Uslubiy tavsiyalar
Yarmarka - ulgurji savdo bo’ladigan, turli mamlakat savdogarlari qatnashadigan, mol sotish va ayirboshlash joyi nomi bo’lgan. Sen-Jermen
Download 82.75 Kb.
|
Uslubiy tavsiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birja
- General shtatlar (Etats Generaux
- Cherkov va davlat.
Yarmarka - ulgurji savdo bo’ladigan, turli mamlakat savdogarlari qatnashadigan, mol sotish va ayirboshlash joyi nomi bo’lgan.
Sen-Jermen (Parij) yarmarkasida spektakllar qo’yilgan. Venetsiya yarmarkasida ikki hafta davomida 100 ming kishi qatnashgan. Manbalarda lionlik qahvaxona egalaridan birining yarmarkaga kelgan bitta boy, yaxshi xonada yashashni istagan savdogarga o’nta eng arzon xona yoki bepul tunash istagidagi kishilar to’g’ri kelishi haqidagi xotiralari saqlanib qolgan. O’rta asrlar Yevropasining eng mashhur yarmarkasi Fransiyaning shimoliy-sharqidagi Shampan grafligida (markazi Reyms shahri) bo’lgan. Savdoning yuksalib borishi natijasida Yevropada turli mamlakatlar savdogarlari to’planib pullarini almashtiradigan joylar - birjalar vujudga keldi. Birja atamasi Bryugge shahridagi "Burse" mehmonxonasi yaqinida savdogarlar to’planadigan joy nomidan olingan. Birjalar Bryuggeda - 1409, Antverpenda - 1460, Lionda - 1462yilda tashkil topgan. Shu tariqa XI-XV asrlarda Yevropada hunarmandchilik va savdoning yuksalishi: bozor, banklar, birjalarai vujudga keltirdi. • Yevropa shaharlarining senorlar hukmronligidan ozod bo’lish uchun kurashi; Shaharlar ko’pincha feodallar yerida vujudga kelgan. Dastlab feodallar o’z yerlaridagi shaharlarga homiylik qilib, ko’chib kelgan hunarmandlarni soliqlardan ozod etgan. Ammo shaharlar o’sib, boyib borishi bilan xo’jayinlar ulardan ko’proq daromad olishga intilganlar. Feodallarning jabri hunarmandchilik va savdoning yuksalishiga to’sqinlik qila boshlaydi. Natijada shaharliklar senor hukmidan ozodlikka chiqishga intilganlar. Ko’pincha shaharlar o’z erkinligini to’lov, pul evaziga qo’lga kiritgan. Bunday imkoniyat bo’lmagan holda ozodlik uchun qo’zg’olon yo’li tutilgan. Fransiyaning qator shaharlarida XII-XIII asrlarda senorlarga qarshi kurash bo’lib o’tadi. • Erkin shaharlar, shahar respublikalar va yirik markazlashgan davlatlarning shakllanishi; Sharq mamlakatlarida o’rta asrlarning rivojlangan davriga turli paytda: Xitoy, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada - VIII asrning ikkinchi yarmida, Yaponiyada IX-X asrlarda, Hindistonda XI-XIII asrlarda o’tganlar. Bu hoi har bir mamlakatda ishlab chiqarish taraqqiyoti turli darajada bo’lgani bilan izohlanadi. Dastlab ma’muriy markaz yoki harbiy qal’alar sifatida tashkil topgan o’rta asr shaharlari, hunarmandchilik va savdoning yuksala borishi bilan juda tez rivojlangan. • Markaziy hokimiyatning obro’-e’tiborining o’sib borishi; • Toifaviy hokimiyat organlari (parlament, General shtatlar)ning shakllanishi; General shtatlar (Etats Generaux - "yalpi toifalar") - Fransiyadagi oliy tabaqaviy-vakillik muassasasi (1302-1789). Qirollar General shtatlarini qachonki yangi soliq kiritishni istaganlarida chaqirib turishgan. Shu tarzda Fransiyada toifali monarxiya tashkil topadi. Qirollik hokimiyati markazlashtirish jarayonida tabaqa vakillari majlisiga tayangan. • Xristian cherkovi va salib yurishlari; Cherkov va davlat. Yevropada V asrda boshlangan feodal munosabatlaridan cherkov ham chetda qolmaydi. Ekinzorlarning uchdan biri ibodatxona va monastirlar qo’lida to’planadi. Davlat soliqlaridan ozod etilgan bu yerlarda cherkovdan ijaraga yer olgan 100 minglab qaram dehqonlar mehnat qilganlar. Undan tashqari xristian cherkovi aholidan ushr (hosilni 1/10) solig’ini undirgan. Aholi, shuningdek, bolani cho’qintirish, nikohdan o’tganida, marhumga ta’ziya marosimi o’tkazilganda va boshqa udumlar uchun ham pul to’laganlar. Cherkovga tushadigan daromadning talay qismi Rim papasi xazinasiga yuborilgan. Katolik cherkovi, shuningdek, indulgensiya (lotincha "afv") - gunohlardan kechish yorliqlarini sotish hisobiga ham boyigan. Cherkovning badnafsligi insonning faqat qilgan gunohlari emas, balki qilishi mumkin bo’lgan gunohlarini ham avvaldan ma’lum pul evaziga kechishida ko’rinadi. Yevropada cherkov davlatning muhim tashkilotiga aylanib, uning siyosiy va iqtisodiy faoliyatiga aralashgan, sud vazifasini bajargan, Cherkov qo’llagan jazoning eng og’iri interdikt - mamlakatda ibodat va marosimlarni vaqtinchalik taqiqlanishi bo’lgan. Katolik cherkovi o’z qudrati cho’qqisiga Innokentiy III (1198- 1216) papaligi davrida erishdi. Uning "Oy o’z yog’dusini Quyoshdan olganidek, qirol hokimiyati o`z jilosini papalikdan oladi” degan so’zlari amalda qo’llaniladi. Rim papasi german, fransuz va ingliz hukmdorlarini interdikt orqali tavba-tazarru qildiradi. Papaning hukmini aholiga o’tkazishdagi tayanchlardan yana biri rohiblar bo’lgan. Dastlabki monastirlar IV asrdan tashkil etilgan. Rohiblar toat-ibodatdan bo’sh paytlarida xattotlik bilan shug’ullanganlar. Ayrimlari esa monastir qoshidagi maktablarda bolalarni o’qitganlar. Salib yurishlari - G’arbiy Yevropa feodallarining Yaqin Sharqdagi bosqinchilik va talonchilik urashlari edi. Bu yurishlar 1096-1270-yillar oralig’ida bo’lib o’tgan. Salib yurishlari katolik cherkovi tomonidan sakkiz marta tashkil qilingan. Sharqdagi yerlarni egallash orqali cherkov o’zining ta’sirini kuchaytirishni maqsad qilgan. • Yevropa, Osiyo, Afrika va Amerika xalqlari tarixi; • Dunyo xalqlarining ilm-fani va madaniyati. Yevropada industrial sivilizatsiyaning jadal rivojlanishi Yangi tarixning asosiy mazmunini tashkil etadi. Aynan shu jadal rivojlanish tufayli Yevropa dunyoda yetakchi o‘rinni egalladi, keyin esa Yer yuzining katta qismini o‘ziga bo‘ysundirdi. Jahon tarixida «Yangi tarix» davri XV asr oxiri – XVI asr boshlaridagi Buyuk geografik kashfiyotlardan boshlanadi hamda Birinchi jahon urushining yakuni – 1918-yilgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. Yangi tarix, odatda, ikki bosqichga bo‘linadi. Uning birinchi Download 82.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling