Mavzu: Byudjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar
Byudjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan hisobotlarning umumiy sxemasi
Download 65.08 Kb.
|
Byudjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar.docx2365 (3)
Byudjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan hisobotlarning umumiy sxemasi.
Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl) – budjet mablag‘larini chorak mobaynida sarf Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha pul mablag‘lari harakati to‘g‘risida hisobot – byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larining tushumi va sraflanishi bo‘yicha Debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risida ma‘lumot – barcha debitorlik va kreditorlik qarzlar bo‘yicha Ta‘lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar harakati to‘g‘risida hisobot – ta‘lim muassasalarida to‘lov-kontrakt mablag‘larini tushumi va sarflanishi bo‘yicha Boshqa byudjetdan tashqari mablag‘lar harakati bo‘yicha hisobot – budjet tashkilotining boshqa budjetdan tashqari mablag‘larining tushumi va sarflanishi bo‘yicha Byudjet tashkilotini chet el valyutalari boʼyicha pul mablagʼlari harakati toʼgʼrisidagi hisobot - chet el valyutalari boʼyicha mablag‘larini tushumi va sarflanishi bo‘yicha Joriy yilning moliyaviy natijalari to‘g‘risida hisobot – moliyaviy natijalarni shakllanishi bo‘yicha Nomoliyaviy aktivlarning harakati to‘g‘risida hisobot – nomoliyaviy aktivlarni qoldig‘i, kirimi va chiqimi to‘g‘risidagi ma‘lumotlar bo‘yicha Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha pul mablag‘lari harakati to‘g‘risida hisobot – tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini tushumi va sarflanishi bo‘yicha BALANS
Hisobot davri oxiriga ‘’Bosh-jurnal kitobi’’da chiqarilgan qoldiqlar balansning ‘’Yil (chorak) oxiriga’’ ustuniga ko’chirib yoziladi. Bunda, debitor va kreditor qarzlarni hisobga oluvchi subschyotlar bo’yicha debitorlar va kreditorlar umumlashtirilmasdan, ya‘ni, mavjud debitorlar balansning aktiv qismida, kreditorlik qarz esa, passiv qismida ko’rsatiladi. Ushbu debitorlik va kreditorlik qarzlar to’g’risidagi ma‘lumotlar "Aylanma vedomost" va boshqa tegishli hisob registrlaridan olinadi. Balansning aktiv qismidagi "Yil (chorak) oxiriga" ustuni bo’yicha "Asosiy vositalar va boshqa uzoq muddatli nomoliyaviy aktivlar" paragrafining "Asosiy vositalar: Boshlang’ich (qayta tiklash) qiymati qatorida tashkilotlarning hisobot davri oxiriga mavjud barcha asosiy vositalari, shu jumladan, ijaraga berilganlari ham dastlabki (tiklanish) qiymati bo’yicha aks ettiriladi. Qayta baholash natijalari bo’yicha aniqlangan asosiy vositalarning tiklanish qiymati choraklik va yillik balanslarda ‘’Yil boshiga‖ ustunida kasr chizig’I’’ bilan (mahrajida) aks ettiriladi. "Yil boshiga" ustuni bo’yicha ko’rsatkichlar o’tgan hisobot yili balansining "Yil (chorak) oxiriga" ustuni bo’yicha ko’rsatkichlarga aynan bir xil holda ko’chiriladi. Agarda, tashkilot hisobot yilining 1-yanvaridan keyin tashkil topgan bo’lsa, u holda balansning ushbu ‘’Yil boshiga ustuni to’ldirilmaydi’’ Eskirish summasi’’ qatorida asosiy vositalarning balans tuzilgan hisobot davri oxiriga hisoblangan eskirish summasi aks ettiriladi. Qoldiq (balans) qiymati qatorida asosiy vositalarning dastlabki (tiklanish) qiymatidan hisoblangan eskirish qiymatini farqi (010-qatorda aks ettirilgan asosiy vositaning dastlabki (tiklanish) qiymatidan 011- qatorda aks ettirilgan eskirish summasini ayirmasi) aks ettiriladi. Nomoddiy aktivlar qatorida tashkilotning hisobot davri oxiriga mavjud nomoddiy aktivlarining qiymati ko’rsatiladi. Noishlab chiqarish aktivlari qatorida ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‗lmagan kapital xarajatlar, jumladan, yerni obodonlashtirish uchun amalga oshirilgan xarajatlar (040-subschyot) aks ettiriladi. Tovar-moddiy zahiralar paragrafida hisobot davri oxiriga mavjud bo’lgan tayyor mahsulot, qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va yarani bog’lash vositalari, inventar va xo’jalik jixozlari, yonilg’i, yoqilg’i-moylash materillari, mashina va asbob-uskunalarning ehtiyot qismlari va boshqa tovar-moddiy zahiralarning qoldiq summalari ko’rsatiladi. 378 Nomoliyaviy aktivlarga qo’yilmalar paragrafida o’rnatish uchun mo’ljallangan asbob-uskunalar, tugallanmagan qurilish, asosiy vositlarga boshqa xarajatlar, nomoddiy aktivlarga boshqa xarajatlar, tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar va tovar-moddiy zahiralarga boshqa xarajatlarni hisobga oluvchi subschyotlarning Bosh-jurnal kitob bo’yicha hisobot davrining oxiriga qoldiq summasi aks ettiriladi. "Moliyaviy aktivlar" bo’limida mavjud hisobvaraqlardagi pul mablag‗lari, akkreditivlar, kassadagi naqd pul qoldiqlari va boshqa pul mablag’larining, shuningdek g’aznachilik bo’linmalaridagi shaxsiy hisobvaraqlardagi pul mablag’larining balans tuzilayotgan sanaga qoldiq summalari aks ettiriladi. "Debitorlar" bo’limida yil (chorak) oxiriga barcha hisob-kitoblar bo’yicha qoldiq summalar (debitorlik qarzlar) aks ettiriladi. Balansning passiv qismidagi "Yil (chorak) oxiriga" ustuni bo’yicha: "Kreditorlar" bo’limida yil (chorak) oxiriga barcha hisob-kitoblar bo’yicha qoldiq summalar (kreditorlik qarzlar) aks ettiriladi. Moliyaviy natijalar bo’limida tashkilotning joriy yilga moliyaviy natijalari shuningdek, yakuniy moliyaviy natijasi har bir daromad (tushum)larning turlari bo’yicha alohida holda aks ettiriladi. Bunda, joriy yilga moliyaviy natijalar bo’yicha ko’rsatkichlar yillik balansda aks ettirilmaydi. "Balansdan tashqari schyotlar" bo’limida tashkilotlarning balansdan tashqari schyotlarida hisobot davri oxiriga aks ettirilgan summalar ko’rsatiladi. Balans tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar topshiriladi. Download 65.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling