Mavzu: Buxgalteriya hisobining usullari va uning elementlari


Schyotlar , buxgalteriya balansi va hisobotning ahamiyati va ularni amaliyotda qo’llash


Download 139.35 Kb.
bet7/8
Sana10.11.2023
Hajmi139.35 Kb.
#1763970
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Buxgalteriya hisobining usullari va uning elementlari-hozir.org

5. Schyotlar , buxgalteriya balansi va hisobotning ahamiyati va ularni amaliyotda qo’llash
Buxgalteriya hisobining schyotlar tizimi usuli yordamida korxonalar xo’jalik mablag’larining holati, shu mablag’larning paydo bo’lish manbalari, shuningdek, xo’jalik mablag’larining xo’jalik jarayonidagi harakatlari tezlikda umumlashtirilib hisobga olib boriladi.
Yuqorida keltirilgan misollardan ko’rinib turibdiki, xo’jalik operatsiyalari schyotlarda umumlashgan holda pul ko’rsatkichida aks ettiriladi. Masalan, “Materiallar” schyotida korxonadagi jami xom ashyo va materiallarning harakati, “Asosiy ishlab chiqarish” schyotida hamma xarajatlar va olingan mahsulotlarning harakati, shuningdek, “Xodimlar bilan mehnatga xaq to’lash bo’yicha hisob-kitoblar” schyotida korxonadagi xamma ishchi va xizmatchilarga ish haqi yuzasidan qilinadigan hisob-kitolar harakati va hakozolar umumlashtirilib aks ettirilganligi aniqlandi. Lekin korxonalarning mablag’larini but holida saqlashni ta’minotlash va samarali foydalanish ustidan nazorat o’rnatish uchun ularning har bir turi to’g’risida batafsil ma’lumotlar ham bo’lishi zarurdir. Chunki “Asosiy ishlab chiqarish” schyotida umuman sarflangan xarajatlar va olingan mahsulotlar haqidagi ma’lumotlar bilan birga ma’lum bir vaqtga xarajatlarning har bir turi (masalan, ish haqi, material, amortizatsiya va hakozolar), shu bilan birga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning har biri bo’yicha (masalan, mashinasozlik zavodida bo’lsa ayrim turdagi stanoklar, mashinalar va hakozolarning) xarajatlar summasi va turlari bo’yicha tafsilot bilan aniqlangan ko’rsatkichlar ham bo’lishi kerak. “Xodimlar bilan mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblar” schyotida korxonaning ma’lum bir davrga ishchi va xizmatchilardan bo’lgan umumiy qarz summasi ko’rinib turishi bilan birga har bir ishchi va xizmatchinig qarz summasi yuzasidan qilinadigan hisob-kitoblar ma’lumoti ham bo’lishi kerak. Shuningdek, “Xodimlar bilan mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblar” schyotining debet va kredit oboroti umumiy summasi to’g’risidagi ma’lumot bilan birga har bir ishchi va xizmatchiga qancha summa hisoblanagan va shundan qanchasi berilganligi to’g’risidagi ma’lumot ham zarurdir.
Shunga o’xshash hamma schyotlarda ham umumiy ko’rsatkichlar bilan birga tafsiloti bilan aniqlangan ko’rsatkichlar bo’lishi lozimdir. Shuning uchun ham buxgalteriya hisobida ob’ektlar bo’yicha va ayrim turlari bo’yicha ma’lumotlarni hisobga oladigan schyotlardan foydalanishga zaruriyat tug’iladi. Shunga mos holda ikki xildagi schyot, ya’ni sintetik va analitik schyotlar buxgalteriya hisobida qo’llaniladi.
28.04.2009 yilda 1181-son bilan roʻyxatga olingan « Buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’qinoma» deb nomlangan 21-son BHMSga binoan yuritiladi.
Buxgalteriya schyoti - korxonalar iqtisodiy resurslarining holati va harakati haqidagi buxgalteriya axborotini qayd etish va saqlash uslubi va ularga bo‘lgan talablardan iborat. Schyotlar banalsda aks ettish va etmasligiga qarab doimiy, transit va balansdan tashqari schyotlarga bo’linadi:
Doimiy schyotlar - bu hisobot davri oxiriga saldoga ega bo‘lib, buxgalteriya balansida aks ettiriladigan aktivlar, majburiyatlar, sarmoyalar schyotlaridir. Doimiy schyotlar aktiv, passiv, kontr-aktiv va kontr-passivlarga bo‘linadi.
Aktiv schyot (A) - bu aktivlarni aks ettirishga mo‘ljallangan schyot bo‘lib, unda iqtisodiy resurslarning koldiјi va ko‘payishi schyotning debetida, kamayish esa kredit bo‘yicha aks ettiriladi.
Passiv schyot (P) - bu majburiyat va sarmoyani aks ettirishga mo‘ljallangan schyot bo‘lib, unda majburiyat va sarmoyaning qoldiјi va ko‘payish schyotining krediti bo‘yicha, kamayish esa debet bo‘yicha aks ettiriladi.
Kontr-aktiv schyot (KA) - bu u bilan boјlik bo‘lgan aktiv schyotning saldosidan chegiriladigan moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymatini aks ettiruvchi schyotdir.
Kontr-passiv schyot (KP) - bu u bilan boјlik bo‘lgan passiv schyotning saldosidan chegaraladigan moliyaviy hisobotda majburiyat yoki sarmoyaning sof qiymatini aks ettiruvchi schyotdir.
Tranzit schyotlar (T) - bu hisobot davrida foydalaniladigan, lekin yopiladigan Moliyaviy natijalar to‘g’risidagi hisobotda aks ettiriladigan hisobot davri oxiriga qoldiqqa ega bo‘lmaydigan daromadlar va xarajatlarning vaqtinchalik schyotlaridir.
Balansdan tashqari schyotlar (BT) - bu korxonaga qarashli bo‘lmagan, lekin vaqtinchalik tasarrufida bo‘lgan, aktivlarni bori va harakati, shartli huquqlar va majburiyatlar haqidagi axborotni umumlashtirishga mo‘ljallangan schyotlar. Bu schyotlar boshqa schyotlar bilan o‘zaro boјlanmaydi va korxonaning hisobotida aks ettirilmaydi
Xo’jalik mablag’lari va ular manbaalarining harakatini hisobga oladigan xo’jalik operatsiyalari haqida umumlashgan ma’lumotlarni faqat pul ko’rsatkichida hisobga oladigan schyotlar sintetik (birinchi tartibli) schyotlar deyiladi. Xo’jalik mablag’lari va ular manbaalarining harakatini hisobga oladigan xo’jalik operatsiyalari haqida to’la tavsifnoma beriladigan va ularni aniqlashtiradigan pul, natura va mehnat o’lchovi ko’rsatkichlarida hisobga oladigan schyotlar esa analitik schyotlar deb ataladi.
Sintetik schyotlarga “Asosiy vositalar” , “Nomoddiy aktivlar” , “Materiallar” , “Nizom fondi” , “Zahira fondi” , “Xodimlar bilan mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblar”, “Har xil debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” va hakozo schyotlar kiradi. Analitik schyotlarga esa bir sintetik schyot ichidagi ma’lumotlar (masalan , “Materiallar” schyoti bo’yicha prokat , truba, lak bo’yog’i , motor va xokazolar) ni aks ettiradigan schyotlar kiradi.
Shuning uchun ham bir sintetik schyotda bir necha analitik schyotlar bo’ladi. Agar sintetik schyotlar korxonadagi asosiy vositalar barcha turlarining umumiy summasini, har xil debitor yoki kreditorlarga korxona qarzining umumiy holatini, hamma tayyor mahsulotlarning summasini va hakozo ma’lumotlarni ko’rsatib tursa, analitik schyotlar korxonadagi asosiy vositalar har bir turining qoldig’ini, harakatini, joylanishini, tayyor mahsulot har bir turining qoldig’ini, harakatini, ishchi va xizmatchilarning har biriga korxonaning qancha qarzi borligini, hisobdor shaxslarning har birining korxonadan qarzini va boshqalarni ko’rsatib turadi.
Korxonalar xo’jalik - moliyaviy faoliyatida analitik schyotlarning roli benihoyat kattadir. Chunki analitik schyotlar yordamida korxona xo’jalik mablag’larining tarkibi aniqlanadi, butligi ta’minotlanadi, bor mablag’lardan samarali foydalanish ta’minotlanadi, shuningdek, moddiy javobgar shaxslarning to’g’ri ishlashini ta’minotlash singari masalalar bajariladi. Ko’p hollarda analitik schyot ma’lumotlari yordamida pul ko’rsatkichlardagi ma’lumotlar bilan birgalikda natura (materiallar) va mehnat (ish haqi) o’lchovlarida ham ma’lumotlar olinadi. Lekin xo’jalik mablag’larning tashkil topish manbaalari va hisob - kitoblar bo’yicha analitik schyotlarda natura mehnat o’lchovlariga zaruriyat bo’lmaganligi sababli faqat pul o’lchovida yuritiladi.
Analitik schyotlarning miqdori juda ko’p bo’lganligi sababli ulardagi ma’lumotlarni taaluqli iqtisodiy belgilariga muvofiq sintetik schyotlarda umumlashtirish zarurdir. Bundan tashqari, sintetik schyot ma’lumotlari yordamida korxonaning ishlab chiqarish- moliya faoliyatiga baho berib va uning ustidan nazorat o’rnatibgina qolmasdan, balki butun xalq xo’jaligi tarmoqlarning ish faoliyati ustidan nazorat o’rnatish imkoniyati ham yaratiladi
Sintetik va analitik schyotlardan tashqari ko’p hollarda subschyotlardan, ya’ni ikkinchli tartibli schyotlardan foydalanishga ham zaruriyat tug’iladi. Ular sintetik va analitik schyotlar o’rtasidagi aloqani ta’minlashga mo’ljallangandir. Subschyotlarning qo’llanilishi amaliyotda nomenklaturasi ko’p bo’lgan mablag’larni to’g’ri hisobga olishni ta’minlaydi. Masalan, subschyotlar materiallar, asosiy vositalar, kam baholi va tez ishdan chiqadigan buyumlar singari nomenklaturasi ko’p mablag’larni hisobga olish uchun juda muhim ahamiyatga egadir. Misol tariqasida buxgalteriya hisobining schyotlar ro’yxatidagi “Materiallar” sintetik (birinchi tartibli) schyotining sub (ikkinchli tartibli) schyotlari quyida keltiriladi:
  • xom ashyo va materiallar;


  • sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va komplekslash mahsuloti, qurilma va detallar;


  • yoqilg’i;


  • idish va idish materiallari;


  • ehtiyot qismlar;


  • har xil materiallar;


  • chetga qayta ishlashga berilgan materiallar;


  • qurilish materiallari.


Keltirilgan subschyotlar korxonaning ixtisoslashuviga muvofiq bir qancha nomenklaturani hisobga olishga mo’ljallab ochilgan analitik schyotlarga bo’linadi.


Subschyotlar yordami bilan aks ettirilayotgan buxgalteriya hisobining ob’ektlari to’g’risida analitik schyotga nisbatan umumlashtirilgan ma’lumotlar olish uchun qo’shimcha guruhlashlar amalga oshiriladi. Subschyotlar yurgizish xo’jalik mablag’lar va ularning tashkil topish manbaalari hamda xo’jalik jarayonining mavjudligi, harakati va holati ustidan kuzatish va nazorat olib borishni osonlashtiradi. Bizga ma’lumki, sintetik schyotlar maxsus jurnallarda yuritiladi, sub schyotlar esa maxsus jurnallarda yuritilmay, faqat analitik hisob ma’lumotlarining ma’lum iqtisodiy mazmunlariga qarab guruhlashtiriladi, xalos.
Sintetik va analitik schyotlarning xo’jalik mablag’larini va ularning paydo bo’lish manbalarini, shuningdek, xo’jalik jarayonlarini joriy aks ettirishda bir-biri bilan aloqasining tushunarliroq bo’lishini ta’minotlash uchun quyidagi “Materiallar” schyoti misolida ko’rib chiqaylik. “CHit” schyotidagi qoldiq 400000 so’m
(2000m. * 200so’m);
“Atlas”schyotidagi qoldiq 90000 so’m (90m. * 1000so’m);
Oy davomida korxona omboriga quyidagi moddiy qiymatliklar qabul qilindi:
1. “CHit”- 500m., xar bir metri 200 so’mdan = 100000 so’m
2. “Atlas”- 400m., xar bir metri 1000 so’mdan = 400000 so’m.
Yuqorida bayon qilingan operatsiyalarni sintetik schyotlarda quydagicha aks ettiramiz:
D-t: ”Materiallar” (1010)
K-t: “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar
bilan hisob-kitoblar” (6010) - 500000so’m
Oy davomida materiallarning sarfi bilan bog’liq quydagi operatsiyalar sodir bo’lgan:
1. “CHit”- 300 m, xar bir metri 200 so’mdan = 60000 so’m
2. “Atlas”- 200m, xar bir metri 1000 so’mdan = 200000 so’m.
Mazkur operatsiyani buxgalteriya hisobining sintetik schyotlarida quydagicha aks ettiramiz:
D-t: “Asosiy ishlab chiqarish” (2010) (boshqa xarajat schyotlari bo’lishi ham mumkin).
K-t: “Materiallar” (1010) - 260000so’m.
Yuqoridagi operatsiyalar bo’yicha “Materiallar” sintetik schoytini ochamiz:
Sintetik schyotlar bo’yicha oborot qaydnomaga hisobot davri boshiga qoldiq summalari, o’tgan davrdagi sintetik schyotlar bo’yicha oborot qaydnomaning oxirgi qoldig’idan to’g’ridan to’g’ri ko’chirib olinadi. Hisobot davridagi schyotlar yoki subschyotlardagi summalarning yig’indisi ham sintetik schyotlar bo’yicha oborot qaydnomasiga ko’chiriladi. Hisobot oyi oxiriga qolgan qoldiqni topish uchun oy boshiga aktiv schyotlar bo’yicha qoldiqqa debet oborot summasining qo’shib, kredit bo’yicha oborot summasini ayirib tashlash zarur. Shuningdek passiv schyotlar bo’yicha oy oxiriga qolgan qoldiqni topish uchun, passiv schyotlardagi oy boshidagi qoldiqqa kredit bo’ycha oborot summasini qo’shib, debet bo’yicha oborot summasi chegiriladi.
Sintetik va analitik hisob ma’lumotlarini o’zaro bog’liqligini “Material”lar sintetik schyotiga tegishli bo’lgan, “CHit” va “Atlas” analitik schyotlari misolida kurib chiqamiz:
“CHit” analitik schyoti.
3-Jadval
Kirim (debet) Chiqim (kredit)19


Vaqt

Miqdor

Bahosi, so’m


Summasi

Vaqt

Miqdor

Bahosi, so’m

Summasi

Oy boshiga qoldiq

2000

200-00

400 000









1)03.02.2020


500

200-00

100 000

15.02.2020

300

200-00

60 000

Oborot

500

200-00

100 000

Oborot

300

200-00

60 000



2500



500 000









“Atlas” analitik schyoti


4-jadval

Kirim (debit) Chiqim (kredit)20


Misolimizdan ko’rinib turibdiki, sintetik schyotning oy boshiga qoldig’i, debet oboroti, kredit oboroti va oy oxriga qoldiq summalari shu sintetik schyotga tegishli bo’lgan bir nechta (bizning misolimizda ikkita, ya’ni “Chit” va “Atlas”) analitik schyotlarning xuddi shunday ma’lumotlarning pul ifodasidagi yig’indilariga teng bo’lishi kerak. Agar bu tenglik buzilsa, unda joriy hisobni tashkil qilishda yo sintetik hisobni yurgizishda yoki analitik hisobni yurgizishda xatolikka yo’l qo’yilgan bo’ladi.


Endi buxgalteriya hisobi elementlarini umulashtiruvchi usullar ya’ni buxgalteriya balansi va hisobot haqida to’xtalib o’tsak.
Korxonalarning xo`jalik mablag`lari hamma vaqt kengaytirilgan takror ishlab
chiqarish jarayonida harakatda bo`ladi va davrlar bo`yicha ham miqdor, ham qiymat
jihatidan o`zgarib turadi. Xo`jalik faoliyati ustidan rahbarlik qilish va boshqarish uchun korxona qanday mablag`larga ega, ularning tarkibi va qayerda joylashganligi hamda bu mablag`lar qanday manbalardan tashkil topganligi to`g`risida aniq ma’lumotlar bo`lishi zarur. Xo`jalik mablag`larining tarkibi, joylanishi, harakati va
ularning kelib chiqish manbalaridagi o`zgarishlarni bir-biriga solishtirib, ma’lum bir
sanaga pul o`lchovida umumlashtirib aks ettirish buxgalteriya hisobi usulining muhim elementlaridan biri – balans yordamida amalga oshiriladi.
Balans yordamida xo`jalik mablag`lari, ularning holati, mavjudligi, joylanishi va tashkil topish manbalari to`g`risidagi ma’lumotlarga ega bo`linadi. Balans usulidan faqat buxgalteriya hisobidagina foydalaniladi deb tushunish noto`g`ridir. Bu usuldan rejalashtirish, ta’minot, statistika hisobida va operativ hisobda ham keng foydalaniladi. Shuning uchun ham balans usuli yordami bilan ma’lumotlarni umumlashtirish ko`p fanlarda qo`llaniladigan umumiy usullar qatoriga kiradi.
Buxgalteriya hisobida xo`jalik mablag`lari ikki tomonlama, ya’ni ularning tarkibi va joylanishiga hamda kelib chiqish manbalariga ko`ra aks ettirilishi hisobga olinib, balanslar tuzilayotganda ularda aks ettirilayotgan ma’lumotlar tengligiga e’tibor qilinadi. Korxona xo`jalik mablag`larining turlari va joylanishi hamda bu mablag`larning tashkil topish manbalari buxgalteriya balansining ikki tomonini tashkil qiladi.
Buxgalteriya balansida korxonaning xo`jalik mablag`lari va ularning tashkil topish manbalari umumlashtirilib, odatda, kunning oxiriga (banklarda) yoki hisobot davridan keyingi oyning birinchi kuniga pul o`lchovida tuziladi. Korxonalarda hisobot davrida sodir bo`lgan xo`jalik muomalalari maxsus hujjatlarda qayd qilinadi. Bu hujjatlarga asoslanib buxgalteriya provodkalari tuziladi va ular buxgalteriya hisobining sintetik schyotlariga tarqatiladi. Hisobot davri ohirida sintetik schyotlar bo`yicha aylanma vedomost tuziladi. Bunda hisobot davri boshidagi har qaysi sintetik schyotning boshlang`ich qoldig`i, hisobot davrida sodir bo`lgan aylanma summasi va hisobot davri ohiriga qoldiq summasi ko`rsatiladi.
Shuni qayd qilib o`tish kerakki, korxona xo`jalik mablag`lari va ular manbalarining kundalik xo`jalik faoliyatiga buxgalteriya balansi yordamida to`la baho berib bo`lmaydi. Darhaqiqat, kundalik xo`jalik faoliyatidagi o`zgarishlarni aks ettirib turish uchun buxgalteriya hisobining joriy ma’lumotlarini hisobga oluvchi schyotlar tizimi usulidan foydalaniladi. Lekin xo`jalik mablag`lari va ular manbalarining harakatini, ularda sodir bo`lgan o`zgarishlarni ma’lum bir sanaga to`plab aks ettirish talab qilinadi, chunki bunday yig`ib tasvirlash korxona xo`jalik mablag`larining, bir tomondan, tarkibi va holatidagi davriy o`zgarishni ko`rsatsa, ikkinchi tomondan, ularning tashkil topish manbalaridagi o`zgarishlarni aks ettiradi, shu bilan birga, u xo`jalik faoliyatining holatini iqtisodiy tahlil qilishda zarur xulosalar olish uchun muhim material hisoblanadi.
Bunday to`plash buxgalteriya hisobi usulining balans usuli yordamida amalga
oshiriladi. Shunday qilib, buxgalteriya balansi korxonaning xo`jalik mablag`larini, bir tomondan, tarkibi, holati, joylanishi bo`yicha, ikkinchi tomondan, qanday manbadan paydo bo`lishiga qarab ma’lum bir sanaga pul o`lchovida yig`ib aks ettirish usulidir.
Buxgalteriya hisobi bo`yicha xalqaro buxgalteriya standartlarida buxgalteriya balansi balans hisoboti deb yuritiladi. Balans hisoboti korxonaning ma’lum sanaga bo`lgan moliyaviy holatini ko`rsatadi. Balans hisoboti korxonaning aktivlari, korxonaning boshqa huquqiy shaxslar va fuqarolarga bo`lgan majburiyatlari hamda aksiyali jamiyat shaklida faoliyat qiladigan korxonaning aksiyali kapitalining tafsiloti bilan berilgan ro`yhatini ko`rsatadi. Buxgalteriya balansini balans hisoboti deb atalishiga sabab, bu balansda korxona aktivlarining qiymatini, korxonaning boshqa huquqiy shaxslar va fuqarolarga bo`lgan majburiyatlarining umumiy qiymati bilan korxonaning kapitalini umumiy qiymatiga teng kelishidir.
Korxona kapitali – bu korxona o`z aktivlariga egaligidir. Korxona majburiyatlari esa muayyan korxona aktivlariga uning kreditorlari tomonidan egaligidir. Balans hisoboti bo`yicha korxona aktivining qiymati uning kapitali qiymati bilan majburiyatlarining summasini yig`indisiga teng keladi. Yagona buxgalteriya balansining aktivida ham, passivida ham ikkitadan bo`lim bor:
Ko`rinib turibdiki, buxgalteriya balansi ikki tomonli ko`rinishga ega bo`lib, uning chap tomoni aktiv, o`ng tamoni esa passiv deb nomlanadi. Aktiv tomonida xo`jalik mablag`larining turlari, joylanishi ko`rsatilsa, passiv tomonida esa shu mablag`larning paydo bo`lish manbalari va qanday maqsadga ishlatilishi aks ettiriladi. Buxgalteriya balansining ikkala tomoni ham bir qancha moddalarga bo`linadi.
Demak, buxgalteriya balansi moddasi deb iqtisodiy jihatdan bir xil bo`lgan xo`jalik mablag`larining ma’lum bir turi yoki xo`jalik mablag`larining tashkil topish manbaini balansda alohida aks ettiruvchi ko`rsatkichga aytiladi. Aktiv tomonidagi balans moddalarining yig`indi summasi passiv tomonidagi balans moddalarining yig`indi summasiga teng bo`lishi shart. Chunki balansning aktiv va passiv tomonida xo`jalik mablag`lari va shu mablag`larning tashkil topish manbalari ikki tomonlama aks ettiriladi. Balans moddalarini guruhlashtirish xo`jalik mablag`larining maqsadga muvofiq foydalanishini to`la nazorat qilish va korxonaning faoliyatini tahlil qilish uchun imkoniyat yaratadi. Buxgalteriya balansini tuzishda oldingi bobda ko`rsatib o`tilgan xo`jalik mablag`lari va manbalarining guruhlanishi asos bo`lib xizmat qiladi.
Shunga asoslanib korxonalar yagona buxgalteriya balansining shakli umuqabul
qilingan. Aktiv moddalarining hususiyati shundaki, ular xo`jalik mablag`larining tarkibi, holati va joylanishini ko`rsatadi. Masalan asosiy vositalarning tarkibini har bir turi bo`yicha moddiy qiymatliklarni, pul mablag`larini va haqazo. Passiv moddalarida esa xo`jalik mablag`larining paydo bo`lish manbalari va ularning qanday maqsadga mo`ljallanganligi aks ettiriladi. Masalan, hamma fondlar, korxonaning turli xil qarzlari, joriy yilda olingan foyda va h.k.lar aks ettiriladi.
Balanslar o`zlarining mazmuni va qanday maqsadga qaratilganligiga qarab dastlabki, hisobot va tugatish balanslariga bo`linadi:
-korxona o`z faoliyatini boshlashda dastlabki yoki boshlang`ich balans tuziladi. Bu balans aktivida korxonani tashkil qilish paytida mavjud xo`jalik mablag`lari, passivida bu mablag`lar qanday manbalardan tashkil topganligi ko`rsatiladi;
-hisobot balansi korxonalar tomonidan har bir hisobot davri tugashi bilan tuziladi. Korxonalar oylik, chorak va yillik hisobot balanslarini tuzishlari mumkin. Bu balanslar, odatda, hisobot davridan keyingi oyning birinchi kuniga bo`lgan xo`jalik mablag`lari ularning joylanishi va tashkil topish manbalarini guruhlashtirgan holda ko`rsatadi;
-tugatish balansi korxona tugatilayotgan bo`lsa, shu tugatish kuniga bo`lgan uning mablag`larini, ularning joylanishi va tashkil topish manbalarining holatini ko`rsatish uchun tuziladi.
Korxonaning xo`jalik mablag`lari va manbalari xo`jalik jarayonida doimo harakatda bo`ladi. Sodir bo`layotgan jarayonlarning har birini o`z vaqtida hisobga olib borish zarurdir. Chunki har bir jarayonda ko`plab xo`jalik muomalalari amalga oshiriladi, ularning ta’sirida xo`jalik mablag`larining tarkibi, joylanishi va ularning tashkil topish manbalari o`zgarishi mumkin. Bu o`zgarish oqibati buxgalteriya balansining o`zgarishiga sabab bo`ladi, chunki balansning aktiv va passiv tomonida xo`jalik mablag`lari va ularning paydo bo`lish manbalari aks ettiriladi. Buxgalteriya balansini xo`jalik muomalalari ta’siri ostida o`zgarishini yaqqolroq tasavvur qilish uchun korxonada sodir bo`lgan bir necha xo`jalik muomalalarini misol tariqasida keltiramiz.
Masalan, korxonada quyidagi xo`jalik muomalalari sodir bo`ldi:
Birinchi muomala. Ishchi va xizmatchilarga ish haqi to`lash uchun korxonaning
bankdagi hisob-kitob schyotidan kassaga 1.173.000 so`m naqd pul olindi. Bu muomala balansining aktiv qismidagi “Kassa” (5010) moddasidagi pul mablag`ining ko`payishiga va “hisob-kitob schyoti” (5110) moddasidagi pul mablag`ining kamayishiga sabab bo`ladi.
Ikkinchi muomala. Asosiy ishlab chiqarishga korxona ta’minot bo`limining omboridan 123.500 so`mlik xom-ashyo xarajat qilindi. Bu muomala natijasida balansning aktiv qismidagi “Asosiy ishlab chiqarish” (2010) moddasidagi xarajatlar ko`payib, “Ishlab chiqarish zahiralari” (2810) moddasidagi materiallar summasi kamayadi.
Uchinchi muomala. Korxona omboridan mol sotib oluvchi xaridorlarga 586.000 so`mlik tayyor mahsulot jo`natildi. Bu muomala ta’sirida balansning aktiv qismidagi “Debitorlar bilan hisob-kitoblar (mollar, ishlar va xizmatlar)” moddasida ko`payish va “Tayyor mahsulot” moddasida kamayish sodir bo`ldi.
Ko`rinib turibdiki, bunday xo`jalik muomalalari buxgalteriya balansining faqat aktiv tomonidagi moddalarda o`zgarish sodir qildi yoki xo`jalik muomalasi ta’siri bilan balansning aktiv tomonida bir modda summasi ko`payib, ikkinchi modda summasi kamaydi. Bunday xo`jalik muomalalari ta’sirida balansning faqat aktiv qismida tegishli moddalari summalarda o`zgarish sodir bo`ladi, lekin balansning passiv tomonida va umumiy summasiga ta’sir qilmaydi.
Demak, xo`jalik muomalalari ta’sirida buxgalteriya balansida sodir bo`ladigan birinchi xil o`zgarish deb, xo`jalik mablag`larining tarkibi va joylanishini aks ettiradigan, balansning aktiv tomondagi tegishli moddalarda o`zgarishga sabab bo`ladigan, lekin balansning umumiy summasiga ta’sir qilmaydigan o`zgarishga aytiladi. Oyning ikkinchi kunida qo`yidagi xo`jalik muomalalari amalga oshiriladi.
To`rtinchi muomala. Xodimlarga hisoblangan mehnat haqidan 116.000 so`m daromad solig`i ushlandi. Bu muomala ta’sirida buxgalteriya balansining passiv tomonidagi «Kreditorlar bilan hisob-kitoblar» satrining «Budjet bilan» moddasidagi summasi ko`payib, shu moddaning «Mehnatga haq to`lashga doir» moddasiga summa kamaydi.
Beshinchi muomala. O`z vaqtida talab qilib olinmagan kreditorlarning 151.200
so`mlik ish haqi davlat budjetiga hisoblab qo`yildi. Bu muomala natijasida buxgalteriya balansining passiv tomonidagi «Kreditorlar bilan hisob-kitoblar» satrining «Budjet bilan» moddasi summasi ko`payishi va «Mollar va xarajatlar uchun» moddasining summasi kamayishi sodir bo`ldi.
Oltinchi muomala. Ta’tilga chiqqan ishlab chiqarish xodimiga 120.000 so`m ta’til haqi kelgusida qilinadigan xarajatlar va to`lovlar zahiralari hisobidan hisoblanadi. «Kelgusida qilinadigan xarajatlar va to`lovlar» moddasi summasini kamaytiradi. Ko`rinib turibdiki, sodir bo`lgan xo`jalik muomalalari balansning faqat passiv tomonida o`zgarishga olib keldi yoki passiv tomondagi bir modda summasi ko`payib, ikkinchisi esa kamaydi. Shu turdagi xo`jalik muomalalarining hammasida ham balansning passiv tomonidagi moddalarda o`zgarish bo`ladi, ammo balansning
umumiy summasiga ta’sir qilmaydi.
Xo`jalik muomalalari ta’sirida balansda ro`y beradigan ikkinchi xil o`zgarish deb, xo`jalik mablag`larining tashkil topish manbalarini aks ettiradigan balansning passiv tomonidagi tegishli moddalarda o`zgarishga sabab bo`ladigan, lekin balansning aktiv tomoni va umumiy summasiga ta’sir qilmaydigan o`zgarishg aytiladi.
Ettinchi muomala. Korxona ta’minot bo`limining omboriga mol yetkazib beruvchilardan 1.138.600 so`mlik asosiy materiallar qabul qilindi. Bu materiallar uchun hali pul o`tkazib berilgani yo`q. Bu xo`jalik muomalalari natijasida buxgalteriya balansi aktiv tomonidagi «Ishlab chiqarish zahiralari» moddasidagi materiallar summasida ko`payish va passiv tomonidagi «Kreditorlar bilan hisob-kitoblar» moddasining «Mollar va xarajatlar uchun» kichik moddasidagi korxonaning qarzida ham ko`payish sodir bo`ldi.
Sakkizinchi muomala. Korxonadagi asosiy vositalardan foydalanish davomida eskirish summasi aniqlanib, amortizatsiya ajratmasi sifatida xarajatga 836.000 so`m qo`shildi. Bu summaga balansning aktiv qismidagi «Tugallanmagan ishlab chiqarish» moddasida xarajatlar ko`paydi va passiv qismidagi «Asosiy vositalarning eskirishi» moddasida manba summasi ham ko`paydi.
To`qqizinchi muomala. Bankdan 2.850.000 so`m qisqa muddatli ssuda olindi va korxonaning hisob-kitob schyotiga o`tkazildi. Bu muomala ta’sirida balansning aktiv qismidagi «Hisob-kitob schyoti» moddasidagi pul mablag`ida ko`payish va passiv qismidagi «Banklarning qisqa muddatli kreditlari» moddasidagi korxonaning bankdan qarzida ham ko`payish sodir bo`ldi. Sodir bo`lgan xo`jalik muomalalari natijasida buxgalteriya balansining ham aktiv qismidagi va ham passiv qismidagi mos moddalarda ko`payishga olib keldi. Ko`rinib turibdiki, buxgalteriya balansining ham aktiv, ham passiv tomonida ko`payish sodir bo`ldi, shuningdek, balansning umumiy summasi ham ko`paydi. Ammo aktiv va passiv tomonlar yig`indisining tengligi hamma vaqt buzilmaydi.
Xo`jalik muomalalari ta’sirida buxgalteriya balansida ro`y beradigan uchinchi xil o`zgarish deb, xo`jalik mablag`larining tarkibi va joylanishini aks ettiradigan,
balansning aktiv tomonidagi tegishli moddasida va shu mablag`larning manbalarini
aks ettiradigan balansning passiv tomonidagi tegishli moddasida bir vaqtda, bir xil summaga ko`payish sodir qiladigan, shuningdek, balansning umumiy summasini ham ko`paytiradigan o`zgarishga aytiladi.
O`ninchi muomala. Korxona xodimlariga 1.074.000 so`mlik ish haqi kassadan
to`landi. Bu muomala ta’sirida balansning aktiv tomonidagi «Kassa» moddasidagi mablag`lar qoldig`i hamda passiv tomonidagi «Kreditorlar bilan hisob-kitoblar» moddasining «Mehnatga haq to`lashga doir» kichik moddasidagi korxonaning ishchilardan qarzi kamayadi.
O`n birinchi muomala. Korxonaning hisob-kitob schyotidan 351.120 so`mlik budjetga bo`lgan qarzi o`tkazib berildi. Bu xo`jalik muomalasi natijasida balansning aktiv tomonidagi «Hisob-kitob schyoti» moddasidagi pul mablag`i va balansning passiv tomonidagi «Kreditorlar bilan hisob-kitoblar» moddasining «Budjet bilan» kichik moddasidagi budjetga bo`lgan qarz summasi kamayadi.
O`n ikkinchi muomala. Korxonaning hisob-kitob schyotidan mol yetkazib beruvchilar uchun 315.480 so`m pul berildi. Bu muomala ta’sirida balansning aktiv tomonidagi «Hisob-kitob schyoti» moddasida pul mablag`i va balansning passiv tomonidagi «Kreditorlar bilan hisob-kitoblar» moddasining «Mollar va xarajatlar uchun» kichik moddasidagi korxonaning kreditor qarzi summasi kamaydi. Keltirilgan xo`jalik muomalalari ta’sirida buxgalteriya balansining ham aktiv qismidagi moddalarda, ham passiv qismidagi moddalarda kamayishga olib keldi. Bu yerda ko`p hollarda uchinchi xil o`zgarishlardagi xo`jalik muomalalarining teskarisi
sodir bo`ladi. Balansning aktivida ham, passivida ham muomalalar ta’sirida kamayish sodir bo`lmoqda, shuningdek, tegishli summaga balansning umumiy summasida ham kamayish sodir bo`lmoqda. Bu yerda ham yuqoridagilardek aktiv va passivning tengligi buzilgani yo`q.
Xo`jalik muomalalari ta’sirida buxgalteriya balansida sodir bo`ladigan to`rtinchi xil o`zgarish deb, xo`jalik mablag`larining tarkibi va joylashganligini aks ettiradigan balansning aktiv tomonidagi tegishli moddalarda va shu mablag`larning manbalarini aks ettiradigan balansning passiv tomonidagi tegishli moddalarda bir vaqtda kamayish sodir qiladigan shuningdek, balansning umumiy summasini kamaytiradigan o`zgarishga aytiladi. Binobarin, yuqorida keltirilgan misol hamda izohlarga ko`ra xo`jalik muomalalari ta’sirida birinchi va ikkinchi xil o`zgarishlarda o`zgarish faqat balansning aktiv qismidagi moddalar ichida yoki passiv qismidagi moddalar ichida alohida ko`payib, ikkinchisining kamayishiga olib kelib, shu bilan birga balansning aktiv va passiv qismilarida umumiy summa o`zgarishsiz qoladi.
Uchinchi va to`rtinchi xil o`zgarishlarda esa o`zgarish balansning aktiv qismidagi tegishli moddalarni ham, uning passiv qismidagi tegishli moddalarini ham bir vaqtda ko`paytiradi yoki kamaytiradi, shu bilan birga balansning umumiy summasiga ham ta’sir qiladi, ya’ni yoki ko`paytiradi yoki kamaytiradi.
Demak, har qanday xo`jalik muomalasi balansda ko`rsatilgan to`rt xil o`zgarishdan birining bo`lishiga sabab bo`ladi. Har bir xo`jalik muomalasi balansda ikkita bir-biriga teng o`zgarish sodir qiladi, bu narsa xo`jalik mablag`larining aylanishidagi xususiyatidan kelib chiqadi, chunki takror ishlab chiqarish jarayonida ikki tamonlama o`zgarish, ya’ni yoki xo`jalik mablag`larida, yoki uning manbaida, yoki bir vaqtda ham mablag`da, ham manbada sodir bo`ladi. Lekin har qanday xo`jalik muomalasidan keyin ham balansning aktiv va passiv tamonlarining jami summasidagi tenglik saqlanib qolishi shartdir. Korxona xo`jalik mablag`larini, uning paydo bo`lish manbalarini, shuningdek, jarayonlarini joriy hisobga olish amaliyoti bir xo`jalik muomalasidan keyin buxgalteriya balansi tuzish imkoniyatini bermaydi. Chunki bir kunda bir necha yuzlab xo`jalik muomalalari amalga oshirilishi mumkin.
Buxgalteriya hisoboti - bu tashkilotning mol-mulki va moliyaviy holati va ma'lum bir hisobot davri uchun uning faoliyati natijalari to'g'risidagi ma'lumotlar to'plami. Ma'lumotlar belgilangan shakllarda jadval shaklida taqdim etiladi. Buxgalteriya hisoboti buxgalteriya hisobining barcha turlari to'g'risidagi ma'lumotlarni birlashtiradi va buxgalteriya hisobining oxirgi bosqichidir.
Buxgalteriya hisobotlar tarkibi quyidagilardan iborat:
  • buxgalteriya balansi (1-shakl).


  • Foyda va zarar to'g'risida hisobot (№ 2 shakl).


Yillik hisobotni tayyorlashda yuqorida ko'rsatilgan shakllarga qo'shimcha ravishda hisobot tuzilmasi quyidagilarni o'z ichiga oladi:


  • O'z kapitalidagi o'zgarishlar to'g'risida hisobot (3-shakl).


  • Pul oqimlari to'g'risidagi hisobot (№ 4 shakl).


  • Buxgalteriya balansiga ilova (5-shakl).


  • Balansga qo'shimcha (5-shakl).


  • Respublika qonunlarga muvofiq majburiy tekshiruvdan o'tishi kerak bo'lsa, tashkilotning moliyaviy hisobotining to'g'riligini tasdiqlovchi tushuntirish xati va auditorlik xulosasi.


Moliyaviy hisobotlar kompaniya ichida ham, undan tashqarida ham zarurdir. Ba'zan u korxonaning tashqi muhit bilan bog'lovchi bo'g'ini vazifasini bajaradi. Kompaniyaning kelgusidagi moliyaviy taqdiri ma'lumotlarning qay darajada to'liq, ishonchli va tushunarli bo'lishiga bog'liq. Darhaqiqat, moliyaviy hisobot asosida manfaatdor tomonlar sarmoya kiritish to'g'risida qaror qabul qilishadi.


Hisobot tuzish va taqdim etish «Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos» va 1-sonli «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli BHMS bilan tartibga solinadi. Konseptual asos maqsadi quyidagilarga yordam berishdan iborat:
1. Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini tartibga soluvchi davlat organi - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga - buxgalteriya hisobi milliy standartlarini (keyingi oʻrinlarda BHMS) rivojlantirish va ularni qayta ko'rib chiqishda.
2. Moliyaviy hisobotni tayyorlovchi shaxslarga - BHMS dan foydalanishda.
3. Auditorlarga - BHMS moliyaviy hisobotiga mos keladigan xulosalarni tayyorlashda
4. Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga - moliyaviy hisobotdagi ma'lumotlarni tahlil qilishda.
Konseptual asos BHMS hisoblanmaydi va biron-bir nizoli masalani baholash yoki tushuntirish uchun uning ta'riflarini oʻz ichiga olmaydi. Ushbu konseptual asosdagi mavjud qoidalar buxgalteriya hisobining alohida bir standartini rad etmaydi.
Buxgalteriya hisobi ko'pincha korxona va tashqi muhit o'rtasidagi bog'liqlik vazifasini bajaradi. Ma'lumot berishning asosiy vazifasi moliya bozorlarida mablag' to'plashdir. Korxonaning taqdiri ma'lumotning qanday taqdim etilishiga bog'liq. Buning uchun javobgarlik katta moliyaviy menejerlarga yuklatilgan. Ma'lumotni tashqi foydalanuvchilarga berishdan oldin, ular manfaatdor tomonlarning qarorlariga qanday ta'sir qilishini bilishlari kerak.
Moliyaviy hisobotlar moliyaviy hisobotga katta e'tibor berilganligi sababli, qulaylik uchun moliyaviy hisob standartlari ishlab chiqilmoqda, uning asosida kompaniyalar qimmatli qog'ozlar birjalarida ro'yxatdan o'tkazildi. Milliy xususiyatlarga qaramay, ular korxona va moliyaviy bozorlar, shu jumladan individual investorlar o'rtasida to'liq ma'lumot oqimini ta'minlash uchun ishlab chiqilgan.
Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasida korxonalarining buxgalteriya hisobi va hisoboti jahon standartlaridan biroz farq qiladi. Bu rejalashtirilgan iqtisodiyotda ular bajaradigan funktsiyalardan bozor iqtisodiyoti funktsiyalariga o'tish jarayoni davom etayotganligi bilan bog'liq. Shu munosabat bilan, O’zbekiston korxonalarining hisobotlari hozirgi kunga qadar ba'zi hollarda moliyaviy qarorlarni qabul qilish uchun oldindan tuzatishlarsiz barcha moliyaviy ma'lumotlarni to'g'ridan-to'g'ri olish imkoniyatini bermaydi.


Xulosa
Zamonlar osha buxgalteriya hisobining shakllanib borishi hamda uning O’zbekiston Respublikasida keng qo’llanilishi yo’lga qo’yilishi, yurtimizda hisob siyosatining ancha yengillashuviga sabab bo’ldi desak xato bo’lmaydi. Sababi katta tashkilotlardan tortib, kichik uy xo’jaliklarigacha buxgalter (hisobchi) xizmatlariga ehtiyoj sezadilar. Chunki, aynan buxgalterlar korxonaning bugungi kundagi faoliyati haqida to’liq ma’lumotlar to’plab, ertangi kuni qanday bo’lishini baholay olishga zarur bo’ladigan hisobotlarni tuzadilar. Bunday moliyaviy axborotlarni yetkazish uchun ularga buxgalteriya hisobi usullar ko’maklashadi.
Shunday qilib, buxgalteriya hisobining usuli xo’jalik mablag’lari va jarayonlarini boshqarish uchun axborotni shakllantirish usullarining yig’indisidir.
Buxgalteriya hisobining usuli qator usullardan keng foydalanish bilan tavsiflanadi va ularning har biri ma’lum maqsadlarga xizmat qilib, birgalikda yagona tizimni hosil qiladi. Buxgalteriya obyektlari unda yoppasiga va uzluksiz o’z aksini topadi. Buxgalteriya hisobining usuli hisobga olinayotgan obyektlarni o’zaro bog’langan holda aks ettirish imkonini beradi va shu bilan ayrim hodisalar o’rtasidagi sababli bog’liqlikni yuzaga chiqaradi. Хo’jalik hodisalari buxgalteriya hisobida real ma’lumotlar asosida ko’rsatiladi va shu bilan uning obyektivligi ta’minlanadi.
Buxgalteriya hisobining usuli xo’jalik hayotining barcha hodisalari, xo’jalik faoliyati jarayonida sodir bo’layotgan barcha ko’p sonli operatsiyalarni kuzatish imkonini beribgina qolmay, undan tashqari, ilmiy asoslangan boshqaruv yechimlarini ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan ma’lumotlarni iqtisodiy jihatdan umumlashtirish imkoniyatini ham yaratadi. Buxgalteriya hisobi usulidan foydalanishning bosh maqsadi xo’jalik faoliyatini boshqarishni amalga oshirish uchun talab qilinadigan ko’rsatkichlarni hisoblab chiqishdan iborat.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, O’zbekiston Respublikasida bo’layotgan iqtisodiy, moliyaviy o’zgarishlar har bir soha, shu jumladan, buxgalteriya hisobini ham yuritish uchun, qolaversa, foydalanuvchilarga ma’lumotlarni uzliksiz, tez, ishonchli manbalarga asoslangan holda yetkazib berish uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratilib kelinmoqda. Ayniqsa, hozirgi davrda kopmyuterlashgan tizimga asoslangan buxgalteriya hisobini yurgazish, buxgalteriyaga taaluqli me’yoriy-huquqiy hujjatlarda bo’layotgan o’zgarishlar ham ushbu sohaga ijobiy ta’sir ko’rsatib kelmoqda.
Shunday shart-sharoitlardan to’g’ri foydalana olgan, o’z korxonasida buxgalteriya hisobi usullarining barcha elementlarini, jumladan, hujjatlashtirish, inventerizatsiya, baholash, kalkulatsiya, ikkiyoqlama yozuv, schyotlar rejasi, buxgalteriya balansi va hisobotlarni to’g’ri yo’lga qo’yib, muntazam nazorat qilib, qonuniy ish faoliyati olib boruvchi rahbarlar o’z korxonalarining iqtisodiy- moliyaviy barqarorligini ta’minlay olishi hamda to’g’ri, aniq tuzilgan moliyaviy hisobotlar natijasida xorijiy investorlarni jalb qilib, yanada ko’plab imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega bo’lishi mumkin.


Download 139.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling