Mavzu: Buxoro karvonsaroylari
Mavzu: Buxoro karvonsaroylari Karvinsaroy o’zi nima?
Karvonsaroy — karvonlar toʻxtab, tunab oʻtadigan rabot, saroy. Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo, Zakavkazye shaharlari savdo yoʻlida barpo etilgan. Karvonsaroylar, odatda, oʻrtada katta hovli, atrofi bir-ikki qavatli hujralar bilan oʻralgan, minorali qalʼaband istehkom shaklida boʻlib, savdo manzillarida va shahardagi bozorlar (tim va toqlar) qatoriga qurilgan. IX—XVIII asrlarda shaharlarning oʻsishi va karvon savdosining kuchayishi natijasida karvonsaroylar koʻplab bunyod etilgan. Arab sayyohlari Istahriy va ibn Xavqallarning maʼlumotiga koʻra, X asrda savdo markazi hisoblangan Movarounnahrda 10 mingdan ortiq karvonsaroylar boʻlgan (Raboti Malik, Doya xotin karvonsaroyi, Ollaqulixon karvonsaroyi). Temir yoʻl va boshqa zamonaviy transport rivojlanishi natijasida karvonsaroylar oʻz ahamiyatini yoʻqotgan.[1
O'rta Osiyo karvonsaroy-rabotlar tarixi qachon boshlangan?
Hozirgi kunda qadimiy karvonsaroy-rabotlar Yaqin sharq, Turkiya, Eron hududlarida ochilgan bo'lib, arxeolog mutaxassislar orasida O'rta Osiyo hududida islomgacha bo'lgan karvonsaroy-rabotlar mavjud bo'lmagan degan fikr ustuvor bo'lganligi va bu holatni mashhur olim S. Xmelnitskiy “… O'rta Osiyo islom davrigacha bo'lgan davrda mayda tarqoq uncha katta bo'lmagan mulklardan tashkil topganligi, sosoniylar Eroni esa keng markazlashgan davlat bo'lgan…” ligi bilan izohlashga harakat qilganligini ta'kidlab o'tadi.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |