Mavzu№ buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil qilishning huquqiy asoslari va ahamiyati


Download 50.22 Kb.
bet14/14
Sana20.10.2023
Hajmi50.22 Kb.
#1714065
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Mavzu№ buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish buxgalteriya -hozir.org

1. Material bo‘limi. Bu yerda sotib olingan material qiymatliklari, material yuboruvchilar bilan hisob-kitoblar, materiallarni saqlash va foydalanishi bo‘yicha kirimi hamda sarflanishi hisobi yuritiladi.
2. Hisoblashish bo‘limi. Dastlabki hujjatlarga asosan ish haqini hisoblash va undan ushlanmalar bo‘yicha barcha hisoblashishlar olib boriladi.
3. Ishlab chiqarish-kalkulyatsiya bo‘limi. Bu bo‘limda barcha turdagi ishlab chiqarish xarajatlari hisobi yuritiladi va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxi aniqlanadi hamda hisobot tuziladi, tugallanmagan ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar tarkibi aniqlanadi.
4. Umumiy bo‘lim. Bu bo‘limda yuqorida sanab o‘tilgan bo‘lim- larda hisobga olinmaydigan muomalalar hisobi yuritiladi, bosh daftar yuritiladi va buxgalteriya hisoboti tuziladi. Korxonalardagi buxgalteriya apparatining ish sharoitlari har xilliligiga muvofiq ravishda ularning tuzilmasi ham har xil bo‘ladi. Korxona buxgalteriyasi mustaqil bo‘lim hisoblanib, uning bir nechta hisob ishlari bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmalari bor. Ayrim katta korxonalarda taftish-metodologik guruh ham tashkil qilinadi. Bular buxgalteriya apparati xodimlariga ko‘rsatmalar berish, yozma yo‘riq- nomalar tayyorlash, muayyan korxonaga qarashli hamma tarmoqlarni taftish qilish va buxgalterlarning malakasini oshirish bilan shug‘ullanadi.
Buxgalteriya hisobi shakllarida o‘zaro aloqador hisob reyestrlari va buxgalteriya hisobi obyektlarining yig‘ilgan tartibda aks ettirish tizimidir. Buxgalteriya hisobi shakllari uchun sintetik va analitik schyot registrlarining tuzilmasi va o‘zaro aloqasi, XYOlarning davomiyligi va ularni ro‘yxatga o‘tkazish usullari bilan xarakterlanadi.Ayni paytda Respublikamiz korxonalarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan, memorial-orderli, jurnal-orderli,avtomatlashtirilgan shakllari qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi haqida»giqonunining 16-moddasiga muvofiq kichik va xususiy tadbir-korlik subyektlari buxgalteriya hisoblarini soddalashtirilgan shaklda yuritishlari mumkin. Kichik tadbirkorlik subyektlarining hisob yuritishlari va hisobot tuzishlari tartibi Moliya vazirligi tomonidan 23-noyabr 1999-yilda 87-raqam bilan tasdiqlangan va BHMSda 20-son bilan belgilangan «Kichik tadbirkorlik subyektlarining hisob-kitob yuritish va hisobot tuzishning sod-dalashtirib olib yuritishlari haqida»gi qonunda belgilab qo‘yilgan. Boshlang‘ich hujjatlarga asosan hamma XYO lar o‘z registrlarida quyidagi shaklda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Xo‘jalik yuritish operatsiyalari (XYO) reyestlarir.SanaDebetKreditBoshlan-g‘ich hujjat-ning nomi vatartib raqamiOperatsiya mazmini Miqdor Schyotlar korrespondensiyasi Keyin reyestr ma’lumotlari bo‘yicha XYO ning registratsiya daftari to‘ldiriladi. U bog‘langan, nomerlangan va rahbar hamda bosh buxgalterning imzosi bilan mustahkamlangan bo‘lishi lozim.Daftar har bir schyot bo‘yicha alohida hisob bilan hisobot davridagi qoldiqlarni yozib ochiladi. 4-«Operatsiyalar mazmuni»bandiga oy va xronologik davomiylikda har bir hujjatning kelib tushishiga qarab operatsiya mazmuni yoziladi. Shu bilan birga daftarning «Nazorat miqdor» bandida ro‘yxatga olingan har birmiqdor bo‘yicha miqdorlar «Ikkiyoqlama yozuv»da ifodalanadiva bir vaqtning o‘zida «Debet» va «Kredit» bandlari bo‘yichamol-mulkning turlari va ularning manbalari yoziladi. Boshlang‘ich hujjatlardagi yoki XYO registratsiyasidagi ma’lumotlar mos obyektlar hisobida BHMS 20-ilovasida kelti-rilgan tarzda yoziladi:— moliyaviy investitsiyalar hisobi (V-1);— pul mablag‘lari hisobi (V-2);— mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob qilish bo‘yichahisob (V-3);— hisobot beruvchi shaxslar bilan hisoblashuv (V-4);— tovar moddiy zaxiralarni hisobga olish (V-5);— mehnatga haq to‘lash hisobi (V-6);— hisobot davri xarajatlari hisobi (V-7);— asosiy vositalarning eskirishi va Nomoddiy aktivlar (V-8)— xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisoblashuv (V-9);— jamlanma (V-10);— sof daromad hisobi (V-11); Har bir XYO ikkitaga: biri schyotning debeti, ikkinchisi krediti bo‘yicha yoziladi. Bularda, shuningdek, taxminiy hisob hamyuritiladi.
Memorial-order shakli boshlang‘ich hujjatlardagi ma’lumotlarni memorial-orderlarda aks ettiriladi. 2003-yil mart oyi uchun memorial-order Yozish uchun asoslar Schyotning debeti bo‘yicha Schyotning krediti bo‘yicha Miqdor Memorial-orderlar iloji boricha operatsiyalar tugaganligi haqidagi boshlang‘ich hujjatlar asosida yoki ularni oldindan yig‘ma tuzish yo‘li bilan guruhlashdan keyin tuziladi. Memorial-order ma’lumotlari registratsiya jurnalida umum-lashtiriladi. Registratsiya jurnali 2005-y. mart uchun Memorial-orderlarning tartib nomerlari Order sanasi Miqdor Keyin memorial-orderlar asosoiy kitob (daftar)ga yoziladi. Asosiy kitob (daftar) yoyma, ikkiyoqlama jadval ko‘rinishdabo‘ladi. Asosiy kitob (daftar) Debet Schyot 5010 «kassa» Kredit Sana Memorial-order nomeri 6990511065206990 Debet bo‘yicha jami Sana Memorial order nomeri 5110671042206990 Kredit bo‘yicha jami Schyotlar krediti Debetlar krediti Asosiy kitob bo‘yicha aylanmalar registratsiya jurnalidagi hamma memorial-orderning jami yig‘indisi bilan solishtiriladi.
Jurnal-order shaklidagi asosiy kitob quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi. Jurnal-order shakli o‘zida kredit belgilari bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plashga, ya’ni oy davomida kredit bo‘yicha amalga oshiriladigan barcha operatsiyalar yoki schyotlar guruhi bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ishga asoslanadi. Jurnal-order shakli uchun ro‘yxatga olishning shaxmat tarzidagi yozuvdan foydalanish xarakterlidir. Ayrim jurnal-orderlarda sintetik hisob analitik hisob bilan qo‘shilib ketadi(6-sonli jurnal-order, 7-sonli jurnal-order).Schyotnng jurnal-order shaklida asosiy kitobda debet schyotlar va umumiy miqdor bo‘yicha schyot kreditlari bo‘yicha aylan-malar yoyilgan holda ifodalanadi. Chunki kredit aylanmalarining batafsil sharhi jurnal-orderning o‘zida berib bo‘lingan. Oy Debet Kredit Debet bo‘yicha aylanmalar Debet bo‘yicha jami Kredit bo‘yicha aylanmalar Saldo Asosiy kitob va boshqa buxgalteriya hisobi registrlari asosida balans tuziladi. Sintetik schyotlar bo‘yicha aylanmali tuzilmaydi.Xo‘jalik amaliyotida elektron hisoblash mashinasining va kompyuter texnikasining qo‘llanilishi buxgalteriya hisobining yangi shakli «xotira»sida hisob ma’lumotlarini juda tez ishlash jarayonini vujudga keltiruvchi, qog‘oz uchun ketadigan sarf-xarajatlarini qisqartiruvchi avtomatlashtirishning usuli paydo bo‘ldi. Ma’lumotlarini avtomatlashtirilgan shaklda XYO haqidagi ma’lumotlar yo ish joylariga o‘rnatilgan periferik qurilmalarga kelib tushadi yoki oddiy hujjatlar va hisob blankalarida bo‘ladi.Yig‘ilgan ma’lumotlar kompyuterga kiritilib, ishlov beriladi va umumlashtiriladi. Ma’lumotlarga ishlov berish xarakteri bu jarayonni boshqaruvchi dastur bilan ta’minlanganlik va uningto‘g‘riligini avtomatik tarzda tekshirishiga bog‘liq. Ishlov berilgan ma’lumotlar EHMga hisob uchun talab qilinadigan mashinogramma tarzida kiritiladi. Hisoblashning avtomatik usulidan foydalanish kam miqdordagi buxgalteriya xodimlaridan foydalanilgan holda qisqa muddatda zarur ma’lumotlarni olish imkonini beradi. Eng kengtarqalgan kompyuterdagi buxgalteriya dasturi«1-S buxgalteriya»dir. Ayni kunlarda yana 8 ta ta`lil ishlab chiqarilgan. Buxgalteriya hisobi hujjatli hisobdir. Schyotlarda yozilmagan hujjatsiz qoidalar ham buzilishi mumkin emas. Hujjat — amalga oshirilgan buxgalteriya hisobiga yuridikkuch beruvchi xo‘jalik yuritish operatsiyalari haqidagi yozmaguvohnomadir. Quyidagi sabablarga ko‘ra hujjatlarning ahamiyati juda katta:- hisob yozuvchilarining manbayi hisoblanadi;— XYO larning qonuniyligini va maqsadga muvofiqligining nazorati uchun xizmat qiladi;— ularning yordamida moddiy javoblar shaxslar faoliyatining to‘g‘riligi nazorat qilinadi;— korxonalar va boshqa tashkilotlar o‘rtasida chiqqan nizolarni ko‘rishda guvohlik qiladi. Hujjat oboroti — buxgalteriyaga tushuvchi boshlang‘ich huj-jatlar tuzilishidan tortib to arxivga topshirilguniga qadar tekshiribko‘rishlar va ishlab chiqishlarni tashkil qiluvchi hisob tizimi. Hisobga faqat to‘g‘ri to‘ldirilgan o‘rnatilgan standartlarbo‘yicha hamma rekvizitlar to‘ldirilgan hujjatlar qabul qilinadi. Bunday rekvizitlar quyidagilardir:
- ko‘rxonaning nomi va rekvizitlari (manzili h/r xizmatko‘rsatuvchi bank, INN, OKNH);
- hujjatlar nomi;
- uning nomeri va sanasi;
- XYOning hujjatlariga javobgar mansabdor shaxsning ismfamiliyasi, otasining ismi;
- XYO ma’lumotlariga javobgar shaxslarning shaxsiyimzosi;
- XYO ning xarakteriga texnologiyasiga bog‘liq holda bosh-lang‘ich hujjatlardagi hisob ma’lumotlarga ishlov berish boshqazarur rekvizitlarga ham kiritilishi mumkin.
Hujjatlardagi birinchi navbatdagi talablar:
- o‘z vaqtida tayyorlash;
- to‘liqlik va ishonchlilik;
- sifat va aniqlik.
Boshlang‘ich hujjatlarga imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati rahbarining imzosi va buyrug‘i bilan rasmiylashtiradi. Pul mablag‘lari bilan bog‘liq operatsiyalarning hujjat-larga korxona rahbari va bosh buxgalter yoki shu shaxslartomonidan vakolat berilganlar imzo qo‘yadilar. Boshlang‘ich hujjatlar XYO shu yuz berayotgan paytdan unitugashi bilan tuzilishi kerak. Hujjatlarning tasniflanishi
1)tuzilishining o‘rni bo‘yicha: tashqi chiquvchi rasmiylashtirilgan va ta’minotchilardan, buyurtmachilardan, soliq inspeksiyalari va boshqa tashkilothamda muassasalaridan; ichki - korxona o‘zi ichida rasmiylashtirilgan.
2)vazifasi bo‘yicha: boshqaruvchi - mazmunga ko‘ra idora qiluvchi ko‘rsatmaberuvchi, biror-bir XYOni bajarish bo‘yicha buyruqlar;
aralash (kombinatsiyali) - mazmuniga ko‘ra boshqaruvchiva oqlash xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlar;
buxgalteriya ijro hujjatlari - buxgalteriya xodimlari tomo-nidan xo‘jalik yuritish operatsiyalarini buxgalteriya xizmat-larini rasmiylashtirishda tuziladi.
3)qamrab olish xususiyati bo‘yicha:xbir martalik hujjatlar - XYO bir martagina amalga oshiribyakunlanganda tuziladi;
jamlangan hujjatlar — hisobning bir obyektigaXYObo‘yicha hujjatlarni bir davrda yig‘ish yo‘li bilan tuziladi.
4)xo‘jalik yuritish operatsiyalarini aks ettirish hajmi bo‘yicha:
yagona hujjatlar — bir operatsiya bo‘yicha, u yakunlangan-dan keyin tuziladigan hujjatlar;
jamlanma (qo‘shilgan) — hujjatlar hisobning birgina obyek-tiga taalluqli yagona hujjatlarni yig‘ib guruhlari va tizimibo‘yicha tuziladigan hujjatlar;
5)xo‘jalik yuritish operatsiyalarining mazmuniga ko‘ra:
moddiy hujjatlar — korxonadagi tovar-moddiy boyliklar-ning harakati bo‘yicha rasmiylashtiriladigan hujjatlar;
pul hujjatlari — korxonadagi pul mablag‘larining harakatibo‘yicha tuziladi.
Buxgalteriyaga kelib tushgan boshlang‘ich hujjatlar mazmuni, shakli va arifmetik hisob-kitoblarning to‘g‘riligi bo‘yicha tekshiriladi va ma’lum tartib bo‘yicha guruhlanadi.
Mazmuniga ko‘ra tekshirish - xo‘jalik yuritish operatsiyalar rasmiylashtirilgan hujjatlar, qonunchilik, tartib-qoidalar,me’yorlar, smetalarga mos kelishi. Shakliga ko‘ra tekshirish - barcha rekvizitlar, imzolar, matnva raqamlarning aniqligi bo‘yicha o‘rnatilgan to‘liqlik (mukam-mallik) va to‘g‘rilik bo‘yicha tekshirib ko‘rish. Arifmetik hisob-kitoblar — umumiy yig‘indilarning tekshiri-lishi. Belgilamoq — xo‘jalik yuritish operatsiyalarining hujjatlardaqayd etilgan bahosini belgilash. Keyin belgilari bo‘yicha bir turdagi hujjatlar guruhlanadi,guruhlar bo‘yicha jamlanmalar yig‘indilarga yoziladi. Hujjatlar ustida ishlash operatsiyalar bo‘yicha korrespondetsiya schyotlarni o‘rnatish yakunlanadi. Hujjatlarga buxgalteriya qoidalariga ko‘ra ishlov berilgandankeyin tikiladi va saqlanishini ta’minlaydigan joriy arxivga topshiriladi. Korxonaning boshlang‘ich hujjatlari, buxgalteriya hisobotlari va balanslari ular uchun buxgalteriya muassasalari belgilangan muddatgacha saqlanadi, keyin yo‘q qilinadi yoki markaziy arxivga beriladi. Buxgalteriya hisobotlarini saqlash muddati O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobihaqida»gi qonuni va arxiv ishlariga doir qonunchilik hujjatlari asosida belgilanadi.


Nazorat savollari
1.Buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil qilishning huquqiy asoslari va ahamiyati.
2.Buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil qilishning huquqiy asoslari nechta pog'onadan iborat.
3.O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni va uning ahamiyati.
4.Buxgalteriya hisobini tashkil qilish shakllari.
http://hozir.org
Download 50.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling