Mavzu: chempion sportchining shaxsiy sifatlari jamoaviy sport turlari misol kirish mavzuning dolzarbligi
II BOB. CHEMPION SPORTCHINING INDIVIDUAL PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Download 113.63 Kb.
|
CHEMPION SPORTCHINING SHAXSIY SIFATLARI
II BOB. CHEMPION SPORTCHINING INDIVIDUAL PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
2.1. Sportchi xarakteri va temperamenti Insonning ruhiy olami beto’xtov harakatlar majmuasidan iborat bo’lib, biri ikkinchisini bevosita taqozo etadi va ular uzluksiz zanjir tizimiga o’xshash tarzda hukm suradi. Xuddi shu bois shaxs ruhiyatida tashqi atrof-muhit to’g‘risidagi taassurotlar, o’tmish xotiralari, kelajak yuzasidan ijodiy xayollar, ezgu niyatlar, xohish istaklar, maqsad va tilaklar, mulohaza, fikr va muammo, hissiy kechinmalar, irodaviy sifatlar uzluksiz tarzda o’zaro o’rin almashtirib turishi evaziga ontogenetik dunyoga mustahkam negiz hozirlana-i. Ruhiy olam kechishi, uning sur‘ati, mazmuni, shakli, qo’lami, xususiyati, xislati, sifati, mexanizmi alohida, yakkahol insonda rang-barang tarzda namoyon bo’lishi kuzatiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak, insonlar tabiat hodisalariga, omillariga, ta‘sir kuchlariga tez yoki sekin, yengil yoki mushkulot bilan javob qaytarishga moyillik ko’rsatadilar. Yirik rus psixologlaridan biri B.M.Teplov (1896-1965) va uning shogirdlari, maslakdoshlari I.P.Pavlovning tadqiqotlarini davom ettirib, inson nerv jarayonlari xususiyatlarining o’ziga xos tomonlarini ochishga muvaffiq bo’ldilar. Ular nerv-fiziologik jarayonlarning nozik qirralarini o’rganishda maxsus moslama-lar yordami bilan o’zgarishlarni qayd qilish hamda olingan natijalarni (omillarini) matematik statistika metodlari orqali hiso-lashni tatbiq etdilar. B.M.Teplov ilmiy maktabi namoyandalari tomonidan olingan ma‘lumotlarga qaraganda, insonda hosil qilinadigan shartli reflekslarning ba‘zi bir individual xususiyatlari o’zaro uyg‘unlikka egadir. Ularningta‘biricha, o’zaro bog‘liq individual xususiyatlar tizimi asab tizimining muayyan xususiyati bilan tavsiflanadi. Jumladan, o’zaro bog‘langan xususiyatlar, birinchidan, shartli qo’zg‘ovchi mustahkamlanishi davom etishidan qat‘iy nazar, shartli reflekslar so’nishi darajasiga, ikkinchidan, qo’zg‘ovchilarning kuchli yoki kuchsizligi bilan shartli reaksiyaning hajmi orasidagi tafovutlarga, uchinchidan, asosiy qo’zg‘ovchi sezgirligiga begona (notanish) qo’zg‘ovchini ijobiy (salbiy) ta‘sir o’tkazish darajasiga, to’rtinchidan, boshqa ko’rinishdagi yoki kuchlanishdagi qo’zg‘alish jarayonlarining kuchiga bog‘liqdir. Ma‘lumotlarning tahliliga binoan, tormozlanishning (to’xtalishning) kuchi bilan nerv jarayonlarining muvozanatlashuviga taallukdi shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlari turkumlari shunga o’xshash usul yordami bilan kashf qilingan. Shuningdek, B.M.Teplov ilmiy maktabining namoyandalari tomonidan ijobiy va tormozlovchi shartli reflekslarning hosil bo’lish tezligini tavsiflovchi individual xususiyatlar turkumi ham ta‘birlab berilgandir. Ushbu individual xususiyatlar mohiyatida ifodalanuvchi asab tizimining notanish xususiyati dinaminlik deb nomlangan. Bundan tashqari, ular shartli reflektor faoliyatining bir guruh individual xususiyatlari qo’zg‘alish jarayo-nining to’xtalishining tezligi mahsuli sifatida taxmin qilingan xususiyatni (yangi xislatni) labillik, ya‘ni lotincha - beqarorlik deb ataganlar. Shuning bilan birga asab tizimining boshqa xususiyatlari mavjudligi to’g‘risida ilmiy taxminlar ilgari surilgan, chunonchi: senzitivlik, reaktivlik va hokazo. B.M.Teplov ilmiy maktabi I.P.Pavlov tadqiqotlarida aniqlangan asab tizimining xususiyatlari to’g‘risidagi nazariya va taxminlar muayyan darajada kengaytirilgan hamdatemperamentningtub mohiyatini tushuntirishga qulay imkoniyatlar yaratilgan. Lekin shunday chuqur izlanishlar olib borilishiga qaramay, psixologlar tomonidan kashf qilingan xususiyatlarning kimyoviy va fizikaviy mohiyati to hanuzgacha noma‘lum bo’lib qolmoqda. Nerv tizimining umumiy tiplari kelib chiqishi yuzasidan mulohaza yuritilganda, albatta I.P.Pavlovning ta‘limotini eslash maqsadga muvofiq, chunonchi, irsiyat yo’li bilan shartlangan tip - bu genotip demakdir. Hozirgi davrda asab tizimining umumiy tipi (genotip) irsiyatga bog‘liq ekanligi haqidagi ma‘lumotlar, omillar juda ko’p bo’lib, ular qiyosiy psixologiyada hayvonlarni o’rganishda topilgandir. Masalan, asab tizimining kuchi, epchlligi hayvonlarni chatishtirish yo’li bilan yuzaga keltirilgan, leki barcha xususiyatlar to’g‘risida bunday dadil fikrlarni bildirish mumkin emas. Temperament tipologiyasi, mabodo insonlar temperamentlari bo’yicha qiyoslansa, u holda uning xususiyatlari jihatidan o’zaro o’xshash shaxslarning guruhi mavjudligi namoyon bo’ladi. Bu asnoda eramizdan oldingi davrda ham temperament tiplari to’g‘risida materiallar to’plangan. Ularda temperament tipi deyilganda, insonlarning muayyan guruhlarini tavsiflovchi psixik xususiyatlarning yig‘indisi (majmuasi) anglashinilgan. Hozirgi davrda temperament tipi deganda, ma‘lum insonlar guruhi uchun umumiy bo’lgan xususiyatlarning sodda majmuasi emas, balki mazkur xususiyatlarining qonuniy, zaruriy o’zaro bog‘likligi tushuniladi. Temperament tipini tavsiflovchi xususiyatlarning qonuniy tarzda o’zaro bog‘liqligi turlicha aks etishi mumkin. Temperamentning ayrim xususiyatlarini u yoki bu tashqi ko’rinishiga qarab o’lchash mumkin. Shaxsning shiddatlilik (tezlik, impulsivlik) darajasini ikkita harakatdan bittasini tanlanmaydigan harakatga nisbatan qancha vaqt mobaynida qaror chiqarishga qarab aniqlash mumkin. Agar ushbu yo’sinda temperamentning bir nechta xususiyatlari o’lchansa, u holda uning bir xususiyati qancha ko’p miqdorda ifodalansa temperamentning boshqa xususiyatining shuncha ko’p yoki, aksincha oz aks etishi kuzatiladi. Shaxs harakatlarining sifati va ularning oqilona usullari nafaqat uning munosabatlariga aloqador, balki insonning irodaviy, hissiyoti, diqqati, aqliy sifatlariga yoki psixik jarayonlarining individual xususiyatlariga ham bog‘likdir. Chunonchi, mehnatda ko’zga tashlanadigan tirishqoklik, puxtalik mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni aks ettirishga emas, balki boshqa omillarga: a) diqqatningto’planishiga (markazlashuviga), b) harakatlarninganiq-ligi, maqsadga yo’nalganligi, v) irodaviy zo’r berishga, g) usullar mahsuldorligiga, d) aklning tiyrakligiga bog‘liq. Xarakterning akliy, hissiy, irodaviy xislatlariga ajratishni harakat usullaridan hamda xilmaxil ruhiy jarayonlarning ustuvorlik qiluvchi ta‘siridan kelib chiqqan holda amalga oshirish mumkin. Xarakter xislatlari shaxsni muayyan faoliyatga undovchi omil sifatida maydonga chiqishi mumkin. Ma‘lumki, xarakterning aksariyat xislatlari shaxsning xatti-harakatlari muvaffaqiyatini belgilovchi turtki va faol mayllar bo’lib hisoblanadi. Odatda, shaxslar o’zaro o’xshash sharoitlarda bir xil motivlar va munosabatlarga asoslanib, aniq maqsadga intilib, maqsadga erishishga mutanosib harakat usullariga nisbatan moyillikni namoyon etadilar. Moyilliklar negizida xarakter xislatlarining undovchanlik kuchi vujudga keladi va uning ta‘siri tufayli inson tabiiy sharoitga zid, maqsadga nomuvofiq harakat usullaridan foydalanadi. Shaxs ba‘zida o’z xarakter xislatidan afsuslanadi, lekin boshqacha harakatni amalga oshirishni uddasidan chiqmaydi. Xorijiy psixologlarning tasdiklashicha, ayrim insonlar faoliyatida muvaffaqiyatsizlikdan xavsirashga qaraganda, ular o’z yutuklarini yuksakroq qadrlaydilar va yuqori baholaydilar. Muvaffaqiyatsizlik ular uchun halokatli hodisa emas, shuning uchun «tavakkalchilik»ka qo’l urishida davom etaveradilar. Boshqa toifadagi odamlar muvaffaqiyatsizlikdan cho’chiydilar, o’ta ehtiyotkor bo’ladilar, qiyinchilikdan yuz o’giradi, yengil ishga qo’l urishni lozim topadilar. Maqsadga nomuvofiq, lekin shaxs uchun o’ziga xos harakat usullarini tanlashga moyillik kuchli irodaviy zo’r berish sharoitlarida, jiddiylik (zo’riqish) vaziyatlarida yorqin aks etadi. Inson uchun o’ziga xos harakat usuli favquloddagi sharoitda maqsadga muvofiq kelsa, u holda o’z xislatiga nomuvofiq, bir xil yo’sindagi usullaridan foydalanishga qaraganda ko’p kuch-quvvat, qat‘iylik, ishchanlik namoyish qilinishni ma‘qul topadi. Mabodo xarakter xislatlari tabiiy (obyektiv) sharoit talabiga qarshi harakat qilishga undasa, uning xislatlari o’ziga xalaqit va pand beradi. Xarakter xislatlari sharoit, vaziyat talablariga muvofiq tushsa, u holda bunda shaxs ijobiy faoliyat ko’rsatadi, butun kuchquvvatini jamlab harakat qilishga imkon tug‘iladi. Shunday qilib, xarakat xislatlari shaxsni muayyan yo’sinda intilishiga, ba‘zida sharoitga zid harakat qilishga undash bilan birga, ular murakkab vaziyatlarda yorqin ro’yobga chiqadilar. Haqqoniylik, dadillik, to’g‘rilik shaxsni noxush kechinmalarga olib kelishiga qaramay, uni davralarda haqiqatni tik aytishga undaydi, sobitqadamlikni shakllantirishga xizmat qiladi. Download 113.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling