Mavzu: Buyruqni tayyorlash va ularning turlari


Download 387.34 Kb.
bet2/3
Sana07.02.2023
Hajmi387.34 Kb.
#1175402
1   2   3
Bog'liq
ззз

Tashkiliy hujjatlar

  • Iqtisodiyotni boshqarishda tashkiliy-farmoyish hujjatlarining axamiyatikattadir. Har qanday firma yoki korxonani boshqarishda tashkiliy farmoyish hujjatlaridan to’liq foydalanadi. Tashkiliy hujjatlarga nizom, ustav, majlis bayoni, shartnoma kiradi. Nizom bu korxona yoki uning tarkibiy bo’linmalarining tuzilishi, xuquqi vazifalari, burchlari, ishni qanday tashkil qilish tarkibini belgilaydigan xuquqiy hujjatdir. Nizom ayrim mansabdor shaxslarga va turli tadbirlarga (ko’riq, musobaqa va boshqalarga nisbatan xam tuzilishi mumkin) ko’pincha nnzom korxonalarni ta’sis etish va tashkil topish paytida tuziladi va yuqori tashkilotlar farmoyishi bilan tasdiqlanadi. Korxonalarning tarkibiy qismlari ularning raxbarlari tomonidan tuziladi va korxona raxbari farmoyishi bilan yoki tasdiqlash ustxati (viza) qo’yish bilan kuchga kiradi. Yo’riqnoma bu qonun yoki boshqa normativ, xuquqiy hujjatlarni tushuntirnsh maksadida chiqariladigan xuquqiy hujjatdir.Korxona mansabdor shaxs va fuqarolarninig tashkiliy, ilmiy, texnikaviy, moliyaviy va boshqa maxsus faoliyat tomonlari xususida tartib-qoida o’rnatish maksadida davlat boshqaruv organlari tomonidan chiqariladi, yoki rahbar tomonidan tasdiqlanadi. Yo’riqnoma matni bo’limlardan tarkib topadi. Bo’limlar modda va bandlarga bo’linishi mumkin, yo’riqnoma odatda “Umumiy qoida” deb ham yuritiladi, unda yo’riqnomaning maksadi ochib beriladi, rioya qilish qoidasi, farmoyish tarkibi va umumiy boshqa masalalar ko’riladi. Matnning asosiy qismi aniq ko’rsatma beruvchi xususiyatga ega bo’ladi, bunda "lozim", "kerak", "zarur", "yo’l qo’yilmaydi", "mumkin emas" kabi so’zlar qo’llaniladi. Yo’riqnomalar ichida xodimning lavozim yo’riqnomasi aloxida o’rin egallaydi. Unda umumiy qism xodimning vazifalari, burchlari, xuquqlari, boshqa xodimlar bilan munosabatlari ishni baxolash mezoni va xodim mas’uliyati ko’rsatiladi.

Farmoyish va ko’rsatma haqida tushuncha

  • Farmoyish hujjatlarning quyidagi bosqichlarini ajratish mumkin: -masalaning moxiyatini urganish -hujjatning loyihasini tayyorlash -hujjatni keliShu vi -imzolashish Farmoyish hujjatlarining tuzish va rasmiylashtirish jarayoni ma’lum korxona yoki uning ish yuritish bo’yicha qoidasi va hujjatlar shaklining tabelida ta’riflanishi lozim. U yerda hujjat loyihasi ustidagi ishlar ketma-ketligi va hujjatning xuquqiy qimmatini ta’minlovchi talablar berilgan. Hujjatning loyihasini tayyorlash ishlari bir yoki bir necha tizimlarga yoki aloxida shaxslarga Yuklanadi. Murakkab va katta hujjatlarning loyihasini ishlab chiqarish jarayonlarida ish guruhlari tuziladi, va mutaxasislar jalb etiladi.
  • Tuzilayotgan hujjat darajasi qancha katta bo’lsa, uning tayyorlovchilarga shu nchalik katta shartlar qo’yiladi. Hujjatlarni ishlab chiqishda xuquqiy asos bo’lib, hujjatni raxbarlik va boshqaruv organlari tomonidan chop etilishi, Yuqori organlarning quygan talablari, muassasalarga quyilgan masalarni amalga oshirishda bajaruvchi va tartibga soluvchi faoliyatning kerakligidir. Muassasalar va tuzilmaviy tashkilotlar ma’lum bir masala bo’yicha hujjatlarni ishlab chiqarishdagi initsiativalar bilan chikishi mumkin. Farmoyish korxona ma’muriyati xamda bo’limlar raxbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjatdir. Odatda farmoyishlarda harakat muddati cheklangan bo’lib uning kuchi bo’limlarning tor doirasiga ayrim mansabdor shaxslar va fuqarolarga taaluqli bo’ladi.

Download 387.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling