Uslubiy tavsiyalar
Neolit davrida aksariyat qabilalar o`troq turmush tarziga
Download 82.75 Kb.
|
Uslubiy tavsiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zamonbobo - Buxoro viloyati Qorako`l tumanidagi Zamonbobo ko`li bo`ylarida miloddan avvalgi II mingyillikda yashagan chorvadorlar va dehqonlarning qadimiy manzilgohi.
Neolit davrida aksariyat qabilalar o`troq turmush tarziga o`tib, doimiy turar joylar qura boshlagan. Paxsa imoratlar qurish boshlandi. Asta-sekin urug` jamoalarining o`troq manzilgohlari shakllanib bordi. O`troq turmush tarzi va mehnat qurollarining yanada takomillashishi jamoalarning ziroatchilik va dehqonchlllkka o`tish imkoniyatini vujudga keltirdi. O`troq turmush tarziga o`tilishi har xil buyumlar tayyorlash sohasi bo`lgan hunarmandchilik rivojiga zamin yaratdi. Ishlab chiqaruvchi xo`jalik - ancha vaqt urug`ni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlab kelgan ziroatchilik va chorvachilikdir. Ziroatchilik termachilikdan boshlangan, chorvachilik esa ovchilik qilish va hayvonlarni qo`lga o`rgatishdan kelib chiqqan. Loydan ishlangan va olovda pishirilgan idishlar yasash sohasi - kulolchilik, tolalar va jundan kiyim-kechak tayyorlash tarmog`i - to`quvchilik hunarmandchiligi neolit davrining muhim kashfiyot va ixtirolaridir. O`rta Osiyoning janubiy viloyatlarida aholi miloddan avvalgi VI-V mingyilliklar boshlarida ziroatchilikka o`tgan bo`lsa, markaziy va Shimoliy o`lkalarda ovchilik va baliqchilikni davom ettiraverdi.
Eneolit davri Mis- tosh davri miloddan avvalgi 4-3-mingyilliklarga to`g`ri keladi. Tosh qurollarga nisbatan afzalliklariga qaramasdan, mis qurollar unchalik keng tarqalmadi. Odamlar misni qalayi, qo`rg`oshin bilan birga qo`shib eritib, bronza hosil etganlaridan so`ngra misga nisbatan mustahkam sun'iy metall keng tarqaldi. Metallurgiya rivoji kishilarning moddiy va ma'naviy madaniyatiga katta ta'sir ko`rsatdi. Mil. avv. IV mingyillikda Qadimgi Sharqda ilk shaharlar va davlatlar vujudga kela boshladi. O`rta Osiyo janubida sug`orma dehqonchilik vujudga keldi, xom g`ishtdan ko`p xonali uylar qurila boshlandi, idishlarni pishirish uchun kulolchilik xumdonlaridan foydalanishga kirishildi. Sopol idishlar hayvonlar, qushlar va o`simliksimon naqshlar (yaproqlar, gullar) bilan bezatiladigan bo`ldi. Bronza misga qaraganda ancha qattiqligi tufayli miloddan avvalgi III mingyillik o`rtalaridan boshlab asta-sekin mehnat qurollari, qurol-yaroqlar va zeb-ziynatlar tayyorlashda ishlatiluvchi asosiy materialga aylanib qoldi. Mil. avv. III mingyillikka kelib, patrlarxat davri boshlandi. Ota urug`iga o`tilishi patrlarxal oila shakllanishi bilan barobar kechdi. Bunday oila ota tomonidan yaqin qarindoshlarning bir necha avlodlaridan tashkil topgan edi. Patrlarxal oila - ota tomonidan yaqin qarindoshlarning bir necha avlodlaridan tashkil topgan oiladir. Bronza davri odamlarining manzilgohlari. Dehqonlarning qadimgi manzilgohlaridan biri Zarafshon daryosi havzasidagi Zamonbobo ko`li yaqinidan topilgan. Shuningdek, Turkmaniston (Oltintepa, Namozgoh) va Tojikiston (Sarazm) hududlarida eneolit va bronza asriga oid uy-joylar va turli buyumlar topilgan va o`rganilgan. Zamonbobo - Buxoro viloyati Qorako`l tumanidagi Zamonbobo ko`li bo`ylarida miloddan avvalgi II mingyillikda yashagan chorvadorlar va dehqonlarning qadimiy manzilgohi. Surxon vohasida hozirgi Sheroboddan uncha uzoq bo`lmagan joyda Jarqo`ton manzilgohi vujudga kelgan edi. Sopollitepa- O`zbekiston janubidagi dehqonlarning miloddan avvalgi II ming yillik manzilgohidir. Jarqo`ton manzilgohi rejasida shaharning ilk alomatlari ko`zga tashlanadi. Jarqo`ton ikki qismga ajratilgan edi: qasr (hukmdor qarorgohi) va jamoa a'zolari, hunarmandlar va savdogarlarning arkni qurshab turgan uylari. Qasr ichida ibodatxona (ilk ibodatxona) bo`lgan. Bu davrga oid manzilgohlar Xorazm vohasida ham topilgan va o`rganilgan. Bronza davri manzilgohlari aholisi har xil hunarmandchiliklar, to`quvchilik, kulolchilikni rivoj toptirishda, zeb-ziynat buyumlari yasash, qurilish sohasida katta yutuqlarga erishgan edi. Bronza davrida odamlar kulolchilik charxi va g`ildirakni kashf etdilar. Download 82.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling