Mavzu: Byudjet tashkilotlarida uzoq muddatli aktivlar hisobi Reja
Asosiy vositalar eskirishini hisobga olish
Download 269.5 Kb.
|
Abdullayeva Shohida .uzoq .muddat.aktiv
5.Asosiy vositalar eskirishini hisobga olish
Tashkilotlar asosiy vositalarinirig eskirishi qonunchilikka muvofiq budjet tashkilotlari asosiy vositalarining yillik eskirish me’yorlaridan (keyingi o'rinlarda eskirish me’yorlari deb yuritiladi) kelib chiqqan holda, har yili aniqlanadi va har oyda shu tashkilotlarning buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettiriladi. Bu hisobvaraqda tashkilot hisobida (balansida) turgan asosiy vositalarning eskirib borishi aks ettiriladi. Eskirish imoratlar, inshootlar, uzatkich moslamalar, mashina va jihozlar, ish hayvonlari va transport vositalari, ishlab chiqarish (ashyolarni ham qo'shib) va xo'jalik inventarlari hamda foydalanish mumkin bolgan yoshga yetgan ko'p yillik daraxtlar, butalar va boshqa asosiy vositalar bo'yicha aniqlanadi va hisobga olinadi. Vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralari, zarur hollarda, o'zlarining tizimidagi tashkilotlarda asosiy vositalarning eskirishi me’yorlarini asosiy vositalarning texnik shartlari va/yoki tayyorlovchi-tashkilotlar tavsiyalariga muvofiq asosiy vositalar obyektlarining samarali foydalanish muddatini hisobga olgan holda, tegishli qonunchilik bilan belgilangan me’yorlardan oshmagan holda o'rnatilgan tartibda belgilashlari mumkin. Asosiy vosita obyektlarida amalga oshirilgan qo'shimcha qurish, qo'shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruktsiya yoki modernizatsiya natijasida dastlabki qabul qilingan me’yoriy ko'rsatkichlari yaxshilanishi (oshirilishi) hollarda tashkilotlar shu obyektning amalga oshirilgan qo'shimcha qurish, qo'shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruksiya yoki modernizatsiya ishlari tugatilgan oydan keyingi hisobot oyining birinchi sanasidan boshlab shu obyektning samarali foydalanish muddatini qayta ko'rib chiqadilar. Beg'araz olingan asosiy vositalar obyektlarining samarali foydalanish muddati quyidagicha aniqlanadi: tashkilotlardan olinganlar uchun-amalda foydalanilgan muddat- larini va avval hisoblangan eskirish summasini hisobga olgan holda; boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan olinganlar uchun-tash- kilotlarda doimiy ishlaydigan inventarlash komissiyasi tomonidan belgilangan obyektning bozor bahosi va foydalanish muddatidan kelib chiqqan holda. Eskirish quyidagi asosiy vositalar bo'yicha aniqlanmaydi: arxitektura va san’atning noyob yodgorliklari bolgan imoratlar va inshootlar, kabinet va laboratoriyalarda joylashgan o'quv ishlari va ilmiy maqsadlarda foydalaniladigan jihozlar, eksponatlar, nusxalar, amaldagi va amal qilmayotgan modellar, maketlar va boshqa ko'rgazmali qo'llanmalar, mahsuldor qoramollar, qo'toslar, hayvonot olami eksponatlari (hayvonot bog'i va shunga o'xshash tashkilotlarda), foydalanish mumkin bolgan yoshga yetmagan ko'p yillik ko'chatlar, kutubxona fondlari, filmlar fondi, sahnaga qo'yish uskunalari, badiiy va muzey buyumlari. Asosiy vositalar obyekti bo'yicha eskirish hisoblash mazkur obyekt asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi hamda mazkur obyektning dastlabki (tiklanish) qiymati doirasida yoxud bu obyektni balansdan hisobdan chiqarilguncha amalga oshiriladi. Asosiy vosita obyektlari bo'yicha eskirish hisoblash asosiy vositalarning dastlabki (tiklanish) qiymati to'liq qoplangan yoxud bu obyekt balansdan hisobdan chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab to'xtatiladi. Asosiy vositalar obyektining samarali foydalanish muddati mobaynida eskirish hisoblanishi to'xtatilmaydi, obyektlarda amalga oshirilgan qo'shimcha qurish, qo'shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruksiya, modernizatsiya, texnik qayta jihozlash ishlari olib borilishi tufayli to'liq to'xtatilgan hollar bundan mustasno. Asosiy vosita obyektlari bo'yicha eskirish hisoblash hisobot davrida amalga oshiriladi va buxgalteriya hisobida tegishli hisobot davrida aks ettiriladi. Eskirishni hisoblash asosiy vositalar obyektlari qiymatining 100 foizidan oshib ketishi mumkin emas. Hisobot yili mobaynida buxgalteriya hisobi va hisobotlarda asosiy vositalarning qayta baholanishi, kirim qilinishi va hisobdan chiqarilishi (eskirganligi tufayli tugatilishi munosabati bilan ularning hisobdan chiqarilishi natijasida ham) hisobiga eskirishning umumiy summasi o'zgarishi mumkin. Har oyda hisoblangan eskirish summasi tegishli inventar kartochkalar (kitoblar)da asosiy vositalar obyektlari bo'yicha hisobi yozib borilmaydi. Agar asosiy vositalar tugatilayotganda yoki boshqa tashkilotga berilayotganda, shuningdek, obyektlar eskirishining yillik me’yori belgi- langan tartibda o'zgartirilayotgan boisa, asosiy vosita obyektlarining butun foydalanish muddati mobaynida hisoblangan to'liq eskirish summasi alohida inventar obyektlari bo'yicha aniqlanadi. Avval foydalanishda boigan asosiy vositalar bir tashkilotdan boshqasiga berilayotganda, shuningdek, tugatilishi sababli hisobdan chiqarilayotganda obyektlarning daklabki (tiklanish) qiymati me’yoriy- huquqiy hujjatlarga muvofiq o'rnatilgan tartibda hisoblangan eskirish summasi ko'rsatilgan holda tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Boshqa tashkilotlardan beg'araz olingan va avval foydalanishda bo'lgan asosiy vositalar-inventar obyektlar kelib tushganda, qabul qilib oluvchi tomon buxgalteriya hisobida ularning dastlabki (tiklanish) qiymatidan eskirishini ayirmagan holda 01 «Asosiy vositalar» hisobvarag'ining tegishli analitik hisobvaraqlari debetida va ularning dastlabki (tiklanish) qiymatidan eskirishini ayirgan holda 262 «Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari bo'yicha daromadlar» analitik hisobvarag'i krediti hamda beruvchi tashkilotlarning hujjatlariga muvofiq mazkur obyekt eskirish summasiga 02 «Asosiy vositalarning eskirishi» hisobvarag'ining tegishli analitik hisobvaraqlari krediti bo'yicha aks ettiriladi. Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan avval foydalanishda boigan obyektlar bo'yicha eskirish summasi tegishli inventar kartochkalar (kitoblar)ga yoziladi. Kelgusida foydalanishga yaroqli bo'lgajn alohida obyektlar qiymatining 100 foiz miqdorida eskirish hisoblanishi, ularning to'liq eskirish hisoblanganligi sababli hisobdan chiqarish uchun asos bo'lib xizmat qilmaydi. MEMORIAL ORDER(274-son shakl) Tashkilotning nomi Vazirlik (idora, qo‘mita) Budjettur____________________________________ 0‘lchov birligi: so‘m.
Bajaruvchi ■ (lavozimi) (imzo) (F.I.SH.) Bosh hisobchi (imzo) (F.I.SH.) Ilova varaqda Ushbu amalga oshirilgan barcha xarajatlar (g'azna va haqiqiy xarajatlar), jumladan, transport vositasini shartnoma bo'yicha sotib olish qiymati (12.0 mln.so'm) hamda sotib olish bilan bogiiq boshqa qo'shimcha xarajatlar (2.0 mln.so'm). Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifida asosiy vositani (transport vositasini) sotib olish xarajati kodida (43—50-000-»Asosiy vositalarni sotib olish» xarajat moddasining 43-54-100 «Transport vositasi» elementi bo'yicha) aks ettiriladi. Shuningdek, asosiy vositalar kirim qilinganda emas, balki ularga belgilangan tartibda eskirish hisoblanganda, mazkur eskirish summasi har oyda haqiqiy xarajatlar tarkibida aks ettiriladi. Jumladan, hisoblangan eskirish summasi haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 va 271 analitik hisobvaraqlarning debetida va 02-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari kreditida aks ettiriladi. Masalan, yuqoridagi misolda asosiy vositaga yillik eskirish me’yori 10 foiz deb olsak, u holda har oylik eskirish summasi (117.0 ming so'm) hisobda quyidagicha aks ettiriladi: Debet: 231-«Budjet mablag’iari bo'yicha haqiqiy xarajatlar» 117.0 ming so'm Kredit: 025-«Transport vositalarining eskirishi» 117.0 ming so'm
Xulosa Inventarlash jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan asosiy vositalar, ortiqcha chiqish aniqlangan sanadagi aynan shunga o'xshash asosiy vositalarning bozor qiymati bo'yicha ularning haqiqiy ahvolini hisobga olgan holda baholanadi, belgilangan tartibda tashkilot hisobiga qabul qilinadi hamda buxgalteriya hisobida 01 «Asosiy vositalar» hisobvarag'ining tegishli analitik hisobvaraqlari debetida va 273 «Inventarlash natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar» analitik hisobvarag'ining kreditida aks ettiriladi. Inventarlash jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan asosiy vositalar summasiga Debet: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari Kredit: 273 Inventarlash natijasida kamomad chiqqan asosiy vositalar summasiga (agarda moddiy javobgar shaxsdan undirilmasa): hisoblangan eskirish summasini hisobdan chiqarilishi Debet: 02-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari Kredit: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari qoldiq qiymatini hisobdan chiqarilishi Debet:231, 241, 251, 261 yoki 271 analitik hisobvaraqlarning tegishlisi Kredit: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari Inventarlash natijasida kamomad chiqqan budjet mablag'lari hisobidan sotib olingan yoki sotib olinish manbasi noaniq bo'lgan asosiy vositalar summasiga (agarda moddiy javobgar shaxsdan undirilsa) hisoblangan eskirish summasining hisobdan chiqarilishi Debet:02-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari Kredit: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari qoldiq qiymatini hisobdan chiqarilishi Debet:231, 241, 251, 261 yoki 271 analitik hisobvaraqlarning tegishlisi Kredit: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari aybdor shaxsdan undiriladigan summaning budjet daromadlariga hisoblanishi Debet:170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar Kredit: 160 budjetga to’lovlar bo'yicha budjet bilan hisob-kitoblar aybdor shaxs tomonidan tashkilot g'aznasiga kamomad summasining toianishi Debet:120 Milliy valutadagi naqd pul mablag’iari Kredit: 170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar kamomad summasini hisobvaraqqa kirim qilinishi Debeti 13 Boshqa budjetdan tashqari mablag’iar Kredit: 120 Milliy valutadagi naqd pul mablag’iari mablaglarni budjet daromadiga o'tkazib berilishi Debet: 160 budjetga to’lovlar bo'yicha budjet bilan hisob-kitoblar Kredit: 113 Boshqa budjetdan tashqari mablag’iar Inventarlash natijasida aniqlangan kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan undirib olish imkoni boimagan hollarda, kam chiqqan asosiy vositalarni hisobdan chiqarilishidan ko'rilgan zarar tashkilot hisobiga olib boriladi va buxgalteriya hisobida uning dastlabki (tiklanish) qiymatini hisobdan chiqarilishi 01 hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari kreditida, qoldiq qiymatini hisobdan chiqarilishi kirim qilish manbasidan kelib chiqqan holda haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 analitik hisobvaraqlarning debetida, hisoblanga1n eskirish summasini hisobdan chiqarilishi esa 02-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari debetida aks ettiriladi. Nomoddiy aktivlar - tashkilot tomonidan ulardan ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish maqsadida yoxud ma’muriy va boshqa funktsiyalarni amalga oshirish uchun uzoq muddat mobaynida tutib turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo’lmagan mol-mulk ob’ektlaridir. Nomoddiy aktivlar kirimi bilan bog’liq xarajatlar xar bir inventar ob’ekt bo’yicha jamlanma qaydnoma tuzilib buxgalteriya ma’lumotnomasi asosida AV-6 shakldagi inventar kartochka ochiladi, buxgalteriya yozuvlari berilib 6-memorial order yoki 274-son shakldagi memorial order , memorial orderga asosan 308-son shakldagi bosh jurnal kitobi va hisobot shakllariga tushiriladi. Nomoddiy aktivlar - tashkilot tomonidan ulardan ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish maqsadida yoxud ma’muriy va boshqa funktsiyalarni amalga oshirish uchun uzoq muddat mobaynida tutib turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo’lmagan mol-mulk ob’ektlaridir. Nomoddiy aktivlar kirimi bilan bog’liq xarajatlar xar bir inventar ob’ekt bo’yicha jamlanma qaydnoma tuzilib buxgalteriya ma’lumotnomasi asosida AV-6 shakldagi inventar kartochka ochiladi, buxgalteriya yozuvlari berilib 6-memorial order yoki 274-son shakldagi memorial order , memorial orderga asosan 308-son shakldagi bosh jurnal kitobi va hisobot shakllariga tushiriladi. Download 269.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling