Mavzu. Buxgalteriya schyotlari va ikkiyoqlama yozuv. Reja


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/19
Sana18.06.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1555963
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
02. BUXGALTERIYA HISOBI 67

hisobga olish 
4.4. Mol etkazib beruvchilar, xaridorlar va hisobdor shaxslar bilan 
bo‘ladigan hisob-kitoblar hisobi 

4.1. Pul mablag‘larining iqtisodiyotdagi roli va ularni hisobga olishning 
vazifalari 
Bozor munosabatlari sharoitida xo‘jalik yurituvchi subektlarning ishlab 
chiqarish jarayonida doimo boshqa xo‘jaliklar bilan iqtisodiy aloqada bo‘ladilar. 
Bunday aloqalarini olib borish xo‘jaliklarning asosiy faoliyati hisoblanadi va 
ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligi, mahsulotlarni o‘z vaqtida jo‘natish 
hamda sotish jarayoni ta’minlanadi. Xo‘jalik aloqalari shartnomalar bilan 
rasmiylashtirilib, ularga asosan bir tomon mahsulot (ish va xizmat) larni taklif 
etuvchi (sotuvchi), ikkinchi tomon esa – xaridor sifatida qatnashib, to‘lovni 
amalga oshiruvchi bo‘lib qatnashadi. 
Mahsulot (ish va xizmat) larni etkazib beruvchi bilan uning haqini to‘lovchilar 
orasidagi hisoblashishlar o‘z vaqtida tashkil etilishi aylanma mablag‘larning 
aylanish tezlashishiga ta’sir qilib, olinadigan va to‘lanadigan mablag‘larning paydo 
bo‘lishiga barham beradi. 
SHuningdek, xo‘jaliklarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha 
tegishli idoralar hamda ishlab chiqarishda, boshqaruv apparatida faoliyat 
ko‘rsatayotgan xodimlar bilan hisoblashishlar vujudga keladi. 
Xo‘jalikning boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hisoblashishlari naqd pullik yoki 
naqd pulsiz, ya’ni pul o‘tkazish yo‘li orqali to‘lovni oluvchining hisob raqami 
ochilgan bankka o‘tkazib beriladi. Bugungi kunda subektlar o‘rtasida o‘zaro hisob-


92 
kitob operatsiyalari bo‘yicha hisoblashishlar nizomga
3
ko‘ra pul o‘tkazish yo‘li 
orqali amalga oshiriladi.
Tijorat banklari yuridik va jismoniy shaxslarning bo‘sh turgan mablag‘larini 
jalb qilish, ularning boshqa xo‘jalik hamda tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob – 
kitoblarini amalga oshirish, shuningdek, qaytarib olish to‘lovlilik va muddatlilik 
sharti bilan bo‘sh mablag‘larni joylashtirish maqsadida tashkil etilganligidir. 
Respublikamizda bank tizimi davlat Markaziy banki va tijorat banklaridan 
tashkil topgan bo‘lib, ular o‘z mijozlariga shartnoma asosida xizmat ko‘rsatadi. 
Mijozlar bank xizmatlaridan foydalanishda mustaqil ravishda o‘zlari tanlagan bir 
yoki bir nechta banklarda hisob-kitob-pul bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga 
oshiradi.
4
SHu bilan birga ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish maqsadida bankning 
kredit resurslaridan foydalanishlarilari va maqsadli kredit munosabatlari yuzasidan 
kredit shartnomalarini rasmiylashtirishlari mumkin. Korxonalar banklarda hisob–
kitob va valyuta schyotlaridan tashqari, maxsus joriy schyotlari (limitlashtirilgan 
chek daftarchalari, akkreditivlar, maxsus schyotlar va b.) dan ham foydalanishlari 
mumkin. 
Xo‘jalik yurituvchi subektlarning pul mablag‘lar hisobi buxgalteriya hisobi 
schyotlar rejasining beshinchi bo‘limi, majburiyatlari bo‘yicha hisob–kitoblar esa 
oltinchi va ettinchi bo‘limida tayinlangan schyotlarda yuritiladi. 
Xo‘jaliklarda mavjud pul mablag‘laridan maqsadli foydalanish va ularni 
samarali boshqarish, shuningdek, olinadigan mablag‘lar va majburiyatlarni o‘z 
vaqtida so‘ndirish buxgalteriya hisobi orqali nazorat qilinadi. SHu boisdan, ushbu 
nazoratni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tashkil etishda uning oldiga bir qator vazifalarni 
bajarishni taqozo etadi. Ular quyidagilardan iborat: 
3
“O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi” Nizom.(YAngi tahrirda) O‘zR AV 
tomonidan 13.12.2004 yilda 1122-2-son bilan ro‘yxatga olingan. 
4
O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risida yo‘riqnoma. O‘zR AV 24.03.2017 
y. 1948-12-son bilan ro‘yxatga olingan 


93 

pul mablag‘lari va hisob–kitob operatsiyalarini o‘z vaqtida tegishli 
hujjatlarda to‘g‘ri rasmiylashtirib borish; 

kassadagi kirim va chiqim qilinayotgan mablag‘larni to‘g‘ri rasmiylashtirish 
hamda ularni kassa daftarida qayd qilib borish; 

kassadagi naqd pul mablag‘lari va unga ekvivalent bo‘lgan pul hujjatlari, 
qimmatli qog‘ozlarning butligini kundalik nazorat qilib borish; 

pul mablag‘laridan to‘g‘ri foydalanish va ularning maqsadli sarflanishini 
doimiy nazorat qilish; 

budjet, budjetdan tashqari mablag‘lar, banklar, xodimlar va boshqa 
tashkilotlar, xaridor va buyurtmachilar bilan shartnomada belgilangan to‘lov 
shakllariga amal qilib borishni nazorat qilish; 

qarzlarni qaytarish muddatidan o‘tkazib yubormaslik maqsadida debitor va 
kreditorlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob – kitoblarni o‘z vaqtida taqqoslama 
dalolatnomalar bilan rasmiylashtirish hamda uni so‘ndirish bo‘yicha chora-
tadbirlar ko‘rish; 

xo‘jalikning pul mablag‘lari harakatini oldindan prognozlash va pul oqimini 
meyorlashtirish bo‘yicha tegishli tadbirlar ishlab chiqishdan iboratdir. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling