Мавзу: Буюк сохибкирон Амир Темур
Amir Temur va Temuriylar mavzuiga bag‘ishlab yaratilgan yirik asarlar
Download 459 Kb.
|
Buyuk sohibqiron Amir Temur tarixi
Amir Temur va Temuriylar mavzuiga bag‘ishlab yaratilgan yirik asarlar
Hozirgi kunda Amir Temur va Temuriylar mavzuiga bag‘ishlab yaratilgan yirik asarlar soni Evropa tillarida besh yuzdan, SHarq xalqlari tillarida esa mingdan ortiqni tashkil etadi. Bu misol asrlar davomida jahon tarixining yorkrn siymolaridan biri — Amir Temur hayoti va faoliyatini, Temuriylar tarixini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish dunyo miqyosida hech kachon susaymaganidan dalolat beradi. Aksincha, keyingi vaqtda dunyoda, ayniqsa, Evropada ushbu mavzuga e’tibor yanada ortgani kuzatilmoqda va quvonarli holdir.Mamlakatimiz olimlari va xorijlik mutaxassislar tomonidan ilmiy asosda e’tirof etilganidek, Amir Temur tarixda o‘z davrining eng mohir diplomati sifatida ham chuqur iz qoldirgan. Sohibqiron buyuk davlat arbobi sifatida o‘z maqsadlariga erishishda diplomatiyaning tinch yo‘li bilan harbiy tadbirlarni mohirona qo‘shib olib borgan. Amir Temur barpo etgan buyuk saltanat o‘sha davrdan boshlab nafaqat qo‘shni mamlakatlar va ularning boshliqlarini, balki uzoq yurtlar hukmdorlarini ham o‘ziga jalb etib kelgan. Tarixiy hujjatlarning dalolat berishicha, XIV asrning 70-yillaridanoq Evropa davlatlari vakillari Movarounnahrga kelib, bu erdagi yangi, mustaqil davlatning qudrati va salohiyati bilan jiddiy qiziqqanlar. Sohibqiron ham o‘z navbatida, ayniqsa, qudratli saltanat shakllangach, o‘sha davrning deyarli barcha taniqli davlatlari va ularning hukmdorlari bilan faol diplomatik aloqalar o‘rnatgan. Turli davlatlarga o‘z elchilarini yuborgan, shuningdek, uning huzuriga yo‘llangan xorij elchilarini qabul qilgan. Amir Temur Kastiliya va Leon qiroli Don Enrike III (ayrim manbalarda — Ispaniya qiroli Genrix III), Fransiya hukmdori SHarl VI (ayrim manbalarda — Karl VI), Angliya qiroli Genrix IV saroylariga elchilar yuborib, mutanosib ravishda ispaniyalik, fransiyalik, angliyalik, xitoylik va boshqa bir qator — jami yigirmadan ortiq xorijiy davlatlar elchilarini o‘z poytaxti Samarqandda qabul qilgani haqida atroflicha bayon etilgan ko‘plab tarixiy va ilmiy asarlar bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi. Tarixiy manbalarda yozilishicha, 1402 yilning 28 iyulida Anqara shahri yaqinidagi CHubuq vodiysida Amir Temur bilan Usmonli turk sultoni Boyazid Yildirim askarlari o‘rtasida kechgan va Soxibqiron g‘alabasi bilan yakun topgan jangga guvoh bo‘lgan xorijpik diplomatlar orasida Kastiliya va Leon qiroli Don Enrike III tomonidan Amir Temur huzuriga yo‘llangan elchilar — Payo de Sato Mayor va Ernan Sanches de Palasuelos xam bor bo‘lgan. Jangdan so‘ng Amir Temur elchilarni kabul qiladi, ulardan ispanlar davlati va qirolning ahvoli haqida surishtiradi, ziyofatlarga taklif etib, ko‘p hadyalar beradi. Ispan elchilarining qaytish payti kelganda esa Sohibqiron ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida ular bilan birga o‘zining qobiliyatli beklaridan bo‘lgan Muhammad Keshiyni ham maktub va sovg‘alar bilan Kastiliyaga elchi qilib jo‘natadi. Keshiy u erga eson-omon etib borib, maktub va sovg‘alarni qirol Don Enrike III ga topshiradi. Ilmiy tadqiqotlarda yozilganidek, Amir Temur diplomatiyasining nazariy asosini islom dini tashkil etgani holda, uning ma’naviy- axloqiy asosi uzoq asrlarga borib taqaladi. Bu diplomatiyaning shakllanishida YUsuf Xos Hojibning "Qutadg‘u bilig" asari kabi mashhur asarlar va qomusiy manbalar katta rol o‘ynagan. Amir Temur diplomatiyasining o‘ziga xos tomonlarsdan biri — u o‘zining barcha murojaatlarida, hatto qat’iy talab shaklida yozilgan nomalarida ham, SHarq diplomatiyasi etiketlariga rioya qilgan. Ayrim uzoq yurtlar xushdorlarining qo‘pol shaklda, ba’zi hollarda jahl va jaholat bilan yozilgan nomalariga ham Sohibqiron hamma vaqt o‘z fikrlarini aniq bayon qilgan holda madaniyat va odob bilan javob qilganini o‘sha davrlardan meros bo‘lib qolgan tarixiy xatlar orqali bilib olish qiyin emas. Ayni vaqtda shuni ham aytish kerakki, Amir Temur odatda Evropa mamlakatlariga masihiylik dini peshvolarini elchi qilib yuborgan. Fransisko, Fransisko Sadru, Sultoniya shahri arxiepiskopi Ioann Fransiya va Angliya qirollariga Sohibqironning maktublarini olib borgan. Musulmon diplomatlaridan, yuqorida aytib o‘tganimizdek, faqat Muhammad Keshiygina Evropaga borishga muyassar bo‘lgan. Bu ham uning qobiliyatidan, bir necha tillarni, ehtimol, Evropa tillaridan birini bilganidan dalolat beradi. O‘sha davrda Amir Temur shuhrati butun Evropaga tarqalgan edi. SHu sababli Muhammad Keshiy Kastiliya Qiroli Don Enrike III huzurida katta hurmat-e’tibor bilan kutib olingan. U qirol saroyidagi rasmiy tantanalarda va yirik zodagonlar qasridagi qabul marosimlarida ishtirok etgan. Qirol unga Rui Gonsales de Klavixo boshchiligidagi o‘z elchilarini qo‘shib, hurmat-ehtirom bilan Samarqandga kuzatib ko‘ygan. Ana shu safar taassurotlari asosida Rui Gonsales de lavixo tomonidan yaratilgan "Samarqandga, Temur saroyiga sayohat kundaligi 1403-1406 yillar" asari Klavixoni butun dunyoga mashhur qilib yubordi va necha asrlardan buyon bu bebaho kundaliklar Marko Polo, Ioann Galonifontibus, Afanasiy Nikitin, Barbaro va Kontarini asarlari bilan bir qatorda o‘rta asrlar jahon adabiyotining oltin fondini bezab turibdi. Aytish joyizki, Sohibqironning elchisi — arxiepiskop Ioanning "Amir Temur va uning saroyi haqida xotiralar" asari ham o‘tgan olti yuz yil mobaynida shu mavzuda turli tillarda yaratilgan mingdan ziyod asarlar orasida ishonchli va xolis manba sifatida alohida o‘rin tutadi. Nega deganda, bu asar buyuk ajdodimiz bilan Samarqandda uchrashgan evropalik elchi Klavixoning kundaliklari, shuningdek, Amir Temur bilan bevosita muloqotda bo‘lgan mashhur tarixnavislar Ibn Arabshoh va Ibn Xaldun qalamiga mansub tarixiy kitoblar kabi birlamchi, ya’ni Sohibqironni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, suhbatida bo‘lgan mualliflar yozib qoldirgan eng nodir manba sanaladi. E’tibor va e’tirofga sazovor tomoni shundaki, istiqlol yillarida xalqimiz ana shu asarlarni bevosita asliyat, ya’ni ispan va fransuz tilidan o‘zbek tiliga tarjimalarini o‘qish va o‘rganish, chuqur tahlil va talqin etish imkoniga ega bo‘ldi. Muxtasar aytganda, Amir Temur olib borgan faol diplomatik siyosat tufayli buyuk ajdodimiz tuzgan va boshqargan ulkan saltanat bilan jahonning o‘sha davrda taniqli bo‘lgan barcha davlatlari, shu jumladan, Evropa mamlakatlari orasida doimiy aloqa o‘rnatilgan va bu o‘z navbatida dunyodagi ko‘pgina mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga va madaniyat taraqqiyotiga xizmat qilgan. Bugun O‘zbekiston er yuzidagi ko‘plab mamlakatlar bilan turli sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalarni kamol toptiryapti, xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, hamkorlikning barcha shakllarini rivojlantirish yo‘lida izchillik va qat’iyat bilan odimlamoqda. SHunday mahalda beixtiyor, YUrtboshimiz ta’kidlaganlaridek, Sohibqiron Amir Temurning Fransiya qiroli SHarl VI ga yo‘llangan «Salom va tinchlik e’lon qilaman!», degan so‘zlari bilan boshlanadigan maktubi yodga tushadi. .Temur va Temuriylar davri Urta Osiyo madaniyatida aloxida davrni tashkil kiladi. mAdaniyat tarixida klassik davr xisoblangan bu davr xususan, uzbek madaniyatining bugungi xukukiy joylashuvida asos bulib xizmat kiladi. Avvalo, bu davr madaniyati Temur asos solgan kuchli davlatchilik tamoyillari asosida shakllangan ijtimoiy-iktisodiy tarakkiyot bilan boglikdir. Amir Temur davrida Urta Osiyoning mustakil bir davlat kilib birlashtirilishi mamlakatning iktisodiy-madaniy tarakkiyotiga ijobiy ta’sir kursatadi. Ilm-fan, adabiyot va san’at, xunarmandchilik va me’morchilik ravnak topdi. Mamlakat va poytaxt Samarkandning obodonchiligi yulida maxalliy va chet mamlakatlardan kuplab fan va san’at axillarini, xunarmand me’morlarini va musavvirlarini tupladi. Temur markazlashgant davlat tuzish jarayonida ishlab chikarishga, xususan kishlok xujaligiga aloxida e’tibor berdi. Urta Osiyoda kishlok xujaligi sun’iy sugorishga boglikligini yaxshi tushungan Temur Angor kanalini kazdirdi va Murgob vodiysida sugorish ishlarini yulga kuydi. Samarkand va SHaxrisabz shaxarlari okar suv bilan ta’minlandi. Lalmikor erlarda ariklar kazildi. Dexkonchilikda donli ekinlar, paxta, zigir ekilgan. Buyok uchun ruyan usimligi, shuningdek pillachilikda tutlar kup ekilgan. Uzum , limon etishtirilgan. Ulugbek davrida Bogi maydonda turli usimlmklar ekilib, Bogcha nomli bog barpo etilgan. Temur Samarkadn atrofida Bogdod, Sultoniya va SHeroz nomli kishloklar kurdiradi. Temur va Ulugbek davrida kuychilik va yilkichilikka aloxida e’tibor berilgan. Tog-kon ishlari yulga kuyilib, turli ma’danlar kazib olinishi tufayli xunarmandchilik rivojlangan. Obodonchilik, sugorma dexkonchilikning rivojlanishi iktisodiy xayotda muxim soxa-xunarmandchilik, savdo va tovar-pul munosabatlarining tarakkiyotiga ijobiy ta’sir kursatdi. Xunarmandchilik tarmoklarining kupayishi tufayli shaxarlarda xunarmandchilik maxallalarining soni ortib, yangi bozor rastalari, tim va toklar kurildi. Tukimachilik, kulolchilik, chilangallik, temirchilik va binokorlik soxalari asosiy urin tutgan. Samarkand, Buxoro, Toshkent, SHoxruxiya, Termiz, SHaxrisabz, Karshi shaxarlarida yangi xunarmandchilik maxallalari kurilib, savdo markaziga aylandi. Ip, jun, kanop tolasidan gazmollar tukilgan. Ipakdan shoyi gazlamalar atlas, kimxob, banoras, duxoba, xoro, debo kabi gazmollar tukilgan. XV asrda metal buyumlar, uy-ruzgor buyumlari, asbob-uskunalar, kurol-yaroglar kuplab ishlab chikarilgan. Samarkand kurolsozlik markaziga aylanib, sovunsozlar maxallasi kurilgan. SHaxarlarda mis va jezdan buyumlar va mis chakalar zarb kilingan. Temur farmoni bilan Usta Izzodin Isfaxoniy yasagan jez kozon va shamdon xozirgacha saklanib kolgan. Misgar va chilangarlar metalni toblash, kuyish, sirtiga naksh solish, oltin va kumush suvi yuritish kabi murakkab ishlarni bajarganlar. Masalan, Bibixonim masjidi eshiklari etti xil ma’dan kotishmadan tayyorlangan. Zargarlar oltin, kumush va jez kotishmalaridan nafis zeb-ziynat buyumlari yasaganlar. Oltin va kumush gardishli, kimmatboxa toshlar kadalagan idishlar sirtiga naksh va yozuvlar ishlangan. Kulolchilik eng sertarmok soxa bulgan. XIV-XV asrlarda sirli sopol badiiy rang-baranglikda turli soxalarda ishlatilgan va turli buyumlar yasalgan. Toshtaroshlikda naksh, xattotlik keng kullanila boshlangan. Binokorlikda gisht tervchilar "Banno", peshtok, ravok xamda toklarga parchin va chirok koplovchi pardozchilar "Ustoz" deyilgan. Samarkndda shishasozlik rivojlanib turli idish va buyumlar yasalgan. Kurilishda rangli oynalardan foydalanilgan. YOgoch uymakorligida nakshin binolar kurilgan va buyum jixozlar yasalgan. Samarkand kogozi xatto chet ulkalarda mashxur bulgan. Bu davrda xunarmandchilik mollari ishlab chikaradigan korxona boshligi "Usta" shogirdlar "Xalfa"lar bulgan. Xunarmandlar shaxarning madaniyatli tabakasiga mansub bulgan. Temuriylar davlati Xitoy, Xindiston,Eron, Rusiya, Volga buyi, Sibir bilan muntazam savdo-sotik alokalari olib borgan. CHet davlatlar bilan savdo alokalarini kengaytirishda Temuriylarning elchilik alokalari muxim axamiyat kasb etgan. Temur savdo rastalari, bozorlar va yullar kurdiradi, karvon yullarida karvonsaroylarni kupaytiradi. Ayniksa, Samarkand va Buxoroda bozor, CHorsu , Tim, Tok, Kappon kabi savdo xunarmandchilik inshootlari kad rostladi. SHaxar buylab utgan kenng kuchaning ikki tomoniga dukonlar joylashtirilgan. Samarkand va Buxoro savdo maydonlarining kengligi va ixtisoslashtirilgan bozorlarga egaligi bilan ajralib turgan. Bozor savdo markazi va xunarmandchilik ishlab chikarish joyi edi. SHuningdek, bozorlarda kulyozma kitoblar, yozuv kogozi sotilgan, ariza eki maktub yozuvchi mirzalar xam utirgan. Savdo rastasi unda sotiluvchi tovar nomi bilan atalgan. Bozorlarda adabiyot, she’riyat, ilm-fan xakida suxbatlar bulgan, farmonlar e’lon kilingan va aybdorlar jazolangan. Turli tomoshalar shu joyda kursatilgan, masjit, madrasa, xammom bozorga yakin joyda kurilgan. Temuriylar davrida karvon yullarida elchilar va choparlar savdo karvonlari uchun dam olish, otlar almashtirish joylari kurilgan. XIV-XV asr oxirlarida Movarounnaxrni kup mamlakatlar bilan ijtimoiy-iktisodiy ba’zan siyosiy va xarbiy axamiyatga ega bulgan karvon yullari boglangan edi. Bu yullar bir-biridan iktisodi, xalk turmush-tarzi, dini, ma’naviy va moddiy madaniyati jixatdan farklanuvchi mamlakatlarninguzaro alokasini rivojlantirishga imkon yaratdi. Karvon yullari savdo, diplomatik alokalarning amaliy vazifasini, ayni vaktda mamlakat va xalklarning uzaro iktisodiy va madaniy ta’sirini mustaxkamlashga xizmat kildi. Urta osiyo zaminida temuriylar davri ilm- fan, adabiyot, san’at soxalarida kamolot boskichiga kutarildi. Temuriylar davlatining kudrati ayniksa me’morchilikda namoyon buldi. Oksaroy peshtokida bitilgan "Kudratimizni kurmok istasang binolarimizga bok!" degan yozuv Temur davlatining siyosiy vazifasini xam anglatar edi. Temur davrida Movarounnaxr shaxarlari kurilishida istexkomlar, shox kuchalar, me’moriy majmualar keng kulam kasb etadi. Ilk Urta asrlardagi shaxarning asosiy kismi bulgan "SHaxriston"dan kulam va mazmuni bilan fark kiluvchi "xisor" kurilishini Samarkand va SHaxrisabzda kuzatish mumkin. Temur davrida Kesh shaxart kurilishi yakunlandi. "Xisor"ning janubi-garbida xukumat saroyi Oksaroy va atrofida rabotlar , bog-roglar kurildi. Temur saltanat poytaxti samarkandni bezatishga aloxida e’tibor berdi. SHaxarda "Xisor", kal’a, ulugvor inshootlar va tillakor saroylar bunyod ettirdi. Samarkandga kiraverishdagi Kuxak tepaligida CHupon ota makbarasi Ulugbek davrida kurilgan bulib, bu inshootda mutanosiblik, umumiy shaklning nafisligi, bezaklarda ulugvorlik uygunlashib ketgan. Temur davrida Samarkand Afrosiebda janubda mugullar davridagi ichki va tashki shaxar oldida kurila boshladi xamda bu maydon kal’a devori va xandok bilan uralib (1371 y) Xisor deb ataladi. Xisor 500 gektar bulib devor bilan uralgan. SHaxarga oltita darvozadan kiritilgan. SHaxar maxallardan iborat bulib, guzarlarga birlashgan. SHaxarda me’moriy majmualar shakllanishi Temur va Temuriylar davrining eng katta yutugi buldi. Me’morchilik tarakkiyotining yangi boskichiga kutarildi, inshootlar kulami bilan birga uning shakli xam ulkanlashdi. Bu jarayon muxandislar, me’morlar va nakkoshlar zimmasiga yangi vazifalarni kuydi. Temur davrida gumbazlar tuzilishida kirralar oraligi kengaydi. Ikki kavatli gumbazlar kurishda ichkaridan yoysimon kovurgalarga tayangan tashki gumbazni kutarib turuvchi poy gumbazning balandligi oshdi. Ulugbek davrida gumbaz osti tizilmalarining yangi xillari ishlab chikildi. Anik fanlardagi yutuklar me’morchilik yodgorliklarida anik kurinadi (SHoxizinda, Axmad YAssavi, Guri Amir makbaralari, Bibixonim masjidi, Ulugbek madrasasi). Ularning old tomoni va ichki kiyofasi rejalarini tuzishda me’moriy shakllarning umumiy uygunligini belgilovchi geometrik tuzilmalarning anik uzaro nisbati bor. Bezak va saykal ishlari xam bino kurilishi jarayonida baravar amalga oshrilgan. Temuriylar davrigacha va undan keyin xam Movarounnaxr va Xuroson me’morchiligidabezak va naksh bu kadar yuksalmagan. Temur va Ulugbek davri me’morchiligida bezakda kup ranglilik va nakshlar xilma xilligi kuzatiladi. Epigrafik bitiklarni binoning maxsus joylariga, xattotlik san’atini mukammal egallangan ustalar olti xil yozuvda ishlagan. Koshin katlamlarida tasvir mavzui kam uchraydi. Oksaroy peshtoklarida SHer bilan Kuyoshning juft tasviri uchraydiki, bu ramziy ma’noga ega. Temur va Ulugbek davrida bino ichining bezagi xam xilma-xil bulgan. Devor va shift , xatto gumbaz xam naksh bilan ziynatilgan. Temur davrida kurilgan binolarda kuk va zarxal ranglar ustun bulib, dabdabali nakshlar ishlangan, Ulugbek davrida Xitoy chinnisiga uxshash ok fondagi kuk nakshlar kup uchraydi. Temur davrida kurilgan SHirinbeka opa, Bibixonim, Tuman opa obidalarida nakkoshlik va xattotlik bilan birga tasviriy lavxalar xam mavjuddir. SHirinbeka opa makbarasida tasvir kup ranglarda, kolgan ichki bino devorlarida ok va moviy rangdagi tabiat manzaralari tasvirlanadi. Xattotlik san’ati tarakkiyotiga XV asrda an’anaviy nasxi, kufiy, devoriy xatlari bilan birga peshtoklarni bezovchi suls va tezkor-nastalik noyob kulyozma asarlar kuchiriladigan maxsus ustaxonalar kitobotchilikning ravnakiga ijodiy ta’sir kursatdi. Download 459 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling