Mavzu. Charm ishlab chiqarish texnologiyasi asoslari


Download 58.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana04.11.2023
Hajmi58.22 Kb.
#1746522
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ubaydullayeva-D



5-MAVZU. CHARM ISHLAB CHIQARISH
TEXNOLOGIYASI ASOSLARI 
Ma’ruza rejasi 
1. Hayvon terisini konservastiya qilish 
2. Konservastiya qilish usullari. 
3. Charm ishlab chiqarish texnologiyasi. 


Ko’nchilikning asosiy maqsadi hayvon terisidan sifatli charm yetishtirishdir. 
Bu sanoatga xom ashyoni ko’p miqdorda go’sht kombinatlari, jamoa va davlat 
xo’jaliklari yetishtirib beradi. 
Asosiy xom ashyo sifatida uy hayvonlari va ba’zi bir yovvoyi hayvonlar 
terisidan foydalaniladi. 
Ko’nchilik xom ashyosi mayda, yirik va cho’chqa terisi guruhlariga bo’linadi.
Mayda teri guruhiga –buzoqlar, bo’taloqlar, toylar, qo’ylar, echki terilari 
kiradi . 
Yirik teri guruhiga-yirik shoxli qoramol, ot, tuya, morj terilari kiradi.
Cho’chqa terisi guruhiga -barcha cho’chqalarning terilari kiradi. 


Terining sifati. ya’ni undan sifatli charm ishlab chiqarishga layoqatliligi 
quyidagi xossalari bilan belgilanadi: 
qalinligi, maydoni bo’yicha tekisligi, maydon kattaligi, vazni, 
zichligi, g’uddasimon va to’rsimon qatlamlar nisbati, kimyoviy va oqsil 
moddalar tarkibi mavjud nuqsonlar birligi. 


Teriga dastlabki ishlov berish quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi: 
Mol soyish, terisini shilish, terini tuzlash (konservatsiyalash), navlarga 
ajratish, ishlab chiqarish partiyalarini tuzish va terilarni ko’nchilik 
korxonalariga yetkazib berish. Bunda quyidagilarga e’tibor berish zarur: 
-Mol so’yilganda uning badanidagi qon to’liq va qisqa vaqt ichida 
chiqarib yubornlishi; 
-Teri yuzasi shikastlantirilmasdan toza shilinishi
-Yangi shilingan teri 2 soat ichida konservatsiyalash; 


Yangi shilingan terida bakterialogik va fermetativ jarayonlar boshlanadi. Bu 
jarayonlar teri sifatini pasaytirib, undan har xil nuqsonlar paydo bo’lishiga olib keladi. 
Yangi shilingan terida 20ga yaqin turli xildagi bakteriyalar mavjud bo’lib, 
sharoitga qarab ular geometrik progressiya shakli bo’yicha ko’payish xususiyatiga 
ega, ya’ni 8 coat ichida bitta bakteriya 8 milliongacha ko’payishi mumkin. Teri sifati 
buzilishining birinchi belgisi, uning yuzasi suv bilan qoplanishi, keyin esa rangini 
o’zgarishi va o’ziga xos xil hosil qilishdir.
18). 



Shuning uchun yangi shilingan terilar qisqa vaqt ichida 
konservatsiyalanishi zarur. Konservatsiyalashning asosiy 
maqsadi teridagi biologik va fermentativ jarayonlarni 
to’xtatishdan iborat. Konservatsiyalarning bir nechta turlari 
mavjud: muzlatish, quritish, quruq tuzlash, ho’l tuzlash, 
pikellash, kislota-tuzli muhitda ishlov berish, bijg’itish 
(kvashenie), nurlash va h.k. usullari mavjud. 

Download 58.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling