Mavzu: Byudjet tashkilotlarida uzoq muddatli aktivlar hisobi Reja
Asosiy vositalarning sintetik va analitik hisobvaraqlardagi summalarni umumlashtirish holati
Download 269.5 Kb.
|
Abdullayeva Shohida .uzoq .muddat.aktiv
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Asosiy vositalarni analitik hisobi.
Asosiy vositalarning sintetik va analitik hisobvaraqlardagi summalarni umumlashtirish holati
Asosiy vositalar tarkibida quyidagilar hisobga olinadi: imoratlar, inshootlar, mashina va uskunalar, kompyuter texnikasi va unga qo'shimcha qurilmalar, transport vositalari, kutubxona fondi, uzatkich moslamalari, ishchi va mahsulot beruvchi hayvonlar va boshqa asosiy vositalar (muzey boyliklari, hayvonot olami eksponatlari, sahna-tomosha vositalari, o'quv kinofilmlari, magnit disklari va lentalari, kassetalar va hokazo). Qiymati va xizmat muddatidan qat’iy nazar, quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga kiradi: qishloq xo'jaligi mashinalari va uskunalari, katta yoshdagi ishchi va mahsulot beruvchi hayvonlar (shu jumladan, maydasi ham), kutubxona fondlari, muzey boyliklari (muzey eksponatlaridan tashqari), hayvonot olami eksponatlari va namunaviy loyihalashtirishga oid hujjatlar. Xizmat muddati va qiymatidan qat’iy nazar, quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi: maxsus asboblar va moslamalar (muayyan buyumlarni turkumlab va yoppasiga ishlab chiqarish uchun yoki yakka tartibdagi buyurtmalarni tayyorlash uchun moijallangan, maqsadli yo'naltirilgan asboblar va moslamalar); maxsus va sanitariya kiyim-kechaklari, maxsus poyabzallar; kocrpa-tocshak anjomlari; yozuv-chizuv anjomlari (kalkulatorlar, stol ustiga qo‘yiladigan asboblar va boshqalar); oshxona anjomlari, shuningdek, oshxona uchun dasturxon-sochiqlar; tiklanishi bo‘yicha xarajatlar qurilish-montaj ishlari tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik (notitul) inshootlar, moslamalar va qurilmalar; bir yildan kam foydalanish muddatiga ega boigan almashtiriladigan uskunalar; ov qurollari (trallar, to'rlar, qarmoqlar, matraplar va boshqalar) va shu kabi moddiy qimmatliklar. Ushbu yuqorida keltirilgan moddiy qimmatliklar buxgalteriya hisobida tovar-moddiy zaxiralar tarkibida hisobga olinadi. 2. Asosiy vositalarni analitik hisobi. Yuqorida qayd etilgan 7-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 01 «Asosiy vositalar» hisobvaragi quyidagi analitik hisobvaraqlarga bo’linadi: «Turar-joy imoratlar»; «Noturar-joy imoratlar»; «Inshootlar»; «Mashina vajihozlar»; 015 «Transport vositalari»; «Kutubxona fondi»; «Boshqa asosiy vositalar». Budjet tashkiloti hisobvaraqlar rejasiga asosan 010 «Turar-joy imoratlar» analitik hisobvaragida toiiq yoki asosan turar-joy uchun belgilangan binolar hisobga olinadi. Shuningdek, ushbu analitik hisobvaraqda tashkilotlarning balansida boigan va o‘z xodimlarining, jumladan, harbiy xizmatchilarning yashashi uchun foydalaniladigan binolari ham hisobga olinadi. Asosiy vositalar sintetik hisobvaraqning 012 «Inshootlar» analitik hisobvaragida quyidagilar hisobga olinadi: suv nasoslar, mashg‘ulot o4tkazish maydonlari, suv havzalari, yoilar, ko4priklar, yodgorlik- haykallari, istirohat bogiari, xiyobonlar va jamoat bogiari, budjet tashkilotining to^iqlari va boshqalar aks ettiriladi. Har bir analitik hisobvaraqda aks ettiriladigan asosiy vositalar nobudgarchiliklar, hisobotlarda adashmovchiliklar boiishining oldini oladi. Bundan tashqari, ushbu analitik hisobvaraqda elektr uzatkich tarmoqlar, transmissiyalar va quvur o‘tkazgichlar, transformatsiya va quvur o4tkazgichlarda suyuq va gazsimon moddalarni iste’molchilarga yetkazish uchun energiya uzatgichlar va boshqalar ham hisobga olinadi. Bunda, elektr stansiyalarning, gazkompressor, nasos va boshqa stansiyalarnirig binolari Oil analitik hisobvaraqda, ularning jihozlari esa 013 analitik hisobvaraqda hisobga olinadi. «Mashina va jihozlar» analitik hisobvaragida quyidagilar: kuchlanish mashinalari va jihozlar, ish mashinalari va jihozlar, oichov asboblari, tartibga soluvchi asboblar va moslamalar, laboratoriya jihozlari, hisoblash texnikasi, meditsina jihozlari hamda boshqa mashina va jihozlar alohida guruhlarga ajratilib hisobga olinadi: - kuchlanish mashinalari va jihozlar, issiqlik va elektr energiyasini hosil qiluvchi mashina-generatorlar va turli xil energiyani (suv, shamol, issiqlik, elektr energiyasi va h.k.) mexanik, ya’ni harakat energiyasiga aylantirib beruvchi mashina dvigatellar; ish mashinalari va jihozlar, mahsulot yaratish yoki ishlab chiqarish tusidagi xizmatlar jarayonida mehnat predmetiga mexanik, issiqlik va kimyoviy ta’sir ko‘rsatishga hamda ishlab chiqarish jarayonida mehnat predmetini mexanik dvigatellar, inson va hayvonlar kuchi yordamida joydan-joyga ko‘chirish uchun moijallangan mashinalar, apparatlar va jihozlar; oichov asboblari—dozatorlar, ampermetrlar, barometrlar, vattmetrlar, vaakummetrlar, vaporimetrlar, voltmetrlar, balandlik oichagichlar, galvanometrlar, geodeziya asboblari, gidroskoplar, indi- katorlar, kompressorlar, manometrlar, xronometrlar, maxsus tarozilar, oichagichlar, gcazna apparatlari, elektr energiyasi, gaz, suv oichash asboblari va boshqalar; tartibga soluvchi asboblar va moslamalar, kislorod nafas oldirgich asboblar, elektr, pnevmatik va gidravlik muntazamlashtirib turuvchi moslamalar, avtomatik boshqarish pultlari, markazlashtirish, blokirovka qilish apparaturalari, dispetcherlik nazorati liniyasi moslamalari va boshqalar; laboratoriya jihozlari-pirofhetrlar, regulatorlar, kalorimetrlar, nam oichagich asboblar, tutish kublari, laboratoriya ko'pralari, gaz o'tkazmaslikni sinash uchun moijallangan asboblar, mikroskoplar, termostatlar, stabilizatorlar, so'rib oluvchi shkaflar va shu kabilar; - hisoblash texnikasi—elektron-hisoblash, boshqaruvchi va analogli mashinalar, kompyuterlar va unga qo'shimcha qurilmalar, printerlar, uyali va mobil aloqa apparatlari, raqamli hisoblash mashinalari va moslamalari (klavishli hisoblash va jamlovchi mashinalar, perforatsion hisoblash mashinalari) va boshqalar; meditsina jihozlari—meditsina jihozlari (tish davolash kreslola- ri, operatsiya stollari, maxsus jihozli krovatlar va boshqalar), dizen- feksiyalovchi va maxsus jihozlari, sut oshxonalari va sut stansiyalarining, qon quyish stantsiyalarining jihozlari va boshqalar; asbob-uskunalar-mexanizatsiyalashtirilgan va mexanizatsiyalash- tirilmagan umumiy foydalanishga moijallangan mehnat qurollari, shuningdek, materiallarga ishlov beruvchi mashinalarga biriktirib qo'yilgan predmetlar. Ularga quyidagilar kiradi: kesuvchi, zarb beruvchi, presslovchi Va zichlovchi qoi mehnati qurollari, bularga elektr energiyasi, siqilgan havo va shunga o'xshashlar yordamida ishlovchi mexanizatsiyalashtirilgan qoi mehnati qurollari ham kiradi (elektrodrellar, kraskopultlar, elektr vibratorlar, gayka buragichlar va boshqalar), shuningdek, materiallarga ishlov berishga, montaj ishlarini bajarishga va shunga o'xshashlarga moijallangan turli xil moslamalar (tiskilar, patronlar, boigich golovkalar, avtomobil dvigatellarini o'rnatish uchun va kardanli valni aylantirish uchun moijallangan moslamalar) va boshqalar; ishlab-chiqarish inventarlari va buyumlari-ish vaqtida ishlab chiqarish operatsiyalarini yengillatishga xizmat qiladigan predmetlar, ish stollari, verstaklar, kafedralar, partalar va boshqalar, mehnatni muhofaza qilishga qaratilgan jihozlar: suyuq va sochiluvchan jismlarni saqlashga moijallangan moslamalar (baklar, tanlar, omborlar va boshqalar), savdo shkaflari va stellajlari, inventarlar, ish mashinalari qatoriga qo'shib boimaydigan texnika predmetlari; xo'jalik inventarlari-idora jihozlari, ko'chma baryerlar, kiyim ilgich, garderoblar, turii xil shkaflar, divanlar, stollar, kreslolar, yonmaydigan (yong'inga chidamli) shkaflar va qutilar, yozuv mashinkalari, gektograflar, kopirograflar va boshqa apparatlar, ko'chma o'tovlar, palatkalar (kislorodlilardan tashqari), krovatlar (maxsus jihozli krovatlardan tashqari), gilamlar, pardalar va boshqa xo'jalik inventarlari va, shuningdek, yong'inga qarshi predmetlar-gidropultlar, stendlar, qoi narvonlari va h.k; boshqa mashina va jihozlar-yuqoridagi guruhlarda nomi keltirilmagan mashinalar, apparatlar, sport maydonlari, stadionlar va sport binolarining jihozlari (shu jumladan sport anjomlari), o'quv yurtlaridagi xonalar va ustaxonalarning jihozlari, musiqa asboblari, televizorlar, radioapparaturalar, ilmiy-tadqiqot muassasalari va ilmiy ish bilan shug'ullanuvchi boshqa muassasalarning maxsus jihozlari, ATS jihozlari, o't o'chirishda ishlatiladigan mexanik narvonlar, kir yuvadigan va tikuv mashinalari, sovitkichlar (muzlatkichlar), chang yutgichlar va boshqalar. 015 «Transport vositalari» analitik hisobvaragida quyidagilar alohida guruhlarga ajratilib odamlarni va yuklarni tashishga moijallangan barcha turdagi vositalar hisobga olinadi: temiryoi, suv va avtomobil transportining harakatdagi tarkibi (elektrovozlar, teplovozlar, paravozlar, motovozlar, motodrezinalar, vagonlar, platshakllar, sisternalar, teploxodlar, paroxodlar, dizel- elektroxodlar, buksirlar, barjalar va barkalar, qutqaruvchi qayiqlar, suzuvchi pristanlar, parusli kemalar, yuk avtomobillari va yengil avtomobillar, pritseplar, avtosamosvallar, avtosisternalar, avtobuslar, tortuvchi traktorlar va boshqalar); havo transportining harakatdagi tarkibi (samolyotlar, vertolyotlar va boshqalar); tir ot-aravalar; ishlab-chiqarish transporti (elektrokarlar, mototsikllar, motorolerlar, velosipedlar, aravachalar va boshqalar); sport transportining hamma turlari. Bunda, yuk tortadigan va sport otlari hamda boshqa ish hayvonlari 019«Boshqa asosiy vositalar» analitik hisobvaragida hisobga olinadi. 018«Kutubxona fondi» analitik hisobvaragida kutubxona fondlari, kitoblarning ayrim nusxalarining qiymatidan qat’iy nazar hisobga olinadi. Kutubxona fondiga ilmiy, badiiy va o'quv adabiyotlari, adabiyotning maxsus turlari va boshqa nashrlar kiradi. 019«Boshqa asosiy vositalar» analitik hisobvaragida alohida guruhlarga ajratilib quyidagilar hisobga olinadi: -ko'p yillik daraxtlar va ekinlar. Kocp yillik daraxtlar va ekinlarga sun’iy ko'p yillik ko'chatlar (ularning yoshidan qat’iy nazar), mevali ko'chatlarning hamma turlari (daraxt va butalar), ko'chalar, maydonlar, bog'lar, xiyobonlar, muassasalar hududida turarjoy uylarining hovlilaridagi ko'kalamzorlashtiruvchi va manzarali daraxt va butalar, yashil to'siqlar, qordan to'suvchi va dalalarni himoya qiluvchi, qumlarni va daryo qirg'oqlarini mustahkamlash uchun ekiladigan daraxtlar, jar va soy yoqalariga ekiladigan daraxtlar va shunga o4xshashlar, botanika bog4lari va boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalarining hamda o4quv yurtlarining ilmiy maqsadlarga moijallangan sun’iy daraxtlari va boshqa ko'p yillik sun’iy daraxtlar (hamma turdagi yosh daraxtlar to4liq yetilgan, ya’ni meva beradigan daraxtlardan alohida hisobga olinadi). Muzey qimmatliklari (ularning qiymatidan qat’iy nazar) davlat muzeylarida hisobga olinadigan muzey eksponatlaridan (san’at va tabiatshunoslik predmetlari, qadimiy va turmush madaniyati pred- metlari hamda ilmiy, tarixiy va texnikaviy ahamiyatga ega bo'lgan eksponatlardan) tashqari; -hayvonot bogiari va shunga o4xshash muassasalardagi hayvonat olami eksponatlari (ularning qiymatidan qat’iy nazar); - sahna-tomosha vositalari, dekoratsiyalar, mebel va rekvizitlar, butaforiya, teatr kastumlari va milliy kastumlar, bosh kiyimlar, ich kiyimlar, poyafzallar, pariklar va boshqalar; o'quv kinofilmlar, magnit disklar, kassetalar va boshqalar; - ish hayvonlari-otlar, xo'kizlar, tuyalar, eshaklar va boshqa ish hayvonlari (yuk tashuvchi va sport otlari hamda boshqa yuk tashuvchi hayvonlarni ham qo4shib); - mahsuldor va zotdor mollar-sigirlar, buqalar, qo'toslar va buy- vollar (ish hayvonlaridan tashqari), ayg'irlar va zotdor biyalar (ish hayvonlari sifatida foydalanilmaydiganlari), yilqida boqishga o'tkazilgan biyalar, tuyalar (ish hayvonlari sifatida foydalanilmaydiganlari), bug'ular, cho'chqalar, qo'ylar, echkilar, qo'chqorlar va boshqalar; boshqa inventarlar (bolalar o'yinchoqlari, maxsus chang'ilar va boshqalar); boshqa maxsus, shu jumladan harbiy asosiy vositalar. Download 269.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling