Mavzu: Buxgalteriya hisobining usullari va uning elementlari
Hujjatlashtirish va ikki yoqlama yozuv usullarini amaliyotga
Download 139.35 Kb.
|
Mavzu Buxgalteriya hisobining usullari va uning elementlari-hozir.org
Hujjatlashtirish va ikki yoqlama yozuv usullarini amaliyotga
tatbiq qilish Korxona va tashkilotlarda sodir bo’lgan xo’jalik muomalalarini, shuningdek, mavjud bo’lgan moddiy boyliklarni hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni hisobga olish va nazorat qilishni ta’minlash uchun buxgalteriya hujjatlaridan foydalaniladi. Korxonada hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi shunday yo’lga qo’yilishi kerak-ki, u soxtalashtirish imkoniyatini, o’z vaqtida kelib tushmasligi va ularni buxgalteriya hisobida kechiktirib rasmiylashtirilishini istisno qilsin. Mazkur masalada korxona rahbarlari tomonidan tegishli nazoratning yo’qligi noxush oqibatlarga olib kelishi hamda pul va tovar-moddiy boyliklarning talon-taroj qilinishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun o’tkazilayotgan xo’jalik muomalalariga doir hujjatlar xarakati ustidan korxona rahbari tomonidan ham, bosh buxgalter tomonidan ham o’zaro ikki tomonlama nazorat yo’lga qo’yilishi lozim. Buning uchun korxonada hujjatlarning aniq aylanishini yo’lga qo’yish va mas’ul ijrochilarni ko’rsatgan holda hujjatlar oborotining turli bosqich chizmalar ko’rinishida grafiklar yoki ishlar ro’yxatini tuzish kerak bo’ladi. Hujjatlar aylanishi grafigini amalga oshirish ustidan nazoratni bosh buxgalter amalga oshirishi kerak. Buxgalteriya hisobida hujjat amalga oshirilgan xo’jalik muomalasi to’g’risida yozma guvohlik bo’lib, buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga yuridik kuch bag’ishlaydi. Xoʻjalik jarayonlarini va ularning natijalarini nazorat qilish kuzatish, oʻlchash va ro‘yxatga olish orqali amalga oshiriladi. Kuzatish orqali korxona va tashkilotlarning xoʻjalik faoliyatini tashkil etuvchi koʻp sonli va turli xil faktlar olinadi Bu faktlarni esa ma'lum oʻlchov birliklarida ifodalash, hamda tegishli ravishda guruhlarga ajratib qayd qilib borish zarur. Shu tariqa xoʻjalik faoliyatiga baho berish uchun zarur ma'lumotlarga ega boʻlinadi. Hisob ishlarini umumlashtirishga faqat to’g’ri rasmiylashtirilgan hujjatlar, ya’ni belgilangan texnik andozalarda ko’zda tutilgan barcha rekvizitlari to’ldirilgan hujjatlar qabul qilinadi. Shu tariqa hujjatlar tuzilishiga ko’ra, tayinlanishiga ko’ra, shakllantirish tartibiga ko’ra va yana ko’plab omillarga asosan bir necha turlarga bo’linadi(1-rasm). Maqsadiga ko’ra hujjatlar quyidagi turlarga bo’linadi: farmoyish hujjatlari; tasdiqlovchi (isbotlovchi) hujjatlar; kombinatsiyalashtirilgan (uyg’unlashtirilgan, aralash) hujjatlar; buxgalteriya rasmiylashtirish hujjatlari; axborot hujjatlari. Farmoyish hujjatlari biror-bir xo’jalik muomalasini amalga oshirish uchun buyruq yoki ko’rsatma beradigan hujjatlardir. Ushbu turdagi hujjatlarga xodimni ishga olish va boshqa shu kabi hujjatlar kiradi. Farmoyish hujjatlarida berilayotgan 1-rasm. Buxgalteriya hujjatlari turlari10 topshiriqning mazmuni, bajarilish muddati va tartibi, shuningdek bajaruvchi shaxs ko’rsatiladi. Bunday hujjatlar asosida buxgalteriya hisobvaraqlarida yozuv qilinmasdan, balki korxona rahbarining hodimlar faoliyati yuzasidan nazorat o’rnatishni ta’minlaydi. Тasdiqlovchi hujjatlar korxonada muayyan bir xo’jalik muomalasining sodir bo’lganligini isbotlovchi hujjatlardir. Bunday turdagi hujjatlarga yukxatlar, dalolatnomalar, kvitansiyalar, hisobvaraq-fakturlar va boshqa shu kabi hujjatlar misol bo’la oladi. Тasdiqlovchi hujjatlar xo’jalik muomalasi sodir bo’lgan paytda tuziladi, shuning uchun ham bo’lib o’tgan xo’jalik muomalasini hisobda aks ettirishda asos bo’lib xizmat qiladi. Kombinatsiyalashtirilgan (aralash) hujjatlar farmoyish va tasdiqlovchi hujjatlarning xususiyatlari o’zida mujassam qiladi. Ushbu turdagi hujjatlarda xo’jalik muomalasini amalga oshirish uchun berilgan farmon va shu muomala bajarilganligini aks ettiruvchi hisobotning bo’lishi juda qulaydir. Kolmbinatsiyalashtirilgan hujjatlarga kassa chiqim orderi kiradi. Bu hujjatda pulning kassir tomonidan berilganligini isbotlovchi ma’lumot bilan birga pulning to’lanishi zarur ekanligini ko’rsatuvchi farmoyish ham mavjuddir. Aralash hujjatlar bir vaqtning o‘zida ham mazkur muomalani bajarish to‘g’risida farmoyish, ham uning bajarilganligi haqida dalolat beruvchi (isbotlovchi) hujjat sifatida xizmat qilib, ushbu muomalaning bajarilganligini qayd qiladi va shu bilan birga ularni schyotlarda aks ettirish tartibi haqida ko'rsatmalar beradi. Bir hujjat bir nechta hujjatlar turining belgilarini birga olib borish katta ahamiyatga egadir. U hisobdagi hujjatlashtirishni yaqqollashtiradi, hujjatlarni ishlashda ulardan foydalanish soddalashtiradi va yengillashtiradi va provardida hisob bosma ish qog'ozlariga sarflarni qisqartiradi. Zamonaviy buxgalteriya amaliyotida aralash hujjatlardan foydalanish ayniqsa keng tarqalgan. Buxgalteriya rasmiylashtirish hujjatlari buxgalteriya hisobi xodimlari tomonidan hisob ishlarini tezlashtirish va ixchamlashtirish uchun tuziladi. Bunday hujjatlarga buxgalteriya ma’lumotnomalari, amortizatsiya hisoblash jadvallari, foydani taqsimlash bo’yicha hisob-kitoblar va boshqa hujjatlar kiradi. Buxgalteriya rasmiylashtiruvchi hujjatlarining turlaridan biri amalga oshirilgan muomalalar boʻyicha schyotlar korrespondentsiyasi mazkur muomalani rasmiylashtirilgan asosiy hujjatning bosma ish qog‘ozi (blanki)ning shu maqsad uchun maxsus ajratilgan joyida yoki boshqa usul bilan ko'rsatiladi. Buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlari mustaqil ahamiyatga ega bo'lmaydi. Ulardan faqat tegishli boshqa isbotlovchi hujjatlar bilan birgalikdagina foydalanish mumkin. Ular hisobda hisob yozuvlarini osonlashtiruvchi va tayyorlovchi texnikaviy vosita hisoblanib, ko'makchi ahamiyatga egadir. Axborot hujjatlari korxona rahbarlariga va tegishli yuqori organlarga zarur axborot ma’lumotlarini berish uchun xizmat qiladi. Bunday hujjatlarga moddiy boyliklarni sotib olish uchun tuzilgan shartnomalar, moddiy qiymatliklarning normativlari va boshqa shu kabi hujjatlar kiradi. Aks ettirilgan xo’jalik muomalalarining hajmiga ko’ra hujjatlar birlamchi va yig’ma hujjatlarga bo’linadi. Birlamchi hujjatlar – sodir etilgan paytida bitta xo’jalik muomalasiga rasmiylashtiriladigan hujjatlar. Yig’ma hujjatlar muayyan bir hisob ob’ektiga tegishli bo’lgan birlamchi hujjatlar bo’yicha tegishli guruh va tizimlarga ajratish yo’li bilan tuziladi. Тuzilgan joyiga ko’ra hujjatlar ichki va tashqi hujjatlarga bo’linadi. Тashqi hujjatlarga mol yetkazib beruvchilar, buyurtmachilar, soliq idoralari hamda boshqa yuridik shaxslardan kelib tushadigan hujjatlar (yuk-xatlar, hisobvaraq-fakturalar, bank ko’chirmalari, inkasso topshiriqnomalari va boshqalar) kiradi. Ichki hujjatlarga korxonaning o’zida rasmiylashtirilgan va korxona doirasidan chetga chiqmaydigan hujjatlar (korxona rahbarining buyruqlari, moddiy boyliklarni ichki ko’chirish yukxatlari va boshqalar) kiradi. Qamrab olish usuliga ko’ra hujjatlar bir martalik va jamg’aruv hujjatlariga bo’linadi. Хo’jalik muomalasi bir qabulda amalga oshiriladigan va mazkur muomala ana shu bilan yakunlanganida bir martalik hujjatlar tuziladi. Jamg’aruv hujjatlari ma’lum bir davr mobaynida bir hisob ob’ektiga tegishli bo’lgan xo’jalik muomalalariga doir hujjatlarni jamg’arish yo’li bilan tuziladi. Ular bir vaqtning oʻzida ham mazkur muomalani bajarish toʻgʻrisida farmoyish, ham uning bajarilganligi haqida dalolat beruvchi (isbotlovchi) hujjat sifatida xizmat qilib, ushbu muomalaning bajarilganligini qayd qiladi va shu bilan birga ularni schyotlarda aks ettirish tartibi haqida ko'rsatmalar beradi. Tuzilish navbatiga qarab hujjatlar dastlabki (birlamchi) va yig'ma hujjatlarga boʻlinadi. Dastlabki hujjat deb sodir boʻlgan muomalalarni dastlab aks ettiradigan hujjatlarga aytiladi. Ular mazkur muomalalar haqiqatda bajarilganligining hisoboti bo'lib hisoblanadi. Dastlabki hujjatga misol sifatida materiallar talabnomalarini keltirish mumkin. Ular materiallarni ombordan berilishida tuziladi va omborchi tomonidan unga materiallarni berish toʻgʻrisidagi farmoyishni bajarilganligi haqida guvohlik beradi. Dastlabki hujjatlar tarkibiga shuningdek qabul qilish - topshirish dalolatnomalari, nakladnoylar, tilxat, kvitansiyalar va boshqalarni kiritish mumkin. Shuningdek kassa kirim orderi – sub’ekt kassasiga naqd pullarni kirim qilishda qoʻllaniladi. Hozirgi vaqtda hisob ishlarini avtomatlashtirish (Microsoft Office programmalari, 1C:Buxgalteriya 8 va h.k.) keng yo’lga qo’yilmoqda Bu, o’z navbatida, xo’jalik muomalalarini hujjatlashtirishni yangi bosqichga ko’tarmoqda. Хo’jalik muomalalarini hujjatlashtirishning va dastlabki hujjat ma’lumotlarini hisoblash mashinalariga kiritishning yaxshilanishini har xil zamonaviy ma’lumot tashuvchi vositalar (global tarmoqlar orqali e-mail, elba, veb-servislar va sh.k.)dan foydalanish yo’li bilan amalga oshirish istiqbolli yo’llardan biri hisoblanadi. Har bir xoʻjalik operatsiyasi mablag'ning tuzilishida yoki manbaning tuzilishida yoki bir vaqtda ham mablagʻda ham manbada bir xil summaga oʻzgarishga olib keladi. Bunday o'zgarishlarni qayd qilish uchun buxgalteriya hisobida ikkiyoqlama yozuv usuli qoʻllaniladi. Ikkiyoqlama yozuv shunday yozuvki, uning natijasida har bir xo'jalik operatsiyasining summasi schyotlarda ikki marotaba: bir schyot debetida va ayni vaqtda oʻzaro bogʻliq boʻlgan boshqa schyotning kreditida qayd qilinadi. Chunki xoʻjalik operatsiyalari yuzaga keltiradigan oʻzgarishlar ikkiyoqlama xususiyatga ega va hisobning ikki alohida schyotiga ta'sir etadi. 1494-yilda italiyalik matematik Luka Pacholi ikki yoqlama yozuv usulini asoslab bergan. Uning «Schyotlar va yozuvlar toʻgʻrisidagi traktatida» (lot. tractatus - muhokama) yozuvlarni bir vaqtning oʻzida «bermoq» va «ega boʻlmoq» schyotlarda aks ettirish va «bermoq» va «ega boʻlmoq» schyotlarning summalarining yigʻindisi oʻzaro teng kelishi kerak deb aytgan. Ikkiyoqlama yozuv vositasida schyotlar o'rtasidagi paydo boʻlgan oʻzaro aloqa schyotlar korrespondentsiyasi deyiladi. Bu korrespondentsiyada qatnashuvchi schyotlar korrespondentsiyalanuvchi schyotlar deb ataladi. Schyotlar korrespondentsiyasini aks ettiruvchi qisqacha yozuv buxgalteriya provodka(oʻtkazma)si deyiladi. Buxgalteriya provodkalari oddiy va murakkab boʻladi. Oddiy buxgalteriya provodka(oʻtkazma)si deb, ma'lum bir xoʻjalik operatsiyasining faqat bir schyotning debeti va boshqa bir schyotning kreditida aks ettirilishiga aytiladi. Murakkab buxgalteriya provodka(oʻtkazma)si ma'lum bir operatsiyaning summasi bir schyotning debeti, boshqa bir qancha schyotlarning kreditida yoki aksincha, bir schyotning krediti va bir nechta schyotlarning debetida aks ettirilishidir. Buxgalteriya hisobida ikkiyoqlama yozuv usulidan schyotlarda xo`jalik operatsiyalari toʻgʻri aks ettirilishi ustidan nazorat olib borishda foydalaniladi. Har bir operatsiya bir xil summaga bitta schyotning debeti va boshqa bir schyotning kreditga yoziladi. Natijada hamma schyotlarning debet tomonidagi oborotlar jami, hamma schyotlarning kredit tomonidagi oborotlar jamiga teng boʻlishi kerak. Shunday tenglikning bo'lmasligi schyotlarda xatoga yoʻl qoʻyilganligidan dalolat beradi. Har bir operatsiyani amalga oshirishda hisob siyosatida ikkiyoqlama yozuv tizimidan foydalaniladi, bir tomoni debit boshqa tomoni kredit tomon hisoblanadi. Bu yozuv tizimi ikkiyoqlama yozuv tizimi deb nomlanadi. Ikkiyoqlama yozuv tizimi juftlik holda hisobotda avtomatik tarzda balans aks etishiga yordam beradi. Balansdagi qaydlar har bir debit yoki kredit koʻrsatkichlarida katta yoki kichik qiymat sababli noto'g'ri qayd etilishi mumkin. Ikkiyoqlama yozuv haqida tushunchaga ega bo'lish uchun hisobdagi debit va kredit qoidalarini bilishimiz kerak. Debit ma'nosi kirim qilish yoki qabul qilingan qiymat, kredit ma'nosi chiqim yoki berilgan qiymat. T-hisob tizimida ko'rsatilgandek debit hisobning chap tomonida, kredit esa o'ng tomonida ifoda etiladi, quyidagicha diagrammalanadi: Debit XXX Kredit 2-rasm. Ikkiyoqlama yozuv diagrammasi11 Har bir hisob (registr) ikki qismdan iborat: hisobning debeti (chap tomoni) va kredit (o'ng tomoni). Bu holda buxgalteriya hisobining asosiy printsipi har qanday vaqtda tenglikning (balans tenglamalarining) bajarilishi hisoblanadi: Aktivlar = Passivlar (majburiyatlar va kapital yig'indisiga teng). Asosiysi: ikkiyoqlama yozuv usuli daromad manbalarini va sarflanish yo'nalishini kuzatishga imkon beradi: masalan, pul mablag’larini sarflash (“Pul mablag’lari” schyoti kreditda) qayd etilgan kreditorlik qarzlarining qisqarishi ("Kreditorlik qarzlari" debetida) yoki amalga oshirilgan avanslar miqdorining oshishi (debetda "Berilgan avanslar" schyoti) bilan birga keladi. Shuningdek, bu sizga balans hisoboti orqali tashkilotning konsolidatsiyalangan moliyaviy holatini ko'rsatishga imkon beradi. Xoʻjalik operatsiyalarini schyotlarda ikkiyoqlama yozuv usuli bilan aks ettirish tartibini quyidagi misollarda ko'rishimiz mumkin. 1-misol. Bankdagi hisob-kitob schyotidan kassaga 1 500 000 soʻm naqd pul olib kelindi. Ushbu xoʻjalik operatsiyasi natijasida bankdagi hisob-kitob schyotida pul mablagʻi kamaydi, kassada esa shu summaga koʻpaydi. Bu schyotlarning ikkalasi ham aktiv schyotlardir (2-rasm). Debit (A)5010 Kredit (+) 1 500 000 so’mga Kassada pul mablag’i ko’payishi Debit (A)5110 Kredit Saldo: 1 500 000 so’m (-) 1 500 000 so’mga hisob- kitob schyotidagi pul mablag’i kamayishi 3-rasm. Aktiv schyotning ko’payishi va aktiv schyotning kamayishi12 2-misol. Kassadan xodimlarga 1 500 000 so’m ish haqi berildi. Ushbu xo’jalik operatsiyasi natijasida kassadagi pul mablag’lari kamayadi, xodimlar bilan ish haqi yuzasidan qarzdorlik ham kamayadi(3-rasm). Debit (P) 6710 Kredit (-)1 500 000 so’mga Saldo: 1 500 000 so’m Xodimlar bilan ish haqi yuzasidan qarzlarning kamayishi Debit (A)5010 Kredit Saldo: 1 500 000 so’m (-) 1 500 000 so’mga Kassadagi pul mablag’lari kamayishi 4-rasm. Passiv schyotning kamayishi va aktiv schyotning kamayishi13 3-misol. Ombordagi asosiy ishlab chiqarishga 1 200 000 so’mlik va umumishlab chiqarishga 150 000 so’mlik materiallar berildi. Ushbu xo’jalik operatsiyasi natijasida ombordagi materiallar kamayadi, asosiy ishlab chiqarish va umumishlab chiqarishlarda materiallar ko’payadi Debit (A)2010 Kredit (+) 1 200 000 so’mga asosiy
(+) 150 000 so’mga umum- Ishlab chiqarish xarajatlari ko'payishi Debit (A)1030 Kredit Saldo: 1 350 000 so’m (-) 1 350 000 so’mga material- lar kamayishi 5-rasm. Aktiv schyotlarning kamayishi va ko’payishi14 Shu tariqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar korxona buxgalteriyasida ikkiyoqlama yozuv usulidan foydalanishadi. Korxona xo’jalik faoliyatini yuritishda ikkiyoqlama yozuvning ahamiyati beqiyosdir. Ikkiyoqlama yozuv bo’lmaganida edi, balkim buxgalteriya hisobi fani ham bo’lmas edi. Ikkiyoqlama yozuvning ahamiyatlik tomonlaridan yana biri shundan iboratki, u xo’jalik operatsiyalarini hujjatlarda aks ettirish uchun operatsiyaning to’liq mazmunini yozishni talab qilmaydi, ya’ni ularni buxgalteriya yozuvlari orqali yozish bilan vaqtni tejash mumkin. Download 139.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling