Cm-50 guruh talabasi Tursinbayeva Gulsauir “Dinshunoslik” fanidan oraliq nazorati 17-variant


Download 20.87 Kb.
Sana11.12.2020
Hajmi20.87 Kb.
#164281
Bog'liq
диншунослик оралик н. СМ-50 Турсынбаева


CM-50 guruh talabasi Tursinbayeva Gulsauir

Dinshunoslikfanidan oraliq nazorati



17-variant

1.Sintozim dinining kelib chiqishi va asosiy g'oyasi

2.Jahon dinlarining kelib chiqishining ijtimoiy-iqtisodiy sabablari

Javoblar

1.Sintoizm, shintoizm, (yaponcha sinto, aynan — xudolar yoʻli, xudolar taʼlimoti) — Yaponiyada tarqalgan dinlardan biri. 6—7-asrlarda vujudga kelgan. Bu din buddizm Yaponiyada tarqala boshlagan davrda xali aniq bir nom bilan atalmas edi. Birinchi marta "sinto" atamasini 18-asrda buddizmdan farq qilish uchun ishlatila boshlangan. 1868—1945 yillarda Yaponiyaning davlat dini bulgan.

Simtoizm asosida tabiatga va ajdodlar ruhiga sigʻinish yotadi. Uning taʼlimotiga kura, odamlar qandaydir ruhlar yoki xudo (sin yoki kami)lardan tarqalgan. Oliy xudosi — Amaterasu (quyosh maʼbudasi). Sintoizm taʼlimotining asosini imperator hokimiyatining ilohiyligi (imperatorga suzeiz itoat etish) tugʻrisidagi aqida tashkil egadi. Imperator Amaterasuning avlodi hisoblanadi. Sintoizm ko’pxudolikka asoslangan. Sintoizmda asosiy eʼtibor yer yuzidagi hayotga qaratilgan, narigi dunyo masalalariga qiziqish kam. Sintoizm keyinchalik buddizm, konfutsiychilik hamda xristianlik taʼsiriga uchrashi uning nufuzi pasayishiga olib keldi. Lekin, 20-asrning 50yillaridan Sintoizmga boʻlgan rasmiy munosabat yana oʻzgarib, uning yapon davlatchiligi bilan bogʻliq udum, bayram va anʼanalari tiiklana boshladi.

2.Jahon dinlari ya’ni Buddaviylik, Xristianlik va Islom dinining shunday bir ko’rinishiki, bu dinlar paydo bo’lgan xududdagina amal qolmay, Yer yuzining boshqa xududlarida ham o’zlariga etiqod qiluvchilarni vujudga kеltira olgan dinlardir. Jahon dinlar o’z etiqodchilarning milliy, etnik, til, irq, tug’ilgan joyi, qaysi davlatfuqarosi ekanligidan qatiy nazar, bu dinlarni qabul qilishlari mumkin.

Jahon dinlari ichida birinchi bo’lib paydo bo’lgan din – Buddaviylik dini paydo bo’lib. Buddaviylik dini (sanskrit tilida buddha – osoyishtalikka va buyuk haqiqitga erishgan, “ilohiy ilm” nuridan munavvarlik ma’nolarini bildiradi) jahon dinlarining ichida eng qadimiysi bo’lib, jahon sivilizatsiyasining qadimgi markazlaridan biri bo’lgan Hindistonda miloddan avvalgi VI asrda yuzaga kelgan. Yangi dinning vujudga kelishi turli sabablar bilan bog’liq bo’lgan. Miloddan avvalgi VI asrda o’nlab knyazliklarga bo’linib ketgan Hindistonda, urug’-qabilachilik aloqalari va tartiblarining yemirilishi natijasida, davlat hokimiyatini markazlashtirishga harakatlar kuchaygan. Hindiston jamiyatini kastalar(portugal tilida casta – irq, urug’, tabaqa)ga bo’linib ketishiga sababchi bo’lgan braxmanizm bunday jarayonlarni rag’batlantirmagan. Kastachilikni muqaddaslashtirish bilan birga, diniy ta’limot, oliy haqiqat faqat hukmron braxmanlar uchun deb ta’kidlovchi braxmanizm jamiyatdagi Yangilanishga to’siq bo’lmoqda edi. Shu bois bir-biridan sun’iy ravishda ajratib tashlangan kastalarni umumiy maqsad atrofida birlashtirishga turtki beruvchi mafkuraga zarurat tug’ilgan.

Xristianlik dini buddizm va islom dinlari qatorida jahonda eng keng tarqalgan dinlardan biri hisoblanadi. Ularning miqdori boshqa dinlarga qaraganda eng ko’p bo’lib, bu ko’rsatkich dunyo aholisining deyarli uchdan birini (taqriban 28 %) tashkil etadi. Xristianlik milodning boshida Rim imperiyasining sharqiy qismida joylashgan Falastin yerlarida vujudga keldi. Iso Masih (Iisus Xristos), Bibliyaning xabar berishiga ko’ra, xristianlik ta’limotining asoschisi bo’lib, u Rim imperiyasi tashkil topganining 747 yili Falastinning Nazaret qishlog’ida bokira qiz Maryamdan Xudoning amri bilan dunyoga keldi. Yangi eraning boshlanishi ham Iso Masihning dunyoga kelishi bilan bog’liq.Milodning boshlarida yahudiylar hokimiyatning uch tabaqasi bilan bog’liq og’ir tushkunlikni boshdan kechirar edilar. Bir tomondan Rim imperatori va uning joylardagi noiblari, ikkinchi tomondan Falastin podshohi Irod Antipa, uchinchi tomondan esa ruhoniylar xalqni turli soliqlar va majburiyatlar bilan ko’mib tashlagan edilar. Xuddi shu davrda yahudiylar o’rtasida kutilayotgan xaloskorning kelishi yaqinlashib qolganligi haqida xabar tarqatuvchilar paydo bo’ldi. Ular xalqni kutilayotgan xaloskor kelishiga tayyorlash uchun chiqqan edilar. Shunda Iso Masih yahudiylikni isloh qilish va uni turli xurofotlardan tozalash g’oyasi bilan chiqib, xristian diniga asos soldi. Yahudiylar uni va uning izdoshlarini Falastindan quvg’in qildilar. Isoning 33 yoshida fitnachilikda ayblab, qatl etishga hukm qildilar.

Islom dunyoda keng tarqalgan jahon dinlaridan biri bo’lib, hozirgi kunda 172 mamlakatning 1,5 mlrd. aholisi unga e’tiqod qiladi. Islom davrigacha bo’lgan davr johiliya (arabcha jahula-bilmaslikdir) deb ataladi. Bu davrda turli arab qabilalari ko’pgina but-sanamlarga topinishgan ya’ni ko’pxudolikka e’tiqod qilganlar. Sanamlarni ko’pligi tez-tez arab qabilalar o’rtasida ixtiloflar keltirib chiqargan, shuningdek aholi o’rtasida qizlarni tiriklayin ko’mish, mayxo’rlik va boshqa buzuqliklar keng tarqalgan edi.

Islom so’zi arabcha «Allohga o’zini bag’ishlamoq», «taslim bo’lish», «itoat etish» «bo’ysunish» degan ma’nolarni anglatadi. Islom dinining payg’ambari Muhammad sallalohu alayhi vassallamdir. U kishi milodiy 571 yil 21 aprel kunida Makka shahrida dunyoga kelganlar. 632 yil 8 iyunda Madina shahrida vafot etganlar. Shamsiy yil hisobi bo’yicha payg’ambarimiz 61 yoshu, 1 oy, 18 kun, qamariy yil hisobi bo’yicha 63 yoshu, 3 oy, 3 kun umr ko’rganlar.Otalarining ismlari Abdulloh, onalarining ismi-Omina bo’lgan. 25 yoshlarida beva ayol –Hadichaga uylanganlar, 40 yoshida payg’ambarlik kelgan, 23 yil payg’ambarlik, 19 marta jihod, 4 marta umra va 1 marta haj qilganlar.Payg’ambarimizning otalari Abdulloh ular tug’ilmasdan 2 oy avval Suriya safaridan Makkaga qaytayotganda Madina shahrida kasallanib 25 yoshida olamdan o’tadilar. Payg’ambarimizni onalari dard ko’rmasdan, sunnat qilingan va kindiklari kesilgan holda tug’adilar. Orqalarida, ikki kiftining orasida payg’ambarlik muhri-hollari bo’lgan. Bobolari payg’ambarimizga Muhammad deb, onalari Omina esa Ahmad ism qo’yganlar. Payg’ambar tug’ilgan paytlarida bir qancha g’ayrioddiy hodisalar ro’y berdi. Ka’badagi but-sanamlar yiqildi, Eron shohi Husravning saroyi tebranib, butlari sinib ketdi, Otashparastlarning ming yildan beri o’chmagan olovlari so’ndi, Sova ko’li toshib o’sha mamlakatda suv toshqini bo’ldi.Payg’ambarimiz onalari Omina ularni 7 kun emizadilar. Undan so’ng cho’ri ayol Suvayba, Marvaha, Ummu Aymanlar emizdilar. Eng ko’p sutgan bergan ayol Halima bo’ldi. Payg’ambar Halima tarbiyasida 4 yoshigacha bo’ldi. Onalari tarbiyalarida 4 yoshdan 6 yoshgacha bo’ldi. Undan so’ng bobolari Abdulmutallib qo’llarida 8 yoshgacha, amakilari Abu Tolib qo’llarida balog’atga etgunicha tarbiyalandilar.

Payg’ambarlar ikki turga bo’linadi: Nabiy va Rasullar. Nabiiy (xabarchi) payg’ambarlarga xudo tomonidan kitob va shariat tushirilmay, balki o’zlaridan avvalgi payg’ambarlar ishlarini davomchilaridir. Rasul (elchi) payg’ambarlarga esa xudo tomonidan alohida kitob va shariat berilgandir. Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v. ham nabiy ham rasul payg’ambarlardan hisoblanadi.Islom aqidasida asosan etti narsa-Allohga, uning farishtalariga, nozil qilgan muqaddas kitoblariga, yuborgan payg’ambarlariga, oxirat kuniga, taqdirning yaxshiligi va yomonligi Allohdanligiga, o’lgandan keyin qayta tirilishga iymon keltirishdan iborat. Bu aqidalar 6 ta iymon kalimalarida ifodalangan.

Islom dinining 5 ustuni mavjud, bular:

1)Kalima keltirish.

2)Besh mahal namoz o’qish.

3)Zakot.


4)Ro’za tutish.

5)Haj.


Islom dinining muqaddas kitoblari bo’lib Qur’oni Karim va hadislar hisoblanadi. Qur’on o’z ichiga 114 ta surani oladi.


Download 20.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling