Uslubiy tavsiyalar


Download 82.75 Kb.
bet1/18
Sana22.02.2023
Hajmi82.75 Kb.
#1223328
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Uslubiy tavsiyalar




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI


FARG‘ONA VILOYAT HOKIMLIGI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI


QUVA TUMANI XALQ TA’LIMI BO‘LIMI

Tarixiy davrlashtirish”

USLUBIY TAVSIYALAR




Quva2020

Muallif:

No’monjon Xolmirzayev Quva tuman xalq ta’limi bo’limi
62-ixtisoslashgan Davlat umumta’lim maktab-internati tarix fani o’qituvchisi

Kirish. O‘quv jarayonini tashkil etishdagi asosiy vazifa pedagogik texnologiyadan samarali foydalanish ekanligi isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Ammo shu kunga qadar pedagogik texnologiyaning aksariyati nazariy muammolarga bag‘ishlangan bo‘lib, uning amaliyotga ta'siri kamroq sezilmoqda. Buning uchun zamonaviy texnologiyalarni tezroq amaliyotga joriy etish usullarini ishlab chiqish talab etiladi.


Ta'lim integratsiyasi – fanlararo aloqaning yuqori darajasi, bir butun integrallashgan bilimlarni yaratishga imkon beruvchi vosita. Integratsiya tushunchasiga berilayotgan ta'riflar turlicha ushbu ta'riflarning umumiylik tomoni

  • integratsiya bu atrofimizdagi borliqqa yaxlit qarashga erishishdan iborat.

Integratsiyaning asosini fanlararo aloqadorlik tashkil etadi va o‘zining rivojini integratsiya g‘oyasida topadi. Integrativ mazmunga ega bo‘lgan predmetlarni o‘rganish bo‘lajak mutaxassislar bilimi, ish uslublari, shaxsiy fazilatlari yaxlit, bir butunligini ta'minlovchi omil sifatida qaraladi.
Zamonaviy ta’lim tizimida o‘quv jarayonini umumiy o‘quv predmetlari mazmuni va maqsadlarini ma’lum uzviylikda va o‘zaro mantiqiy bog‘langan holda tashkil qilish ta’limni sifat va samaradorligini oshirish bilan bir qatorda o‘quvchi yoshlarni dunyoqarashini kengaytirib, ularni fikrlash olamini yorqin obrazlar bilan boyitishga xizmat qiladi. Ta’lim mazmuni va ko‘lamini optimallashtirish, o‘quv jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot kommunikatsiya texnalogiyalari bilan boyitish, ta’lim mazmunini o‘quvchi yoshlar ongi va tafakkurida hayotiy obrazlar vositasida gavdalantirishda ham predmetlararo aloqaning imkoniyatlari cheksiz.
Tarix darslarini har bir mavzu doirasida o‘zaro turdosh va boshqa fanlar bilan bog‘langan holda tashkil etish, o‘quv jarayonining mazmunli bo‘lishini ta’minlaydi. Axborotlar ko‘lamining kengayishi, o‘quvchilar bilishi zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar hajmining oshishi, integratsion jarayonlarning optimal variantlarini ishlab chiqishni taqozo etmoqda. Bu kabi keng qamrovli jarayonlarni tashkil etish, boshqarish va yo‘naltirish uchun esa, albatta, o‘qituvchidan tinimsiz ravishda o‘z ustida ishlash va intellektual salohiyatni talab qiladi. Tarix fanini o‘qitishda integratsiya o‘zaro turdosh va boshqa fanlar bilan tarkibiy bog‘lanishni mustahkamlab, ularni umumlashtirib, o‘quvchilarning tabiat va jamiyat haqidagi yaxlit tasavvurlarini yanada boyitish uchun xizmat qiladi. Bu jarayon o‘qituvchining qanday usul va vositalardan samarali foydalanishiga bog‘liq.
Tarix fani o’qitilishida tarixiy sana va atamalarni oquvchi xotirasida saqlanishi samaradorligi -muammo va yechimlar.”
O’quvchi biror bir tarixiy voqea-xodisani o’rganish jarayonida o’sha voqeani bilishini o’zi kifoya qilmaydi ,balki hodisaning sabab va oqibatlarini tahlil qila bilish yo’li orqali jamiyat rivojlanishi yoki uning tanazzuli yoki sabab oqibatlari ni o’rganish zarurdir.Har bir saotda tarix darsi o’zining dolzarb bo’lishi,zamon bilan, davr talabi bilan bog’lanishi tufayli muhimlik kabs etadi.
Bularning barchasi o’z-o’zidan o’qituvchining kasb moharati bilan bog’liqdir.
Dars jarayonida turli metodlardаn foydalanish qanchalik samara berishi o’quvchilarni visual va audal xotirasini aniqlash va rivojlantirish nuqtai nazardan yondashilishi ko’zlangan maqsadga erishishda eng muhim masaladir . Bunda o’quvchi o’sha tarixiy kinofilm yoki mabzuga doir suratlarni yaxshi eslab qolishi mumkin,biroq bu usulda bola faqat tomoshabin bo’ladi,mustaxkamlashdagi interfaol usullarda xotiraga yaxshi joylashi va testdan unumli foydalanish mumkin.Shunga qaramay o’quvchi erkin fikrlash va tarixiy taxlil qilishga erishish uchun tarix matnlarini o’rganishdan tashqari,tarixiy sanalarni sinxron(To’g’ri ketma ketlikda aniqlash ) jadvalini mustaqil yarata olish mahorati vavoqealarni bir-biri bilah solishtirа olisi murakkab hamda kompanentli testlarda uchraydigan asosuysana va atmalarni dars jarayoninig o’zidayoq o’zlashtirib olihi shart. Ana shundagina siz ta’lim berayotgan o’quvchilarda o’zlashtirish natijalari yahshi samara berayotganini ko’rishingiz mumkin
Yuqorida aytilgan pirovard maqsadga erishish uchun dastlab testologiya nazariyasi vaamaliyotidan asosiy tamoyil vaqiyinlik darajalarini yodda saqlamoq zarur bular :
Quyida eslab qolish qiyin yoki murakkab mavzulardagi san ava atamalar bilan ishlash tajribalaridan namuna larni havola qilamiz.
Ushbu usullardan foydalanish nafaqat ta’lim berayotgan o’quvchilaringiz da kuzatuv dinamikasi kotarilishiga balki tarix faniga qoyilgan kompitensiya talablarini amalga oshirisingizda asosiy vosita vazifasini o’taydi .
Kompitensiya talablari quyidagicha

Download 82.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling