Mavzu: “Byudjet hisobi” fanininga kirish. Faning
-rasm. Byudjet hisobining funksiyalari
Download 109.66 Kb.
|
1-mavzu 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning byudjet ijrosi sohasidagi vazifalari.
1.2.1-rasm. Byudjet hisobining funksiyalari.Nazorat funksiyasi - orqali byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanish mulklarni saqlanishi, tayinlanishi bo’yicha sarflanishi tizimi yo’lga qo’yiladi. Byudjet hisobida nazoratni uchta turi qo’llaniladi: dastlabki nazorat, joriy nazorat, keyingi nazorat. Dastlabki nazorat - smetalarni tuzish va tasdiqlash jarayonida amalga oshiriladi. Unda byudjet intizomiga rioya qilinishi shuningdek, qonunchilik talablari buzilishi oldi olinadi. Joriy nazorat – byudjet ijrosi jarayonida amalga oshirilib, sodir bo’lgan muomalalarini qonuniyligi, pul mablag’larini oqilona sarflanishi, hisob ma’lumotlarini haqiqiy holatga mosligi, hisoblashuvlar holati va boshqalar nazorati amalga oshiriladi. Keyingi nazorat – umumlashtirish bosqichi uchun zarur bo’lib, hisob va hisobot axborotlarini qonuniyligini aniqlash uchun amalga oshiriladi. Axborot funksiyasi – orqali moliyaviy hisobotlar asosida byudjet ijrosi jarayonida daromadlar, byudjet xarajatlari maqsadli yo’nalishi, natijalar bo’yicha ma’lumotlar shakllanadi. Byudjet hisobining sub’yektlari bo’lib, moliya organlari (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari, bo’limlari), O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari, Davlat maqsadli jamg’armalari, byudjet tashkilotlari bo’lib hisoblanadi. Fanning byudjet ijrosi sohasidagi vazifalari.Byudjet g`azna ijrosi hisobi Davlat byudjeti, Davlat maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari jamg’armalari byudjeti ijrosi bo’yicha yuritiladi va byudjetlar ijrosi holati haqida ma’lumotlarni shakllanishini ta’minlaydi. Byudjet hisobining vazifalari: byudjet ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirish; byudjet ijrosi jarayoni muomalalarini hujjatlashtirish yordamida ro’yhatga olish; byudjet ijrosi jarayonida buxgalteriya hisobvaraqlarda byudjet mablag’larini holati va harakatini aks ettirish; byudjet tashkilotlari smetalari g`azna ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirish; byudjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish va hisobotlarni tuzishdan iboratdir. Mamlakatimiz byudjet tizimida islohotlarni borishi jarayonida byudjet hisobini tashkil etish va yuritilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ohirgi yillarda byudjet hisobini tashkil etishga oid bir necha me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Download 109.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling