Mavzu: byudjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish


Download 135.09 Kb.
bet2/5
Sana20.06.2023
Hajmi135.09 Kb.
#1627109
1   2   3   4   5
Bog'liq
13-MAVZU. BYUDJET TASHKILOTLARI XARAJATLARINI REJALASHTIRISH VA MOLIYALASHTIRISH

2. Byudjet xarajatlarining tarkibi va tuzilishi
Iqtisodiy mazmun-mohiyatiga kora byudjet xarajatlari joriy va kapital xarajatlarga bo’linadi.
Davlat byudjetining joriy xarajatlari markaziy va mahalliy davlat hokimiyati organlarining, mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining, byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag’ oluvchi yuridik shaxslarning joriy faoliyatini ta‘minlash uchun, shuningdek, davlat tomonidan byudjet tizimi byudjetlariga va iqtisodiyotning ayrim tarmoqlariga dotatsiya, subvensiya va subsidiya shaklidagi moliyaviy yordam ko’rsatish uchun ajratiladigan pul mablag’laridir.
Davlat byudjetining kapital xarajatlari byudjet xarajatlarining innovatsiya va investitsiya faoliyatini mablag’ bilan ta‘minlash maqsadlariga yo’naltirilgan pul mablag’lari bo’lib, ular tarkibiga Davlat investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalari bo’yicha yangi qurilish, kapital rekonstruksiya va kapital ta‘mirlash maqsadlari uchun ishlab turgan yoki yangidan parpo qilinadigan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga, shuningdek, alohida tadbirlarga ajratiladigan moliyaviy mablag’lar kiradi.
Funksional tayinlanishiga (vazifa jihatidan) ko’ra davlat byudjeti xarajatlari quyidagi guruhlar bo’yicha rejalashtiriladi va moliyalashtiriladi (ularning tarkibi O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 69-moddasi bilan belgilab qo’yilgan):

  1. Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari.

  2. Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining

boshqa institutlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash xarajatlari.

  1. Iqtisodiyot xarajatlari.

  2. Markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari.

  3. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari.

  4. Sudlarni saqlab turish xarajatlari.

  5. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari.

  6. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg’armalari.

  7. Boshqa xarajatlar.

Sanab o’tilgan har bir guruh xarajatlar, o’z navbatida, mahkamaviy va maqsadli belgisiga kora guruhlanadi. Mahkamaviy belgisiga ko’ra xarajatlar byudjet mablag’larini oluvchi vazirlik, davlat qo’mitasi yoki boshqa davlat boshqaruv organining xarajatlariga bo’linadi. Xarajatlar tarkibini ushbu belgiga ko’ra tahlil qilishda ularning qaysi tarmoq va sohalarga yo’naltirilayotgani haqida xulosa qilish mumkin bo’ladi. Masalan, davlat byudjetidan funksional tayinlanishiga ko’ra ta‘lim sohasiga ajratilgan pul mablag’lari Oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi, Xalq ta‘limi vazirligi, Maktabgacha ta‘lim vazirligi kabi mahkamalar tomonidan tasarruf etiladi. O’z navbatida, har bir vazirlik, davlat qo’mitasi, idorasi yoki alohida byudjet tashkilotiga ajratilgan byudjet mablag’lari maqsadli belgisiga ko’ra xarajatlarning aniq turlari bo’yicha aniqlashtiriladi. Masalan, byudjet tashkilotiga ajratilgan byudjet mablag’lari ish haqi, kommunal xizmatlar haqini to’lash, joriy ta‘mirlash, asbob-uskunalar va jihozlar, oziq- ovqat, dori-darmon sotib olish kabi xarajat turlari (muassa- saning xarajatlar smetasiga kiritilgan xarajatlar turlari) bo’yicha rejalashtiriladi va moliyalashtiriladi.
Hududiy belgisiga ko’ra byudjet xarajatlari umumdavlat xarajatlariga va mahalliy hokimiyat organlarining xarajatlariga
bo’linadi. Umumdavlat xarajatlari odatda davlat byudjetining respublika byudjetidan amalga oshiriladi va davlat ahamiyatidagi tadbirlarni moliyalashtirishga safarbar etiladi. Mahalliy hokimiyat organlari esa hududiy va mahalliy ehtiyojlardan kelib chiqib, byudjet xarajatlarini Qoraqalpo- g’iston Respublikasi byudjeti, Toshkent shahar va viloyatlar byudjetlari, shuningdek, shahar/tuman byudjetlari mablag’- laridan amalga oshiradilar.
Umuman olganda, mamlakat miqyosida davlat byudjeti xarajatlari davlat tomonidan olib borilayotgan islohotlarning tom ma‘nodagi ifodasini o’zida aks ettiradi. Buni quyidagi ma‘lumotlardan ko’rish mumkin.

Download 135.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling