Davlat moliyasi — davlat ixtiyorida pul jamgʻarmalarining tashkil etilishi, taqsimlanishi va sarflanishi sohasidagi moliyaviy munosabatlar. D.m.ning mablagʻlari umummilliy manfaatlar yoʻlida sarflanadi, davlatning funksiyalarini bajarishga xizmat qiladi. D. m. pul jamgʻarmalari, moliya mexanizmi, davlatning moliyaviy institutlari (idoralari) va moliya siyosatini oʻzida mujassamlashtiradi. D. m. tarkiban davlat byudjeti, mahalliy (munitsipal) byudjetlar, davlat korxonalarining moliyasi (ularning byudjeti), hukumatga qarashli maxsus jamgʻarmalar, davlat krediti (davlat qarz olgan va qarzga beradigan vositalari) kabi turlarga bulinadi.
|
Yuridik shaxslarning moliyasini ham ikkita sohaga ajratish mumkin: tijorat korxonalari moliyasi va notijorat tashkilotlar moliyasi. Bu ikki guruh xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyasi tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish shakli, daromadlar va xarajatlarni shakllantirishi, mulkka egalik qilishi, majburiyatlarni bajarishi, soliqqa tortilishi bilan bog‘liq holda o‘zining xususiyatlariga ega. Tijorat tashkilotlari va korxonalarining moliyasi, moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, YaIM qiymatini yaratish, taqsimlash va ishlatish jarayonlarini qamrab oladi. Ular, asosan yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy daromad yaratiladigan, moddiy ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritadilar. Iqtisodiy tuzumdagi o‘zgarishlar natijasida tadbirkorlik faoliyatining yakuniy maqsadi xususiy kapitalina saqlab holda foyda olish bo‘lib qoldi. moliyaviy munosabatlar yuzaga keladi.
|
Iqtisodiy kategoriya sifatida u uy xo’jaliklarida iste’mol maqsadlari va jamg’arish uchun pul mablag’lari fondlarini shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga tegishli bo’lgan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iboratdir. Ana shuni e’tiborga olgan holda uy xo’jaliklari moliyasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: uy xo’jaliklarida iste’mol maqsadlari va jamg’arish uchun pul mablag’lari fondlarini shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga tegishli.Bu (oid) bo’lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar majmui uy xo’jaliklari moliyasi deyiladi.
|