Mavzu: Byudjet hisobining standartlari va ularning mazmuni


a) jalb qilingan qisqa muddatli va uzoq muddatli qarzlar bo‘yicha foizlar


Download 20.13 Kb.
bet2/6
Sana19.12.2022
Hajmi20.13 Kb.
#1032546
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Byudjet hisobining standartlari va ularning mazmuni

a) jalb qilingan qisqa muddatli va uzoq muddatli qarzlar bo‘yicha foizlar;

b) budjet ssudalari va boshqa qarzlar bilan bog‘liq foiz va penya hamda boshqa qo‘shimcha xarajatlarni hisobdan chiqarish;

v) O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (6-sonli BHS) “Ijara”ga (ro‘yxat raqami 3142, 2019-yil 4-mart) muvofiq moliyaviy ijara bilan bog‘liq to‘lovlar;

g) xorijiy valyutada jalb qilingan qarzlar bo‘yicha yuzaga keladigan xorijiy valyuta kurslari o‘rtasidagi tafovut bilan bog‘liq to‘lovlar.

5. Aniq bir vaziyatlarga bog‘liq ravishda, belgilangan maqsadi bo‘yicha foydalanish holatigacha keltirilishi muayyan vaqtni talab etadigan quyidagi aktivlar kvalifikatsiyalanadigan aktivlar bo‘lib hisoblanishi mumkin (masalan, binolar, inshootlar, ishlab chiqarish asbob-uskunalari, nomoddiy aktivlar va boshqalar).

5. Aniq bir vaziyatlarga bog‘liq ravishda, belgilangan maqsadi bo‘yicha foydalanish holatigacha keltirilishi muayyan vaqtni talab etadigan quyidagi aktivlar kvalifikatsiyalanadigan aktivlar bo‘lib hisoblanishi mumkin (masalan, binolar, inshootlar, ishlab chiqarish asbob-uskunalari, nomoddiy aktivlar va boshqalar).

Sotish yoki sotib olish vaqtida belgilangan maqsadda foydalanish uchun tayyor bo‘lgan aktivlar kvalifikatsiyalangan aktivlar hisoblanmaydi.

6. Yer uchastkasi kvalifikatsiyalangan aktivga kirmaydi. Yer uchastkasida yerga ishlov berish kabi ishlar amalga oshirilsa, qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlarni yer maydoni qiymatiga qo‘shiladi. Bu xarajatlar yer maydonidan foydalanish yoki sotishdan olinadigan daromadlar bilan bog‘liq bo‘ladi.

7. Sotib olingan yer maydonining bino va inshootlari quriladigan qismida yerga ishlov berish kabi ishlar amalga oshirilsa, qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar yer maydoni qiymatiga emas, balki quriladigan bino va inshootlarning qiymatiga qo‘shiladi.

Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlarni hisobga olish


  • Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar mazkur bobning 2-paragrafiga muvofiq kapitalizatsiyalangan qismidan tashqari, ular amalga oshirilgan davrda (moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar sifatida) hisobga olinadi.

  • Kvalifikatsiyalangan aktivni xarid qilish, qurish yoki ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar ushbu aktivning tannarxiga olib borish yo‘li orqali kapitalizatsiya qilinadi.

  • Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar kvalifikatsiyalangan aktivning qiymatiga qo‘shish yo‘li bilan kapitalizatsiya qilinadi, agarda undan tashkilot kelgusida iqtisodiy manfaatlar olishi mumkin bo‘lsa va agar bunda xarajatlarni ishonchli o‘lchash imkoniyati mavjud bo‘lsa

Download 20.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling