Mavzu: C# tilda axborotlarni kodlash


Axborotlarni himoyalash usullari


Download 246.45 Kb.
bet6/6
Sana04.04.2023
Hajmi246.45 Kb.
#1328059
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Malohat Prezintatsiya

2.2. Axborotlarni himoyalash usullari
Almashtirish usullari sifatida quyidagi usullami keltirish mumkin:
Sezar usuli , Affin tizimidagi Sezar usuli, tayanch so‘zli Sezar usuli va boshqalar . Sezar usulida almashtiriluvchi harflar к soniga siljishi bilan aniqlanadi. Yuliy Sezar bevosita k=3 bo’lganda ushbu usuldan foydalangan . k = 3 bo’lganda va alfa-vitdagi harflar m = 26 ta bo’lganda quyidagi jadval hosil qilinadi:

Siljimagan
alfavit

Siljigan
Alfavit

Siljimagan
alfavit

Siljigan
alfavit

Siljimagan
alfavit

Siljigan
alfavit

A

D

J

M

S

V

V

E

K

N

T

W

C

F

L

O

U

X

D

G

M

P

V

Y

E

H

N

Q

W

Z

F

I

O

R

X

A

G

J

P

S

Y

B

H

K

Q

T

Z

C

I

L

R

U



Masalan, matn sifatida KOMPYUTER so‘zini oladigan bo’lsak,
Sezar usuli natijasida quyidagi shifrlangan yozuv hosil bo’ladi:
С = NRPSBXWHU.
Sezar usulining kamchiligi bu bir xil harflaming o‘z navbatida , bir xil harflarga almashishidir.
Misol.
Bizga k-kalit, m-harflar soni, t-harflaming alfavitdagi tartib raqami, x -shifrlangan
harf, M-shifrlanuvchi so‘z berilgan bo’lsin.
(t+k) mod m = x —>shifrlash formulasi;
(x-k) mod m = t —>shifrni ochish formulasi;
Shifrlash:M=”doska”;
K=3;
M=26;
d: (3+3) mod 26=6 —>g
o: (14+3) mod 26=17 —>r
s: (18+3) mod 26=21 —>v
k: (10+3) mod 26=13 —>n
a: (0+3) mod 26=3 —>d
C=”grvnd”;
Shifrni ochish:
g: (6-3) mod 26=3 —>d
r: (17-3) mod 26=14 ->o
v: (21-3) mod 26=17 ->s
n: (13-3) mod 26=10 —>k
d: (3-3) mod 26=0 —>a
M=”doska”
2.3. Masalaning yechilishi
Endi esa yuqorida keltirilgam misolning Sezar shifrini C # tilida tuzamiz:
using System;
using System.Collections.Generic;
using System.Linq;
using System.Text;
using System.Threading.Tasks;
namespace SezarShifri
{
class program
{
static void Main(string[] args)
{
string yesOrNo = " ";
do
{
Console.Clear();
//Foydalanuvchidan ma'lumotlarni qabul qilish
Console.WriteLine("Shifr qilish kerak bo'lgan matnni kiriting");
string userInput = Console.ReadLine();
//kerak bo'ladigan o'zgaruvchilarni e'lon qilish
char[] userInputSymbols = userInput.ToCharArray();
char[] shifrArray = new char[userInputSymbols.Length];
string shifrText = " ";
int shifrIndex = 0;
char[] alphabet = new char[] { 'a', 'b', 'c', 'd', 'e', 'f', 'g', 'h', 'i', 'j', 'k', 'l', 'm', 'n', 'o', 'p', 'q', 'r', 's', 't', 'u', 'v', 'x', 'y', 'z' };
//foydalanuvchi matni xabarlaridan yurib chiqish
for (int i = 0; i < userInputSymbols.Length; i++)
{
if (userInputSymbols[i] == ' ')
{
shifrArray[i] = ' ';
}
else
{
//harfning alifbodagi indeksini aniqlash
char eachSymbol = userInputSymbols[i];
int alphabetIndex = Array.IndexOf(alphabet, eachSymbol);
// indeksga uchni qo'shib uni saqlash
shifrIndex = (alphabetIndex + 3) % alphabet.Length;
//yangi indeks ostidagi harfni yangi shifrlangan arrayga saqlash
shifrArray[i] = alphabet[shifrIndex];
}
}
//arrayni stringga ko'chirish
shifrText = String.Join(" ", shifrArray);
//ma'lumotni foydalanuvchiga taqdim qilish
Console.WriteLine(shifrText);
Console.WriteLine("Yana shifrlashni hoxlaysizmi?(ha/yo'q)");
yesOrNo = Console.ReadLine();
}
while (yesOrNo == "ha");
}
}
}
Xulosa
Axborot texnologiyalarining hozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha sohalarini axborotlashtirish zarurligini taqozo etmoqda . Chunki aynan mana shu narsa butun jamiyatning axborotlashtirilishi uchun asos va muhim zamin bo‘ladi. Jamiyatni axborotlashtirish respublikamiz xalqi turmush darajasining yaxshilanishiga , ijtimoiy ehtiyojlaming qondirlishiga , iqtisodning o ‘sishi hamda fan – texnika taraqqiyotining jadallashishiga xizmat qiladi .
Axborotlami himoya qilish hozirgi davrning asosiy muammolaridan biri hi-soblanadi . XX asming oxirlaridan boshlab barcha turdagi axborotlar qog‘ozdan electron ko‘rinishga o‘tkazildi . Hozirgi kunda electron ko‘rinishdagi axborotlar har xil buzg‘unchilar , xakerlar tomonidan hujumga uchramoqda.Global kompyu-ter tarmoqlari paydo bo‘lgandan keyin axborotlami himoya qilish yanada qiyin-lashdi . Endilikda tarmoq orqali yuqori darajada himoyalanmagan tizimlarni buzib kirish yoki ishdan chiqarish ham mumkin bo‘lib qoldi . Tizim xavfsizligini ta ’minlash uchun bu muammolarga kompleks tarzda yondashish kerak . Hozirgi paytda kriptografik metod va vositalar nafaqat davlat, balki tashkilotlar va oddiy shaxslaming axborot xavfsizligini ta’minlash uchun qo'llanilmoqda . Rivojlangan davlatlarda shu sohaga oid standartlar qabul qilingan.Respublikamizda
2003 – yil sentabr va dekabr oylarida respublikamizda electron raqamli imzo haqida qonunlar qabul qilindi , 2005-yilda shifrlash algoritmi va 2009-yilda raqamli imzo algoritmi davlat stan-darti tasdiqlandi.
Kurs ishi davomida ko’proq ma’lumotlar bazasi bilan C# ni bog’lash ma’lumotlar berildi.Ushbu kurs ishida axborotlarni himoyalash va himoyalash usullari haqida ma’lumotlar berildi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.M.Aripov,M.A.Matyakubov.Ahborotlarni himoyalash usullari. Toshkent “Universitet”2012
2. Арипов М., Пудовченко Ю. Основы криптологии. Ташкент, 2003.
3. Ганиев C.K., Каримов М.М.Ташев К.А. Ахборот хавфсизлиги . Ахборот-коммуникацион тизимлар хавфсизлиги.
Тошкент, 2009.
4. Гулямов С.С. Основы информационной безопасности. Ташкент, 2004.
5. Шнайер Б. Прикладная криптография. Протоколы , алгоритмы, исходные тексты на языке Си. Applied Cryptography . Protocols , Algorithms and Source Code in С. М.: Триумф, 2002.
Foydalanilgan internet saytlar:
  • www.ziyonet.uz
  • www.referat.uz
  • www.ziyouz.com
  • https://youtu.be/QXpNvJIeAF0
  • https://youtu.be/SHfj41HWa_0
  • https://youtu.be/DukDIU7hP0w
  • https://youtu.be/DukDIU7hP0w
  • https://gist.github.com/aawindfeldt/1191ff6a4e99fa2ae2eb55ba9e444f74
  • https://dev.to/vaultree/caesar-cipher-using-c-24b8
  • https://www.c-sharpcorner.com/article/caesar-cipher-in-c-sharp/

Download 246.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling