Mavzu: Byudjet tashkilotlarida ichki hujjatlarning aylanishi Reja Yuk xati. Dalolatnomalar, ishonchnoma, ma’lumotnoma


Download 216.56 Kb.
bet6/7
Sana01.05.2023
Hajmi216.56 Kb.
#1419423
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Byudjet tashkilotlarida ichki hujjatlarning aylanishi

3. Bayonnoma
Turli yig‘ilish, kengash va boshqa tur anjumanlarning borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlari va ular qabul qilgan qarorlarni aniq, siqiq holda qayd qiluvchi rasmiy hujjat. U voqelikning o'rni, vaqti va holati haqida m a’lumot berish bilan birgalikda, qarorlarning to‘g‘ri qabul qilinganligini tekshirish va ularning bajarilishini nazorat qilishga imkon beradi. Doimiy ish ko‘ruvchi organlar (ilmiy kengash, hay’at va boshqalar), shuningdek, vaqtinchalik ish ko'ruvchi organlar (konferensiyalar, yig'ilishlar, anjumanlar, komissiyalar) faoliyatida, albatta, bayonnoma yozilishi kerak. Bayonnoma yozishni tashkil qilish kotibning asosiy vazifalaridan biridir. Bayonnoma turli organiarning doimiy kotiblari tomonidan tuziladi va rasmiylashtiriladi. Vaqtinchalik ish ko'ruvchi organlar majlislarida esa, yig'ilish jarayonida saylangan kotib aynan shu ishni bajaradi.
Bayonnomada o'z aksini topgan axborotlarning aniqligi uchun butun m as’uliyat va javobgarlik majlis raisi va kotibi zimmasiga yuklatiladi.
Bayonnoma yozib olinishiga ko‘ra qisqa, to ‘liq, stenografik, fonografik, konspektiv shakllarda bo'lishi mumkin. Qisqa bayonnomada faqatgina kun tartibi, m a’ruzachi va muzokarada qatnashuvchilarning familiyasi va qabul qilingan qaror ko'rsatiladi. Ularda m a’ruzalar mazmuni batafsil bayon qilinmaydi. Bunday bayonnomalar masalaning muhokama qilinishi haqida to ‘liq tasavvur bera olmaydi. Shu nuqtai nazardan yig'ilishda so'zga chiqqan barcha qatnashchilarning bayon qilgan fikr va mulohazalarini qamrab olgan to ‘liq majlis bayonnomasi afzaldir. Majlis bayonnomasining to'liq shakli faqat yig'ilish xususida emas, balki o'sha jamoaning faoliyati to'g'risida ham fikr yuritishga imkoniyat beradi.
Yig'ilish stenografiya usulida yoki magnitofon yordamida yozib olinayotgan bo'lsa, qisqa bayonnoma tuzilib, stenogramma rais va kotib tomonidan imzolanadi va asosiy bayonnomaga ilova qilinadi.
Bayonnomaning asosiy zaruriy qismlari:
1. M uassasaning nomi.
2. Sarlavha (bamaslahat ish ko'ruvchi organ yoki yig'ilishning nomi).
3. Hujjatning nomi (bayonnoma).
4. Yig'ilish sanasi.
5. Shartli raqami.
6. Yig'ilish joyi.
7. Tasdiqlash ustxati (agar bayonnoma tasdiqlanishi zarur bo'lsa).
8. Yig'ilish raisi va kotibining familiyasi.
9. Matn: a) qatnashuvchilar ro'yxati yoki soni; b) kun tartibi; v) eshitildi; g) so'zga chiqdilar; d) qaror qilindi.
10. Ilovalar (agar ular mavjud bo'lsa).
11. Imzolar.
Bayonnomani tuzishda ularning huquqiy jihatdan to'laqonligini ta ’minlash kerak. Buning uchun bayonnomada barcha asosiy zaruriy qismlar mavjud bo'lishi, ular to'g'ri rasmiylashtirilishi lozim.
Doimiy maslahat organi yig'ilishining bayonnomasida yig'ilishda ishtirok etuvchilar soni ko'rsatilishi juda muhimdir, chunki bu huquqiy ahamiyatga ega. Majlis qarorlarini qabul qilish va uning qonuniy bo'lishi uchun ishtirokchilarning nizom bo'yicha yetarli ekanligi (kvorum) asosiy shart hisoblanadi.
M a’muriy idoralarda bayonnoma umumiy yoki maxsus bosma ish qog'ozlarida rasmiylashtiriladi. Bayonnoma bir necha sahifadan iborat bo'lsa, faqat birinchi sahifa bosma ish qog'ozida, qolgan sahifalari esa oddiy qog'ozda yoziladi.
Yig'ilish o‘tkazilgan kun bayonnomaning sanasi hisoblanadi. Muntazam ish ko'ruvchi organlar bayonnomasining tartib raqami kalendar yili bo'yicha izchil davom etadi.
Majlis bayonnomasida qatnashuvchilarning ro'yxati berilganda doimiy a ’zolar va taklif etilganlarning familiyasi alohida-alohida, alifbo tartibida qayd etiladi. Taklif etilganlarning soni 15 kishidan oshmasa, ularning familiyasini, qavs ichida esa, ish joyini ko'rsatish kerak.
Kengaytirilgan majlislarda ishtirok etuvchilarning soni ko'rsatiladi va qatnashuvchilarning ro'yxati majlis bayonnomasiga ilova qilinadi.
Majlis bayonnomasi kirish va asosiy qismdan iborat bo'lib, kirish qismi kun tartibi bilan tugaydi. Kun tartibidan so'ng ikki nuqta qo'yilib, ko'riladigan masalalar tartib raqami bilan beriladi. Har qaysi masala alohida satrdan yoziladi. Ularning o'zaro tartibi m asalaning dolzarbligi va muhimligiga qarab belgilanadi. Majlis bayonnomasida KUN TARTIBIni bosh kelishikda ifodalash va katta harflar bilan yozish kerak.
Kun tartibidagi masalalarni bayon qilishda m a’ruzachining ismi, fam iliyasi, lavozim ini alohida jum la bilan yozish m aqsadga muvofiqdir. Ba’zan kun tartibining oxirgi qismida «Turli masalalar» sarlavhasi bilan alohida qism beriladiki, bu maqsadga muvofiq emas, chunki kun tartibidagi har bir masala aniq va ravshan bo'lishi lozim.

Download 216.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling