Mavzu: Byudjet hisobining standartlari va ularning mazmuni


Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirishni tugatish


Download 20.13 Kb.
bet6/6
Sana19.12.2022
Hajmi20.13 Kb.
#1032546
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Byudjet hisobining standartlari va ularning mazmuni

Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirishni tugatish


  • Tashkilotlar kvalifikatsiyalangan aktivni belgilangan maqsadlarda foydalanish yoki sotishga tayyorlash uchun muhim ishlarning barchasi yakunlangandan so‘ng qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlarni kapitalizatsiyalashni tugatadi.

  • Kunlik ma’muriy ishlar davom etayotgan bo‘lib, aktivni yaratish tugatilgan bo‘lsa, obyekt belgilangan maqsadda ishlatishga yoki sotishga tayyor deb hisoblanadi.

  • Agarda kvalifikatsiyalangan aktivni qurish qismlar bo‘yicha tugatilganda va har bir qismni qurilish davomida ishlatish mumkin bo‘lsa, tashkilotlar aktivning ushbu qismini belgilangan maqsadda ishlatishga yoki sotishga tayyorlash uchun zarur bo‘lgan barcha ishlarni tugatganda, qarzlar bo‘yicha xarajatlarni kapitalizatsiya qilishni tugatishi shart (masalan, har biri alohida ishlatishga yaroqli bo‘lgan bir necha binolardan iborat bo‘lgan biznes-markaz kvalifikatsiyalangan aktiv hisoblanadi va undagi har bir qism boshqa qismlarni qurish hali davom etayotgan paytda ishlatilishi mumkin bo‘ladi).

  • Tashkiliy qismlaridan har biri alohida ishlatilishi mumkin bo‘lishidan oldin to‘liq tugatilishi lozim bo‘lgan kvalifikatsiyalangan aktivga shifoxona binosi misol bo‘ladi, ya’ni shifoxona binosining operatsion bo‘limi qurilish to‘liq tugatilgunga qadar ishlatib bo‘lmaydi.

Axborotni ochib berish


  • Tashkilotlar moliyaviy hisobotlarida quyidagi ma’lumotlar aks ettirilishi zarur:

  • a) muayyan davrda moliyalashtirilgan qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar;

  • b) moliyalashtiriladigan qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlarning hajmini aniqlash uchun foydalanilgan kapitalizatsiya stavkasi.


Axborot manbalari:



  • https://www.gov.uz (O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali)

  • http://www.mf.uz (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi)

  • https://www.stat.uz (O‘zbekiston Respublikasi Statistika Davlat qo‘mitasi)

  • https://www.lex.uz (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi)

  • https://www.xarid.uz (Davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portali)

  • https://www.xt-xarid.uz (Davlat xaridlari elektron tizizmi)

  • https://www.uzex.uz (O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi sayti)

  • https://www.scopus.com (Retsenziyalanadigan adabiyotlar bazasi)

  • https://www.sciencedirect.com (Retsenziyalanadigan adabiyotlar platformasi)

  • https://www.tfi.uz (Toshkent moliya instituti)

Download 20.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling