Mavzu. Byudjet siyosati


Byudjet siyosati, uning turlari, maqsad va vazifalari. Byudjet


Download 33.07 Kb.
bet2/5
Sana04.04.2023
Hajmi33.07 Kb.
#1325902
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-mavzu. Byudjet siyosati

1. Byudjet siyosati, uning turlari, maqsad va vazifalari. Byudjet
siyosatining taktikasi va strategiyasi
Siyosat – bu jamiyat ustqurmasiga taalluqli tushuncha bo’lib, davlatning o’z funksiyalari va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan rivojlanish yo’nalishlari va chora-tadbirlari yig’indisidir. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan siyosat o’zaro bog’liq elementlardan iborat bo’ladi:
birinchidan, rivojlanishning u yoki bu bosqichida jamiyat hayotini yaxshilash va rivojlantirish uchun zarur bo’lgan asosiy vazifalar va maqsadlar aniqlanadi va belgilab olinadi;
ikkinchidan, istiqboldagiva yaqin kelajakdagi vazifalar va maqsadlarga erishish uchun eng qulay, eng yaxshi natija beradigan zarur chora-tadbirlar ishlab chiqiladi;
uchinchidan, belgilangan vazifalarni amalga oshiruvchi shaxslar, ijrochi organlar, alohida vakolatli tashkilotlar aniqlanadi, kadrlar tanlanadi va joy-joyiga qo’yiladi.
Byudjet siyosati davlat va jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida turlicha bo’lishi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasiga qarab o’zgarib turishi mumkin. Byudjet siyosati:

  • byudjet daromadlari bo‗yicha siyosat;

  • byudjet xarajatlari bo‗yicha siyosat;

  • davlat krediti siyosati;

  • byudjet taqchilligini boshqarish siyosati;

Byudjet siyosati – byudjet munosabatlarini tashkil etish tamoyillarining bajarilishini ta‘minlash, davlat va jamiyat oldida turgan maqsad va vazifalarni davlat byudjeti orqali amalga oshirish usullari, chora-tadbirlari va maqsadli faoliyatlari yig‘indisidir.



  • byudjetlararo munosabatlarni tashkil etish siyosati kabilarning uyg’unligi asosida amalga oshiriladi.

Demak, byudjet siyosati – davlat moliya siyosatining tarkibiy qismi bo’lib, umumdavlat moliyaviy resurslarini (manbalarini) shakllantirish va jalb etish, taqsimlash, ulardan maqsadga muvofiq foydalanishga qaratilgan davlatning chora-tadbirlari va asosiy yo’nalishlari yig’indisidir.
Byudjet siyosatining asosiy vazifalari qatorida quyidagilarni ta‘kidlash
muhim:

  • davlat byudjetining barqaror daromad bazalarini mustahkamlash;

  • iqtisodiyot ustivor tarmoqlarining rivojlanishini rag’batlantirish;

  • fan-texnika taraqqiyotining jadallashuviga ta‘sir ko’rsatish;

  • mamlakatda kambag’allik va ijtimoiy tengsizlikka barham berish;

  • rivojlanish istiqboli yuqori bo’lmagan hududlarning rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratish;

  • bu hududlardagi aholining yashash sharoitlarini yaxshilash va shu yo’llar bilan siyosiy va ijtimoiy beqarorlikning oldini olish;

  • davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlarning sifatli va aholi ijtimoiy muhofazasining manzilli bo’lishini ta‘minlash;

  • byudjet siyosatining muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta‘minlovchi maqbul byudjet mexanizmini ishlab chiqish va uning samarali ishlashini ta‘minlash va sh.k.

Byudjet siyosati o’z-o’zidan yaxshi yoki yomon bo’lishi mumkin emas.


Byudjet siyosatining ahamiyatini baholash uchun jamiyatning ehtiyoji qanchalik qondirilayotganligini, qo’yilgan maqsadlar va vazifalar qanchalik darajada muvaffaqiyatli amalga oshirilganligini to’g’ri belgilash, holis baholash lozim.
Byudjet siyosatining mazmuni ko’pqirrali bo’lib, qo’yidagilarni amalga oshirish orqali hayotga tatbiq etiladi:
1. Byudjet munosabatlarini rivojlantirishning ilmiy asoslangan kontsepsiyalarini ishlab chiqish.Bu kontsepsiyalar quyidagilarni o’rganish asosida ishlab chiqiladi:

  • iqtisodiy qonunlar talablarini o’rganish;

  • milliy xo’jalik holatini har tomonlama tahlil qilish;

  • ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining bundan

  • keyingi rivojlanish istiqbollarini o’rganish;

  • aholining talab va ehtiyojlarini o’rganish.

2. Istiqbolda va joriy davr mobaynida byudjetdan foydalanishning asosiy yo’nalishlarini belgilab olish. Bunda iqtisodiy va moliyaviy siyosatda belgilangan
Byudjet siyosatining asosiy maqsadi – jamiyatda yaratilgan boylik va ne‘matlarning jamiyat a‘zolari o‘rtasida maksimal darajada adolatli taqsimlanishini ta‘minlashdan iborat. Maqsadlarga erishish yo’llaridan kelib chiqiladi, xalqaro omillar inobatga olinadi va moliyaviy resurslarni yanada ko’paytirish imkoniyatlari ko’rib chiqiladi.
3. Qo’yilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan amaliy xatti-harakatlar qilish, chora-tadbirlar belgilash, maqbul byudjet mexanizmining dastak va vositalarini ishlab chiqish.
Faqat hozirgi kundagi joriy davrga mo’ljallangan, kundalik ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan siyosat samarasizdir, shuningdek, uzoq davrni mo’ljallab, istiqbolni ko’zlab ishlab chiqilgan kontsepsiyalar va yo’nalishlar, ular qanchalik olijanob, jozibali bo’lmasin, davlatning tegishli amaliy xatti-harakatlari, ta‘sirchan dastak va vositalari bilan ta‘minlanmasa, inqirozga yuz tutadi, ko’zlangan maqsadlar amalga oshirilmay qoladi.
Davlat oldida turgan va muayyan davrda hal qilinishi lozim bo’lgan vazifalarning xarakteriga, murakkabligiga va ko’zlangan davrning uzoqligiga ko’ra byudjet siyosati:

  • byudjet strategiyasi;

  • byudjet taktikasidan iborat.

Byudjet strategiyasi uzoq muddatli maqsadlarni tanlash va maqsadli dasturlarni zarur moliyaviy resurslar bilan ta‘minlash, ularni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning asosiy yo‗nalishlariga safarbar qilishni nazarda tutadi.
Masalan, mustaqillikning dastlabki yillarida byudjet strategiyasining asosiy vazifal aridan biri – byudjetning barqarorligini ta‘minlash, ortib borayotgan byudjet defitsitini jilovlash bo’lgan bo’lsa, bu vazifani bajarish uchun: ma‘muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish davri uchun xos bo’lgan yangi byudjet qonunchiligini ishlab chiqish; mustaqil davlatning yangi soliq tizimini shakllantirish; byudjetning xarajatlar qismini qayta tuzish; byudjet daromadlari va xarajatlarini balanslashtirish kabi chora-tadbirlar belgilandi va ma‘lum muvaffaqiyat bilan amalga oshirildi.
Byudjet siyosatining strategiyasi va taktikasi o’zaro bog’liqdir. Strategik vazifalarni hal qilish uchun taktika qulay shart-sharoit yaratadi. Taktika iqtisodiy Byudjet strategiyasi – ijtimoiy va iqtisodiy strategiya belgilab bergan uzoq istiqbolga mo‘ljallangan va yirik ko‘lamdagi vazifalarni bajarishga qaratilgan bo‘lib, u rivojlanishning asosiy konsepsiyalarini ishlab chiqish, byudjet munosabatlarini tashkil etishning umumiy tamoyillarini ishlab chiqishni, uzoq muddatga mo‘ljallangan rivojlanish istiqbollarini belgilashni ko‘zda tutadi.
Byudjet taktikasi – strategiya belgilab bergan vazifalarni jamiyat rivojlanishining aniq bosqichida va aniq sharoitlarida moliya-byudjet munosababatlarini tashkil etish usullari orqali amalga oshiradiva ijtimoiy taraqqiyotning hal qiluvchi sohalarini, rivojlanishning muhim muammolarini aniqlab, moliya-byudjet munosabatlarini tashkil etish shakllari va usullarini o’z vaqtida o’zgartirish yo’li bilan strategiya balgilab bergan vazifalarni qisqa muddat ichida, eng kam xarajatlar bilan amalda bajaradi.


Download 33.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling