gimush, F. M. Matmurodov; O‘zR oliy va o‘rta-maxsus ta‘lim vazirligi, Toshkent arxitektura va qurilish in-ti. – T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. – 144 b.
2. Abdusattarova X.M. «Innovatsiya strategiyasi» - o’quv qo’llanma - T.: TDIU, 2011. 233– bet.
http://fayllar.org
Download 17.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling