Mavzu: Byudjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar


Byudjet tashkilotlarida moliya yilini yakunlash va hisobotlarni shakllantirish bilan bog’liq operatsiyalarni sxematik ko’rinishi


Download 65.08 Kb.
bet3/7
Sana24.12.2022
Hajmi65.08 Kb.
#1063516
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Byudjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar.docx2365 (3)

Byudjet tashkilotlarida moliya yilini yakunlash va hisobotlarni shakllantirish bilan bog’liq operatsiyalarni sxematik ko’rinishi.
Byudjet tashkiloti bo’lmagan, ammo byudjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga (tegishli xududiy moliya organlariga) chorak (yil) uchun smeta xarajatlarining ijrosi haqida hisobot)ni tegishli qonunchilik talablariga muvofiq holda taqdim qiladilar. Tashkilotlarni yo’riqnomalar hamda boshqa me‘yoriy hujjatlar bilan ta‘minlash, agar qonunchilikda boshqasi ko’zda tutilmagan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasining tegishli vazirlik va idoralari, hokimliklar boshqarmalari (bo’limlari), boshqa yuqori turuvchi boshqaruv idoralari tomonidan amalga oshiriladi. O’rnatilgan shakllar bo’yicha buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlar tuzish uchun vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlangan birlamchi buxgalteriya hujjatlarini tayyorlash (sotib olish) tegishli moddiy-texnika bazasi mavjud bo’lgan hollarda tashkilotlar tomonidan mustaqil amalga oshirilishi mumkin. Moliyaviy hisobot shakllaridagi barcha rekvizitlar va nazarda tutilgan ko’rsatkichlar to‗ldirilishi kerak. Tashkilotlarda tegishli aktivlar, passivlar va operatsiyalarning mavjud emasligi sababli biror-bir modda (satrlar, ustunlar) to’ldirilmagan taqdirda, ushbu modda (satr, ustun) ustidan chizib qo’yiladi. Moliyaviy hisobotlar shakllari (jamlanma hisobotlardan tashqari) ―Bosh-jurnal kitobi va boshqa tegishli hisob registrlari ma‘lumotlari asosida tuziladi. Moliyaviy hisobotlar shakllarining manzil (ust) qismi quyidagi tartibda to’ldiriladi
―Tashkilot nomi rekvizitida tashkilotning to’liq nomi ko’rsatiladi
―Bo’lim, kichik bo’lim, bob rekvizitida tashkilotning byudjet tasnifining vazifaviy va tashkiliy jihatdan bo‗linishi (belgilanishi) keltiriladi
―Hisobot davri‖ rekvizitida hisobot tuzilayotgan tegishli davr (yil, chorak, oy) ko’rsatiladi
―Byudjet turi rekvizitida tashkilot tomonidan hisobot berilayotgan mablag’ning manbasi O’zbekiston Respublikasi byudjet tasnifiga muvofiq mablag’lar manbasi va byudjetlar darajasi tasnifining kodlari keltiriladi O’lchov birligi rekvizitida hisobot tuzilayotgan o’lchov birligi keltiriladi. Moliyaviy hisobotlarni tuzishda quyidagi asosiy shartlar to’liq saqlanishi lozim:-hisobot davridagi barcha operatsiyalar hamda pul mablag’lari, asosiy vositalar, moddiy boyliklarning inventarizatsiya qilinishi va hisobkitoblar natijalarining to’liq aks ettirilishi analitik hisob ma‘lumotlarining hisobot davrining birinchi sanasiga sintetik hisob yuritish hisobvaraqlari bo’yicha aylanmalar va qoldiqlarga bir xil bo’lishi, shuningdek moliyaviy hisobotlar ma‘lumotlarining sintetik va analitik hisob ma‘lumotlariga mosligi moliyaviy hisobotlardagi tegishli yozuvlarni qayd etish uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan birlamchi hujjatlarning asos bo’lib xizmat qilishi. Ushbu asosiy shartlarga rioya qilinmagan holda tuzilgan moliyaviy hisobotlar noto’g’ri tuzilgan deb hisoblanadi. Tashkilotlar jamlama moliyaviy hisobotlarni o’zlari ko’rib chiqqan tasarrufdagi quyi tashkilotlarning moliyaviy hisobotlari hamda o’zining moliyaviy hisobotlari asosida tuzadilar. Moliyaviy hisobotlar, qoida tariqasida, o’sib boruvchi tartibda bitta o’n xonali sonda ming so’m hisobida tuziladi. Agarda, me‘yoriy-huquqiy hujjatlar talablarini buzmagan holda moliyaviy hisobotlar ko’rsatkichlari manfiy qoldiq bilan chiqsa (manfiy qoldiqqa ega bo’lsa), u holda hisobotlarda ushbu ko’rsatkichlar minus ishora bilan aks ettiriladi. Byudjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotlarni mazmuniga e‘tibor beradigan bo’lsak, shubhasiz balans markaziy o’rinni egallaydi va byudjet tashkilotining ma‘lum davrga barcha moliyaviy ko’rsatkichlarini o’zida aks ettiradi. Qolgan hisobot shakllari esa, mazkur balansda aks ettirilgan moliyaviy ko’rsatkichlarni ayrimlarini detallashtirib, aniq ma‘lumotlar bilan ta‘minlashga xizmat qiladi. Bu esa, tashkilotlar tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotlarni uzluksizligini, o’zaro muvofiqligini va tizimliligini ta‘minlaydi. Byudjet.Balansni tuzish tartibi Balansni tuzishdan oldin barcha mavjud memorial orderlar bilan rasmiylashtirilgan buxgalteriya provodkalarini dastlabki hujjatlarga muvofiq holda to’g’ri tuzilganligi hamda Bosh-jurnal kitobi to’g’ri yozilganligi, subschyotlar bo’yicha oylik aylanmalar va hisobot davri oxiriga

Bosh jurnal kitobi bo’yicha qoldiqlar to’g’ri hisoblanganligi tekshirib chiqiladi.



Download 65.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling