- Buxgalteriya hisobini memorial-order shaklida mavjud bo‘lgan kamchiliklar, hisob shaklini takomillashtirishni talab etardi. 1940 yillarda buxgalteriya hisobi shaklini talab drajasiga ko‘tarish maqsadida olib borilgan ishlar natijasida takomillashgan jurnal-order shakli vujudga keldi. 1949 yilda esa, sobiq SSSR Moliya Vazirligi ilg‘or korxonalar buxgalteriya hisobida tajribadan o‘tgan buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklining me'yoriy hisob registrlarini ishlab chiqdi. Shu hisob registrini jurnal-order deb atalishi, ular asosida yuritiladigan hisob shaklining ham jurnal-order shakli deb atalishiga asos bo‘ldi.
Buxgalteriya hisobining informatsion texnologiyalarga asoslangan shakli - Buxgalteriya hisobining ushbu shakli elektron hisoblash mashinalarini qo‘llashga asoslangan.
- Hisoblash texnikalarining rivojlanishi, ularni iqtisodiyotning hamma sohalarda keng qo‘llanilishi iqtisodiy samaradorlikga erishishning asosiy omillaridan biridir.
- Buxgalteriya hisob ishlarini takomillashuviga erishish, ular samaradorligini oshirish maqsadida ishlarini mexanizatsiyalashtirish natijasida Buxgalteriya hisobining jadval - avtomatlashtirilgan shakli vujudga keldi.
Hisob ishlarida EHM laridan foydalanish yordamchi quyidagi imkoniyatlarni yaratiladi: - hisob ishlari bilan band bo‘lgan xodimlar soni qisqaradi.
- hisob xodimlari mehnat unumdorligi oshishiga erishiladi.
- hisob ma'lumotlari qayta ishlanishi tezlashadi.
- hisob ma'lumotlaridan foydalanishni operativligini ta'minlanadi.
- moddiy javobgarlik ustidan nazoratni kuchaytirilishiga erishiladi.
- korxonalar mulkchilik saqlanishi ustidan nazorat kuchaytiriladi:
- hisob ishlari bilan bog‘liq xarajatlar kamayishiga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |