Birinchi shaxs birligi -(a)y va -(a)yin affiksi yasaladi: boray, so‘zlayin. Bu shaxsda so‘zlovchining harakatni bajarish istagi, harakatga bo‘lgan rag‘bati ifodalanadi: Mana bu kitoblarni o‘quvchilarga yetkazay. So‘zlovchining o‘ziga o‘zi buyruq berishi mantiqqa to‘g‘ri kelmay-di, shuning uchun birinchi shaxs sof buyruq ma’nosida ishlatilmaydi. Xususan, o‘zgaga bo‘lgan murojaatda istak bilan birga iltimos ham ifodalanadi: Siz bilan boray. Xuddi shuningdek hollarda buyruq, do‘q ham ifodalanishi mumkin: Bu qilig‘ingni ikkinchi ko‘rmay! Birinchi shaxs ko‘plik faqat istakni emas, harakatga da’vat, iltimos kabi ma’nolarni ham ifodalaydi. Chunki bu shakl so‘zlovchidan tashqari u bilan birga bo‘lgan shaxslarni ham o‘z ichiga oladi: Bir yoqadan bosh chiqaraylik. Keling, mana shu ona-yer oldida so‘z beraylik. (P.Qodirov) Qat’iy buyruq ma’nosi ikkinchi shaxs vositasida ifodalanadi. Chunki bunda nutq qaratilgan shaxsning o‘zi qatnashadi: Salim qoraga ayting, fermada hisob-kitobni to‘g‘rilab qo‘yasin.
a iltimos ham ifodalanadi: Siz bilan boray. Xuddi shuningdek hollarda buyruq, do‘q ham ifodalanishi mumkin: Bu qilig‘ingni ikkinchi ko‘rmay!
Birinchi shaxs ko‘plik faqat istakni emas, harakatga da’vat, iltimos kabi ma’nolarni ham ifodalaydi. Chunki bu shakl so‘zlovchidan tashqari u bilan birga bo‘lgan shaxslarni ham o‘z ichiga oladi: Bir yoqadan bosh chiqaraylik. Keling, mana shu ona-yer oldida so‘z beraylik. (P.Qodirov
Qat’iy buyruq ma’nosi ikkinchi shaxs vositasida ifodalanadi. Chunki bunda nutq qaratilgan shaxsning o‘zi qatnashadi: Salim qoraga ayting, fermada hisob-kitobni to‘g‘rilab qo‘ysi
Ikkiichi shaxsning –gin\\ -gil affiksi bilan yasaluvchi shaklida esa buyruq ma’nosi kuchsizlanadi. Bu shakl ko‘proq iltimos yoki oddiy undash, da’vat uchun qo‘llanadi: Boshingga qilich kelsa ham to‘g‘risini gapirgin. Otangga bo‘lmagilarzanda bandi, Bandidan chiqib bo‘l hunar farzandi. ( A.Jomiy)
Ikkiichi shaxsning –gin\\ -gil affiksi bilan yasaluvchi shaklida esa buyruq ma’nosi kuchsizlanadi. Bu shakl ko‘proq iltimos yoki oddiy undash, da’vat uchun qo‘llanadi: Boshingga qilich kelsa ham to‘g‘risini gapirgin. Otangga bo‘lmagilarzanda bandi, Bandidan chiqib bo‘l hunar farzandi. ( A.Jomiy)Uchinchi shaxsda harakatga undash, buyruq ma’nolari ikkinchi shaxs orqali bo‘ladi: Odamlar bilan yaxshi tanishsin, keyin menga uchrasin. (H. Uchinchi shaxsda harakatga undash, buyruq ma’nolari ikkinchi shaxs orqali bo‘ladi: Odamlar bilan yaxshi tanishsin, keyin menga uchrasin. (H. FUchinci shaxsning sof buyruq uchun qo‘llanishi, asosan, majhul nisbatdagi fe’llarda uchraydi: Tuyaning dumiga bog‘lab sazoyi qilinsin. (As.M.)Shuningdek, 3-shaxs istak, iltimos kabi ma’nolarni ifodalash uchun ham qo‘llanadi: Farzandlarimiz murod-maqsadlariga yetishsin, qo‘sha qarishsin.Buyruq-istak maylining birinchi va uchinchi shaxs so‘roq, taxmin, o‘ylash kabi ma’nolarni ifodalovchi vositalar bilan qo‘llana oladi. Ikkinchi shaxs shakli esa bunday xususiyatga ega emas. Bunga bu shaxs shakllarining ma’no xususiyatlari sabab bo‘ladi. Masalan, ertaga kelaymi, ertaga kelsinmi, ertaga kelaymikin, ertaga kelsinmikin kabi qo‘llanish ko‘p uchraydi.Buyruq-istak maylining bo‘lishsiz shakli harakatning bajarilish ehtimoli borligi, unga ogohlantirish kabi ma’nolarda ham qo‘llanadi: Otlariga ishonib biror falokatga yo‘liqishmasin, tag‘in.Buyruq-istak maylining bo‘lishsiz shakli harakatning bajarilish ehtimoli borligi, unga ogohlantirish kabi ma’nolarda ham qo‘llanadi: Otlariga ishonib biror falokatga yo‘liqishmasin, tag‘in.Yordamchi fe’llardan faqat edi to‘liqsiz fe’li buyruq-istak mayli-dagi fe’llarning ikkinchi va uchinchi shaxs shakli bilan qo‘llana oladi: borgin edi, borsin edi kabi. Bunday qo‘llanish natijasida: 1) buyruq-istak mayli shakliga xos ma’no butunlay yo‘qoladi: bor - borgin edi, aytma - aytmagin edi; 2) buyruq - istak maylida harakatning bajarilishi mantiqan kelasi zamonga, edi to‘liqsiz fe’li bilan qo‘llangandaesa o‘tgan zamonga oid bo‘ladi: kelsin -kelsin edi; 3) buyruq-istak shakli edi to‘liqsiz fe’li bilan yoki usiz qo‘llanganda ham istak ma’nosi ifodalanadi.
Hujjat – ish yuritishning asosi. O‘zbek hujjatchiligini shakllantirish va takomillashtirishdagi eng muhim va dolzarb masalalardan biri hujjatlarning tili va uslubi masalasidir. Hujjat tayyorlash va rasmiylashtirishda eng avvalo o‘zbek tilining barcha asosiy qonuniyatlari va qoidalarini ma’lum darajada tasavvur etish zarur.
Hujjatchilik tarixi
O‘zining qadimiy va boy tarixiy an’analariga ega bo‘lgan o‘zbek davlatchiligi, o‘z ish yuritish tarixiga ega. Davlatchilikning boshlang‘ich shakllarida, hali yozuv bo‘lmagan paytlarda, ma’lum odat tusiga kirgan og‘zaki huquqiy me’yorlar asosida ish olib borilgan. Ular yordamida davlatlararo va mamlakat ichidagi, shaxslararo va oilaviy munosabatlar, jinoyatga qarab jazo belgilash, tartib va intizom masalalari yo‘lga qo‘yilgan. Yozuv paydo bo‘lgandan keyingi davrlar mahsuli hisoblanadigan qonun, farmon va farmoyishlar hamda boshqa mazmundagi hujjatlarning amaldagi ko‘rinishlari ham aynan ana shu hujjatlarning davomidir. O‘zbek davlatchiligining ma’lum bir bosqichi arablar istilosi bilan bog‘liq ravishda yuzaga kelgan musulmon huquqi bilan bog‘liq bo‘lib, u Qur’oni Karim va hadislar shaklidagi urf-odatlarni izga soluvchi hujjatlar majmuini qamrab oladi. Ular uzoq yillar davomida jamiyatni boshqarish va tartibga solishning asosiy ma’naviy-huquqiy hujjatlari bo‘lib kelgan. Huquq doirasida amal qiluvchi asosiy hujjatlardan biri – yer egaligi bilan bog‘liq bo‘lgan vaqfnomalar sanaladi. Vasiqa ham qadimda keng tarqalgan hujjat turlaridan biri bo‘lib, mulkka bo‘lgan egalikni bildirib, kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni huquqiy asosga qo‘yuvchi hujjat sanalgan va qozilar tomonidan tasdiqlangan. Amir Temur davrida ham soliqqa oid ish yuritish ana shu ko‘rsatmalarga asoslangan.
O‘rta asrlarda ish yuritish huquqiy maqomga ega bo‘ldi, davlat mahkamasida munshaot tizimi shakllandi va qator hujjat turlari paydo bo‘ldi. O‘zbek tilining rasmiy-idoraviy til sifatida qo‘llanishi qoraxoniylar hukmronligi davrida boshlandi. XX asrdan so‘ng o‘zbek xonlari va amirlari saroylarida yozilgan turli xil hujjatlar o‘ziga xos mazmuni, muayyan tartibi va nutqiy qolipi bilan ajralib turdi.
Hujjat – (arab “guvohnoma, isbot, dalil”) axborot qayd etilgan hamda uni vaqt va makonda uzatish imkonini beruvchi moddiy obyekt.
Normativ (me’yoriy) hujjat deb faoliyatning har xil turlari yoki ularning natijalariga doir qoidalar, umumiy tamoyillar va xususiyatlarni belgilab beruvchi hujjatga aytiladi.
Hujjat aylanishi– hujjatlarning muassasada ularning yaratilishi yoki qabul qilinishidan boshlab ijrosi yakunlangunga yoki jo‘natilgunga qadar harakatlanishi demakdir.
Elektron hujjat – elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va hujjatni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot.
Hujjatlarni to‘g‘ri va bexato yozish savodxonlik va yozma nutq madaniyati ko‘rsatkichidir. Yozma nutqning rasmiy uslubida, asosan, quyidagi munosabatlar doirasidagi hujjatlar tuziladi:
1. Huquqiy munosabatlarga oid: qonun, fuqarolik va jinoyat aktlari, nizom, shartnoma va boshqalar.
2. Idoraviy-ma’muriy shaklga oid: dalolatnoma, buyruq va farmoyishlar, turli ish qog‘ozlari (ariza, tavsiyanoma, tilxat, ma’lumotnoma kabi).
3. Diplomatik munosabatlarga doir: bayonot, nota, bitim, memorandum va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |