Mavzu: byudjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish
Download 135.09 Kb.
|
13-MAVZU. BYUDJET TASHKILOTLARI XARAJATLARINI REJALASHTIRISH VA MOLIYALASHTIRISH
MAVZU: BYUDJET TASHKILOTLARI XARAJATLARINI REJALASHTIRISH VA MOLIYALASHTIRISH REJA: Davlat byudjeti xarajatlarining mohiyati va davlatning funksiyalari bilan bog’liqligi. Byudjet xarajatlarining tarkibi va tuzilishi Byudjet xarajatlarining Respublika byudjeti va mahalliy byudjetlardan amalga oshirilishi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Davlat byudjeti xarajatlarining mohiyati va davlatning funksiyalari bilan bog’liqligi. Ma‘lumki, davlat jamiyatga va mamlakat fuqarolariga zarur tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarning samarali faoliyat qilishi uchun qonuniy-huquqiy, me‘yoriy va institutsional asoslarini yaratish va shu bilan o’z fuqarolarining yashashi va ishlashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish vazifalarini bajaradi. Ushbu vazifalarni bajarishning moddiy-moliyaviy asosini yaratish maqsadida mamlakatda yaratilgan moliyaviy resurslarning ma‘lum bir qismi davlat byudjetida markazlashadi va markaziy hukumat hamda mahalliy hokimiyatlarning jamiyat oldidagi vazifa va funktsiyalarini to’laqonli bajarishga yo’naltiriladi. Iqtisodiy mazmun-mohiyatiga ko‘ra davlat byudjeti xarajatlari – davlatning markazlashgan pul fondida jamlanadigan pul mablag‘larini taqsimlash, qayta taqsimlash va ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan, davlat bilan davlat byudjetidan mablag‘ oluvchilar o‘rtasida sodir bo‘ladigan iqtisodiy pul munosabatlaridir. Moddiy ma‘noda davlat byudjetining xarajatlari markaziy hukumat va mahalliy hokimiyatlar zimmasidagi vazifalarni bajarish bilan bog’liq bo’lgan faoliyatini moliyaviy ta‘minlashga yo’naltiriladigan byudjet mablag’lari bo’lib, ularning turlari, amalga oshirish shakllari, tarkibi va tuzilishi qator omillarga bog’liq: davlatning tabiati va bajaradigan funksiyalariga; mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanganlik darajasiga; davlat byudjetining iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalar bilan aloqalarining ko’lamiga; davlatning ma‘muriy-hududiy tuzilishiga; byudjet mablag’larini taqdim etish shakllariga va b. Masalan, agar davlatning asosiy e‘tibori iqtisodiyot tarmoqlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashga qaratilgan bo’lsa, qabul qilinayotgan iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirishning moliyaviy manbalarida davlat byudjetining ulushi yuqori bo’ladi, byudjet xarajatlari tarkibida ham yirik markazlashgan investitsiyalarni davlat resurslari hisobidan moliyalashtirish xarajatlari ustun bo’ladi. Davlatning asosiy e‘tibori jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga, aholini ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlashga, ijtimoiy dasturlarni davlat mablag’lari hisobidan amalga oshirishga qaratilgan bo’lsa, xarajatlar tarkibida ijtimoiy maqsadlardagi xarajatlar ustun darajada bo’ladi. Byudjet xarajatlari tarkibi va tuzilmasi muayyan byudjet yili uchun tasdiqlanadigan davlat byudjeti parametrlarida bevosita ko’rsatiladi va byudjet daromadlari kabi mamlakatda u yoki bu davrda qaror topgan iqtisodiy vaziyatga hamda ijtimoiy ustuvorliklar ko’lamiga bog’liq bo’ladi. Davlat byudjetining barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy sohalarning holatini tavsiflaydigan muhim ko’rsatkichlardan biridir. Milliy iqtisodiyotning ayrim korxonalarini moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash, davlat investitsiya dasturlarida ko’zda tutilgan investitsiya loyihlarini qo’shma moliyalashtirish, ijtimoiy soha (ta‘lim, sog’liqni saqlash, madaniyat, sport, fan, ijtimoiy ta‘minot) muassasa va tashkilotlarni saqlash, ijtimoiy jihatdan yordamga muhtoj oilalarga ijtimoiy nafaqalar va boshqa turdagi moliyaviy yordam berish, davlat boshqaruvi va hokimiyati, sud organlari, fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlarini saqlash, davlat xavfsizligi, jamoat tartibini saqlash, mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash kabi vazifalarning to’laqonli va o’z vaqtida bajarilishini ta‘minlashda davlat byudjetining muhim moliyaviy manba sifatidagi ahamiyati juda katta. Download 135.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling