Mavzu: c vitamini. Infografika. Son so‘z turkumi Maqsad va vazifalar : ta’limiy maqsad


Download 0.93 Mb.
bet3/4
Sana04.02.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1162490
1   2   3   4
Bog'liq
Dars ishlanma

Yangi mavzu bayoni

Hurmatli o‘quvchilar bugungi mavzumiz “C vitamini”. Mavzudan kelib chiqib, kun shiorini e’lon qilaman.

Kun shiori: Sog’ tanda sog’lom aql

Bu mavzuda o‘rganamiz:



C vitamini moddalar almashinuvida, to‘qimalar faoliyatida muhim ahamiyatga ega. U qonning suyulishida ishtirok etadi. Terida pigmentlarning to‘g’ri taqsimlanishida ko‘maklashadi.

Sonlar miqdor yoki tartibni bildiradi. Shunga ko‘ra, ular ikki guruhga bo‘linadi:


1) miqdor sonlar; 2) tartib sonlar.
Miqdor sonlarning ishlatilishiga misollar:
Ushbu taomni yanada xushbo‘y qilish uchun unga bitta limon suvini siqib, solish mumkin.100 g naʼmatak mevasidan tayyorlangan sharbatni oilamiz bilan ichdik. Tartib sonlarning qo‘llanishiga misollar: Insonning birinchi ehtiyojlari sirasiga ilm olishni ham kiritish kerak.Yettinchi sinfda o‘qiydigan bolalarning C vitaminiga bo‘lgan bir kunlik ehtiyoji o‘g‘il bolalar uchun 75 mg ni, qizlar uchun esa 65 mg ni tashkil etadi.


  1. Yangi mavzuni mustahkamlash

Topshiriq-1
Ko‘rgazmali qurol sifatida keltirilgan mahsulotlardan foydalangan holda infografikadan foydalanib beshta xulosa yozing va sonning ma’no turini aniqlab, tagiga chizing.
Namuna: Immun tizimimiz kuchli bo‘lishi uchun bir kunda bitta (miqdor son) olma yeyishimiz lozim.

Topshiriq-2
Infografika asosida quyida berilgan vaziyatlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanini aniqlang.
Xulosangizni asoslang.




Topshiriq-3
“Jim diktant” metodi
(Ushbu metod orqali o‘quvchilarning grammatik bilimlari bilan birga imlo savodxonligi ham oshiriladi )







  1. Limon

  2. Kivi

  3. Pomidor

  4. Apelsin

  5. Qulupnay

  6. Ananas

  7. Karam

Diktantda keltirilgan mahsulot nomlaridan foydalanib, to‘rtta tavsiya yozing. Bunda infografika ma’lumotlari hamda miqdor va tartib sonlardan foydalaning.
Namuna: 9 yoshli bolalar kuniga 45mg C vitamin qabul qilishi lozim. Buning uchun ular 100 g qulupnay yeyishlari kerak.


  1. Download 0.93 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling