Mavzu: byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari


-rasm. Byudjet tashkilotlarida kassa muomalalari va ular hisobini tashkil etishning o`ziga xos xususiyatlari10


Download 241.44 Kb.
bet5/21
Sana28.10.2023
Hajmi241.44 Kb.
#1730691
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Mavzu byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari

2-rasm. Byudjet tashkilotlarida kassa muomalalari va ular hisobini tashkil etishning o`ziga xos xususiyatlari10
Tashkilot rahbarlari kassaning tegishli ravishda jihozlanishi va pullarning kassa xonasida saqlanishi, shuningdek, ularni bank muassasasidan olib, tashish, yetkazib berish hamda bank muassasasiga topshirish vaqtida but saqlanishini ta’minlashlari shart, rahbarlarning aybi bilan pul mablag’larini saqlash va tashish vaqtida pullarning but saqlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmagan hollarda, ular qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Tashkilotlar kassalari zarur bo’lgan hollarda sug’urta tashkilotlari tomonidan sug’urta qilinishi mumkin.
Kassa xonasi alohida ajratilgan bo’lishi, eshiklari esa, operatsiyalarni amalga oshirish vaqtida ichkaridan qulflanishi shart. Kassa ishiga aloqador bo’lmagan shaxslarning bu xonaga kirishi man etiladi. Tashkilotning kassa xonalarini texnik jihatdan mustahkamlash va ularni qo’riqlash-yong’indan saqlash signalizatsiyasi vositalari bilan jihozlashga doir tavsiyalar ushbu Qoidalarning 3-ilovasida keltirilgan. Unga ko`ra, mazkur tavsiyalar ko’p bosqichli qo’riqlash-yong’indan saqlash tizimlarini yaratishning asosiy tamoyillarini va kassa xonalarining texnik jihatdan mustahkamlanishi umumiy qoidalarini belgilaydi11.
Naqd pul mablag’lari va boyliklarning ishonchli saqlanishini ta’minlash uchun kassa quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1. Boshqa xizmat xonalaridan va qo’shimcha xonalardan alohida bo’lishi kerak.
2. Ko’p qavatli binolarning oraliq qavatlarida joylashgan bo’lishi kerak; ichki ishlar organlari, inkassatsiya xizmatlari bilan kelishuvlarga ko’ra kassa xonalarini ko’p qavatli binolarning 1-qavatida joylashtirishga ruxsat etiladi.
3. Asosiy devorlarga ega bo’lishi, pol va shiftlari mustahkam qoplangan bo’lishi, ishonchli ichki devorlar va to’siq devor (peregorodka)ga ega bo’lishi kerak.
4. Ikkita eshik bilan yopilishi zarur:
a) tashqariga ochiladigan, yog’ochdan yaxlit ishlangan tashqi eshik, ichkarisida metall zanjiri va ko’rish tuynukchasi bo’lib, ikkita ichki qulf bilan qulflanadigan;
b) ichkariga ochiladigan, po’lat panjara ko’rinishida tayyorlangan va kassaning ichki tomoniga osma qulf yoki o’rnatilgan qulf hamda metall zulfin bilan qulflanadigan ichki eshik.
Xo’jalik organlari xodimlari yoki mijozlar bilan operatsiyalar o’tkazish uchun ichkari tomondan temir yoki yog’och eshikcha bilan bekiladigan, ikki tomonidan metall listi bilan qoplanadigan maxsus darcha bilan jihozlanishi kerak. Ichki tomonidan ishonchli osma qulfli metall nakladka bilan qulflanishi lozim.
Dereza ramalar o’rtasidagi oraliqlari yoki xonaning ichki tomonidan issiqlik quvurlari, mo’rilar, ventilyatsiya kanallari, yupqa devorli pardevorlar va kassaga tashqi tomondan kirish mumkin bo’lgan boshqa joylar temir panjara bilan mustahkamlanishi zarur.
Pul va qimmatliklarni saqlash uchun majburiy tartibda yonmaydigan seyf (temir shkaf) bo’lishi lozim. Ishga yaroqli o’t o’chirish vositasi bo’lishi shart.
Zamonaviy texnika vositalaridan foydalanilgan himoyalanishning ko’p bosqichli tizimi jihozlari bo’lishi kerak. Ko’p bosqichli (qo’riqlash - yong’indan saqlash) signalizatsiyasidan tashqari ogohlantirish signalizatsiyasi ham ko’zda tutilishi kerak.
2. Kassa xonalarini texnik jihatdan mustahkamlashga qo’yiladigan talablar:
1. Ichki devorlar va pardevorlar mustahkamlik jihatidan har birining qalinligi 80 mm bo’lgan, o’rtasidan po’lat panjara o’tkazilgan, payvandlangan gips-beton panellarga yoki metall to’r bilan armaturalangan, qalinligi 120 mm bo’lgan g’ishtin devorga mos bo’lmog’i kerak. Ilgari qurilgan binolarda taxtalardan zich qilib qurilgan, ichkari tomonidan po’lat panjaralar bilan mustahkamlangan oddiy pardevorlar bo’lishiga yo’l qo’yiladi.
2. Kassa darchasining o’lchami 200x300 mm dan oshmasligi kerak, tashqari tomondan esa u metall panjara bilan mustahkamlanadi.
3. Eshik korobkasi po’lat uchburchakdan tayyorlanadi. Ilgari qurilgan binolarda po’lat uchburchaklar bilan mustahkamlangan yog’och eshik korobkalari saqlanishiga ruxsat etiladi. Barcha holatlarda ular devorga po’lat ilgaklar bilan qattiq mahkamlanadi.
4.Tashqi kirish eshigi, deraza eshikchalari, kassa darchasi eshigi va pardevorlar 40 mm dan kam bo’lmagan qalinliqdagi taxtalardan tayyorlanadi, ular ikki tomondan ruxlangan tunuka bilan qoplanadi va tunukalarning chetlari ichkari tomonga bukiladi, bunda metall listlarining yuza tomon bilan tutashuviga yo’l qo’yilmaydi. Metall listlar perimetr va diagonallari bo’yicha qadami 60 mm ga qadar qilib uzunligi 40 mm dan kam bo’lmagan mixlar bilan, taxtalarga mixlanadi.
Tashqariga ochiladigan eshiklar teshiklar qoldirilmasdan jips qilib o’rnatiladi va butun eni bo’ylab eni 40-60 mm va qalinligi kamida 5 mm bo’lgan metall nakladkalar bilan jihozlanadi, ular diametri 12-15 mm bo’lgan boltlar, xona ichidagi gaykalar bilan mustahkamlanadi (boltlar uchlari ichkaridan yassilanadi).
Nakladkalar zulfin plastinalar payvand qilingan holda, puxta osma qulflar (tashqari tomondan - ombor qulfi tipidagi) bilan qulflanadi.
Militsiya va idoradan tashqari qo’riqlash tizimining qurolli xodimlari tomonidan qo’riqladigan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar binolarida mahalliy ichki ishlar organlari bilan kelishib, kassalarning tashqi eshiklariga metall nakladkalar o’rnatilmasligi mumkin.
5. Barcha panjaralar o’lchami ko’pi bilan 150x150 mm bo’lgan yacheykalar hosil qilgan holda diametri kamida 16 mm bo’lgan po’lat chiviqlardan tayyorlanadi va bu panjaralar gaz-elektr payvand yordamida devorga qoqilgan metall ilgaklarga kavsharlanadi.
6. Ilgaklar diametri kamida 16 mm bo’lgan po’latdan tayyorlanadi va qurilish konstruktsiyalariga kamida 150 mm chuqurlikda qoqiladi.
7. Panjara ramalari o’lchami 30x40 va qalinligi kamida 5 mm bo’lgan po’lat burchakdan tayyorlanadi. Ular bilan perimetr bo’yicha quyidagilar jihozlanadi: kassa darchasi, eshik korobkalari va pardevorlar, pol, shiftdagi muhandislik tarmoqlari o’tishi uchun mo’ljallangan boshqa barcha teshiklar. Muhandislik tarmoqlari o’tishi uchun mo’ljallangan teshiklarning diametri 200 mm. dan oshmasligi kerak.
3. Qo’riqlash - yong’indan ogohlantirish bilan jihozlashga qo’yiladigan talablar:
1. Kassalar quyidagi talablarni hisobga olgan holda ikki bosqichli qo’riqlash - yong’indan saqlashning vositalari bilan jihozlanishi kerak:
2. Birinchi bosqichda xonalar perimetrlarining qurilish konstruktsiyalari, deraza va eshik o’rinlari, lyuklar, ventilyatsiya kanallari, issiqlik o’tkazish joylari, yupqa devorli pardevorlar hamda xonalarning tashqari tomondan kirish uchun qulay bo’lgan unsurlari, shu jumladan, po’lat panjaralar bilan jihozlanganlari himoyalanadi.
3. Ikkinchi bosqichda qo’riqlash-yong’indan ogohlantirish vositalarining nazorat qilinuvchi xonada tartibbuzarlar yurishini aniqlaydigan ultratovush, infraqizil, optik-elektron, radioto’lqin va boshqa xabarchilar yordamida pul va boyliklar saqlanadigan seyf va metall javonlar himoyalanadi.
4. qo’riqlash-yong’indan ogohlantirish vositalari qo’riqlash turiga qarab, idoraviy qo’riqlash pulti, navbatchi xodim postiga ulanadi. Ushbu shaxslar navbatchilik qiladigan joylar hududiy ichki ishlar organlari bilan radio yoki telefon aloqasi orqali ulangan bo’lishi kerak.
Himoyaning ikkinchi bosqichi ishdan tashqari paytda markazlashtirilgan qo’riqlash pultining alohida nomeriga yoki navbatchi xodimning kichik sig’imli kontsentratorlariga, ish paytida esa, pedalga yoki ogohlantirish tugmachasiga ulab qo’yiladi.
5. Himoyaning birinchi bosqichida ogohlantirish vositasi shleyflarining nazorat qilinishini ta’minlaydigan qabul qilish - nazorat asboblari qo’llanishi kerak. Bunday asboblar va xabar beruvchilar kichik sig’imli kontsentratorlarga, idoraviy qo’riqlash pultlariga ulanadi va ular orqali markazlashgan qo’riqlash pultlari yoki milisiya nazorat punkti (MNP) ga yuboriladi.
6. qo’riqlash-yong’indan ogohlantirish vositalari va kassani yoritish asboblari alohida-alohida montaj qilinadi va elektr ta’minotini turli manbalardan oladi. Barcha xil simlar devor ichidan o’tkaziladi. Istisno tariqasida xona ichida shleyflar va metall quvurlarni temir-beton yoki beton qurilish konstruktsiyalari bo’ylab joylashtirilishiga yo’l qo’yiladi.
7. Qo’riqlash-yong’indan ogohlantirish vositalari tizimi amaldagi «Bino va inshootlarning yong’inga qarshi avtomatikasi» qurilish normalari va qoidalari va qo’riqlash-yong’indan ogohlantirish vositalari bilan jihozlanishi kerak bo’lgan ob’ektlarning idoraviy ro’yxatlariga muvofiq kelishi hamda doimo ishga shay holatda bo’lishi kerak.
8.Ichki ishlar organlarining qo’riqlash - yong’indan saqlash vositalari yordamida qo’riqlash bo’linmalari xizmat ko’rsatadigan kassalar mazkur bo’linmalar rahbariyati ko’rsatmasi bilan qo’shimcha himoya vositalari bilan jihozlanishi mumkin.
9. Yong’in xabarchilari ularning kunu-tun ishlashini ta’minlash maqsadida mustaqil shleyflarga kiritilishi kerak.
10. Seyflar turadigan xonalar hamda kompyuter zallari tutun va yong’indan xabar beruvchi vositalar bilan jihozlanishi lozim
11. Yong’indan ogohlantirish vositasining shleyfi markazlashgan qo’riqlash pultiga alohida liniyalar orqali ulanadi.
12. Kassa xonalarini qo’riqlash - yong’indan saqlash vositalari bilan jihozlash, O’zbekiston Respublikasi «qo’riqlash» Respublika birlashmasining maxsus litsenziyasi (ruxsatnomasi) ga ega bo’lgan qo’riqlash bo’linmalarining yoki firmalarning montaj qiluvchilari tomonidan amalga oshiriladi.
13. Montaj qiluvchi tashkilot tomonidan kassa binolardagi montaj qilingan qo’riqlash-yong’indan saqlash vositalarini foydalanishga topshirish va dalolatnomani imzolashni Ichki ishlar bo’limi qoshidagi qo’riqlash bo’limlari, davlat yong’in nazorati vakillari va yuridik shaxs ishtirok etadigan komissiya amalga oshiradi. Montaj qiluvchi tashkilot majburiy tartibda qo’riqlash - yong’indan saqlash vositalarini montaj qilish chizmasini va montaj qilingan signalizatsiya apparaturasidan foydalanishga doir yo’riqnomani taqdim etadi.
4.Kassa punktlarini jihozlash tartibi:
1. Ish haqi va boshqa to’lovlarni kassirlardan boshqa shaxslar beradigan korxonalarda, ular kassa operatsiyalarini olib boradigan joylarda pul va boyliklarning saqlanishini ta’minlash maqsadida kassa punktlari jihozlanadi.
2. Pol va devoriy qurilish konstruktsiyalariga metall javon yoki ikki sektsiyali qutilar mahkamlangan maxsus xizmat xonasi kassa punkti deb ataladi. Ularning eshiklari ichkaridan mustahkam zulfinlar, metall zanjir va ko’rish tuynugi bilan jihozlanadi, derazalar, lyuklar, teshiklar va boshqa joylar belgilangan konstruktsiyadagi metall panjaralar bilan himoyalanadi.
3. Kassa punktlarda pul barcha kassalar uchun belgilangan talablarga muvofiq jihozlangan maxsus darcha orqaligina beriladi.
4. Ishdan tashqari vaqtda pul mablag’lari va qimmatli qog’ozlarni kassa punktlarida qoldirish qat’iyan taqiqlanadi. Ish kuni tugashiga qadar barcha pul va boyliklar yuridik shaxsning bosh markaziy kassasiga ishonchli qo’riq bilan topshirilishi kerak.
Byudjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar qo’yiladi:
Byudjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobini amaldagi me’yoriy- huquqiy xujjatlarga mos ravishda tashkil etish;

  • Kassa muomalalari hisobini boshlang’ich va yig’ma xujjatlar hamda hisob regstirlarida o’z vaqtida to’g’ri rasmiylashtirish;

  • Byudjet va byudjetdan tashqari pul mablag’larini daromadlar va xarajatlar smetalari bo’yicha maqsadli sarflanishi va saqlanishini ta’minlash;

  • Buxgalteriya schyotlarida moliyaviy aktivlar mavjudligi hamda harakatini aniq, to’liq va o’z vaqtida aks ettirish;

  • Tashkilot kassasida, shaxsiy hisobvaraqlardagi pul mablag’lari, pul xujjatlari, moliyaviy qo’yilmalar butligi ustidan doimiy nazorat olib borish;

  • Kassa muomalalarini hisob registrlarida o’z vaqtida aks ettirib borish;

  • Kassa muomalalari hisobi bo’yicha birlamchi hujjatlar hamda hisob registrlaridagi ma`lumotlarni umumlashtirgan holda hisobot shakillantirish.

Normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablarga ko’ra byudjet tashkilotlarida kassa muomalalarini nazorat qilish, ya’ni doimiy ravishda inventarizatsiyadan o’tkazish tashkilot rahbari hamda buxgalteriya xizmati rahbari tomonidan bir oyda bir marotaba kamida yoki kutilmagan istalgan vaqtda ogohlantirishsiz amalga oshirilishi mumkin.


Download 241.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling