Mavzu: Byudjet tashkilotlari xarajatlarini smeta asosida moliyalashtirish asoslari


bo‘lib, unda tashkil bo‘lish manbalari va ushbu mablag‘larning qonunchilikka muvofiq


Download 1.32 Mb.
bet4/6
Sana13.04.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1354593
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
davlat byudjeti-01

bo‘lib, unda tashkil bo‘lish manbalari va ushbu mablag‘larning qonunchilikka muvofiq
foydalanish yo‘nalishlari ko‘rsatilgan holda budjetdan tashqari daromadlar
tushumlarining prognoz hajmlari aks ettiriladi. Masalan, oliy va o‘rta maxsus, kasbhunar ta’limi muassasalarida talabalarni o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan
mablag‘lar va ularni ishlatish yo‘nalishlari budjet qonunchiligi (xususan, 2634-sonli
Nizom) bilan belgilangan tartibda budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta
asosida rejalashtiriladi.
Byudjet tizimi byudjetlari ijrosi jarayonida yuzaga keladigan barcha qo’shimcha
xarajatlarga byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar
smetalariga byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlarida va mazkur Nizomda belgilangan
tartibda tegishli o’zgartirishlar kiritiladi.
Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetasi,
daromadlar va xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetalari, byudjet
mablag’larini taqsimlovchilarning jamlanma xarajatlar smetasi ming so’mda tuziladi.
Byudjet tashkilotlarining shtat jadvallari va byudjet mablag’larini
taqsimlovchilarining jamlanma shtat jadvallari so’mda tuziladi.
Xarajatlar smetasi byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilari
tomonidan belgilangan shaklda tuziladi.
Moliya organlari va byudjet mablag’larini taqsimlovchilar byudjet tashkilotlari
hamda byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetalariga doir hisob-kitoblarni
talab qilishga haqlidir.
Smetalar O’zbekiston respublikasi davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining
amaldagi tasnifnomasiga muvofiq xarajatlarning to’liq yoyilmasi ilova qilingan holda
xarajatlarning to’rt guruhi bo’yicha tuziladi va hisobot berish maqsadida foydalaniladi.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling