Mavzu: Byudjet tashkilotlarida ichki hujjatlarning aylanishi Reja Yuk xati. Dalolatnomalar, ishonchnoma, ma’lumotnoma


Download 216.56 Kb.
bet2/7
Sana01.05.2023
Hajmi216.56 Kb.
#1419423
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Byudjet tashkilotlarida ichki hujjatlarning aylanishi

Qonuniy aktlar


Qonunda nazarda tutilgan tartibda tuzilgan hamda muayyan yuridik oqibatlarni yuzaga keltiruvchi turli xil boshqa hujjatlar ham dalolatnoma hisoblanadi. Ular muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bogʻliq biron-bir boʻlib oʻtgan (sodir boʻlgan) voqea, hodisa, ish-harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuziladi. Bunday dalolatnomalar deyarli barcha hollarda pul mablagʻlari va moddiy boyliklarga bogʻliq boʻladi, binobarin ular koʻproq tadbirkorlikmoliya-xoʻjalik faoliyatida, hisob-kitob, oldi-sotdi va savdo sohalarida keng qoʻllanadi.
Ular:

  • tegishli taftish oʻtkazilgandan keyin,

  • rahbarlik almashinayotganda,

  • moddiy boyliklarni bir xususiy yoki yuridik shaxsdan ikkinchisiga oʻtkazishda,

  • qurib tugallangan inshootlarni qabul qilishdan oldin va keyin,

  • mashina va uskunalarning yangi nusxalarini sinovdan oʻtkazish chogʻida,

  • qimmatdor buyumlarni hisobdan oʻtkazish yoki hisobdan chiqarishda,

  • tovarlarni miqdor va sifat boʻyicha qabul qilib olishda,

  • baxtsiz hodisalar yoki tabiiy ofatlar oqibatlarini tekshirishda,

  • sud-tergov ishlari va tibbiyot sohasida,

  • xodimlarning moddiy, yashash sharoitlarini oʻrganishda va boshqa hollarda tuziladi.

Muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog'liq biron-bir bo'lib o'tgan (sodir bo'lgan) voqea, hodisa, xatti-harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohliк berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuzilgan hujjat. Dalolatnoma tuzishda xilma Xil maqsadlar ko'zlanadi, lekin uni tuzishdan asosiy maqsad sodir bo'lgan voqea-hodisalarni yoki mavjud holatni huquqiy jihatdan isbotlash yoki tasdiqlashdir. Bir qancha hollarda dalolatnoma tuzish maxsus huquqiy me’yorlar bilan qat’iy belgilangan. Masalan, korxonalarning hisob-kitob bo'limlari faoliyatida dalolatnom alar avvaldan belgilangan mazmun va davriylikka asosan tuziladi va huquqiy jihatdan muhim o'rin tutadi. Dalolatnoma deyarli barcha hollarda pul mablagiari va moddiy boyliklarga bog'liq tuziladi (hatto baxtsiz hodisa yoki tabiiy ofat haqidagi dalolatnoma asosida ham moddiy masala bor), binobarin, u ko'proq tadbirkorlik, moliya-xo'jalik faoliyatida, hisob-kitob, oldisotdi va savdo sohlarida keng qo'llaniladi. Dalolatnomalar tegishli taftish o'tkazilgandan keyin, rahbarlik almashinayotganda, moddiy boyliklarni bir jismoniy yoki yuridik shaxsdan ikkinchisiga o'tkazishda, qurib tugallangan inshootlarni qabul qilishdan oldin va keyin, mashina va uskunalarning yangi nusxalarini sinovdan o'tkazish chog'ida, qimmatbaho buyumlarni hisobdan o'tkazish yoki hisobdan chiqarishda, tovarlarni miqdor va sifat bo'yicha qabul qilib olishda, baxtsiz hodisalar yoki tabiiy ofatlar oqibatlarini tekshirishda, sud-tergov ishlari va tibbiyot sohasida, xodimlarning moddiy, yashash sharoitlarini o'rganishda va boshqa hollarda tuziladi. Moliyaviy faoliyat va savdo-tijorat sohalarida tuziladigan dalolatnomalar tasdiqlash (kamomad yoki nuqsonlar bo'lmagan hollarda) yoki ayblash (pul kamomadi yoki moddiy boyliklar yetishmasligi aniqlanganda) uchun hamda tegishli (qayd etuvchi, rag'batlantiruvchi, jazolovchi) buyruqlar e’lon qilish uchun asos bo'ladi. Aksar hollarda dalolatnom a oldindan belgilangan qoidaviy namuna asosida tuziladi. Dalolatnomalar voqea-hodisalarni haqqoniy aks ettirish maqsadida bir necha shaxslar (muassasa rahbarining buyrug'i bilan komissiyalar, doimiy komissiyalar) yoki maxsus vakolatli yakka shaxs tomonidan tuziladi. Keyingi holatda va umuman dalolatnoma yakka shaxs tomonidan tuzilganda, guvohlarning ishtirok etishi va imzosi bo'lishi shart. Ayrim hollarda dalolatnomalar voqea-hodisaning qatnashchilari yoki unga guvoh bo'lgan kishilarning tashabbusi bilan tuziladi.
Dalolatnomaning zaruriy qismlari:
1. Idora, muassasa va tarkibiy bo'linma nomi.
2. Tuzilgan sanasi va joyi.
3. Tartib raqami va tasdiq belgisi (zarur hollarda).
4. M atn sarlavhasi.
5. Hujjat turining nomi (dalolatnoma).
6. Hujjatni tuzish uchun asos (muassasa rahbarining buyrug'i, idoraning qarori yoki ko'rsatmasi kabilar).
7. Komissiya tarkibi (raisi va a ’zolar).
8. Ishtirok etuvchilar (guvohlar).
9. Dalolatnomaning matni.
10. Ilovalar (har bir ilovaning necha betligi ko'rsatiladi).
11. Tuzgan va ishtirok etganlarning imzolari.
12. Ijro haqidagi belgi.
Har bir dalolatnom aning ushbu zaruriy tarkibiy qismlari qatoriga ayrim hollarda boshqa ma’lumotlarni ham qo'shish mumkin. Chunonchi, ishni qabul qilish-topshirish chog'ida tuziladigan dalolatnomalarda xodimlar tomonidan topshirilayotgan qimmabaho buyumlar, hujjatlar sanab o'tiladi (ilovalar tarzida), topshirish vaqtidagi ish ahvoliga baho beriladi, bajarilmagan ishlar qayd etiladi va hokazo. Dalolatnomaning mazkur shaklida umumiy holat aks ettiriladi. Biroq ba’zi hollarda zaruriy qismlarning o‘rni boshqacharoq bo'lishi ham mumkin. Chunonchi, hujjat nomi varaq o‘rtasida, tuzilgan sanasi hujjat nomi ostida chap tomonda, tuzilgan joyi esa o'ng tomonda yozilishi mumkin. Dalolatnoma matnining sarlavhasi o'rganilayotgan va qayd etilayotgan voqea-hodisaning yoki holatning mazmunidan kelib chiqib qo‘yilishi kerak. Masalan: Institut kadrlar bo‘limida hujjatlaring saqlanish ahvoli haqida Matn sarlavhasi «...haqida» shaklida boiishi ham, shuningdek, bosh kelishikda («....hujjatlarning saqlanish ahvoli») bo'lishi ham mumkin.



Download 216.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling