MAVZU: Byudjet hisobining standartlari va ularning mazmuni. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BUDJET HISOBINING STANDARTI (11-SONLI BHS) “QARZ MAJBURIYATLARI BO‘YICHA XARAJATLAR”NI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 9-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3149] O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq va budjet hisobini davlat sektorida moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari bilan muvofiqlashtirish maqsadida : 1. O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (11-sonli BHS) “Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar” ilovaga muvofiq tasdiqlanDI. 2. Mazkur buyruq 2020-yil 1-yanvardan kuchga kirdi. O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (11-sonli BHS) “Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar”
O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (11-sonli BHS) “Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar” O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”giQonuniga muvofiq budjet tashkilotlari, davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
1. Standartda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar — tashkilotlar tomonidan olingan qarz mablag‘lari bilan bog‘liq foiz ko‘rinishidagi va boshqa xarajatlar; kvalifikatsiyalangan aktiv — belgilangan maqsadlarda foydalanish yoki sotish uchun muayyan davr ichida tayyorlanadigan aktiv. 2. Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar hisobini yuritish hamda ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni moliyaviy hisobotlarda aks ettirish Standart asosida amalga oshiriladi. 3. Standart xususiy kapitalga qilingan haqiqiy yoki vaqtinchalik xarajatlarga qo‘llanilmaydi. 4. Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlarga quyidagilar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |