Uslubiy tavsiyalar


Eng qadimgi davr PALEOLIT


Download 82.75 Kb.
bet3/18
Sana22.02.2023
Hajmi82.75 Kb.
#1223328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Uslubiy tavsiyalar

Eng qadimgi davr PALEOLIT
Ilk poleolit Olduvay - miloddan 3-2 million yil avvalgi miloddan 1 million - 100 ming yil avval
. O'rta Osiyoda toshdan yasalgan qadimiy mehnat qurollari Farg`ona vodiysidagi Selungur manzilgohidan va Toshkent vohasidagi Ko`lbuloq manzilgohidan ham topilgan. Bunday qo`pol tosh qurollarining uchi bir tomonga qaratib o`tkirlangan edi. Arxeologiya fanida bu tosh qurollar chopperlar deb nomlangan. Tabiat insonga nimani in'om etsa, odam shuni olgan, topgan yeguligi bilan qanoatlangan, shuning uchun ham kishilarning eng qadimiy mashg`uloti bo`lgan termachilih va ovchilik o`zlashtiruvchi xo`jalik deb ataladi.
O`rta poleolit - miloddan 100-40 ming yil Teshiktosh g`ori qadimgi tosh asri madaniyatining jahonga mashhur bir yodgorligidir. Teshiktosh g`oridan 1938-yilda 3000 mingdan ziyod tosh qurollari va ularning parchalari, arxar, kiyik, yovvoyi ot, qoplon, quyon, mayda kemiruvchilar, shuningdek, qushlarning suyaklari topilgan. Teshiktosh g`oridan qazib olingan, tosh asriga mansub 8-9 yashar bolaning suyaklari qoldiqlari eng mashhur topilmadir. Arxeologlar bunday neandertal odam suyak qoldiqlariga kamdan kam hollarda duch keladilar. Bola jasadi qoidali qilib qabriga ko`milgan. Jasad atrofiga arxar shoxlari qadab chiqilgan. Murdaning dafn etilishi dastlabki diniy e'tiqodlar bilan bog`liq.
So`nggi poleolit - miloddan 40-12 ming yil avval Mazkur davrda hozirgi qiyofadagi odam - kromanyon odami yashagan edi. So`nggi paleolit davri odami manzil gohlari Samarqand shahri hududidan, Toshkent viloyati Ohangaron daryosi vodiysidagi Ko`lbuloq manzilgohining yuqori madaniy qatlamlaridan, shuningdek, Farg`ona vodiysidan topilgan. Taxminan 25-30 ming yil muqaddam odamlar ancha takomillashgan kesuvchi, arralovchi va parmalovchi mehnat qurollari yasaydigan bo`lishgan. Inson endilik da taqinchoqlar - munchoqlar, tumorlar va uzuklar ham yasay boshladi. Shunday qilib, so`nggi paleolitda insoniyat o`z rivojida tag`in bir pog`onaga yuksaldi. Odamlar qarindoshlardan tarkib topgan ixcham guruhlarga - urug` jamoalariga ajralib chiqishdi. Urug`ga oqsoqol sardorlik qilgan, urug` a'zolari bitta manzilgohda yashagan. Bir joyda yashab turgan bir qancha urug`lar qabilani tashkil etgan. Turar joylar qurilishi so`nggi paleolit davri odamlarining muhim ixtirosi bo`ldi. Kiyim-kechak tayyorlashda hayvonlar terisi ishlatilardi. Inson bu davrda sun'iy tarzda olov (yog`ochni bir-biriga ishqalash, chaqmoqtoshni bir-biriga urish) hosil qilishni ham o`rganib oldi.

Download 82.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling