Mavzu: C++ tilining asosiy operatorlari. Operator tushunchasi. Ma’lumotlarni kiritish va chiqarish operatorlari. Sizeof amali


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana18.12.2022
Hajmi0.65 Mb.
#1027871
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
c 3-maruza (3)



Mavzu: C++ tilining asosiy operatorlari. Operator tushunchasi. 
Ma’lumotlarni kiritish va chiqarish operatorlari. Sizeof amali. 
Reja: 
1. Operator tushunchasi. 
2. Ma’lumotlarni kiritish va chiqarish operatorlari. 
3. Sizeof amali. 
Ma’ruza bayoni 
C++ tilining asosiy operatorlari. 
Operator - bu qandaydir amalni bajarish to’g’risida kompilyatorga 
uzatiladigan literal(buyruq)dir. Operatorlar operandlarga ta’sir qiladi. C++ da 
operandlar deb alohida literallar va butun ifodalar tushuniladi.
C++ tilida dastur tuzishda yuqorida berilgan qiymat berish (=) operatoridan 
tashqari bir nechta operatorlar ma’lumotlarni kiritish va chiqarish, tarmoqlanish va 
takrorlanish operatorlari ham ishlatiladi. 
Ma’lumotlarni kiritish operatori
 
Ma’lumki komputerda har qanday o’zgaruvchining qiymati xotiraga kiritladi 
hamda barcha amallar xotiradagi o’zgaruvchilar ustida bajariladi va natija ham 
xotirada hosil bo’ladi. Ma’lumotlarni kiritish operatori dasturda o’zgaruvchilarga 
klaviatura orqali boshlang‘ich qiymatlarni berish uchun ishlatiladi.
Ma’lumotlar cin operatori yordamida kiritiladi. Qiymati kiritiladigan 
o’zgaruvchilar bu operatordan keyin bir-birlaridan “>>” belgi bilan ajratilgan holda 
yoziladi.
Uning umumiy ko’rinishi quyidagicha:
cin>>a1>>a2>>…>>an; 
Bu yerda a1,a2,…,an qiymatlari kiritilishi talab etilgan o‘zgaruvchilarning nomi.
cin operatori bajarilganda dastur bajarilishi to’xtaydi va kerakli ma’lumot-
larni kiritilishini kutadi. 
Masalan. cin>>a>>b>>c; bunda operator bajarilganda keyin a,b,c o’zga-
ruvchilarga tavsifi bo’yicha mos qiymatlarni berish talab etiladi. Kiritilayotgan 
qiymatlar o’zgaruvchilar qanday tartibda berilgan bo’lsa, ularga va ularning turiga 
mos qiymatlar bir-biridan bo’shliq(probel) belgisi bilan ajratilgan holda beririladi: 5
6.8 9. Buning natijasida a=5, b=6.8, c=9 qiymatga ega bo’ladi. 
Bunda quyidagilarga alohida e’tibor berish kerak: 
1. 
Kiritilayotgan qiymatlarni o’zgaruvchilar kiritish bo’yicha qabul qiladi
ya’ni cin operatoridagi 1-o’zgaruvchi kiritilgan 1-qiymatni va hokaza n-o’zgaruvchi 
kiritilgan n-qiymatii qabul qiladi.. 
2. 
Kiritilayotgan qiymatlar o’zgaruvchi dasturda tafsivlangan turga mos 
kelishi kerak, aks holda xatolik sodir bo’lishi mumkin..
3. 
сin operatori dasturning ixtiyoriy joyida va o’zgaruvchilar foydalanishidan 
oldin kelishi mumkin 
cin operatori orqali o’zgaruvchilarga alohida-alohida 
qiymat berish mumkin: 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling