Mavzu. Charm ishlab chiqarish texnologiyasi asoslari


Download 58.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana04.11.2023
Hajmi58.22 Kb.
#1746522
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ubaydullayeva-D

 
 
 
 
 


Muzlatish-bu usul vaqtinchalik bo’lib, juda qisqa 
muhitga mo’ljallangan. Bunda past haroratda bakteriya va 
fermentlarning faoliyati to’xtashiga asoslanadi. 
Shimoliy o’lkalarda arzon terilar masalan bo’ri va 
qo’ylarning terilarini muzlatib qo’yiladi. Bu usulda 
tekislangan terilarni sovuq joyga soch tomonini pastga 
qilib osib qo’yiladi 


Quritish-bu usul suvsiz muhitda turli xil mikroorganizmlarning 
rivojlana olmasligiga asoslangan. Bunda teri qalinligi va maydoni 
bo’yicha bir xilda qurishiga e’tibor berish lozim. Quritish 20-35°S 
harorat, havo namligi 45-60% da va havoning doimo sirkulyasiya 
qilib turgan holda amalga oshiriladi. 


Quruq tuzlash. Bu usulda konservatsiya qilinayotgan terilar 
ramalarga yaxshi tortilgan bo’lishi kerak. Afzalligi jarayonining 
soddaligi va terining tozaligi, ya’ni turli xil konservatsiyalovchi 
moddalarning yo’qligidir. 
Quruq tuzlash teri avval vaznnining 30-40foiziga teng miqdorda 
osh tuzi bilan tuzlanadi,so’ngra 10-12 % namlikkacha quritiladi. 


Ho’l tuzlash xom terining sifatini saqlash bo’yicha eng yaxshi usul hisoblanadi. 
Bu usul bo’yicha teri maxsus chanlarda 4- 6 soat davomida namokob solib qo’yiladi, 
so’ngra teri namligi 18-20 foizgacha quritiladi va maxsus sovitgichlarda saqlanadi. 
Tuzning sarfi 40-50 % (teri ogirligiga nisbatan) 
Radiatsiya-radiatsiya nuri bilan teri qisqa muddat ichida nurlanadi, so’ngra oddiy 
omborlarda saqlanadi.
Terilarni sovutgichlar bilan jixozlangan maxsus omborxonalarda saqlanadi. 
Terilar konservatsiyalanish usuliga ko’ra alohida saqlanishi zarur. 

Download 58.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling