Mavzu: Buxgalteriya ob'ektlarining hisobi


Download 63.36 Kb.
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi63.36 Kb.
#1624678
  1   2   3   4
Bog'liq
Buxgalteriya Mustaqil ish


Toshkent Davlat Transport Universiteti
MUSTAQIL ISH

Mavzu: Buxgalteriya ob'ektlarining hisobi.

Bajardi: Mannopova X.D.
Tekshirdi: _____________

Toshkent 2023



Reja:

  1. Kirish.

  2. Asosiy qism

  1. Mehnat haqi hisobini tashkil etilishi.

  2. Mehnatga haq to'lashning shakllari.

  3. Rag'batlantirish xususiyatiga ega bo'lgan to'lovlar.
  1. XUlosa.


Foydalanilgan adabiyotlar.












  1. Kirish .

Mehnat va ish haqini hisobga olishda xo’jalik yurituvchi sub’ektning shaxsiy tarkibi va turkumlanishi bu borada respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar. Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning tub negizida aholini ijtimoiy himoya qilish, qilingan mehnatiga yarasha taqdirlash hamda turmush farovonligini oshirish masalasi yotadi. Ushbu masalalarni hal etish borasida bugalteriya sohasida ham ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda, xususan inson mehnat qilar ekan uning hisobini to’g’ri tashkil etish va yuritish, to’lovlarni hamda ajratmalarni o’z vaqtida olib borishni taqozo etadi. Fuqarolarni mehnat qilishi uchun har qanday sharoitlar yaratilib ularning mehnatga bo’lgan munosabatini, mulkiy xissiyotini uyg’otishga oid qator tadbirlar qilinmoqda. Xususan Prezidentimiz o’zining bir qator qaror va qonunlarida bu kabi yuqoridagi masalalarga ijobiy yondashmoqda. Ma’lumki, mashhur besh tamoyillaridan biri»bo’lmish ijtimoiy himoya qilish dasturi buning yaqqol asosidir. Chunonchi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 24 dekabrdagi


562-sonli qaroriga muvofiq 1998 yilda ham mehnat sharoitlari o’ta zararli, o’ta og’ir bo’lgan ishchilarning daromadlaridan chegirmalar darajasi 25% dan oshmasligi hamda noqulay iqlim sharoitida ishlayotganlar daromadiga eng kam soliq stavkasi bo’yicha 15% miqdorida undirish tartibi ko’rsatib o’tilgan. Ijtimoiy ishlab chiqarishning iqtisodiy jihatdan o’sishini ta’minlovchi eng muhim omillaridan biri mehnat unumdorligini o’stirishdir. Hozirgi paytda xalqimiz oldida turgan mamlakat iktisodiy va ijtimoiysiyosiy turmushini barqarorlashtirish tadbirlari, yaqin vaqt ichida iste’mol bozoridagi taqchillikni bartaraf qilish orasidagi vazifalarini bajarish uchun, birinchi navbatda, mehnat unumdorligini o’stirish talab etiladi. Keyingi paytda tarif tizimi va mehnatni muvofiqlashtirish, xo’jalik yurituvchi sub’ekt jamoasiga beriladigan mukofotlari ularning mehnat hissalariga qarab belgilash borasida muhim tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xodimlarning mehnatiga haq to’lash shakllari, tartibi va miqdori hamda daromadlarining boshqa turlari xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Bunda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan bajarilayotgan ishlarning murakkabligi va sharoitga qarab tabaqalash uchun davlat tarif stavkalari bo’yicha ish haqi, maoshlaridan mo’ljal uchun foydalanishlari mumkin. 1991 yildan boshlab xo’jalik yurituvchi sub’ekt va tashkilotlarga ish haqi fondi va moddiy rag’batlantirish fondining miqdorini belgilaydigan nomativlar yuqoridan tasdiqlanmaydigan bo’ldi. Mehnatga haq to’lash xarajatlarining me’yorlashtiriladigan miqdori xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’zi tomonidan faqat soliq solinmaydigan foydani hisoblab chiqish uchun aniqlanadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlarining shaxsiy daromadi, ya’ni mehnatga haq to’lash mablag’lari mahsulot tannarxiga kiritiladigan to’lovlar hamda xo’jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida qoldiriladigan foyda hisobidan beriladigan to’lovlardan iborat.




  1. Download 63.36 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling