Mavzu. Byudjet siyosati


Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasi byudjet siyosatining


Download 33.07 Kb.
bet3/5
Sana04.04.2023
Hajmi33.07 Kb.
#1325902
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-mavzu. Byudjet siyosati

2. Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasi byudjet siyosatining
rivojlanish bosqichlari
O’zbekiston o’zining davlat suverenitetini e‘lon qilib, mamlakatni inqiroz holatidan olib chiqish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish, iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustaqil, qudratli, rivojlanib boruvchi, ko’p qirrali demokratik davlat yaratish dasturini belgilab oldi. Shu nuqtai nazardan, O’zbekiston davlat byudjetining tarixiy jihatdan juda qisqa, lekin yosh mustaqil davlat uchun sermazmun, serqirra davrdagi rivojlanish bosqichlari boshlandi. Respublika hukumati tomonidan iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarning ustuvor yo’nalishlari va bozor mexanizmlarini ishga tushirish choralari ko’rildi, natijada qator moliyaviy institutlarning samarali faoliyati ta‘minlandi.
Respublikaning davlat byudjetiga uning ichki daromadlari jalb qilindi va ular 1991-yilgacha bo’lgan sobiq Ittifoq davlat byudjetidan ajratilgan transfertlar summasidan oshib ketdi. Qat‘iy moliyaviy cheklashlarning qo’llanilishi natijasida davlat byudjetining daromadlari, xarajatlari va taqchilligi hajmi YaIM dinamikasi-ga muvofiq ravishda tartibga solib turildi. Ijtimoiy sohaga xarajatlarning o’sish sur‘atlari umumiy xarajatlarning o’sish sur‘atlariga bog’liq bo’ldi, ya‘ni O’zbekistondagi bozor islohotlari mamlakat byudjetiga, uning xarajatlar qismi tarkibi va tuzilishiga o’z ta‘sirini ko’rsatdi.
O’zbekiston Respublikasining davlat byudjeti o’z rivojlanish jarayonida quyidagi bosqichlarni bosib o’tdi:

  • Fiskal bosqich (1991-1995-yillar);

  • Noinflyatsion bosqich (1996-2002-yillar);

  • Davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish bosqichi (2003-2017-yillar).

Davlat byudjeti rivojlanishining birinchi bosqichi juda og’ir kechdi. Bunga sabab, ma‘muriy-buyruqbozlikka asoslangan rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan davlatning byudjetini shakllantirish mamlakatda kechayotgan iqtisodiy inqiroz sharoitida (YAIM ishlab chiqarishning keskin
Fiskal bosqich(1991-1995-yillar)ning vazifalari:

  • yangi byudjet qonunchiligini yaratish;

  • soliq islohotlarini o‘tkazish;

  • byudjetning xarajatlar qismini qayta tarkiblash;

  • byudjet daromadlari va xarajatlarini balanslashtirishga erishish pasayishi, bu esa o’z navbatida, davlat byudjeti daromadlarining qisqarishiga olib keldi) amalga oshirildi. Daromadlar va xarajatlarning samarasiz tarkibi byudjet inqirozining yuzaga kelishiga sabab bo’ldi.

Bu bosqichda davlat byudjeti yaqqol namoyon bo’luvchi fiskal xususiyatga ega edi. Turli-tuman soliqlarning mavjudligi va yuqori soliq stavkalarining amal qilishi davlat byudjetini muayyan darajada daromadlar bilan ta‘minlashga xizmat qildi. Byudjetning asosiy vazifalari davlatni iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy islohotlarni amalga oshirish uchun zarur mablag’lar bilan ta‘minlash, milliy iqtisodiyotni barqarorlashtirish va yanada rivojlantirish uchun sharoit yaratishdan iborat edi.
Fiskal bosqich davri yuqori soliq stavkalari va soliq solish bazasining kengligi bilan tavsiflanadi, bu hol mamlakatda ishlab chiqarishning jadal rivojlanishiga to’sqinlik qilar, iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun sharoit yaratish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va tadbirkorlik faoliyatini rag‗batlantirish talablariga javob bermas edi. Ko’p sonli imtiyozlarning kiritilishi esa ishlab chiqarishni kengaytirish va tadbirkorlikni rivojlantirishda kutilgan natijani bermadi, balki aksincha, soliq to’lashdan bo’yin tovlashga imkoniyat yaratdi.
Iqtisodiy islohotlarning zamonaviy xalqaro amaliyoti davlat byudjetining makroiqtisodiy tartibga solish va boshqarish vositasi ekanligini ko’rsatadi. Hukumat byudjet qonunchiligi yordamida xarajatlarning umumiy darajasini,byudjet taqchilligi va davlat qarzi hajmini nazorat qiladi. Natijada, qonunchilik makroiqtisodiy siyosatning quyidagi jihatlarini namoyon etadi:

  • Qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimiyatlari o’rtasida byudjet vakolatlarining taqsimlanishi;

  • hukumatning byudjet tartib-taomillari nazoratini cheklovchi va shaffofligini pasaytiruvchi yashirin yoki kvazibyudjet faoliyatining ta‘qiqlanishi;

  • makroiqtisodiy nazoratni ta‘minlash maqsadida byudjet taqchilligi, davlat qarzi va chetdan mablag’ jalb qilishning cheklanishi.

Byudjet islohotlarining ikkinchi bosqichi 1995-yilda davlat byudjeti va byudjetdan tashqari davlat maqsadli jamg‗armalari mablag‗larini yagona konsolidatsiyalashgan byudjetga jamlash bilan boshlanib, buning natijasida davlat byudjetining shakllanishi va taqsimlanishi jarayoni ustidan ta‘sirchan moliyaviy nazoratni kuchaytirish imkoniyati vujudga keldi.
Noinflyatsion bosqich (1996-2002-yillar)ning vazifalari:

  • balanslashgan byudjetni shakllantirish;

  • soliqqa tortish tizimini yanada takomillashtirish va unifikatsiyalash;

  • byudjet xarajatlarini optimallashtirish, xususan, xalq xo‘jaligi tarmoqlarini mablag‘lar

  • qaytimini ta‘minlay olmaydigan moliyalashtirish amaliyotidan ularni investitsiyalashga o‘tish;

  • byudjet qonunchiligini yanada rivojlantirish vazifalarini hal qilish.

Milliy valyuta – so’mning joriy etilishi, pul muomalasini tartibga solish va qat‘iy pul-kredit siyosatini olib borish yordamida pul islohotlarining o’tkazilishi keyingi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va o’sishga sharoit yaratdi. O’tish davrida moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari va ijtimoiy sohaning moliyaviy ehtiyojlari mamlakatda yaratilayotgan milliy daromadni ishlatish bo’yicha davlatning real imkoniyatlaridan yuqori bo’ladi. Shu sababli bu davrda moliya organlarining muhim vazifasi moliyaviy resurslarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muhim yo’nalishlarida mujassamlashuvini byudjet taqchilligining oshib ketishiga olib keladigan xarajatlarni oshirish evaziga emas, balki oqilona soliq tizimini yaratish evaziga amalga oshirishdan iborat bo’ldi. Iqtisodiy o’sishning muhim sharti, shuningdek, byudjet taqchilligini, ichki va tashqi davlat qarzini cheklash hisoblanadi.


Davlat byudjeti borasida amalga oshirilgan islohotlar ikkinchi bosqichining muhim jihatlari quyidagilardir:

  • byudjet qonunchiligining shakllanishini davom ettirish;

  • soliq tizimining takomillashuvi va unifikatsiyalashuvi;

  • byudjet xarajatlarini optimallashtirish, shu jumladan, milliy iqtisodiyot

  • tarmoqlarini beg’araz moliyalashtirish amaliyotidan investitsiyalashga o’tish;

  • balanslashgan davlat byudjetini shakllantirish.

Ushbu davrda davlatning byudjet siyosati quyidagilarga yo’naltirildi:

  • byudjet xarajatlarining ijtimoiy yo’naltirilganligini yanada kuchaytirish;

  • davlat xarajatlari samaradorligi va oqilonaligini oshirish, buning uchun byudjet mablag’laridan foydalanish samaradorligini va manzilliligini oshirish maqsadida byudjetni rejalashtirish usullarini takomillashtirish;

  • davlat byudjetini ijro etishning g’aznachilik tizimini joriy etish asosida davlat moliyasini boshqarish va nazorat qilishning samarali tizimini yaratish;

  • iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni davlat xarajatlarni qishloq xo’aligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish; sug’oriladigan dehqonchilik yerlarini suv bilan ta‘minlash; fermer xo’jaliklarini rivojlantirish bo’yicha yo’nalishlarda kengaytirish;

Davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish bosqichi (2003-2017-yillar)ning asosiy yo‘nalishlari:



  • zamonaviy markazlashgan g‘aznachilik tizimini shakllantirish;

  • yangi byudjet tasnifi va buxgalteriya hisobining yangi hisoblar rejasiga asoslangan yagona byudjet va hisob tizimini yo‘lga qo‘yish;

  • o‘rta muddatli byudjet strategiyasini va dasturiy byudjetlashtirishni joriy qilish, byudjet qonunchiligini yanada rivojlantirish va takomillashtirish asosida byudjet faoliyatini rivojlantirish;

  • davlat byudjeti daromadlarining barqarorligini ta‘minlash asosi sifatida soliq siyosatini yanada takomillashtirish va qishloqda ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirish;

  • bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini boshqarish tashkiliy tuzilmasini joriy etish;

  • qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning mustaqilligini kengaytirish;

  • markazlashgan investitsiyalarga xarajatlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilash, YAIMning barqaror iqtisodiy o’sish sur‘atlarini ta‘minlaydigan, bandlik va aholi daromadlarini oshirish muammolarini hal qiladigan, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni davom ettirishga xizmat qiladigan, strategik ahamiyatga ega bo’lgan ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishga qaratilgan kapital mablag’lar hajmini oshirish;

  • byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish.



Download 33.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling