Uslubiy tavsiyalar
Salavkiylar davlati va Yunon-Baqtriya podsholigi
Download 82.75 Kb.
|
Uslubiy tavsiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Miloddan avvalgi 293-yilda
- Yunon-Baqtriya davlati.
Salavkiylar davlati va Yunon-Baqtriya podsholigi.
O`rta Osiyo salavkiylar davlati tarkibida. Miloddan avvalgi 323-yil 13-iyunda Makedoniyalik Aleksandr vafot etdi. U yaratgan davlat uch qismga: Makedoniya, Misr va Suriyaga bo`linib ketdi. Bu davlatlar Aleksandrning eng yaqin lashkarboshilari tomonidan boshqarilgan. Uzoq davom etgan o`zaro urushlardan keyin, miloddan avvalgi 312-yilda Makedoniyalik Aleksandrning lashkarboshilaridan biri Salavka Bobil (Mesopotamiya) davlati hukmdori bo`ldi. Salavka davlati tarkibiga Mesopotamiya, Eron, Parfiya, Baqtriya, So`g`diyona, Marg`iyona kirar edi. o`z davlati tarkibiga kirgan O`rta Osiyoni Salavka satrapliklarga bo`ldi, ularning har biriga satrap hukmronlik qilar edi. Davlat mudofaasi va qo`shinlarni tashkil etish bilan sobiq lashkarboshilardan tayinlangan strateg shug`ullanar edi. Miloddan avvalgi 293-yilda Salavka Sharqiy viloyatlar - Parfiya, Marg`iyona, Baqtriya, So`g`diyona noyibi etib o`z o`g`li Antioxni tayinladi. Mil. avv. 280-yilda Salavka vafotidan so`ng Antiox ulkan davlat hukmdoriga aylandi va 20 yilcha mamlakatni boshqardi. Yunon-makedon istilolari tufayli izdan chiqqan turmush tarzi So`g`diyona, Baqtriya va Marg`iyonada asta-sekin tiklana boshladi. Bu yerlarda yangi manzilgohlar, shaharlar bunyod etildi, savdo-sotiq, dehqonchilik va hunarmandchilik rivojlana boshladi. Baqtra, Maroqanda, Antiox Marg`iyonasi (Marv), Termiz yirik shahar va madaniyat markazlariga aylandi. Yunon-makedon istilolaridan keyin O`rta Osiyo viloyatlari tarixida antik yoki ellinistik davr boshlandi. Bu yurishlar pirovardida G`arb va Sharq o`rtasida madaniy munosabatlar va almashinuv kengayishiga olib keldi. Baqtriyada yunon yozuvi, yunon og`irlik o`lchov birliklari, pul munosabatlari, hunarmandchilik va san'at buyumlari tarqaldi. Ellinlashtirish - Sharqda yunon madaniyati tarqalishi va aralash madaniyat - yunon va mahalliy Sharq: madaniyati tashkil topishi jarayoni. O`z navbatida yunonlar ham Baqtriya binosozlik va hunarmandchilik an'analarini o`zlashtirdilar. Yunon-Baqtriya davlati. Miloddan avvalgi III asr o`rtalarida Baqtriya Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqadi. Antik davr tarixchilari xabar berishicha, Diodot - mingta Baqtriya shahri hukmdori o`zini podsho deb e'lon qiladi. Shu voqeadan Yunon-Baqtriya davlati tarixi boshlanadi. Mil. avv. 250-yilda Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqqan Parfiya Baqtriyaning raqibiga aylanadi. Baqtriyadan tashqari, Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga So`g`diyona va Marg`iyona ham kirgan edi. Diodotdan keyin Yunon-Baqtriyada hukmronlik davlat tarixida sezilarli iz qoldirmagan Yevtidemga o`tdi. Yevtidemning o`g`li Demetriy hukmronligi davrida (mil. avv. 199-167-yy.) Yunon-Baqtriya podsholigi eng katta sarhadlarga ega bo`ldi. Hindistonning bir qismi bu davlatga qo`shib olingan edi. Parfiyada hokimiyat Mitridat I qo`liga o`tishi bilan Baqtriyaga harbiy tazyiqni kuchaytiradi. Yunon-Baqtriya davlati tinimsiz urushlar olib borishga majbur ediki, bu hol uning kuchsizlanishiga sabab bo`ldi. Bundan foydalangan ko`chmanchi yuechji qabilalari miloddan avvalgi 140-130-yil-larda Yunon-Baqtriya davlatini bosib oladilar. Madaniyatning rivojlanishi. Yunon-Baqtriya davlati 120 yil yasha di. Shu davr mobaynida uning iqtisodiyoti va madaniyati yuksaldi. Hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlandi, ko`plab shaharlar barpo etildi. Baqtriya, So`g`diyona va Marg`iyona hunarmandlari yasagan buyumlar ko`pgina qo`shni shaharlar va davlatlarga ham tarqaldi. Yunon-Baqtriya davlatida tangalar hukmdor tasviri bilan zarb etilgan. Dajla daryosi bo`yi - Salavkiyadan Baqtriyagacha karvon yo`li qurib bitkazilgach, jahondagi ko`pgina davlatlar bilan xalqaro savdo-sotiq va madaniy aloqalar jonlandi. Baqtriya orqali Xitoydan Hindistonga boradigan karvon yo`li, shuningdek, Buyuk Ipak yo`lining janubiy tarmoqlari o`tgan edi. Download 82.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling